Muallif Mavzu: Munojot  ( 16004 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Munojot
« : 07 Oktyabr 2007, 11:29:43 »
   Kishining o’z robbisiga yaqin qiluvchi narsa – uning tavbasi va gunohlaridan qaytishi,ularga afsus-nadomat qilishidir.Va bu munojot istilohi bilan yuritiladi.Ushbu mavzuda siz o’z munojotingizni,istig’foringizni qoldirishingiz mumkin.Bunda Allohga murojaat qilish bilan bir qatorda siz bilib-bilmay ko’nglini og’ritgan,xafa qilgan tanishingiz, ota-onangiz, do’stingiz yoki umuman tanimaydigan notanish birodaringizga o’z uzrlaringizni bildirishingiz mumkin.Bu holda siz murojaat qiluvchi kishining ismini aytmasdan turib undan kechirim so’raysiz,xolos.U sizning bu murojaatingizni eshitmasa-da,vijdoningiz huzurida poklanasiz.Bu mavzuni ochishdan maqsad sizning qalbingizda zarracha bo’lsa-da qora dog’ni yo’qotib,vijdoningiz oldida poklanishga yordam berishdir.Bundan ruhingiz ham yengil tortadi.Insholloh,barchamizning tavbalarimiz, istig’forlarimiz Olloh tomonidan mag’firat qilinib,Haq subhanohu va taoloning rahmatlariga sazovor bo’lish har birimizga nasib etsin.Omin!!!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #1 : 07 Oktyabr 2007, 11:31:51 »
Hazrati Navoiy janoblari o’z "Lisonut Tayr" kitoblarida :
   â€œO’z kamchiliklaridan sharmanda bo’lib,bu uyatdan boshi tubanlik tuprog’iga egilganligi yuzasidan barcha hojatlarni amalga oshiruvchi hakam oldida munojot.Bu munojotni o’qigan kishi riyo va dunyo asirligidan ozod bo’ladi.Takabburlik uni tark qiladi,ko’ngli yumshab, Allohga yaqin bo’ladi”, deb aytganlar.Quyida u kishining munojotlarini o'qishingiz mumkin.
   Yo rabbiy!O’z holimga nihoyatda hayronman,o’ta gunohkor va mastu parishon holga tushgan bir kimsaman, chunki haddan tashqari baland nafsim tufayli kibru havoga mag’lub bo’ldim,to’g’rilikni nomaqbul bilib poklikdan uzoqlashdim.Jonimga isyon mayidan mastlik paydo bo’ldi,ko’nglim fisq ahliga hamdamlik qildi.Shu nafsim boshimga har xil havoyi hayfiyatlar soldi,shayton galalari har yondan menga hujum boshladilar.Bu to’dadan men voqif bo’lgunimga qadar,ular ko’nglim mamlakatini ostin-ustun qilib yuborishmoqda.
  Bir zulm qiluvchi ko’zimga chiroyli ko’rinib,o’zimni unga oshiq,uni esa o’zimga mahbuba degan edim.Bu yomon fe’lli ma’shuqadan menga har xil sitamlar yetardi.U ko’zimga ko’ringach,hatto oh urib o’zimdan ketib q   olgan paytlarim ham bo’lar edi.
  Uning olovli lablaridan jonimga o’t tushdi,sochi va holidan ro’zg’orim qorayib ketdi.U so’zlaganida tilim lol qolar,nozli jilvasi esa aqlimni olar edi.Uning vasliga yetishmoqni o’zim uchun hayot,hajrini esa o’lim deb hisoblardim.Ularning biridan jonim osoyish topsa,ikkinchisidan jabr tortar edim.
  Hajrining g’amida may ichar edim.Agar vasl jomi qo’lga kirgudek bo’lsa,jondan kechishga ham tayyor edim.Usiz tiriklikni o’lim deb anglardim,hajridan doim jonim yuz turli ofat chekar edi.
  Uni hayotimning maqsadi deb bilardim,undan boshqa ko’nglimga kelmas edi.Undan ayriliqda yurgan chog’larimda boshqa hamma narsalar yodimdan ko’tarilardi.Chunki,sen o’zing voqifsan,men ham chin so’zni aytayin: hajridan ko’nglimga shunchalik ko’p jabru zulm yetardiki,hatto faqat uning vaslini istash uchungina seni yod etardim…
   Alloh-Alloh.O’zimning bunday bandaligimni eslasam, sharmisorlik o’ldiradi.Jahlda shunchalik yuzqarolikka yo’l qo’ydimki,bular ko’zimga olamni qaro qilib ko’rsatmoqda.
  Ey hech narsaga ehtiyoji yo’q Tangri! Umrimda biron-bir rakaat namozni o’tinchsiz qilmadim.Hargiz kerakli tosh bo’lmasa,tuproqqa bosh qo’ymadim.O’zimni karam sohibi ko’rmagunimcha gadoga biron-bir dirham tutqazmadim.Donolik bilan emas,balki qo’limda yuz donalik tasbeh ushlamagunimcha nomingni tilga olmadim.Biror ishni o’z foydamni ko’zlamay qilmadim,o’zimni munofiqlikdan holi deb bilmadim.Shu sababli men kabi inson,insongina emas,devu shayton ham bo’lmasin.O’zimning bu yanglig’ fe’l-atvorimdan juda xijolatdaman,bular uchun har doim ko’nglim tushkunlikka tushadi,dilim mudom g’ash.Bu xil xijolatliklardan men uchun hayot yo’q,chunki har doim uyat o’ldirib tashlayapti.
  Bu illatlarni,aytib o’tdim,o’zim ularning hech bir ilojini olmayapman.Shunchalik musibatga duchor bo’lganmanki,agar sendan qazo yetsa,keyin nima bo’lishini bilmayman.Garchi bu dardlar men uchun davosiz bo’lsa-da,lekin ularning darmoni senga osondir.dardimga darmon inoyat qilgin,komil tavbaga erishmoq yo’lini ko’rsat.Adolat va ehsoningga meni sazovor qil va zolim nafsdan meni xalos et.Jonimda shavqing shu’lasini mavjud qil,undan o’zga hamma narsani ko’nglimdan chiqarib tashla.
  Garchi ruh badan ichra tutqun bo’lsa ham uni mushohada etadigan kun qo’yib yubor.Toki  bu qush safarga moyil bo’lib,asl gulshan tomon parvoz qila olsin.Chunki qush(ruh) uchmoq sari intilgani, tuproq(inson tanasi ma’nosida) esa tuproqqa qo’shilgani ma’qul.
  Qilgan ishlarim haqida so’roq qilib, xitob etgan chog’ingda se bergan savollarga javob topa olmay qolsam, meni hazin ahvolga qo’ymay,tezda o’shani qo’shimga yetkurgilki, uni sen gunohkorlarning himoyachisi deb atagansan… 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #2 : 05 Dekabr 2007, 15:01:00 »
Yo tangri! Barcha mavjudot senga intiladi, sen ularga matlubsan ham muhabbat ahliga mahbubsan!Ikki olamdagi barcha mavjudot seni axtaradi, senga moyil bo’lganlar boshqa narsaga xogish qilishdan o’zlarini chetga tortadilar. Sendan o’zga, garchi u malak yoki pari bo’lsa – da, tolib bo’lib izlashga arzimaydi. Jannat va kavsar bulog’ini ham, jannatdagi to’bi daraxtiyu hurlarini ham sensiz istash qusurlidir.
   Jonu ko’nglimni o’zingga tolib et!Dard ila ishqingga shavqimni g’olib et!Ham menga talab zavqini nosil qil!Ham yana tilab topmoqni hosil qil!O’zingdan boshqani ko’nglimdan chiqarib tashla!Unda seni eslashni qalbim huzuriga aylantir!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #3 : 28 Dekabr 2007, 13:31:45 »
Ey ko’ngilni ishqidan ravshan qilib, hajr tikanzorini gulshan etgan! Ishqing o’tidan oy va quyoshga yorug’lik yetishadi, shuning uchun ham ulardan tunu kun nur yog’ilib turadi. Ishqing chaqmog’i jonlarga o’t soladi, shu’lasidan obodu vayronlarga o’t tushadi. Ishqing jonni o’rtaguvchi bir otashin yulduz bo’lsa, uning siri pok bir gavhardir. Jonimga o’sha yulduzdan nur yetkaz! Ko’nglimga bu gavhardan surur yetkaz! Ko’nglimni ishqing bodasi bilan mast qil, bundan men xuddi mayparast kabi mast bo’lay! Bu may bilan meni behush ayla! Aqlim o’rtadan ko’tarilgach, meni vaslingga vosil et!

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #4 : 03 Yanvar 2008, 12:45:20 »
    Ey insonni ma’rifat qoni qilib,uning ko’nglini ma’rifat jahoni aylagan!Ma’rifatni har kimga taqsimlab,jahonda unga orif-biluvchi deya ism qo’yding.Kimlarni ma’rifatga muyassar etgan bo’lsang,ularning holatini turlicha qilding.Bunda har bir kishining sayr etishini o’z kamoliga moslashtirding.Har bir kishining yaqinligini uning turmushiga yarasha qilib berding.Bu biyobon yo’lini behisob etding,ular yo’lovchi uchun cheklanmagandir.
    Yo rab!Bu yo’llardan qaysi biriga soliq ma’rifat istab kirsa,u senga olib boradi!Ovora Foniyni ham shu yo’lga sol!Yo’lni bosib o’tgach,visol nasib etgil.
   
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #5 : 10 Yanvar 2008, 11:48:25 »
Ey dargohingda aql hayron qolib, hayrat vodiysida sargardon bo’lgan! Niamiki sendan o’tgan bo’lsa, u senga hayron, hayrotobod ichra volayu sargardon. Sening zoting bobida barkamol aql ham hayratga tushadi. Zotinggina emas, balki har bir sifatlaring bobida u lol qoladi. Dastgohingdagi har bir eshilgan ip aqlning bo’yniga hayrat arqoni bo’lib bog’lanadi. Ilm va aql egalari yaratguvchilik qudratingga lol, ulardan har birining har dam hayrati ortadi.
  Ushbu hayrat maslagida qo’limdan tutib, bu hayratlanish ichra yo’limni ko’rgazgil! Hayrat ichra meni sargardon qo’ymasdan, osongina o’z vasling sari tortgil!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #6 : 18 Yanvar 2008, 16:10:16 »
Ey zotingga pok birlik musallam bo’lgan! Vahdat ahli sening otingni zavq bilan tilga oladilar. Har kishini azaldan yakka qilib yaratding, ajralish va yolg’izlanishni bunga bois qilding. Kimki agar o’zligidan butkul qutulgan bo’lsa, o’z oldingda o’shaning tavhidini yaxshi sanading. Kimgakim tavhidni ochib bergan bo’lsang, uni madh etib, hatto kufr bilan ham do’stlashtirding. Kimni vahdat sari boshlagan bo’lsang, unda faqat sen qolib “u” va “bu”larni inkor qilding.
  Yo rab! “Men” va “o’zlik” shirkatini mendan yo’qot va meni sof birliging sari yetkar! Menda “menlik”dan nishon qo’yma, meni hamma narsadan etak silkitib, o’zligingda yo’qotib yubor!..


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #7 : 24 Yanvar 2008, 12:24:33 »
  Ey fano ahli sening vaslingga erishgan bo’lib, ular vasl ishratgohiga daxldorlar! Kimki sendan abadiylikka erishmoqchi bo’lsa, u o’zini foniy qilsa, bunga yetishadi. Har bir kishi o’zligini yo’q qilmasdan turib, bu fanoning fanosini bilmaydi. Bunday kishi visoling maqsadiga imkon topa olmay, bu fanolardan baqo anjomiga erisha olmaydi.
  Yo rab! Foniyga shunday yo’qlikni nasib etki, bundan u abadiyat xazinasidan o’ziga tegishli boylik topsin! Avval uning borlig’ini o’zingda yo’qot, so’ngra bu yo’qlik ichra borliq yarat. Bu borliqda uning ishi tamom bo’lib, sening visolingni topsin, vassalom!

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Munojot
« Javob #8 : 16 Fevral 2008, 09:45:18 »
Allohim, avvalo meni yo’qdan bor etib, jon ato etganingga shukur! Jonzotlar ichra inson qilib yaratganingga shukur! Insonlar ichida oqil va sog’lom qilib qo’yganingga shukur! Ana shu aqlli va sog’lom insonlar orasida menga IYMON ne’matini ato etib, mo’min martabasiga yuksaltirganing, ibodatingga loyiq ko’rganinga shukur!
   Allohim! Meni Sarvari koinot, Habibi Adibing Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga ummat qilib qo’yganingga shukur!
   Allohim, tongla qiyomatda huzuringa peshkash qilgani biror arzigulik amalim yo’q, ammo bir bilganim borki, Arshingga yozdirmishsan: “Rahmatim g’azabimdan ustundir!” – deb.
   Parvardigoro, men Seni shunday deb bilaman. Senga yo’liqqanimda menga o’yimdagi kabi muomala qildin. Zero: “Men bandamning o’ylagan o’yidagi kabiman…”, demishsan.
   Allohim, mendan rozi bo’lmaguningcha bu dunyodan chiqarma – vafot ettirma. 
   Ey RAHMLILARNING RAHMLISI, marhamating bilan meni yorlaqagin!..
“Irfon” taqvimi.
2007/1428 (III)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Munojot
« Javob #9 : 16 Fevral 2008, 09:46:29 »
Allohim! Gunohlarim juda ham ko’p, Sening mag’firatingdan bo’lak takyagohim yo’q.
Ilohim, meni gunohkor bandaman. Sendan boshqa ishonadigan na ilmim va na amalim bor.
Allohim, gunohlarimni kamaytir, chunki men buyuk rasvolik ichraman.
Allohim, gunohlarim yetti dengizdan ham mo’lroq, ammo Sening mag’firat ummoning oldida bir tomchi kabidir. Garchi mening iltijolarim nuqsonli bo’lsa-da, avfingdan umidvorman.
Allohim, Hoshimiylar sulolasiga mansub Muhammad alayhissalom haqqi hurmatlari, jahannam zindonidan meni ozod qil.
Avf va lutfingni so’raymiz Mavloim, hayr-la meni yod et Allohim!

Qozi Zakariyo Ansoriy (rah.a.)
(“Mujmu’atu-l-azhob”, 3-jild, 571-b.)
“Irfon” taqvimi.
2007/1428 (II)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Munojot
« Javob #10 : 13 Mart 2008, 10:31:51 »
MUNOJOT

Sajdaga yiqildim, dilimda ohim,
Ko‘zlarim kosasi g‘am bilan to‘lgan.
Yelkamni teshmoqda bigiz nigohing,
Sajdadan turolmay vujudim o‘lgan.

Suyaklar go‘shtidan pora qilindi,
Ruhim uchib ketdi Chinvotni izlab.
Balkim nasabimda bordir Al-Kindiy,
Tarixga iltijo qildim ming bo‘zlab.

Aqlu zakovatim yetgan joy — Zamin,
Osmonu falakdan umidim yo‘qdir.
O‘zing buyurgansan,  borar joy ta’min,
O‘zing-ku belgilab qo‘ygan — shu taqdir.

Demak, munojotga o‘rin qolmaydi,
Demak, bu taqdirdan chiqolmas odam.
Bir ko‘plar oldingga ham borolmaydi,
Ularning vujudi aslida adam.

Men najot izladim, shafqat so‘radim,
Ohlarimni yozdim munojotlarda.
Na azlom, na ilhom... najot ko‘rmadim,
Buroq emas, chopdim ko‘k qirotlarda.

Taqdirga tan bermoq rayimda yo‘qdir,
O‘zing ato qilding, menda ixtiyor.
Umr o‘tib borar,  u  uchar o‘qdir,
So‘zsiz munojotlar menga bo‘lsin yor.

Atrof go‘zallikdan shodman men bugun,
Lek  taqdir kosamda liq to‘la qamdir.
Kelib munojotni kuylamoq uchun,
Yashash inson uchun eng go‘zal damdir.

............................................................
............................................................
Hamon munojotim mening bir kamdir.

Mahmud Yo'ldoshev

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Munojot
« Javob #11 : 14 Mart 2008, 15:20:09 »
Assalomu alekum, Robiya, opajon, ajoyib mavzu ochibsiz, Allox rozi bo'lsin sizdan!
Robbim oldida gunoxlarim ko'p, ularni kechirishini undan kechayu- kunduz, uni zikr qilish va gunoxlarim  uchun avf so'rayman. O'zing gunoxlarimni mag'firat qil EY ROBBIM..............
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #12 : 15 Mart 2008, 12:44:55 »
Yo Rabbim! Dargohigga bosh urib keldim. Quruq qo’l, qaro yuz bilan…
Dunyo avradi meni, chalg’itdi, o’zining o’tkinchi maishatu matohlari bilan… Turli zeb-ziynati, noz-karashmasi bilan o’ziga rom etdi. Men ham uning domiga ilindim. O’zingni unutdim, o’zligimni unutdim, o’limni unutdim. Ammo ne tongki, o’lim meni unutmadi, uning o’zi meni topdi…
Hech kim menga menchalik dushman bo’lmagan. Men faqat o’zimni aldadim. Shaytonga itoat qildim, nafsimga bo’ysundim. “Abadiy yashayman!” – deb ishontirdim o’zimni. Doimo ko’ngilxushlik bilan kechgan kunim oxirida ertangi kun maishatining rejasini tuzardim. Ammo ana shunday oqshomlarning birida, quyosh hanuz qirmizi etaklarini yig’ishtirishga ulgurmasidan eshigim taqilladi… U kelgan edi.
Endi oh-vohlardan naf yo’q. Vaqt o’tdi, g’isht qolipdan ko’chdi… Ko’zimdan haqiqiy dunyoni to’sib turgan parda ko’tarildi. Haiqiqy hayot boshlandi…
Dargohingga bosh urib keldim, Parvardigorim. O’zimga qolsa – kelmasdim ammo o’lim meni huzuringga sudrab keldi. Quruq qo’l, qaro yuz bilan keldim, Xojam. Afvingni so’rab keldim, lutfingni tilab keldim, O’zingni istab keldim… Yo Rabbim!..  Irfon taqvimi, 2008 yil
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #13 : 10 Oktyabr 2008, 12:30:55 »
Yo Ilоhiy vа yo Rаbbiy!

Mеn iymоnning ko’zi ilа vа Qur’оnning tа’limi vа nuri ilа vа Rаsuli Аkrаm аlаyhissаlоtu vаssаlоmning dаrsi ilа vа ismi Hаkiymning ko’rsаtmаsi ilа ko’ryаpmаnki:
Sаmоvоtdа hеch bir dаvаrоn vа hаrаkаt yo’qdirki, bundаy intizоmi ilа Sеning mаvjudliginggа ishоrа vа dаlоlаt etmаsin.

Vа hеch bir sаmоviy jism yo’qdirki, sukuti ilа, vаzifаsini shоvqinsiz bаjаrib, ustunsiz turishlаri ilа Sеning rububiyаtinggа vа vаhdаtinggа shаhоdаti vа ishоrаsi bo’lmаsin. Vа hеch bir yulduz yo’qdirki, muvоzаnаli yаrаtilishi ilа, muntаzаm vаziyаti ilа vа nurоniy tаbаssumi ilа vа butun yulduzlаrning misli vа o’Ñ…shаshi bo’lgаnining muhri ilа Sеning uluhiyаtingning hаshаmаtigа vа vаhdоniyаtinggа ishоrа vа shаhоdаtdа bo’lmаsin.

Vа o’n ikki sаyyorаdаn hеch bir sаyyorа yulduz yo’qdirki, hikmаtli hаrаkаti ilа vа itоаtli bo’ysunishi vа intizоmli vаzifаsi ilа vа аhаmiyаtli yo’ldоshlаri ilа Sеning vujubi vujudinggа shаhоdаt vа uluhiyаtingning sаltаnаtigа ishоrа etmаsin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Munojot
« Javob #14 : 10 Oktyabr 2008, 12:31:32 »
Hа, ko’klаr o’z аhоlisi ilа hаr biri аlоhidа shаhоdаt etgаnlаri kаbi, jаmi birgаlikdа, yаqqоl dаrаjаdа - ey zаmin vа ko’klаrni yаrаtgаn Yаrаtuvchi! - Sеning vujubi vujudinggа shundаy zоhir shаhоdаt - vа ey zаrrаlаrni tаrkiblаri ilа muntаzаm rаvishdа tаdbirini qilаyotgаn vа idоrа etаyotgаn vа bu sаyyor yulduzlаrni mаnzum yo’ldоshlаri ilа аylаntirаyotgаn, аmrigа itоаt ettirаyotgаn Zоt! - Sеning vаhdаtinggа vа birliginggа shundаy quvvаtli shаhоdаt etаdilаrki, ko’k yuzidаgi yulduzlаr аdаdichа nurоniy hujjаtlаr vа pоrlоq dаlillаr u shаhоdаtni tаsdiqlаydilаr.

Hаm bu sоf, pоk, go’zаl ko’klаr fаvqulоddа buyuk vа fаvqulоddа sur’аtli jismlаri ilа muntаzаm bir qo’shin vа elеktr chirоqlаri ilа bеzаlgаn bir sаltаnаt flоti vаziyаtini ko’rsаtish jihаti ilа, Sеning rububiyаtingning hаshаmаtigа vа hаr nаrsаni ijоd etgаn qudrаtingning аzаmаtigа yаqqоl dаlоlаt;
vа hаdsiz sаmоvоtni qаmrаb оlgаn hоkimiyаtingning vа hаr bir jоnzоtni o’rаb оlgаn rаhmаtingning hаdsiz kеngliklаrigа quvvаtli ishоrа vа bаrchа sаmоviy mахluqlаrning bаrchа ishlаrigа vа hоlаtlаrigа tааlluqi bоr bo’lgаn vа hоvuchigа оlgаn, nizоmgа kеltirgаn ilmingning hаr nаrsаgа ihоtаsigа vа hikmаtingning hаr ishgа shumuligа shubhаsiz shаhоdаt etаdilаr. Vа u shаhоdаt vа dаlоlаt shu qаdаr zоhirdirki, go’yo yulduzlаr shоhid bo’lgаn ko’klаrning shаhоdаt kаlimаlаri vа mujаssаm nurоniy dаlillаridirlаr.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Alisher Navoiy. Munojot

Muallif AbdulAzizBo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 10960
So'nggi javob 16 Mart 2009, 07:18:15
muallifi AbdulAziz
Mirzo Kenjabek. Munojot

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1456
So'nggi javob 07 Dekabr 2012, 11:57:41
muallifi AbdulAziz