Munojot!...Allohim! Sen Xoliqimsan, Toqdirsan!
Eng pokiza maslaringda ko’ngil to’q.
Sendan o’zga Iloh yo’qdir, Mabud yo’q!
Sen barcha ayb-u, nuqsondan pokdursan!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!
Har qandayin kunim Sendan roziman!
Bosh sajdada rixlat qilmoq tilagim!
Yo’lingda qon bo’yalsaydi ko’ylagim!
Eng chiyorli o’lim Sendan roziman!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!
Bergan ilming menga sharaf, menga shon!
Amalimni shunga loyiq ko’rsang bas!
Raxmatingla olmoqdaman har nafas!
Ohirimni ayla Rabbim nurafshon!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!
Gunohim ko’p, garchi kamdir savobim!
O’ng tomondan amal daftarim keltir!
Tavhid ahli qatorida tiriltir!
Aks holda ertan chiqar harobim!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!
Hech yo’lim yo’q Sensiz erkin mustaqil,
Qullik istab sajdadaman ey Alloh!
Buyuk Arshing soyasida ber panoh!
Payg’ambaring shafoatin nasib qil!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toliyim!
Sirot uzra o’tay omon-osuda!
Yiqilmayin qoq manzilga yetganda!
Rasululloh ila ichay deganda,
To’siq qo’yma havzu-kavsar oldida!
Azal ohir barchasidan oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!
Qayta turar soatimni oson qil!
G’arib-miskin holatimni bilasan!
Eng muqaddas niyatimni bilasan!
Parvardigor huzuringda mehmon qil!
Azal ohir barchasidan Oliyim,
To’g’ri yo’lda bergin mening toleyim!
"Xolislik Sari" dan...