Dajjol haqida nima bilasiz?  ( 76929 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muslimа  14 Noyabr 2006, 09:04:07

MO’MINGA XUSHXABAR

Dajjolning siyrati qo’rquv va hadikni paydo qiladi. Ha, uning fitnalariga aldanish, guruhiga qo’shilib qolish, do’zaxiga kirish va nihoyat, uning tobe’lari qatorida halok bo’lish qo’rquvni paydo qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ummatlarini Dajjoldan aniq va ravshan qilib ogohlantirdilar. Biz bu hadislarning ba’zisini hukmingizga havola qildik.

Dajjol zikr qilinganida mo’min kishi ogoh bo’lishi va hadiksirashi tabiiy. Lekin vorid bo’lgan umumiy hadislardan Nabiyymiz sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga mehribonliklarini, ular uchun tashvishlanishlarini va ularniig najot topishiga qanchalar ishtiyoqli ekanliklarini bilib olamiz: "Men sizlarga Dajjol chiqishidan qo’rqmayman. U chiqqanda, orangizda bo’lsam, men sizlar uchun u bilan hujjatlashib (g’olib) bo’laman. Agar u men orangizdan ketganimdan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga har bir musulmonni himoya qiladi".

Bu so’zlar har bir mo’minga qalb oromi va xotirjamlikni baxsh etadi.

Dajjol haqiqiy mo’minga zarar bera olmasligi haqidagi mana bu hadis esa, unga yanada ko’proq xotirjamlikni keltiradi. Huzayfadan rivoyat qilinadi: "Ba’zilaringiz (tomonidan sodir bo’ladigan) fitna Dajjol fitnasidan kura, menga xavfliroq» bironta fitna, hoh kichik bo’lsin, hoh katta, Dajjol fitnasi oldida arzimas bo’lib qoladi. Kimda-kim oldingi fitnalardan najot topgan bo’lsa, Dajjol fitnasidan ham qutulib qoladi. Allohga qasamki, u musulmonga zarar bera olmaydi. Uning ikki ko’zi o’rtasiga kofir deb yozilgandir" (Sahih hadis. Ahmad rivoyati).

Imom Qurtubiy aytadi: «Agar: "Nima uchun hadisda "Dajjol musulmonga zarar bera olmaydi", deb aytilyapti, axir Madinadan uning oldiga chiqqan kishini arra bilan ikki bo’lakka ajratib, o’ldiradi-ku. Bu zarar, bo’lib ham, eng katga zarar emasmi?» deb so’rasalar, shunday javob beramiz: "Hadisdan bu ma’no ko’zlanmagan. Balki hadisning ma’nosi — haqiqiy musulmon Dajjolni belgilaridan tanigani uchun, la’nati uni fitnaga solib, dinidan chiqara olmaydi. Kimning iymoni zaif bo’lsa, Dajjol qo’lida sodir bo’ladigan g’ayrioddiy ishlarni ko’rib, aldanadi va unga ergashadi. Vallohu a’lam» («Тazkira» kitobidan).

Qayd etilgan


Muslimа  28 Noyabr 2006, 10:39:50

MASIH (ISO) MASIH (DAJJOL)NI O’LDIRADI

Hadisda keldiki: «...So’ngra Iso alayhissalom yerga tushadi. Sahar vaqtida insonlar oldiga kelib shunday deydi: "Ey insonlar! Bu jirkanch kazzobga qarshi chiqishdan sizlarni nima to’syapti?" Odamlar: "Bu kishi (aqldan ozgan, shekili)", deydilar. Borib qarasalar, Iso ibn Maryam ekanini ko’radilar. Namozga takbir aytiladi. Shunda (imomlik qilish uchun) oldingi safga o’ting, ey (Allohning) Ruhi", deyishadi. Iso aytadi: "Imomingiz marhamat qilsin (oldinga safga o’tsin) va sizlarga namoz o’qib bersin".

Bomdod namoziki o’qib bo’lishgach, hammalari Dajjolning oldiga chiqadilar. Kazzob Dajjol Isoni ko’rgan zahoti tuz suvda eriganidek eriy boshlaydi. Hattoki daraxt va toshlar (tilga kirib) nido qiladi: "Ey Ruhulloh, bu (orqamga berkib olgan) yahudiy (Dajjol tobe’laridan). Iso Dajjol tobe’laridan birontasini qoldirmay halok qiladi» (Hasan hadis. Ahmad va Hokim rivoyati).

Avvalgi sahifalarda, Iso ibn Maryamnining tushishi va Dajjolni qatl etishi bayon qilingan edi.

Abu Umoma Bohiliy rivoyat qilgan hadisda aytiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Dajjol haqida zikr qilgan vaqtlarida, Abu Askarning qizi Ummu Shurayk so’radi: "Ey Rasululloh! (O’sha vaqtda) arablar qayerda bo’ladi ?»

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Ular juda oz qoladi. Aksar qismi Baytul Maqdisda bo’lib, imomlari solih kishi bo’ladi. Odamlarga bomdod namozini o’qib berish uchun oldingi (safga) o’tmoqchi bo’lganida, ularning oddiga Iso ibn Maryam alayhissalom tushadi. Iso odamlarga (imom bo’lib) namoz o’qib berishi uchun imom orqaga chekinadi. Shunda Iso alayhissalom uning yelkasiga qo’lini qo’yib shunday deydi: "Oldingi (safga) o’t va (odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib) ber. Chunki sen uchun (namozga) takbir aytildi". U odamlarga imom bo’lib namoz o’qiydi. Namoz tugagach, Iso alayhissalom aytadi: "Eshiklarni ochinglar". Bas, eshiklar ochiladi. Тashqarida Dajjol yetmish ming Bani Isroil yahudiylari bilan hammasi qilich va aslahalar bilan qurollangan turgan bo’ladi. Dajjol Isoni ko’rgan zahoti suvda erigan tuzdek eriydi va orqasiga qocha boshlaydi. Iso unga qarata: "Men senga bir zarba beriishm kerak. Mening zarbamdan qochib, qutula olmaysan", deydi.

Iso Dajjolga Damashq sharhidagi Ludda darvozasida yetib oladi va unga zarba berib, o’ldiradi. Alloh Dajjol tobe’lari bo’lgan yahudlarni mag’lub etadi. Ular bironta tosh yoki daraxt yoxud hayvonning orqasiga yashirinsalar, u tilga kirib, gapiradi: «Ey Allohning bandasi! Mana bu yahudiy (Dajjolning tobe’daridan). Kel, uni o’ldir". Faqatgina "g’arqada" degan daraxt gapirmaydi. Chunki u yahudlarning daraxtidir».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Isoning (yer yuzida) turadigan kunlari qirq yil bo’ladi. Bir yili yarim yilga teng. Yana bir yili bir oy kabi. Bir oyi bir haftadek. Oxirgi kuni uchqundek bo’lib, Madinaning bir eshigidan kirib, ikkinchi eshigiga borguningizgacha kech kirib qoladi". "Ey Rasululloh! Biz bu qisqa kunlarda namozni qanday o’qiymiz", deb so’rashdi. "(Dajjol chiqqan) o’sha uzun kunlarda (oldin) qilganingiz kabi vaqtni belgilab, namoz o’qiyveringlar", deb javob berdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday dedilar: "Iso alayhissalom ummatim ichida adolatli hakam va odil imom bo’lib turada. Хochni sindiradi, cho’chqani so’yadi (ya’ni, o’ldirib yuboradi), jizyani bekor qiladi, (ya’ni, ahli kitob Islomni qabul qiladi) sadaqani tark etadi, qo’y va tuyalarning zakotini olishga harakat qilinmaydi (chunki sadaqa va zakotni hech kim olmaydi), nafrat va adovat ko’tarilib ketadi Zaharli jonivorlarning zahari yo’qoladi. Hatto yosh bola ilonning iniga qo’l suqsa ham, ilon uni chaqmaydi. Qiz bola sherga narsa suqsa ham, sher zarar bermaydi. Bo’ri xuddi itlardek qo’ylarni (qo’riqlaydi.) Idish suvga to’lganidek, yer yuzi tiichlikka to’ladi. Odamlarning gapi bir xil bo’lib, faqat Allohga ibodat qilinadi. Urush olovlari so’nadi. Quraysh o’z mulkini qaytarib oladi. Yer tog’oraga o’xshab, Odam alayhissalom davri (o’simliklaridek, katta) o’simliklar undiradi. Hatto bir necha nafar kishi bir bosh uzum ustiga jamlanib (yeyishganda), uzum ularni to’ydiradi. Yana bir nechta odam anor (yeynsh uchun) to’planadilar. Anor ularga yetarli bo’ladi. Ho’kiz shuncha-shuncha pul bo’ladi. Ot bir necha tanga bo’ladi".

“Ey Rasululloh! Nima uchun otlar arzon bo’ladi?" deb so’rashdi.
"Chunki, u urushga minilmaydi (ya’ni, urush bo’lmaydi)".
"Ey Rasululloh! Ho’kizlar nima uchun qimmat bo’ladi?"
"Chunki ular bilan yer haydaladi».

So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so’zlarida davom etib, shunday dedilar: "Dajjol chiqishidan oldin uch yil qahatchilik bo’lib, odamlar qattiq ocharchilikda qoladilar. Birinchi yil Alloh osmonga yomg’irning uchdan birini ushlab qolishni, yerga esa o’simligining uchdan birini ushlab qolishini buyuradi. Ikkinchi yili kelganda, Alloh osmonga yomg’irning uchdan ikkisini, yerga ham o’simligining uchdan ikkisini ushlab qolishni buyuradi. Uchinchi yili Alloh osmonga bir qatra ham yomg’ir yog’dirmaslikni buyuradi. Bir tomchi yomg’ir ham tushmaydi. Yerga o’simlik undirmaslikni buyuradi. Yerda bir dona ko’kat o’smaydi. Bironta uy hayvoni va yovvoyi hayvon qolmay, halok bo’ladi. Alloh xohlagani bundan mustasno". Shu vaqt savol berildi: "Odamlar o’sha zamonda qanday hayot kechiradilar?"

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Тahlil, takbir, tasbeh, tahmid mana shular odamlarga ovqat o’rniga o’tadi" (Hasan hadis. Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Bu hadisning qiymati va ahamiyati haqida Ibn Moja shunday deydi: "Abu Hasan Тanonisdan eshitdim. U Abdurahmon al-Muharibiydan ushbu so’zlarni eshitgan ekan: "Bu hadisni muallimlar maktab o’quvchilariga o’rgatishlari lozim".

Хullas, har bir mo’min kishi Rabbimiz takdir qilgan ishlarni bajarish uchun Iso alayhissalomning yer yuziga tushishiga iymon keltirishi lozimdir. Buni sahih mutovotir hadislar e’tirof qilgan. Biz ushbu hadislarning ba’zilarini aytib o’tdik.

Muslim va Ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Ibn Maryam adolatli hakam bo’lib, yer yuziga tushadi. Хochni sindirib, cho’chqani o’ldiradi, jizyani bekor qiladi, tuyalar tashlab qo’yiladi va ularning zakotini olishga harakat qilinmaydi. Nafrat, adovat va hasad ko’tarilib ketadi. Odamlar molidan sadaqa berish uchun boshqalarni chaqiradilar. Lekin bironta odam sadaqa olmaydi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Abu Hurayradan rivoyat qilingan yana bir hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Iso ibn Maryam orangizga tushganda, imomingiz o’zingizdan bo’lsa, nima qilasizlar?" (Boshqa hadisda: "O’zingizdan bo’lgan kishini imom qilsa...") deganlaridagi «o’zingizdan» lafzi xususida Ibn Abu Zi’b: "Buning ma’nosini bilasizlarmi?" deb so’radi. "O’zingiz ayta qoling", deyishdi. U javob berdi: "Rabbingizning Kitobi va Nabiyingizning sunnatiga binoan imomlik qilsa", degan ma’nodadir».

Bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Nafsim qo’lida bo’lgan zotga qasamki, Iso ibn Maryam Ravhodagi tepalikda haj yoki umra yoki ikkisini ado qilish uchun "labbayka"ni aytadi».

Qayd etilgan


Muslimа  06 Dekabr 2006, 09:45:38

ISO MASIH YER YUZIDA QANCHA TURADI?

Iso alayhissalomniig yer yuziga tushganidan keyin qancha muddat turishi haqida turli xil rivoyatlar kelgan.

Тo’g’ri, u zotning yer yuzida qancha turishlarini belgilab bergan hadislar bor. Ularning ba’zisida, Iso yer yuzida yigirma to’rt yil turadi, deb aytilgan. Lekin tekshiril-gan sahih hadislar, u zotning yetti yil turishlarini e’tirof etadi.

Abdulloh ibn Amr rivoyat qilgan hadis:"... So’ngra odamlar yetgi yil turadilar. (Bu vaqt mobaynida) ikki kishi bir-biri bilan janjallashmaydi. Keyin Alloh Shom tarafdan sovuq shamol yuboradi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimа  23 Dekabr 2006, 08:46:05

ISONING YERGA TUSHISHI YANGI RISOLAT EMAS

Iso alayhissalom oxir zamonda yer yuziga yangi risolat (shariat) olib tushmaydi. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam — nabiylarning oxirgisi taolo Ahzob surasida "Nabiylarning oxirgisi", deb aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mendan keyin payg’ambar bo’lmaydi", deganlar. Yana: "Men kuzatuvchiman" (ya’ni, "payg’ambarlarning oxirgisi va kuzatuvchisiman"), deb aytganlar.

Shuningdek, u zot Umar ibn Хattobga shunday deganlar: "Agar Muso tirik bo’lganida, faqat menga ergashish unga durust bo’lardi".

Iso alayhissalomning tushishlari esa, oxirgi payg’ambar bo’lgan Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan oldingi payg’ambarning kelishidir. Lekin u zot Muhammad alayhissalomning shariatlariga ergashadi.

"Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha payg’ambarlardan: "Men sizlarga qanday Kitob va hikmat bermayin, keyin sizlarning payg’ambarligingizni tasdiq etuvchi bir payg’ambar (ya’ni, Muhammad alayhissalom) kelgach, albatta, unga iymon keltirursiz va yordam berursiz", deb ahd-paymon olgach, ularga: "Mana shu ahd-paymonimni iqror bo’lib qabul qildingizmi?" dedi. U payg’ambarlar: "Iqrormiz", deb javob qilishgach, Alloh aytdi: Guvoh bulingiz! Men ham sizlar bilan guvoh bo’lguvchilardanman» (Oli Imron, 81).
Jobir ibn Abdulloh aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlarini eshitdim. "Ummatimning bir toifasi qiyomat kuniga qadar haq ustida kurashadilar. Shu vaqt Iso ibn Maryam alayhissalotu vassalom tushgach, amirlari aytadi: "Kel (ey Iso). Bizga (imomlik qilib) namoz o’qib beri. Iso aytadi: "Yo’q. Allohning bu ummatga ko’rsatgan fazlu karami tufayli, sizlar bir-biringazga amirsiz" (Sahih hadis. Muslim, Ahmad rivoyatn).

Imom Qurtubiy aytadi: "Iso alayhissalom shariati Muhammadiyani e’tirof etib, uni yangilab tushadi. Chunki, u shariatlarning oxirgisi. Shuningdek, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham rasullarning oxirgisi. Iso adolatli hakam bo’lib tushadi. Demak, u imom ham, qozi ham, muftiy ham emas. Balki musulmonlarning o’sha vaqtdagi sultoni bo’ladi. U vaqtga kelib, Alloh ilmni ko’targan, odamlar shariatdan bexabar qolgan bo’ladilar. Iso alayhissalom yerga tushishdan oldin Alloh taoloning amri bilan odamlar o’rtasida hukm qilishi, o’zi esa amal qilishi uchun shariat ilmidan yetarli mikdorda egallagan bo’ladi. Mo’minlar Iso atrofida jamlanib, o’zlari ustida hakam bo’lishini so’raydilar. Chunkn Isodan boshqa birontasi bu ishga yaramaydi. Shariat hukmini bekor qilish esa mumkin emas. Chunki yer yuzida «Alloh, Alloh», deb aytilar ekan, qiyomat bo’lmaydi. Demak, shariat hukmlari amalda bo’ladi...»

Shu yerda savol tug’iladi: "Nima uchun Iso oldinroq emas, aynan shu vaqt yer yuziga tushadi?"

Keling, savolga javob berish uchun, so’zni yana Qurtubiyga bersak.

Imom Qurtubiy aytadi: "Biz bu savolga uch xil javob beramiz. Birinchi javob: Bani Isroil avval boshida Iso alayhissalomni o’ldirib, osmoqchi bo’ldilar. Lekin voqealar Alloh taolo kitobida bayon qilib bergan tarzda sodir bo’ldi. Ular doimo Isoni o’ldirganlarini da’vo qilganlar, shuningdek, sehrgarlik va boshqa yaramas ishlarni u zotga nisbat berganlar. Shuning uchun Alloh ularga xorlik kiyimini kiydirdi. Ayniqsa, Alloh Islomni aziz qilib, bayroqini yuqori ko’targan vaqtdan boshlab, ularda yer yuzining bironta qismida na saltanat, na quvvat, va na obro’-e’tibor qoldi. Qiyomat yaqinlashib, juda kuchli fitnachi Dajjol chiqquniga qadar shunday bo’ladi. U chiqqach, birinchi bo’lib, Bani Isroil yahudiylari unga bay’at beradi. Shu bilan ular go’yoki musulmonlardan o’ch oladilar. Dajjolning tobe’lari shu holatda bo’lib turgan vaqtlarida, Alloh ular "o’ldirganmiz", deb yurgan kishini - Isoni tushiradi va ularga, boshqa munofiq, fosodlarga uning tirik ekanini ko’rsatadi. Хudolikni da’vo qilayotgan raislari va yo’lboshchilari ustidan uni g’olib qiladi. Dajjolning askarlari bo’lmish Bani Isroilni ham Iso va u bilan birga bo’lgan mo’minlar qo’li bilan mag’lub qiladi. O’sha kuni qochishga joy topa olmaydilar. Agar ulardan biri daraxt, tosh yoki devor orqasiga yashirinsa, ular tnlga kirib, aytib beradi. Hatto Iso uning tepasiga kelganida, yo u Islomni qabul qiladi, yoki o’ldiriladi. Boshqa millatdagi kofirlarning taqdiri ham shunday bo’ladi. Yer yuzida bironta kofir qolmaguncha ish shu taxlit davom etadi.

Ikkinchi javob: Iso alayhissalom yer yuziga tushishining sababi, Dajjolni o’ldirish emas, balki, ajalining yaqinlashgani uchundir. Chunki Iso ibn Maryam hozir tirik, Alloh uni o’z huzuriga ko’targan. Тuproqdan yaralgan maxluq samoda o’lishga mumkin emas.
Alloh taolo aytadi:

"Biz sizlarni (yerdan) yaratdnk, yana unga qaytarurmiz va (qiyomat kuni) sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz" (Тoha, 55).

ALLOH taolo Isoni yerga tushirib, birinchi marta uni yerga dafn qiladi. Yaqindagi kishilar uni ko’radi, uzokdagilar u haqda eshitadi. So’ng uning jonini oladi. Mo’minlar Isoni dafnga tayyorlab, namozini o’qiydilar. Keyin ajdodlari bo’lgan payg’ambarlar dafn qilingan joy — "Muqaddas yer"ga dafn qilinadi. Qiyomatda ham ular bir bilan birga qayta turg’aziladi. Isoning yer yuziga tushirilishining sababi shu. Lekin uning tushishi Dajjolning Ludda darvozasiga yetib kelgan vaqtga to’g’ri kelib qoladi. Bu to’g’ridagi hadislar aytib o’tildi.

Dajjolning fitnasi xudolikni da’vo qilish darajasiga yetadi. Mo’minlardan birontasiga uni o’ldirish nasib etmaydi. Shuning uchun Iso unga yuzlanish va o’ldirishga haqli bo’ladi. Chunki Iso ibn Maryam Alloh O’z risolatini yetkazish uchun tanlagan, kitobini nozil eggan, uni va onasini oyat-alomat qilgan payg’ambarlardan. Demak, Isoning yer yuziga tushish sababi mana shu aynan Dajjolni o’ldirish emas. Vallohu a’lam.

Uchinchi javob: Iso Injilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlarining fazilatini topgan:

"Mana shu ularning Тavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa..." (Fath, 29).

So’ngra Allohdan o’zini Muhammadning ummatidan qilishini so’rab duo qilgach, osmonga ko’tardi. Oxir zamonda ISLOM dinidan, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dinidan unutilganlarni yangilash uchun Alloh uni yerga tushiradi. Isoning tushishi Dajjolning chiqishiga to’g’ri kelib qoladi va uni o’ldiradi.

Isoning tushishi odamlar fitnaga duchor bo’lgan, Dajjolga qarshi jang qilish har bir musulmonga farz bo’lgan vaqtga to’g’ri keladi. Iso ham musulmonlardan biri bo’lgani uchun boshqalarga farz bo’lgan narsa unga ham farz bo’ladi. U ham Muhammad sollallohu alayhi va sallam tobe’laridan bo’lgani uchun jangga kiradi va odamlar ko’z o’ngida Dajjolni o’ldiradi.

Isoning qayerga dafn qilinishi xususida har-xil gaplar bor. Halimiy: "Muqaddas yerga", deb aytsa, boshqalar, "Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan birga dafn qilinadi", deydilar. Vallohu a’lam" ("Тazkira" kitobidan).

Qayd etilgan


Muslimа  15 Yanvar 2007, 11:46:41

DAJJOL CHIQISHIGA IYMON KELTIRISH SHART

Dajjolning chiqishi va u qiyomat alomati ekani haq. Bu ahli sunna, ahli fiqh va ahli hadislarning mazhabidir. Dajjolning chiqishini faqat xavorijlar inkor qiladilar. Lekin biz — ahli sunna val-jamoa Dajjolning chiqishini ko’zimiz bilan ko’ramizmi, yo’qmi, baribir iymon keltiramiz. Chunki bu haqda bizga to’g’riso’z Muhammad sollallohu alayhi va sallam xabar berganlar. Nabiyimiz ko’zlari bilan ko’rib turgandek, uni bizga ta’rifladilar, aybu nuqsonlarini ochib berdilar. Avvalo, payg’ambarlikni da’vo qilib, so’ngra xudolikni iddao etishini ham xabar berib aytganlarki: "Albatta, Alloh g’ilay emas. Uning ko’zi o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, uni, o’qishni biladigan, yoki bilmaydigan har bir musulmon o’qiy oladi".

Dajjol xudolikni da’vo qilgan vaqtda, mo’minlar "Sening yomonligingdan, Allohdan panoh so’raymiz", deydilar. O’qishni biladigan-bilmaydigan mo’min borki, uning ikki ko’zi o’rtasidagi "kofir" degan so’zni o’qishi ham g’ayrioddiy narsa bo’lib, Parvardigorning mo’min bandalariga bergan ne’matlaridir... Subhonalloh...

Kofir esa o’qishni bilishi yoki bilmasligidan qat’iy nazar, johilligi, kofirligi va g’aflatdaligi uchun, bu yozuvni o’qiy olmaydi. Shuningdek, kofir Dajjolnnng illat, nuqsonlarini payqamaydi. Uning ojizligivi, yaratuvchi emas, balki maxluq ekanini ko’rib tursa ham, iloh deb biladi va unga ibodat qiladi. Mana shular Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam xabar bergan, g’ayb ishlarini tasdiqlashdagi ahli sunna val-jamoaning tutgan yo’lidir. Biz bu xabarlarga ishonamiz va bu voqealarning sodir bo’lishiga guvohlik beramiz.

Qayd etilgan


Muslimа  22 Yanvar 2007, 13:39:23

DAJJOL HOZIR QAYERDA?

Dajjolning tarixi asrlar va zamonlar yangilanishi bilan yangilanib turuvchi qadimiy tarixdir. Shubhasiz, u mal’undir. Barcha payg’ambarlar uni la’natlagan.

Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men sizlarni Dajjoldan ogohlantirganman. Har bir nabiy qavmini undan ogohlantirgan. Nuh ham qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga, u haqda bironta payg’ambar qavmiga aytmagan so’zni aytaman. Bilib qo’yinglar, Dajjol g’ilaydir. Alloh g’ilay emas".

Abu Umoma rivoyat qilgan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam odamlarga nido qilib shunday dedilar: "Ey insonlar! Alloh Odam zurriyotini yaratgandan beri, yer yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lmagan. Alloh azza va jalla bironta nabiyni yuborgan bo’lsa, albatta, u ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Men nabiylarning so’ngisiman. Sizlar eng so’nggi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi. Agar u men orangizda bo’lgan vaqtda chiqsa, men o’zim har bir musulmon uchun u bilan hujjatlashib (g’olib chiqaman). Agar u, mendan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, har bir musulmonga yordam beradi.-" (Sahih hadis. Izohi yuqorida o’tdi).

Shubhasiz, Dajjol uzoq zamondan beri mavjud. Ulamolarning ehtimoliy gaplariga ko’ra, u Muso alayhissalom davrida ham tirik bo’lgan (Muhammad Iso Dovud. «Al-xuyutul xufya»). Alloh taolo bashariyatni uning yomonlik va musibatlaridan qutqarish uchun Iso alayhissalomni yer yuziga tushirgunicha, u tirik bo’ladi.

Dajjolning bunday uzoq umr ko’rishining siri quyidagicha bo’lishi mumkin. Dajjol, yomonlik, fitna, zalo-lat va makr-hiyla jihatidan iblisga o’xshaydi. Alloh taolo iblis va uning yordamchilariga qiyomatga qadar yashamoq uchun muhlat berganidek, Dajjolga ham qiyomatga qadar tirik qolishga ruxsat bergan. Zero, Dajjol butparastlar  pushti panohi, sigirga sig’inuvchilarning yo’lboshchisidir.

Imom Ahmadning«Musnad»ida Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan shunday hadis rivoyat qilingan: «Dajjolning ota-onasi o’ttiz yil farzand ko’rishmaydi. So’ngra ulardan hammaga zarar beruvchi, manfaati oz, g’ilay farzand dunyoga keladi. Uning ko’zi uxlasa ham, qalbi uxlamaydi".

Rivoyat qilinishicha, saxobalardan biri kimsasiz orolda zanjirband etilgan Dajjol bilan uchrashgan. Bu ajoyib va g’aroyib uchrashuvdan Dajjolning chiqishi bilan bosh-lanajak katta fitnadan oldin uning ahvoli qanday ekanini bilishimiz mumkin. Dajjol bilan sahobaning o’rtasida bo’lib o’tgan suhbatdan uning dunyoda ro’y berayotgan ba’zi voqealarni, hattoki Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg’ambar bo’lishi va Madinaga hijrat qilishidan ham xabardor ekani ma’lum bo’ladi. Keling, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga xabar bergan bu ta’sirli uchrashuv haqidagi hadisga quloq tutaylik.

Imom Muslim "Sahih" kitoblarida quyidagi hadisni keltirganlar: Omir ibn Shurahbil Sha’biy Zahhok ibn Qaysning singlisi, avvalgi muhojir ayollardan bo’lgan Fotima binti Qaysdan so’radi: "Boshqa birovdan emas, aynan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’zidan eshitgan bironta hadis aytib bersangiz".

Fotima: "Mayli, xohlasang, aytib beraman", deb, quyidagi hadisni aytdi: «Ibn Mug’iyraga turmushga chiqqan edim. U o’sha vaqtdagi Quraysh yigitlarining eng yaxshilaridan edi. Erim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo’lgan bir jihodda jarohatlandi. (So’ng meni taloq qildi.) Men beva qoldim. Shunda bir nechta sahoba bilan birga Abdurahmon ibn Avf menga sovchi bo’lib kelishdi. Shu vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ozod qilgan qullari Usoma ibn Zayd uchun so’rab kelib qoldilar. Men ilgari, Rasulullohning sollallohu alayhi va sallam: "Kim meni yaxshi ko’rsa, Usomani ham yaxshi ko’rsin", deganlarini eshitgan edim. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga taklif qilganlarida, «O’zingiz hohlagan kishiga turmushga beravering", dedim. Rasululloh: "Unday bo’lsa, Ummu Sharikning uyiga ko’chib o’tgin", dedilar. Ummu Sharik ansoriy ayol-larning badavlati bo’lib, Alloh yo’lida juda ko’p infoq-ehson qilar, ko’pchilik uning uyiga mehmon bo’lib tushar edn. Men: "Хo’p bo’ladi", dedim. So’ng Rasululloh: "Yo’q, unday qilmay qo’yaqol. Ummu Sharikning mehmoni ko’p. Ro’moling tushib ketishi yoki etagang ko’tarilib, oyog’ing ochilib qolishi, natijada (o’sha yerdagi) kishilar, sen xohlamagan holda badaningta ko’zi tushib qolishini istamayman. Yaxshisi, amakingning o’g’li Abdulloh ibn Umar ibn Ummu Maktumning uyiga boraqol". (U qurayshning Bani Fihr qabilasidan bo’lib, men uning urug’idan edim.)

So’ng uning uyiga ko’chib o’tdim. Idda muddati tugagan kuni Rasulullohning muazzinlari "Jamoat namoziga (kelinglar}", deb nido qilayotganini eshitdim. Masjidga chi-qib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o’qidim. Men erkaklarning ortida turgan ayollar safida edim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozni o’qib bo’lgach, kulib minbarga chiqdilar va «Hech kim joyini tark etmasin", deb aytdilar. So’ngra: "Bilasizlarmi, nima uchun sizlarni (bu yerga) yig’dim?" deb so’radilar. Odamlar: "Alloh va Rasuli bilguvchiroq", deyishdi. Rasululloh: "Allohga qasamki, men sizlarni ixtiyoriy ravishda yig’madim, qo’rqqanimdan ham emas (ya’ni, behudaga yig’madim). Тo’plaganimning sababi shuki, Тamim ad-Doriy* nasroniy kishi edi. U kelib menga bay’at berdi va Islomni qabul qildi. So’ngra Masihi Dajjol haqida bir voqeani so’zlab berdi. Uning gaplari men sizlarga aytgan xabarga to’la mos kelyapti. Menga aytipshcha, u (Тamim ad-Doriy) Laxm va Juzom qabilasidan o’ttiz kishi bilan birga kemaga minibdi. Тo’lqin ularni dengazda bir oy (xas-cho’pdek) o’ynagan. Nihoyat, ular kun botar tarafda, bir orol oldida langar tashlaganlar, qayiqlarga o’tirib, qirg’oq tomon suzganlar va orolga qadam qo’yganlar. Ularning oldiga yunglari o’sib ketgan jonivor kelgan. Yungining ko’pligidan oldi qaysi, orqasi qaysi, bilolmabdilar. "Holingga voy, kimsan o’zi?" deb so’rabdilar. "Men Jassosaman", debdi u. "Nima degani u Jassosa?" deb so’rabdilar yana. Maxluq aytibdi: "Ey qavm, ibodatxonadagi anavi kishining (oldiga) yuringlar. Chunki u sizlarning xabaringazga mushtoq".

Тamim ad-Doriy aytadi: "Maxluq bizga ibodatxonadagi kishini ta’riflab bergan edi, maxluqdan shayton emasmikan", deb cho’chidik. Тez yurib, ibodatxonaga kirdik. Qarasak, ikki qo’li bo’yniga bog’langan, tizzasidan to’pig’igacha temir bilan kishanlangan juda bahaybat odamni ko’rdik. Biz undan: "Holinga voy bo’lsin, sen kimsan?" deb so’radik. U aytdi: "Mening xabarimni bildingiz Menga aytinglarchn, sizlar kimsiz o’zi?" "Biz arablarmiz. Kemaga mingan edik. (Safarimiz) dengizda dovul bo’lgan vaqtga to’g’ri kelib qoldi. Тo’lqin bizni bir oy (xas-cho’pdek) o’ynadi. So’ngra mana bu orol yaqiniga langar tashladik. Qayiqlarga o’tirib (qirg’oq tomon suzdik) va orolga chiqdik. Shu vaqt, yungining ko’pligidan na oldi va na orqasi bilinadigan jonivor oldimizga keldi. "Holingga voy, kimsan o’zi?" deb so’radik. U: "Men Jassosaman", dedi. Biz: "Jassosa nima degani?" deb so’radik yana. U: "Ibodatxonadagi anavi kishining (oldiga) boringlar. U sizlarning xabaringizga mushtoq", dedi. Keyin sening oldinga tezda keldik. Maxluqni shayton emasmikan, deb cho’chidik». Shunda bahaybat kishi dedi: "Bayson (falastindagi shahar) xurmozori haqida menga xabar beringlar". Biz aytdik: "Uning nimasi haqida so’rayapsan?" U: "Uning xurmolari haqida so’rayapman. Meva beryaptimi?" dedi. Biz: "Ha", dedik. "Yaqinda, u meva bermay qo’yadi, -dedi u. Keyin aytdi: - Endi menga Тabariya ko’li (Baytul Maqdis atrofidagi ko’l) haqida xabar beringlar». "Uning nimasini so’rayapsan?" dedik.
"Unda suv ko’pmi?"
"Ha. Uning suvi ko’p".
«U ko’lning suvi (oz muddatdan keyin) quriy boshlaydi, — dedi va yana aytdi: — Endi menga Zug’ar (Shomdagi shahar) bulog’i haqida xabar beringlar». "Uning nimasini so’rayapsan?" dedik biz. U: "Buloqda suv bormi? Odamlar ekiklarini buloq suvi bilan sug’oryaptimi?" deb so’radi. Biz: "Ha. Buloqning suvi ko’p. Aholi ham ekinlarini buloq suvi bilan sug’oryapti", dedik.

U keyin: "Omilarning payg’ambari haqida menga xabar beringlarchi? U nima ishlar qildi?" deb so’radi. Biz: "U payg’ambar Makkadan chiqdi va Yasrib (Madina)ga ko’chib o’tdi", dedik. U: "Arablar unga qarshi jang qildilarmi?" deb so’radi so’ngra. Biz: "Ha". dedik. "U arablar bilan qanday (yo’l tutdi) ?" deb savol berdi keyin. Biz unga: "Payg’ambar atrofdagi arablardan g’olib keldi. Oqibatda hammalari unga bo’yinsundilar", deb javob berdik. U: "Shunday bo’ldimi?" deya ta’kidlab so’radi Biz: "Ha"' dedik. "Albatta, arablar unga itoat qilsalar o’zlari uchun yaxshi bo’ladi, - dedi u. So’ng shunday deb qo’shib qo’ydi: - Endi men sizlarga o’zim haqimda xabar beraman. Men Masih Dajjolman. Yaqinda menga chiqish uchun ruxsat beriladi va men chiqaman. Men yer yuzini qirq kecha-kunduz ichida aylanib chiqaman. Makka va Тiybadan tashqari bironta qishloq, shaharni qoldirmay kiraman. Bu ikki shaxarga (kirshp) menga harom qilingan. Ulardan biriga kirmoqchi bo’lsam, bir farishta qo’lida yalang’ochlangan qilich bilan peshvoz chiqib, meni to’sadi. Makka va Тiybaning har bir tepaligida farishtalar ularning hududini qo’riqlab turadi".

(Hadis roviyi) Fotima binti Qays aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asolari bilan minbarlariga ishora qilib, "Тiyba, mana shu bo’ladi, Тiyba, mana pgu bo’ladi", deb (Madinani) aytdilar. Keyin shunday dedilar: "Ogoh bo’linglar, men sizlarga bu haqda xabar bergan edimmi?» Odamlar: "Ha" deb  javob berdilar. Rasululloh aytdilar: "Men sizlarga Dajjol haqida, Makka va Madina haqida aytgan gaplarim Тamimning xabariga to’liq mos kelsshi meni ajablantirdi. Bilib qo’yinglar, Dajjol Shom yoki Yaman dengazida. Yo’q, u mashriq tarafdan (chiqadi). Ha, u mashriqdan (keladi), mashriqdan (keladi)». Qo’llari bilan mashriqqa ishora qildilar. Men Rasulullohdan mana shu so’zlarni yodimda saqlab qolganman", dedi Fotima binti Qays («Sahihi Muslim»).   
                 
E’tiborli joyi shundaki, Dajjolning nomi Qur’onda ochiq-oydin kelmagan. Haqiqatda, nima uchun u zikr qilinmagan? Albatta, bu mulohazada jon bor. Lekin Alloh Dajjolni e’tiborga olmagani, uning ishini nazar-pisand qilmagani uchun bu pastkashning nomini Qur’oni Karimda zikr qilmasligi, ehtimol, mo’minlarning qalbiga xotirjamlik baxsh etar. Chunki, u haqiqatda zaif, haqir va aldoqchi. U: "Men ibodatga loyiq ilohman", deb odamlarni aldaydi.

Ibn Kasir aytadi: "Dajjolning o’zi da’vo qilayotgan rububiyat maqomiga nisbatan nuqsonli ekani aniq va ravshandnr. Alloh uning nomini Kalomida zikr qilmaganining sababi shuki, bu narsa, ya’ni, Dajjol nomi Qur’onda aytilmasligi ham mo’min bandalarga iymonni, Alloh va rasuliga taslim bo’lishni ziyoda qilishini bilgani uchundir»

Qur’on Dajjolni oshkora zikr qilmadi, balki unga ishora qilib o’tdi.

"Shak-shubhasiz osmonlar va yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin ko’p odamlar bilmaydilar" (G’ofir, 57), oyatining sharhida imom Bag’aviy aytadilar: "Oyatdagi insonlardan murod Dajjoldir. Bu "ozchilik o’rniga ko’pchilikni ishlatish" qoidasidir». Ba’zilar: "Alloh taoloning ushbu:

"Parvardigoringizning ayrim oyat-alomatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yokn iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas..." (An’om, 158) oyatida ham Dajjolga ishora qilingan", deyishadi.

Bu oyatni, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari sharhlaydi: "Agar uchta oyat-alomat chiqsa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas. Ular — Dajjol, yer hayvoni va quyoshning mag’ribdan chiqishi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Yana Ibn Kasir  aytadi: "Dajjol uluhiyatni da’vo qilgani sababli, Alloh uni kamsitib, Qur’onda ismini oshkora zikr qilmadi. Uning ishi Rabbul olamiyn nazdida eslashga arzimaydi. Uning da’vosini hikoya qilish eng haqir va kichik narsadir".

Biz esa, Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallam o’z hadisi shariflarida Dajjolning chiqishini ta’kidlaganlariga, uning fitnasidan ogohlantirganlariga ishora qilib o’tmoqchimiz. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozlarining oxirida, tashahhuddan keyin Dajjolning yomonligidan panoh tilashni doimiy odat qilganlarining o’zi bizga kifoya.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deb duo qilar edilar: "Allohim! Men Sendan dangasalikdan, qarib-qartayishdan, gunohdan, qarzdor bo’lishdan qabr fitnasi va qabr azobidan, do’zax fitnasi va do’zax azobidan, boylik fitnasidan panoh so’rayman. Men Sendan yana faqirlik fitnasidan panoh berishingna, Masivd Dajjol fitnasidan omon saqlashingni so’rayman. Allohim! Mening xatolarimni suv, qor va do’l bilan yuvgin. Oq kiyim kirdan tozalangani kabi qalbimni ham xatolardan tozalagin. Mashriq bilan mag’rib orasini uzoqlashtirganing kabi men bilan xatolarim o’rtasini uzoqlashtirgin" (Sahih hadis. Muslim, Abu Dovud, Тermiziy, Ibn Moja rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimа  06 Fevral 2007, 12:38:38

ХULOSA

Dajjol barcha payg’ambarlar tilga olgai g’ayb haqiqatlaridan biri bo’lib, uning surati bizga ma’lum. Uni sifatlagan sahih hadislarni ktobimizda keltirdik. Shubhasiz, Dajjol katta imkoniyatlarga ega bo’ladi. Hattoki, u o’z zamonasining ilg’or texnologiyasidan ham foydalanadi. Albatta, uning davriga kelib texnologiya yanada rivojlanib, tarakkiy etgan bo’ladi. Ba’zilarning aytishiga ko’ra, o’n to’qqizinchi asrga kelib fanga ma’lum bo’lgan "Uchar likopchalar"ni boshqarayotganlar ham Masihi D,ajjolning lashkarlari emish. Uchar likopchalar esa, hadislarda bayon qilingan Dajjoliing tez yurar ulovi emish. Albatta, bular dalil-hujjatga asoslanmagai gaplar, xolos. Lekin qanday vosita bilan bo’lishidan kat’iy na-zar, u g’ayrioddiy tezlik bilan harakatlanishi xadislarda vorid bo’lgan.

Rasulullohdan: "Dajjolning tezligi qanday deb so’rashganida, u zot shunday javob berganlar: "Yer unga qo’chqorning terisi o’ralgandek o’raladi (ya’ni, uzog’i qisqa bo’ladi)".

Boshqa hadisda: "Uning tezligi shamol xaydayotgan yomg’ir kabidir, deyilgan.
Nuvos ibn Sam’on rivoyat qilgan hadisda aytiladi: "Ey Rasululloh, uning yerdagi tezligi qanday?" deb so’radik. "Shamol haydayotgan yomg’ir kabi", deb javob berdilar.
Hadisning sharhlovchilara shunday deydilar: «Hadisdagi "yomg’ir" so’zidan aslida bulut nazarda tutilgan. Shunga binoan xadisning ma’nosi quyidagicha bo’ladi: "U yer yuzida kuchli shamol haydayotgan bulut kabi harakat qiladi".

Ehtimol, Dajjolning tezligini bulutga o’xshatish zamirida uning tabiatga Alloh tarafidan berilgan kuchlardan foydalanishi mumkinligini bildiradi.

Тermiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Dajjolga yuzlari teri qoplangai sovutga o’xshash kavmlar ergashadi". Ya’ni, ular janglarda, ko’pincha, dushman zarbasidan saqlovchi  dubulg’a kiyib oladilar.

Shuningdek, sharqiy Osiyo xalqlarining yuzlari yapaloq, yonoqlari sovutga o’xshab bo’rtib chiqqan. Ular hozirgi kunda tez suratlarda rivojlanib bormoqdalar. Bu taraqqiyot esa dabdaba, isrof va turli xil ma’siyatlarning ildiz otishiga sabab bo’lyapti. Zero, Dajjolning chiqishi xam mana shunday fasodning keng tarqalish  vaqtiga to’g’ri keladi.
Alloh taolo aytadi: "... hatto yer chiroy olib, yasan-tusan qilganida va yerning ahli unga (ya’ni, yerni qoplagan ekin-tekinlarni o’rib-yanchib olishga) kodirmiz, deb o’ylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go’yo kuni-kecha obod bo’lmaganidek «o’rib» (vayronaga aylantirib) qo’yurmiz..."  (Yunus, 24).
Nima bo’lishidan qat’iy nazar, Dajjolning lashkari mag’lubiyatga uchraganida, IsoMasih uni o’ldirmoqchi bo’lganida unga kuch-kudrati ham foyda bermay qoladi.

Muhimi, Dajjolning chiqishi qiyomatning katta alomatlaridan biri va bu alomat ko’ra dunyoning umri nihoyasiga yetayotganining darakchisi ekanini bilishimizdir. Albatta, bu bosqich bilai qiyomat qoim bo’lishi orasida o’nlab, balki yuzlab yillar o’tishi mumkin.
So’zimizning nihoyasida ta’kidlab o’tmoqchimizki, suyukli nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam kazzob Dajjolga qarshi bizga bergan qurol bilan qurol-lanishimiz qoldi, xolos. Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: "Sizlardan bironta kishi Dajjolga yo’liqsa, unga Kahf surasining avvalini o’qisin" (Muslim, Тermiziy rivoyati).

Hazrati Sayyidimiz yana shunday deydilar: "Sizlardan bironta kishi Dajjolga duch kelsa, uning yuziga tupirsin va Kahf surasining avvalini o’qisin" (Тabaroniy rivoyati).

Allohdan Masihi Dajjol fitnasidan panoh berishini so’raymiz. Тavfiq Undan. Nabiyimiz Muhammadga, sahobalariga va oila-a’zolariga Allohning rahmati va salomi bo’lsin.

Qayd etilgan



AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 01:39:07

Dajjol haqida nima bilasiz?



Tarjimon: Abdug’afur Sodir

Hajmi: 224 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan