Munojot  ( 23217 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Robiya  28 May 2009, 11:05:14

2...

Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.

Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik

Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.

Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...

Allohim, iloh yo‘q Sendan bo‘lak, deb
O’tganning hayoti bo‘lmish mazmunli.
Allohim, eng so‘nggi go‘zal tilak deb,
Umrini o‘tkazmish g‘amli, mahzunli.

Allohim, Seni bir, demayin o‘tgan
O’ziga ilohlar yaratib olmish.
Allohim, tog‘lar ham uchib yurgan on
Ul bandang do‘zaxda abadiy qolmish.

Allohim, bu ikki bandang hikmati
Butun bir dunyoga o‘xshaydi bugun.
Allohim, Senga qo‘l cho‘zilgan payti
So‘rayman: hidoyat ber bizlar uchun.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 11:06:00

3...

Allohim, sen Xoliqimsan, toqdirsan,
Eng pokiza masdaringda ko‘ngil to‘q.
Sendan o‘zga iloh yo‘qdir, ma’bud yo‘q
Sen barcha aybu nuqsondan pokdirsan,
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Har qandayin kunim sendan, roziman,
Bosh sajdada rixlat qilmoq - tilagim,
Yo‘lingda qon bo‘yalsaydi ko‘ylagim,
Eng chiroyli o‘lim sendan, roziman.
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Bergan ilming menga sharaf, menga shon,
Amalimni shunga loyiq ko‘rsang, bas.
Rahmating-la olmoqdaman ham nafas,
Oxirimni ayla Rabbim, nurafshon.
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Gunohim ko‘p, garchi kamdir savobim,
O’ng tomondan amal daftarim keltir,
Tavhid ahli qatorida tiriltir,
Aks holda ertan chiqar harobim
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Hech yo‘lim yo‘q Sensiz, erkin, mustaqil,
Qullik istab sajdadaman, ey Alloh.
Buyuk arshing soyasida ber panoh,
Payg‘ambaring shafoatin nasib qil,
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Sirot uzra o‘tay omon, osuda,
Yiqilmayin qoq manzilga yetganda,
Rasululloh ila ichay deganda
To‘siq qo‘yma Havzi Kavsar oldida
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Qayta turar soatimni oson qil,
G’arib - miskin holatimni bilasan,
Eng muqaddas niyatimni bilasan:
Parvardigor, huzuringga mehmon qil
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 11:06:32

4...

Allohim, bu dunyoni saodatga boshlagin,
Hech tuganmas azobni halovatga boshlagin,
Erta tongda O’zingga yig‘lab munojot aylay:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Chingizdan qutulsak-da, ammo nedir yetmaydi...
Osmon ko‘rinay dedi, qora bulut ketmaydi:
Ahli solih bizlarni o‘ziga do‘st etmaydi?!
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Faqat mozorlar uchun joriy qildik Qur’onni,
Qulatdik uzoq yo‘ldan kelgan diniy karvonni.
Turli mahzun yo‘llarda boy bermasdan iymonni
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Yurtda kezmish dahriylar izlab ming-ming hamxona,
Tog‘utlar ila qurib kufrga liq koshona.
Endi Buxoriysi-yu, Navoiysi afsona...
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Bir paytlar bu millat titratgan edi Sharqni,
Ko‘fasi-yu, Shomidan tortib Bog‘dod va Balxni...
Bugun sendan O’zgaga topshirib bo‘lmas xalqni,
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

O’zing ko‘r, Rabbim, bugun namozlardan yiroqmiz
Dunyo qarshisida-chi, qulmiz, mute’, titroqmiz.
Qodiriy aytganidek, birlashmagan tarqoqmiz,
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Kimdir Haqqa undasa, tinmay kulguvchi ham biz,
Undan albat o‘zimiz ongli bilguvchi ham biz.
So‘ng tinmasdan mo‘minlik da’vo qilguvchi ham biz
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 11:07:00

5...

Gunohkor bandaning umidi Sendan,
So‘nggi lahzada ham tavba qilgaydir.
Dunyoning bor-butin musulmon banda
Sening toatingga haqir bilgaydir.

Odamlar o‘tdilar isyonkorona,
Farosat sarhadin toptab va yanchib.
Iymonning tubida hayxot pinxona
Bir nur toatingga chiqdi-ku sapchib.

Shirklar ummoniga g‘arq bu zamonda
Muqaddam qo‘yildi Sening bir So‘zing.
Fir’avnlar yashab o‘tgan makonda
Bizni toatingga bog‘lading O’zing.

Taqdiring xayrli bo‘ldi bizlarga,
Jonni sadqa qilmoq soati keldi.
Aqli bor insonlar har qanday paytda
Sening kalomingni oliy deb bildi.

Mayxonadan chiqar bemor qabila
Chayqala-chayqala to‘kilar hayot...
Sajdada jon bermoq orzusi ila
Joynamoz yozmoqda yoshi ulug‘ zot.

Mast-u, alast dunyo, mehri boylangan
Zormanda xilqatning ichida tetik
Gullarning hididan boshi aylangan
Bolakay yo‘lingga tushganin ko‘rdik.

Hayo ko‘chasidan uchganda parda
Erlar halovati, ori yo‘qolgan.
Avratlar ochilgan telba diyorda
Ayolning xurligi hijobda qolgan!

Ma’siyat, gunohlar shu qadar zo‘rki
Alar bilan ko‘ksim o‘yiblar tildim.
Jonim chiqar chog‘da behad shukrki,
Tavba eshigingga emaklab keldim.

Allohim, O’zingga qilgum munojot
Yig‘lablar boshimni qo‘yib sajdaga.
Men kimki, butun bir samo - koinot
Zor-u muhtoj yotar Sening mujdangga?!
Allohim, Rahmonim, ey Mehribonim,
Tavakkul sengadir, qo‘lingda jonim...

Xayrulla Hamidov

Qayd etilgan


siddiqa  31 May 2009, 07:26:49

 :bsm:

Yo,Rabbim senga bo'lgan muhabbat ,
senga bo'lgan qo'rquv tufayli ,sening zafaring ,sening buyrug'ing ,sening roziliging uchun ,
ey,olamni yaratguvchi ,
ey,sultonlar Sultoni,sen hamma narsaga qodirsan .
Sensiz baht bormi ?! sensiz ko'z yoshi tokish nechun ?!
sensiz hayotning nima qizig'i bor.
Sen hohlamasang bu ko'zlar ko'rarmi?bu yurak urarmi?,sening irodangsiz quyosh prlarmi,yer aylanarmi? chechaklar gullarmi ?!
Ey ,Rabbim ,
suvlar oqarmi?! '
Aql berding seni inkor qildik ,
ko'z berding ko'rnamaklik bo'ldi .Quyoshn ,Oyni iloh dedik ,pulni ,dunyoni ,nafsimizni Hudo qilib oldik ,ammo seni Allohim tangri demadik .
bizlarni avfet ,sening rahmatingdan umidvormiz .

(siz yolg'iz emassiz filmidan)

Qayd etilgan


Hadija  24 Iyul 2009, 20:06:37

Yahshigina!!!

Kel ey Yor, vafodor sol nazar Yaxshigina
Kelar u kuningdan ber habar, Yaxshigina

Ishqingda tunlarni ulayin kunduzgacha,
Ishongin o'zingni dil qumsar, Yaxshigina...

So'rasam oshiqlardan manzil-u makoning
Yig'labon dod faryod soldilar, Yaxshigina

Oshiqlar la yo'l yurib duch keldim gul bog'inggaye
Bayt aytib yig'lashib, kuylashar, Yaxshigina...

Mehribon borsanku Rahm ayla man qulingga,
O'zingga bu jonim talpinar, Yaxshigina...


Kel ey Yor, vafodor sol nazar Yaxshigina
Kelar u kuningdan ber habar, Yaxshigina...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  03 Noyabr 2009, 23:04:31

Iloho, bandani sohib nadam qil,
Siroti shar' uza sobit qadam qil.
Hidoyat piriga topshur qo'lumni,
Inoyat ko'yiga keng qil yo'lumni.
Ma'osiy loyig'a toydirma poyim,
Behishti ma'rifatni ayla joyim.
Agar chandiki behaddur gunohim,
Salomat qil xatarlardin, ilohim.
Karamlik Podishoho, Kirdikoro,
Rahimo, mag'firatlik Biru boro.
Agarchi soni yo'q isyon qilibmiz,
Umid ulki sani Vohid bilibmiz.
Iloho, birligingni hurmatidin,
Salomat qil u ko'pruk mehnatidin.

Qayd etilgan


Robiya  19 May 2010, 19:05:36

:as:

-Йа А аббимиз Аллоҳ! Ўзингга срта-ю кеч зорилик қиламиз: ишларимизни пишиқ қилмоғимизни, хом қолдирмаслигимизни насиб ст. А иё, кибру ҳасаддан ва барча ахлоқи замимадан бизларни халос қил, улардан безор бслгувчилардан қилгин бизларни. Ахлоқи ҳамидалар билан зийнатланганлар сафидан бизларга жой бер.

-Йа А аббимиз Аллоҳ! Ўзингнинг каломинг ва расулинг ҳадиси шарифларига асосланиб тарбис китобларини ёзган улуғ салаф алломалар, донишмандларни Ўзинг мағфират айла. У шарафли зотларнинг китобларидаги ҳикматларни англаш учун бизлардаги ақл-заковатни зиёда стиб, уларга амал қилишга муваффақ қил. Бизларни зоҳирий ва ботиний илмлар билан музаййан қилгин. Қалб ва кснгил ксзлари очиқ, маънавий-руҳоний оламнинг турли-туман гсзал ҳис туйғуларига соҳиб бслган инсонлардан айла. Ички олами нурга тслган, иймон зиёси билан мунаввар бслган сътиқодли, шафқатли, марҳаматли, гсзал ахлоқли қулларингдан айла! Омийн, йа раббал оламийн!

"Одамийлик мулки", Тохир Малик

Qayd etilgan


Hadija  16 Avgust 2010, 15:00:35

Munojot!...

Allohim! Sen Xoliqimsan, Toqdirsan!
Eng pokiza maslaringda ko’ngil to’q.
Sendan o’zga Iloh yo’qdir, Mabud yo’q!
Sen barcha ayb-u, nuqsondan pokdursan!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!

Har qandayin kunim Sendan roziman!
Bosh sajdada rixlat qilmoq tilagim!
Yo’lingda qon bo’yalsaydi ko’ylagim!
Eng chiyorli o’lim Sendan roziman!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!

Bergan ilming menga sharaf, menga shon!
Amalimni shunga loyiq ko’rsang bas!
Raxmatingla olmoqdaman har nafas!
Ohirimni ayla Rabbim nurafshon!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!

Gunohim ko’p, garchi kamdir savobim!
O’ng tomondan amal daftarim keltir!
Tavhid ahli qatorida tiriltir!
Aks holda ertan chiqar harobim!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!

Hech yo’lim yo’q Sensiz erkin mustaqil,
Qullik istab sajdadaman ey Alloh!
Buyuk Arshing soyasida ber panoh!
Payg’ambaring shafoatin nasib qil!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toliyim!

Sirot uzra o’tay omon-osuda!
Yiqilmayin qoq manzilga yetganda!
Rasululloh ila ichay deganda,
To’siq qo’yma havzu-kavsar oldida!
Azal ohir barchasidan oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!

Qayta turar soatimni oson qil!
G’arib-miskin holatimni bilasan!
Eng muqaddas niyatimni bilasan!
Parvardigor huzuringda mehmon qil!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!

"Xolislik Sari" dan...

Qayd etilgan