Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 55395 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:17:18

Bas, bu risolai badi’ani mutolaa qiluvchi asfiyo va atqiyo (pokiza va taqvodor) kishilar ulamoi izom, ilmi fiqh va fiqh kitoblarini g‘oyatda ehtirom va ulug‘ tutsinlar. Va umidimiz shulki, bu risolani taammul qilib (chuqur fikrlab), qayta-qayta o‘qib chiqsinlar, toki namoz ruknlaridan ogoh bo‘lsinlar.

Bayt:
Namozat asli imon ast ey yor,
Namozat fayzi rahmon ast didor.


Ya’ni:
Namozing asli imondir, ey yor,
Namozing fayzi Rahmondir diydor.


Va muhtaram imom xatiblar har jum’ada bu risolaning bir yo ikki mas’alasini Alloh xalqiga tushuntirsinlar, toki bandalar Ma’budi barhaq (Alloh)jalla va aloning ibodatini ahsan va akmal vajhda (chiroyli va mukammal ravishda) bajo keltirsinlar. Va agarchi ahkarul varo amali nazarga loyiq bo‘lmasa ham, ulamoi izom va toliboni kirom bul kitobni darslik sifatida e’tirof etdilar.

Fa rizvonullohi taolo alal mudarisina vat tolibin val muhibbin yo Nosir, yo Fattoh, yo Fayyoz! Omin, birahmatika yo arhamarrohimin. Allohuma salli ‘alo saidino Muhammadin xayril bariyati salotan turzika va turzihi va tarzo biho ‘anno yo arhamarrohimin, omin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:17:49

 *  *  *

Ey aziz birodar!
Bandalik qilmoq kerak, tanparvarlik emas.

Bayt:
Ey ki dar xobi hama shab to ba ro‘z,
Bahri go‘ri xud charog‘e barfuro‘z.


(Ey butun kechani uyqu bilan o‘tkazadigan inson, O‘z go‘ringni ravshan qilish uchun chirog‘ingni tayyorlab, uni yoqib qo‘y!)

Namozxon beriyo bo‘lsin, o‘z to’atiga ujb (manmanlik) qilmasin. Va olam panoh (Alloh) oldida ojiz va shikastalik qilsin. Chunonchi, hazrati imom Zaynul — Obidin raziyallohu taolo anhu namozdan keyin muborak yuzlariga chodir tashlab, qattiq yig‘lar edilar. Zavjayi solihalari so‘rardilar: "œIbodatdan so‘ng yig‘lashning boisi nedur?" Aytar edilarki: "œOyo, Alloh taolo menga xitob qilib: Mening aqdas (muqaddas) dargohimga shunday (noqis) ibodatni keltirasanmi? dermasmikan?!".

Va namozxon boshqa shar’iy amallar xususan ushr va zakotini ham favran (kechiktirmay) ado etsin. Shoyadki, namozning qabul bo‘lmog‘i zakotning ado etmog‘iga bog‘liq bo‘lsa. Chunki Qur’oni ‘azimush-sha’nda namoz va zakot sakson ikki joyda bir-biriga qarin (yaqin) holda zikr etilgan. Vas salomu manittabaal hudo. (Hidoyat, to‘g‘ri yo‘lda yurganlarga salom bo‘lsin!)

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:18:07

———————————


Bu hikmatli so‘zlar hazrati qiblagohi muazzamning o‘quvchilar uchun go‘yoki oxirgi nasihatlari hamda bu muborak qo‘lyozma hayot davrlarida eng oxirgi yozuvlari edi. Zero, ming afsus va nadomatlar bo‘lsinki, janobi husnul maob hazrati qiblagohi muazzam bu risolani chop bo‘lishidan oldin foniy olamdan boqiy olamga rihlat qildilar. (Inno lillohi va inno ilayhi roj’un). Biz farzandlar, shogirdlar va necha minglab muridlarining qalblarini pora qilib, og‘ir musibatga qoldirdilar. Marqadlari purnur, maqomlari a’lo illiyyin bo‘lsin.

Bizlar maslahat bilan shu qarorga keldikki, bu fayzosor so‘zlarni risolaning oxiriga kiritsak. Toki shariat va tariqat sultoni, ilm va ma’rifat xazinasi, mazhab va millat muqtadosi, fatvo-yu taqvo sohibi bo‘lgan zoti bobarakotning fayzosor nasihatlaridan o‘quvchi aziz kitobxonlarimiz bahramand bo‘lsinlar va doim mustajob duolarida yod qilsinlar...

Qayd etilgan



AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 01:47:57

Sajdai sahv risolasi



Muallif: Hoji Ahmadjon Maxdum

Hajmi: 13 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan