Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 249574 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:43:30

Nafaqaga sovuqqonlik

To'la ado etilgan nafaqaga qanchalik savob berilsa, unga beparvolik qilish shu qadar gunohi mujibdir. Abdulloh ibn Amr rivoyat etgan bir hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: "Bir kishining tirikchiligi uchun ma'sul bo'lgan kishilarga beparvolik qilishi unga yetarli gunohdir".

Abu Zarr bunday dedilar: "Men ila bir kishining o'rtamizdan bir gap o'tib onasini haqorat qildim, onasi arab emas edi (bu ayol avval g'ulom bo'lgan hazrat Bilolning onalari bo'lgan.). U Rasululohga (s.a.v.) shikoyat qildi. Janob Rasululloh (s.a.v.) mendan: "Falonchi bilan so'kishib qoldingmi?" deb so'radilar. Men "Ha shunday", dedim. Ular onasini haqorat qildingmi, dedilar. Men "Ha shunday", dedim. Janobi Rasululloh: "Senda jaholatdan bor ekan", dedilar. Men: "Shu yoshga kirib, qarigan bo'lsam hammi?", dedim. Janobi Rasululloh (s.a.v.): "Ha shunday, ular sizlarning birodarlaringizdir. Alloh taolo ularni sizlarning qo'lingizga topshirib qo'yibdi. Kimga Alloh taolo qo'liga birodarini topshirib qo'ygan bo'lsa yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirsin, kuchi yetmagan ishga buyurmasin, agar buyursa unga o'zi ko'maklashsin", deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:43:42

Nafaqada o‘rtachalik (e’tidol)

Nafaqada ham dinimiz qo‘ygan e’tidol o‘lchovi chegarasida sarf etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, muboh ish yaxshi niyat bilan qilinganda savobga sazovor bo‘lsa, aslida savobli bo‘lgan ish islomdan tashqari qilinsa, gunohga inqilob etadi. Ayni shu sababdan, Imom G‘azzoliy hazratlari bizga shu o‘gitni bermoqdalar: "œNafaqada xasislik ham, isrofgarchilik ham qilmang, o‘rtacha yo‘l tuting".

Alloh marhamat qilmoqda:
"œ...shuningdek yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar..." (A’rof surasi, 31-oyat).

"œ(Baxillik qilib) qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang. (Isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda malomat va mahrumlikda qolursiz" (Al-Isro surasi, 29-oyat).

Rasululloh (s.a.v.) ham marhamat qiladilar: "œEng yaxshingiz oilasiga yaxshi bo‘lganingizdir".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:43:53

Nafaqaga oilaning hissasi

Nafaqani har qancha ta’min etmoq erkakning vazifasi esa-da, imkoniyati keng bo‘lgan ayol eriga yordam berishi ham mumkin. Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab eslaydilar: "œBir kuni Rasululloh (s.a.v.) xutbalarida: "œXotinlar, ziynat-taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham, sadaqa bering", dedilar. Men uyga keldim, erim Abdullohga "œSiz qo‘li qisqa odamsiz. Rasululloh (s.a.v.) bizga sadaqa qilishimizni amr etdilar. Borib Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘rang; agar mumkin bo‘lsa sizga sadaqa qilsam, yo‘qsa, boshqasiga bersam", dedim. U kishi "œYo‘q o‘zing bor", dedilar. Bordim. Ko‘rdimki, Rasulullohning (s.a.v.) eshiklarida ba’zi ayollar bor. Ular ham shuni so‘rashga kelibdilar.

Bu orada Rasulullohga (s.a.v.) vahiy kelibdi, yonimizga Bilol Habashiy keldilar. Unga "œRasulullohdan so‘rang; eshikda ikki xotin turibdi, erlariga va uylaridagi yetimlarga sadaqa berish joizmi, yo‘qmi ekanini so‘rashmoqda, deng. Kimligimizni aytmang", dedik. Bilol ichkariga kirdilar. Rasululloh (s.a.v.) undan bizning kimligimizni so‘radilar. U kishi: "œAnsorlardan bir ayol bilan Zaynab", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) "œQaysi Zaynab",-deb so‘radilar. Bilol: "œAbdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab", deb javob berdilar. Rasululloh (s.a.v.): "œBor, ularga ayt, shunday qilsalar ikki savobga erishurlar, ham aqrabolik (silai rahm) savobi, hamda sadaqa savobi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:44:06

Nafaqaning qamrovi

Nafaqadan maqsad zavjasining yeb-ichishini, kiyinishini va boshpanasini hozirlamoqdir.
1 — Taom: nafaqasini un, bug‘doy shaklida olgan ayol, ovqat tayyorlashni bilmasligini so‘zlasa, illo, qilasan, deb zo‘rlanmaydi. Unga non yopadigan, taom pishiradigan xizmatchi yollaydi. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
"œ...o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan..." (Moida surasi, 89-oyat). Un va bug‘doy esa yeyilmaydi. Buni yeydigan holga keltirtirish erning burchidir.

Faqat bu mazmun ijtihodiy bo‘lganidan keskin va qat’iy emas. Buni tadbiq qilish uchun "œErning xotini zimmasidagi haqlari" bo‘limiga qarang.

Doriga o‘xshash narsalar ham yemoqqa doxildir. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
"œ...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir..." (Baqara surasi, 233-oyat). Dori ham rizq atamasining ichiga kirmoqda. Zero, dori ham yegulik kabi vujudni muhofaza qiluvchidir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:44:19

2 — Kiyim: kiyim — nafaqaning eng muhim moddasidir. Bu xususda Alloh marhamat qiladi:
"œ......Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir hech kimga toqatidan ortiq (ma’suliyat) yuklanmaydi..." (Baqara surasi, 233-oyat).

Bu yerda kiyim o‘lchovi keltirilmagan (yaxshilik bilan deyilmoqda). Bu zaminu zamonga qarab o‘zgaradi. Rasululloh (s.a.v.) buyurmoqdalar: "œKiyinganingizdek kiydiring...". Bu bichim jihatidan emas, sifat va nav jihatiga ishoratdir. Imkoni keng bo‘lgan va holiga yarasha mato kiygan kishi oilasiga ham shunday sifatli gazlamadan kiydirmog‘i kerak. Qur’on hukmiga ko‘ra, qozi ibn Abi Laylo ayol kiyimi sifatida yillik ikki ko‘ylak, ikki ro‘mol, ba’zan chorshaf ta’yin etardilar.

Erning vaziyatiga qarab bu o‘zgarishi mumkin. Agar er faqir bo‘lsa, ayolga bir ko‘ylak, bir pecha va bir chorshaf ta’yin etiladi. Agar boy bo‘lsa, bularning sifatlisidan olinishi so‘raladi. Bu yoz uchun, qish uchun ham erning boy yoki faqirligiga qarab, bir qishlik kiyim, ba’zan shalvor tayin etiladi. Ayol qish uchun ko‘rpa, erning sharoitiga qarab, yopinchiq va to‘shak so‘rasa bu ham berilishi kerak. Chunki, bular sog‘lik uchun muhimdir.

3 — Maskan (boshpana): bu xususda Alloh taolo marhamat qiladi:
"œUlarga (taloq iddasini saqlayotgan xotinlaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan joydan toqatingizga qarab joy beringlar..." (Taloq surasi, 6-oyat).

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham buyuradilar: "œUni (ayolingizni) uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmang!".

Uy insonning hayotida voz kecha olmaydigan ehtiyojidir. Bu ehtiyoj ayol uchun yanada muhim va zarurroq. Chunki, ayol vaqtining ko‘pini shu maskanda o‘tkazadi. Shu sababdanki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: "œAdo etilishi eng zarur bo‘lgan shart bir ayolga uylanayotganda aytilgan shartlardir".

Ahmad ibn Hanbal bilan Ishoq ibn Rovayh bir ayolga uylanayotganda unga uydan chiqarib yubormaslik va boshqa bir shaharga ko‘chib ketmaslik haqida va’da berilgan bo‘lsa, bu va’dani bajarish kerakligini so‘zlaganlar

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:44:33

Er-xotinning  o‘zaro haqlari

Xotinning eri oldidagi vazifalari quyidagilardir:
Eriga itoat etishi: Turmush qurish har qanday ikki kishi orasida tuzilgan bir shirkat kabi qabul qilinmasada, bu ikki kishining o‘rtoqlashib qiladigan bir necha vazifalari, bir talay ishlari bor. Bu ishlar ma’lum tartib-intizom asosida ado etilishi uchun bir boshliq tarafidan idora qilinishi lozim. Mana shu idora etuvchi — erkakdir.

"œErkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab — Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollardan ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir (Ayollar ichida) solihalari — bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir..." (Niso surasi, 34-oyat).

Bu yerda erkak ustunligi ikki sababga bog‘langan: 1. yaratilish jihatiga ko‘ra. 2. erkakning nafaqa ta’min etishiga ko‘ra.

Erga itoat qilgan xotin maqtovga loyiq ko‘rilgandir. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) "œXotinlarning eng yaxshisi qaysinisi?", deb so‘rashganida: "œYuziga boqqanda erini sevintiradigan, buyurganda eriga itoat etadigan, nomusi va moli xususida eriga isyon etmagan xotindir", deb javob berganlar.

Qayd etish kerakki, xotinning bu itoati — erning mashru (shar’iy) buyruqlari uchun haqiqiydir. Agar eri g‘ayri mashru’ ishlarga amr etadigan bo‘lsa itoat etmaydi, hatto qarshi chiqishi kerak.

Ayollarga erlariga ozor bermaslik amr etilgan: "œ...Maoz ibn Jabal (r.a.)dan aytilganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œQaysi bir ayol (mo‘min) eriga ozor berganda, u kishining hur jufti (bu ayolga): Alloh sening joningni olsin, u kishiga ozor, aziyat berma. Chunki, shubhasiz u sening yoningda mehmon musofirdir, sendan ayrilib, tezda yonimizga keladi, deydi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:45:09

Yotoqni tark etmaslik haqida: jimo’ (jinsiy munosabat)ning er-xotin hayotida muhim o‘rni bor. Bu borada erkak faolroqdir. Bu jihatdan xotini uning bu talabini qo‘ldan kelguncha bajarishga g‘ayrat qilishi kerak. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar:

"œBir kishi ehtiyoji uchun xotinini chaqirsa, tandir-o‘choq boshida bo‘lsa ham kelsin". Yana shu ma’noda: "œAgar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa, maloikalar uni to erining qo‘yniga qaytgunga qadar la’natlaydilar".

Hazrati Oysha onamizdan (r.a.) shunday rivoyat keladi: "œBa’zan erimiz bizni hohlaydilar. Biz xafaligimizdan yoki xohlamaganimizdan rad etamiz, buning zarari bormi?", deb so‘radik. Oysha (r.a.) onamiz: "œha, bor, eringning senda shunday haqlari borki, seni tuyaning ustida xohlasa, mone’lik qilmaysan", deb javob berdilar. Ammam yana so‘radilar: "œBa’zan oy ko‘rganimizda, alohida yotoq bo‘lmasa, nima qilamiz?" Hazrati Oysha (r.a.) shunday dedilar: "œIzor (yubkaga o‘xshash etak)ini yaxshilab bog‘lasin, so‘ngra erining yoniga kirsin. Izorining usti eriga haloldir. Yana senga shuni qo‘shimcha qilay: Mening kecham (navbatim) edi. Tegirmonda arpa un tortib, bir necha dona non yopdim. Rasululloh (s.a.v.) ichkariga kirdilar. Eshikni itardilar. Masjidga kirdilar. Rasululloh uxlamoqni istasalar eshikni qulflar, mesh og‘zini bog‘lar, suvidish ustini yopar va chiroqni o‘chirardilar. O‘zlarini kutdim, qaytib kelsalar non bilan siylamoqchi edim. Kirmadilar. Nihoyat meni uyqu bosdi. Non ham sovidi. So‘ngra Rasululloh kirib, meni turg‘azdilar: "œMeni isit, meni isit", dedilar. Men hayzli ekanimni aytdim. "œZarari yo‘q", dedilar... So‘ngra qo‘shnimizning boqma qo‘yi kirib, yopgan nonlarni tishlab qochdi. Shunga ovora bo‘ldim, Rasululloh uyg‘ondilar. Qo‘yni eshikkacha quvdim. Rasululloh (s.a.v.): "œUlgurganingni ol, qo‘y uchun qo‘shningga aziyat berma!", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:45:24

Eri uchun bezanmoq:

Ayol yaratilishi jihatidan go‘zal bo‘lsa-da, bu go‘zallikni ziyoda qiluvchi ziynatdan uzoq bo‘lmasligi kerak. Avvalo, bu eri oldidagi vazifasidir.

Ummu Laylo dedilar: "œBizga Rasululloh (s.a.v.) bay’at etdik. Bizga bergan buyruqlari orasida shular bor edi: "œ... oyoqlaringizga xina qo‘ying, g‘usl qilganda sochlaringizni tarang, qo‘llaringizga xina qo‘ying. Kuchingiz yetsa, kumush bilakuzuk taqing. Kuchingiz yetsa, qayish (uzun ingichka teri — sirim) ishlating, faqat aslo erkaklarga o‘xshamang".

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarni erlari, mahramlari oldida pardoz-andoz qilib, taqinchoqlar taqib orasta yurishdan qaytarmaganlar, aksincha shunga buyurardilar ham. Faqat ayol eri o‘lsagina pardoz qila olmas edi. Bu xususda ushbu hadis kelgan. Ummu Atiyya: "œBiz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, er o‘lsagina 4 oyu 10 kun aza tutmoq mumkin edi. Bu muhlat mobaynida na surma, na atir-upa va na yamaniy kiyim kiyar edik" dedilar.

Mashhur arab adabiyotchisi Asmoiy (749/828) naql etadilar: "œCho‘lda bir ayolni ko‘rdim, qirmizi ko‘ylak kiygan, qo‘llariga xina qo‘ygan. Ayni zamonda qo‘lida tasbehi ham bor, buni ko‘rib "œtasbeh ne, bu bezak ne", dedim. Ayol: "œMening bir Allohga oid bo‘lgan, bir nafsim va bo‘sh vaqtimga oid bo‘lgan tarafim bor", degan ma’noda she’r aytdi. Bildimki, u eri uchun bezangan yaxshi xotin ekan".

Shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir xotin go‘zal bo‘lsa, bu bilan erini kamsitmasligi, unga g‘urur qilmasligi kerak.

Yana Asmoiy sahro sarguzashtlaridan so‘zlaydilar:
«Cho‘lga chiqdim. U yerda g‘oyat go‘zal ayolni ko‘rdim, eri juda yoqimsiz edi. "œBunga qanday rozi bo‘lding?", dedim. Menga shunday dedi: "œJim bunday gapirma, har holda erim, Allohga xush keluvchi bir ish qilgandirki, mukofot sifatida meni unga berdi. Men Alloh rozi bo‘lmaydigan bir ish qilgandirmanki, jazo sifatida uni menga bergandir. Alloh rozi bo‘lganiga men rozi bo‘lmayinmi?". Men jim bo‘ldim". Ayollarimiz masalaga shunday yondosha olsalar edi, turmush muammolari osonroq hal etilardi.

Hozir musulmonman, degan ba’zi ayollarimiz G‘arb ayollariga monand pardoz-andoz qilishga ko‘p xunuk taqlidlar qiladilar. Ba’zi holatlar Islom dinida aytib o‘tilgan:

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:45:35

Badaniga chizdirmoq, tishlarini yo‘ndirmoq, qosh va yuz tuklarini yulmoq va yuldirmoq

Buxoriy, Muslim va boshqalarning rivoyatlarida Rasuli Akram marhamat qilganlar: "œGo‘zallik uchun sochiga soch ulagan va ulatganga (parik taqqan va taqdirganga) badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga Allohning la’nati bo‘lsin!".

Hazrati Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: "œAnsordan bir xotin qizini turmushga uzatgandi. Qizining sochlari to‘kildi. Ayol Payg‘ambarimizga keldi, kuyovi (qizining eri) sun’iy, ulama soch (parik) taqishini istayotganini so‘zladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œSun’iy, ulama soch taqqanlar mal’undir", dedilar.

Ulama soch haqida shunday ekan, boshni ochib yurish kabi diniy amrlarga zid, teskari munosabatlar va istak-talablaru so‘rovlarga aslo ijobiy javob berilmaydi.

Yana Buxoriy bilan Muslimning ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyatida shunday deyilgan: "œGo‘zallik uchun badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga, jimbizga o‘xshash narsalar bilan qosh va yuz tuklarini yuldirgan va yulganga, tishlarini kengaytirib Alloh yaratgan go‘zallikni o‘zgartirgan ayollarni Alloh rahmatidan uzoq qilsin!".

Faqihlar: "œAyollarda soqol va mo‘ylov paydo bo‘lsa, olmoq joizligini asoslaganlar. Ibni Obidin soqol va mo‘ylov ayolga fitrat emasligini, shu sababli (agar chiqsa) olish mustahabligini bayon etgan".

Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko‘ra, ansorlardan bir ayol qizini turmushga uzatadi. Bu orada qizining sochlari to‘kildi. Rasuli Akramga onasi murojaat etdi:
— Yo Rasululloh, qizimning sochi to‘kildi, eri ya’ni, kuyovim qizimning boshiga boshqa soch taqmog‘ini aytyapti, nima deysiz?

Rasuli Akram:
— Yo‘q, zero bunday sochlariga soch qo‘shganlar, la’natlangandir, deb — javob berdilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:45:49

Ayollarning soch kestirishlari

Ayol kishiga sochini kesishga zarurat tug‘ilsa, agar sochni butunlay tagidan yoki erkaklar sochiga o‘xshatib qisqartirib oldirsa haromdir. "œAlloh taolo o‘zini erkaklarga o‘xshatishga harakat qilgan ayollarni va o‘zini ayollarga o‘xshatishga harakat qilgan erkaklarni la’natlagandir".

Qayd etilgan