Hazrati Navoiy janoblari o’z "Lisonut Tayr" kitoblarida :
"œO’z kamchiliklaridan sharmanda bo’lib,bu uyatdan boshi tubanlik tuprog’iga egilganligi yuzasidan barcha hojatlarni amalga oshiruvchi hakam oldida munojot.Bu munojotni o’qigan kishi riyo va dunyo asirligidan ozod bo’ladi.Takabburlik uni tark qiladi,ko’ngli yumshab, Allohga yaqin bo’ladi", deb aytganlar.Quyida u kishining munojotlarini o'qishingiz mumkin.
Yo rabbiy!O’z holimga nihoyatda hayronman,o’ta gunohkor va mastu parishon holga tushgan bir kimsaman, chunki haddan tashqari baland nafsim tufayli kibru havoga mag’lub bo’ldim,to’g’rilikni nomaqbul bilib poklikdan uzoqlashdim.Jonimga isyon mayidan mastlik paydo bo’ldi,ko’nglim fisq ahliga hamdamlik qildi.Shu nafsim boshimga har xil havoyi hayfiyatlar soldi,shayton galalari har yondan menga hujum boshladilar.Bu to’dadan men voqif bo’lgunimga qadar,ular ko’nglim mamlakatini ostin-ustun qilib yuborishmoqda.
Bir zulm qiluvchi ko’zimga chiroyli ko’rinib,o’zimni unga oshiq,uni esa o’zimga mahbuba degan edim.Bu yomon fe’lli ma’shuqadan menga har xil sitamlar yetardi.U ko’zimga ko’ringach,hatto oh urib o’zimdan ketib q olgan paytlarim ham bo’lar edi.
Uning olovli lablaridan jonimga o’t tushdi,sochi va holidan ro’zg’orim qorayib ketdi.U so’zlaganida tilim lol qolar,nozli jilvasi esa aqlimni olar edi.Uning vasliga yetishmoqni o’zim uchun hayot,hajrini esa o’lim deb hisoblardim.Ularning biridan jonim osoyish topsa,ikkinchisidan jabr tortar edim.
Hajrining g’amida may ichar edim.Agar vasl jomi qo’lga kirgudek bo’lsa,jondan kechishga ham tayyor edim.Usiz tiriklikni o’lim deb anglardim,hajridan doim jonim yuz turli ofat chekar edi.
Uni hayotimning maqsadi deb bilardim,undan boshqa ko’nglimga kelmas edi.Undan ayriliqda yurgan chog’larimda boshqa hamma narsalar yodimdan ko’tarilardi.Chunki,sen o’zing voqifsan,men ham chin so’zni aytayin: hajridan ko’nglimga shunchalik ko’p jabru zulm yetardiki,hatto faqat uning vaslini istash uchungina seni yod etardim"¦
Alloh-Alloh.O’zimning bunday bandaligimni eslasam, sharmisorlik o’ldiradi.Jahlda shunchalik yuzqarolikka yo’l qo’ydimki,bular ko’zimga olamni qaro qilib ko’rsatmoqda.
Ey hech narsaga ehtiyoji yo’q Tangri! Umrimda biron-bir rakaat namozni o’tinchsiz qilmadim.Hargiz kerakli tosh bo’lmasa,tuproqqa bosh qo’ymadim.O’zimni karam sohibi ko’rmagunimcha gadoga biron-bir dirham tutqazmadim.Donolik bilan emas,balki qo’limda yuz donalik tasbeh ushlamagunimcha nomingni tilga olmadim.Biror ishni o’z foydamni ko’zlamay qilmadim,o’zimni munofiqlikdan holi deb bilmadim.Shu sababli men kabi inson,insongina emas,devu shayton ham bo’lmasin.O’zimning bu yanglig’ fe’l-atvorimdan juda xijolatdaman,bular uchun har doim ko’nglim tushkunlikka tushadi,dilim mudom g’ash.Bu xil xijolatliklardan men uchun hayot yo’q,chunki har doim uyat o’ldirib tashlayapti.
Bu illatlarni,aytib o’tdim,o’zim ularning hech bir ilojini olmayapman.Shunchalik musibatga duchor bo’lganmanki,agar sendan qazo yetsa,keyin nima bo’lishini bilmayman.Garchi bu dardlar men uchun davosiz bo’lsa-da,lekin ularning darmoni senga osondir.dardimga darmon inoyat qilgin,komil tavbaga erishmoq yo’lini ko’rsat.Adolat va ehsoningga meni sazovor qil va zolim nafsdan meni xalos et.Jonimda shavqing shu’lasini mavjud qil,undan o’zga hamma narsani ko’nglimdan chiqarib tashla.
Garchi ruh badan ichra tutqun bo’lsa ham uni mushohada etadigan kun qo’yib yubor.Toki bu qush safarga moyil bo’lib,asl gulshan tomon parvoz qila olsin.Chunki qush(ruh) uchmoq sari intilgani, tuproq(inson tanasi ma’nosida) esa tuproqqa qo’shilgani ma’qul.
Qilgan ishlarim haqida so’roq qilib, xitob etgan chog’ingda se bergan savollarga javob topa olmay qolsam, meni hazin ahvolga qo’ymay,tezda o’shani qo’shimga yetkurgilki, uni sen gunohkorlarning himoyachisi deb atagansan"¦