Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 233053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 15 B


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 08:35:13

AYOLLARGA XOS MASALALAR

Muallif: Fotimaxon Sulaymon qori qizi


MUNDARIJA

So‘zboshi
Ayollarning ma’naviy huquqlari
Hazrat payg‘ambarimizning (s.a.v.) ayollarga ajratgan darslari haqida

Ayollarning yurish-turishiga doir masalalar

O‘ranish va islom
Iymonga mos kelmagan kiyim to‘g‘risida
Jinsiy erkinlik keltirgan xastaliklar
Avrat masalasi
Mahram masalasi
Hayz masalalari
Nifos masalasi
Islomda homiladorlik xususidagi hukmlar va tib ilmi
Istihoza – uzr qoni masalasi
Tug‘ishning nazorat qilinishi
Homila tushirish masalasi

Ayollarning ijtimoiy huquqlari

Ayolning eri zimmasidagi haqlari
Mahr masalasi
Nafaqa masalasi
Er-xotinning  o‘zaro haqlari
Zino
Ayolning eridagi haqlari
Musulmon ayol fazilatlari
Duo


So‘zboshi

Dunyo yaratilgandan to hozirgi kungacha Zamin ne-ne davrlarni, ne-ne tuzumlarni ko‘rmadi. Jamiyat doim rivojlangan, yangilangan, o‘zgargan. Albatta bu o‘zgarishlar inson ongini shakllantirib, unga har taraflama ta’sir o‘tkazib kelgan. Xususan jamiyatning rivojlanishi mobaynida turli dinlar va g‘oya-mafkuralar davlat siyosatida hukmronlik qilib, ayollarga munosabat o‘zgarib turgan.

Islom dini jahonga tarqalib, Ovro‘pa mamlakatlarida ham musulmonlar ko‘paygach, ayollar muammosi nozik masalaga aylandi. Ayollarning diniy liboslarda yurishidan tortib, to ishlab chiqarishdagi ishtiroki masalalarigacha bir qancha muammolar, turli xil fikrlar, Islomga har xil yondashuvlar natijasida insonlar o‘rtasida ixtilof-ziddiyatlar, hatto musulmonlar orasida fitnalar kelib chiqdi. Bu muammolar hozirgi kunda, Islom o‘zining yana bir yangi bosqichiga ko‘tarilgan paytda jamiyatda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Bu muammolarni hal qilishning turli xil yo‘llari taqdim qilinyapti.

Bir guruh buni g‘arbliklarga xos ruhda hal qilish kerak, desa;
Bir guruh musulmonlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davrlarni tiklash kerak, ijtihodga o‘rin yo‘q, deydi;
Uchinchilari esa, dinni tozalash kerak, shariat hukmlarining ko‘pi eskirgan, uni qayta ko‘rib chiqish zarur, deydilar.

Shunday bir sharoitda musulmon ayol e’tiqodini saqlab qolgan holda, jamiyatda, o‘qishda va ishlab-chiqarishda qatnashishi zarurligini davr taqozo qilyapti. Chunki Islomda din va dunyo degan ayri tushunchalar yo‘q.

Qayd etilgan


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 08:39:54

Biz bu kitobga qo‘l urar ekanmiz, zamonamizda musulmon ayolning tutgan o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga atroflicha javob berishga, muslima ayollarimizni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan muammolarni tahlil etishga harakat qildik.

Buning uchun avvalo Qur’oni karimning ayollarga tegishli bo‘lgan oyatlariga, ayollarga qarata aytilgan, ular to‘g‘risidagi hadislarga murojaat qildik. Yurtimizdagi musulmonlar Imom Abu Hanifa mazhablarida bo‘lganliklari sababli, hanafiy mazhabidagi fiqhiy kitoblardan istifoda qildik: ana shu manbalar kitobning asosini tashkil qildi.

Masalaning tahlil uslubiga ko‘ra, avvalo ayollarga tegishli bo‘lgan ko‘rsatma va ilohiy amrlar ajratib olindi va ularga nisbatan hanafiy mazhabining qarashlari bayon qilindi. Kitobimiz musulmon ayollarining o‘z diniy haq-huquqlarini bilishlari, bilibgina qolmay, ulardan o‘z o‘rnida foydalanishlari va jamiyatning faol a’zosi bo‘lishlari yo‘lida ularga foyda keltirsa, niyatimizga yetgan bo‘lur edik.

Islomda ayollarga tegishli bo‘lgan masalalar talaygina, bu kitob doirasida ularning barini qamrab ololmadik va ilmiylik da’vosidan ham yiroqmiz. Shuning uchun kitobda kamchilik va nuqsonlar bo‘lsa, hurmatli ulamolarimiz o‘z fikr va mulohazalarini bildirishadi, degan umiddamiz.

Alloh xato va nuqsonlarimizni kechirsin, barchamizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarga yo‘llasin, omin!

Qayd etilgan


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 08:41:51

Bismillahir rohmanir rohim.

Alhamdu lillahi Robbil a’lamiyn vassalotu vassalamu ala Rasulina Muhammadin va alihi va ashabihi ajmaiyn.

AYOLLARNING MA’NAVIY HUQUQLARI

“Kishining iymondan keyingi,
xayriyati va baxtiyorligi – dunyoda
yaxshi xotinga ega bo‘lishligidir.”

Hadisdan

Jamiyatni isloh qilish, insonga baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatish barcha samoviy dinlarning asosini tashkil etadi.

Tarixdan ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti davrida yuksak maqomlarga yetgan va chuqur tanazzulga yuz tutgan zamonlar bo‘lgan. Har bir din jamiyatdagi bid’at, xurofot va xilma-xil xastaliklarga qarshi choralar ko‘rgan. Islom dini ham nozil bo‘lgan vaqtidanoq ijtimoiy hayotda, oilada, davlatchilikda hukm surgan chirkin urf-odatlarga qarshi ilohiy muolajasini boshladi. Shu o‘rinda biz ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan haqiqatni yana bir bor eslatib o‘tmoqdamiz.

Allohning basharga birinchi kalomi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) da’vatlarining boshi, Qur’onning ilk amri “Iqro’” (“O‘qi”) degan kalom bo‘ldi. Bu amr albatta ayollarga ham tegishli edi. Islomga ko‘ra ayol va erkak bir butunning ikki parchasi kabidir. Bir-birlarini to‘ldiradilar. Chunki hadisi sharifda aytilganki: “Ayollar erkaklarning (to‘ldiruvchi) parchasidir” .

Islomga ko‘ra, ayol ham erkak kabi dindor bo‘lishga, ibodat qilishga haqli va buyurilgandir. Qiladigan amaliga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Jinsiyat farqi savobining kam bo‘lishiga sabab emas. Qur’on ayol va erkakning tengligini e’lon qildi, undagi farzlar erkagu ayollarga barobar nozil qilingan.

Qayd etilgan


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 08:43:10

Ammo ular orasida faqat ayollarga va faqat erkaklarga xos bo‘lgan ko‘rsatmalar mavjud. Masalan: o‘ranish, hayz, emizishga doir oyatlar ayollarga xos bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida necha marta nikoh mumkinligi, mahr, nafaqa va hokazolar erkaklargagina tegishli buyruqlardir. Qolgan ilohiy buyruqlar, aytib o‘tganimizdek, har bir musulmon erkak va ayol uchun barobardir.

Islom dini ayollarga keng huquq va haqlar bergan. Musulmon ayol qulchilik ruhidan ozod bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘zining haq-huquqlarini bilishi va talab qila olishi kerak. Islom amrlariga bo‘ysunish, diniy ko‘rsatmalarga amal qilish esa ilmsiz bo‘lmaydi, ilm uning debochasidir. Shuning uchun ham bu masalani birinchi o‘ringa qo‘ydik. Ba’zi bir musulmon erkaklar ayol kishi namoz o‘qishni bilsa, ro‘za tutsa shu kifoya, uning oliygohlarda o‘qishi shart emas, deb hisoblaydilar. Bu xato fikr. Aksincha, islomni to‘g‘ri tushunib amal qilgan mo‘min erkaklar, avvalo o‘zlari ilmli bo‘lganlari yoki ilm olayotganlari holda, ayollarning ham ilm egallashlariga yordamchi bo‘ladilar. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, erkak o‘zi jamiyatda faol ishlab, ongi rivojlanib ketaversa-yu, ayol uyda o‘g‘lini o‘ziga o‘xshatib tarbiyalasa, ota va o‘g‘il orasida tafovut paydo bo‘lib qolmaydimi? Kelajak odamlarini tor fikrli ayollar tarbiyalasa, jamiyat rivoj topadimi? Musulmonlar uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlari o‘rnak va ibrat ekan, ayollarga bunday munosabat va ularning ilm olishlariga musulmon erkakning qarshilik ko‘rsatishi noto‘g‘ridir.

Islomda iymondan keyingi farzi aynlardan biri ilm olishlikdir (farz – «bajarilishi shart» degan ma’noni ham anglatadi). Alloh taolo bandasini tafakkur qilib, borliqqa qarab, tahlil qilib, O‘zini tanishini xohlaydi. Ko‘r-ko‘rona, taqlidiy iymon keltirishlikni xush ko‘rmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ilmni Chinda bo‘lsa ham borib olinglar”, deganlar. Vaholanki, o‘sha paytda Chin (Xitoy) butlar va butparastlar o‘lkasi bo‘lgan. Lekin ular bunday deyishga qo‘rqmadilar. Chunki borliqda Allohning qudratini namoyon etib turuvchi son-sanoqsiz dalillarni aqli bilan ta’ammul qilgan inson Uning vahdoniyyatiga iymon keltirgach, Rabbisiga shirk keltirmaydi, aksincha haq talabida bo‘ladi. 

Qayd etilgan


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 08:49:07

Islom tarixida olima ayollar ko‘p o‘tgan. Qur’oni Karim amri bilan boshlangan ilm va madaniy faoliyat tez sur’at bilan ilgarilay boshlagan. Asri saodatda sahobiyalar o‘rtasida ilmlari, zehnlari bilan ajralib turgan ayollardan hazrati Oysha, Xafsa, Ummu Salama, Karima bintul Miqdoya, Ummu Gulsum binti Uqba, Oysha bint Sa’d (r.a.)larning nomlari tarixda qolgan. Ular Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlarini tushunib olib, odamlarga yetkazardilar. Hadis kitoblarida hazrati Oysha, Ummu Habiba binti Abu Sufyon, Ummu Adb, Asmo binti Abu Bakr, Savdo binti Zam’a, Fotima binti Qays, Durra bint Abu Lahab, Sofiya bint Abdulmuttolib, Zaynab bint Jahsh, Maymuna bint Xoris, Ummu haram bint Milhom, Ummu Fervalarning nomlari keltirilgan.

Shubhasiz shariatning uch amal tayanchi bor. Bular ilm, amal, ixlos. Shu uch juzdan har biri haqiqiylashsa, shariat haqiqiylashadi. Bir kishida bu uch juz bilan shariat vujudga kelsa, Alloh roziligi qozonilgan bo‘ladi.

Rasulullohning (s.a.v.) nikohlarida to‘qqiz nafar ayollari bo‘lgan. Umuman shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Islomda erkak kishiga to‘rttagacha ayolga uylanishga ruxsat berilishining ijtimoiy sabablari mavjud, erkakning tabiiy ehtiyoji uchungina emas. Qur’on erkak kishiga to‘rttagacha nikohni halol qilar ekan, unga ayollar o‘rtasida adolat qilishlikni ham ta’kidlaydi. Albatta bu oson ish emas, shuning uchun buning savobi ham kattadir. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga nihoyatda yaxshi muomalali bo‘lganlar va boshqalarni ham shunga da’vat qilganlar. Bu haqda bir necha hadislar rivoyat qilingan:

“Mo‘minlarning to‘la ishonchlisi xushxulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga, zavjalariga yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir” .

“Ayollar xususida Allohdan qo‘rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o‘laroq olgansiz”

Qayd etilgan


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 08:54:43

HAZRAT PAYG‘AMBARIMIZNING (S.A.V.) AYOLLARGA AJRATGAN DARSLARI HAQIDA

“Bir ayol hazrat Payg‘ambarimizga (s.a.v.) dedi: «So‘zingizni tinglashimizga imkoniyat bo‘lmayapti, bevosita o‘zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin kiling, kelaylik, Alloh sizga o‘rgatganini bizga o‘rgating!». Hazrat Payg‘ambar (s.a.v) alohida dars o‘tishni qabul qilib, buyurdilar: “Falon kun, falon yerda to‘planinglar!” O‘sha kun kelgach, ularga va’z-nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: “Ey xotinlar, orangizda uch bolasi o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mabodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax o‘tidan asragaydir”, dedilar. Shunda bir xotin: “Ikkita bo‘lsa-chi?”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgaydir)”,-dedilar (bu gap otaga ham taalluqli).

Ayollarning fikr va tushunchalaridan foydalanish kerak emas, deganlar, ularni fikr-o‘ylarini bayon etmoqdan mahrum qilib, porloq va nurli shariatga, sog‘lom aqlga qarshi chiqadilar. Chunki, mo‘mina ayollar bilan maslahatlashishni bevosita shariat amr etmoqda. Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “... ishlaringizda ularga maslahat soling!...” (Oli-Imron surasi, 159-oyat). Diqqat etilsa bu oyati karimada Rasulullohga (s.a.v.) ham mo‘min erkaklar bilan, ham mo‘mina ayollar bilan maslahatlashish amr etilmoqda. Tabiiyki, musulmonlar ham shu amrga tobe’dirlar. Bir xadislarida «Ayollaringizga maslahat soling, ammo ularning aytganlariga teskari ish tuting» deganlar. Oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan maslahatlashmaslik kerak, bunga ehtiyoj yo‘q, deydigan bir ishora mavjud emas. Bu oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilganlar. Allohning va Payg‘ambarining xitoblari ayollarga ham, erkaklarga ham qaratilgan. Bu xitoblarni ochiq bir nass yoki ijmo bo‘lmaguncha erkaklar maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq joiz emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko‘rganliklari ma’lum. So‘zimiz quruq bo‘lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: “Kimki Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar...”

Qayd etilgan


xxmexx  08 Oktyabr 2007, 09:11:30

Rasululloh (s.a.v.)ning siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat xazinasidir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo‘lni to‘sdilar. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hudaybiyada oyoqqa qalqib; “Ey insonlar, turing qurbonliklaringizni so‘ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!”, deya ashobga amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini yana bir takrorladilar. Yana qimirlashmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi bor takrorladilar. Yana qimirlamadilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu Salamaning yonlariga bordilar. Borishlari bilan Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ne bo‘ldi?”, deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ey Ummu Salama! Xalqning (musulmonlarning) bu tutimi nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: qurbonliklaringizni so‘ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing!, deb takror-takror aytdim. Ular so‘zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqka turishmadi?!”, deb nolidilar.

Hazrat Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ko‘rganingizdek xalq shu holga tushmoqda. Ey Allohning Payg‘ambari! Siz shu ishni bajarmoqni istaysizmi? Istasangiz, tez boring, qurbonliklarni so‘yguncha, sartaroshni chaqirib, soch oldirguncha ashobdan hech kimga so‘z aytmang. Siz qurbonliklarni so‘yib, soch oldirsangiz, xalq ham shunday qiladi. Muhaqqaq sizga ergashadi!”, dedilar.

Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehromlarini o‘ng qo‘ltiqlaridan chiqarib, chap yelkalariga tashladilar. Qo‘llariga bir xorba (nayza) olib, baland ovozda «Bismillahi, Allohu Akbar!», deya, qurbonlik tuyalarini so‘ya boshladilar.

Ashob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qurbonlik so‘yishlarini ko‘rishlari bilan darhol turib, qurbonlik tuyalarini so‘yishga tushdilar.

Hazrat Ummu Salama shunday dedilar: “Qurbonliklarga qarab shunday chopdilarki, to‘planganlarini ko‘rib bir-birlarini ezib qo‘yishlaridan qo‘rqdim”6 .

Demak, ilm olishlik Islomda farz ekan va ilm bevosita kasb-hunar bilan bog‘liq ekan, ayollarning ishlab chiqarishda qatnashishlari, jamoat ishlarida faol qatnashishlari ham nihoyatda muhimdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:19:13

Ayollarning yurish-turishiga doir masalalar

O‘RANISH VA ISLOM

Islomda ayollarga buyurilgan shar’iy shartlardan biri avrat joylarini berkitishdir.
Islom dini kelishidan avval arab ayollari boshlariga bir ro‘mol tashlab olishardi. Faqat ikki uchini yelkalaridan orqaga osiltirib, gardanlari va ko‘ksilarni ochiq qoldirishardi. Ayollar kesilgan (yirtilgan) ko‘ylaklar kiyib, son va boldirlarini namoyish etardilar. Ayolning onalik viqorini saqlaydigan tasattur yo‘q hisobi edi. U davr ayollarida erkakdan chekinish, tortinish degan narsalar yo‘q edi. Ayni zamonda hojatxonalar uylardan tashqarida bo‘lardi. Ayollar tun qorong‘usida hojatga borishganida hur yoki joriya ekani farqlanmaganligidan yo‘lda shilqimliklar bo‘lib turardi.

Ayollar uylaridan bezanib, kiyinib chiqishar, yaxshi-yomon erkaklar bilan aralashib o‘tirib, suhbatlashishardi. Madinai Munavvarada hijob oyati tushgunga qadar bu iflos odat davom etdi.

Rasululloh (s.a.v.) tasatturning foydasi va zarurligini bilganlari holda, bu xususga aloqador oyati karima endirilishini kutayotganlari uchun o‘zlaricha bir nima demasdilar.

Haqiqatan, musulmon ayollarga o‘ranish amri hijriy 4-yilda (milodiy 624) zulqa’da oyida farz qilindi.

Tasattur oyati nozil bo‘lishi bilan Payg‘ambarimiz ashobga yetkazdilar. Sahobalar tasattur amrini uyidagi ayollarga aytdilar va musulmon ayollar gazmollardan yopinchiq qildilar.

U davrda ayollar tasatturga amal qilishgani, ya’ni, qanday o‘ranishganini hazrati Oysha onamiz shunday hikoya qiladilar:

"œVallohi, men Allohning kitobi Qur’onning tasdiqi va uning indirilishiga iymon jihatidan ansor ayollaridan fazilatliroqlarini ko‘rmadim. «Nur» surasidagi o‘ranish haqidagi oyat tushishi bilan erkaklar ayollariga borib, Alloh yuborgan oyatlarni o‘qiy boshladilar. Har qaysisi bu amrlarni zavjasiga, qiziga, singlisiga va barcha yaqinlariga o‘qishardi. Ayollarning hech biri istisno etilmaslik sharti bilan Allohning Qur’ondagi amriga muvofiq jundan va paxtadan tayyorlangan yopinchiqlarga o‘randilar. Va shu holda Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida tong namozini o‘qidilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:19:34

Qur’onda Rasulullohga (s.a.v.) xitoban: "œEy payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir). Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir». (Ahzob surasi, 59-oyat).

Turli millatlarga mansub mo‘minalarning urf-odatlari ham farqli bo‘lishi tabiiydir. Bizning diyorimizda azaldan to‘quvchilik sanoati rivojlangan bo‘lib, duxoba, adras, xonatlas, shoyi kabi gazlamalar xalqning ehtiyojini qondirib kelgan, shu gazlamalardan liboslar tikib kiyishgan. Chetdan keltirilgan matolarni xalq sotib olishga qurbi yetmagan, shu milliy liboslarni ayollar avrat chegaralaridan chiqmagan holda kiyishgan. Hozirda esa zamonaviy liboslar, chet el urflari bo‘yicha bichib-tikilgan kiyimlar ko‘payib ketdi, ayollarimiz urf deb milliy va diniy e’tiqodimiz chegarasidan chiqib ketyaptilar. Albatta, moddiylikka bo‘lgan nafs har bandada bor. Islom bunga qarshi chiqmaydi. Ayollar xonatlas va boshqa turli gazlamalardan ko‘ylaklar va zamonaviy chet el liboslarini ham kiyishlari mumkin, faqat ular avrat joylarini berkitsa, yupqa bo‘lib badanini bilintirmasa, nihoyatda tor bo‘lmasa, rang jixatidan kishilarni o‘ziga jalb qilmasa, buning hech bir zarari yoki atrofdagilarni behuzur qiladigan joyi yo‘q. Avrat chegaralari haqida quyiroqda ma’lumot beramiz.

O‘ranishga doir ilohiy amrlarni ko‘rib chiqsak:
"œMo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar* va ro‘mollarini ko‘kraklari uzra tushirib olsinlar!..." (Nur surasi, 31-oyat).

"œO‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar..." (Ahzob surasi, 33-oyat).

Bu oyati karimalarga ko‘ra balog‘atga yetgan musulmon ayolning o‘ranishi farzdir. Buni inkor etgan mutlaq kofir bo‘ladi. Bir kun o‘ranarman degan ayol gunohkor bo‘ladi, lekin kofir bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:19:57

Avvalo shuni yaxshilab tushunib olish kerakki, Islomda o‘ranish faqat foydasi uchun emas, eng avval Allohning amri bo‘lgani va uning rizosini qozonish uchun farz qilingan. O‘ranishning faqatgina, yolg‘iz foyda ma’nosini dinimiz ma’qullamaydi. O‘ranishdan murod Alloh roziligi bo‘lmog‘i kerak. Aslida insonning yashashidan va barcha ibodatlaridan murod ham Rizoi Boriydir, ya’ni, Alloh rizoligidir. Namoz, ro‘za, zakot ham turli foydalar uchun ado etilmaydi, agar ibodatlar Alloh rizosidan tashqari maqsadlarni ko‘zlab qilinsa, maqbul emas. Ibodatlarimizni yolg‘iz Alloh rizoligi uchun ado etsak , Alloh kutilmagan joydan ne’matlar yuborib mukofotlantiradi. Ayollar ham Alloh uchun kiyinib, yashasalar, ham bu dunyoda, ham oxiratda mukofotlarini ko‘radilar, inshoalloh.

"œMa’naviy foyda" deb ta’riflaganimiz, Alloh rizosi uchun kiyinish va boshqa ibodatlarning ado etilishi hech tugamaydigan jannatga erishtiradi. Janobi Haqqa bir odim yaqinlashsak, u bizga o‘n odim yaqinlashadi. Bir yaxshilik qilsak, Rabbimiz bizga o‘n yaxshilik qiladi. Amallarimizning haqiqiy mukofotini abadiy dunyoda ko‘rishimiz shubhasiz.

Yopinchiqning yana bir foydasi — ayolni erkaklarning yomon nazari, zararli energiyasidan saqlaydi. Amerikalik bir shifokor mutaxassis g‘arblik ochiq-sochiq ayollarni teri va tanalari borasida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotchi ovro‘palik va amriqolik ayollarning yosh bo‘lishlariga qaramasdan yuzlarida joziba kamayib, ajinlar ko‘payganini, bo‘yoqlari to‘kilgan mashina kapotlarini takror bo‘yagandek bo‘lib, go‘zallashish o‘rniga, aksincha battar buzilganlarini kuzatgan. Amriqolik teri mutaxassisi Sharq musulmon ayollari borasidagi tadqiqoti natijasi tamoman teskariligini, masalan, 70 yoshli musulmon ayolning 35-40 yoshdagi ayolday badanida tirish yo‘qligini va yuzi g‘oyatda nurli ekanini ko‘rdi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, G‘arb ayollaridagi teri raki musulmon o‘lkalardagi ayollarda yo‘q darajada. Tadqiqotchi buning sababini shunday tushuntiradi: "œMashina faralaridan taralgan nurlar pashsha va quyonni qanday behuzur qilsa, erkaklar ko‘zidagi elektromagnit to‘lqinlari — alfa, betta va gamma nurlar ham ayollarning badaniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi"7 .

Tadqiqotchi Sharq jamiyatidagi musulmon ayollarning yuz terilari keksa bo‘lishiga qaramasdan uncha burishmaganiga va terisida saraton (rak) kasalliklari deyarli yo‘qligiga tasattur sabab ekaniga, u ayollar tanini quyoshning zararli nurlariga va erkaklarning elektromagnit to‘lqinlariga to‘yingan nazarlariga to‘siq bo‘lib xizmat qilishiga va bu hikmatli ekaniga qanoat hosil qilibdi.

Qayd etilgan