Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 252270 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:48:47

3. Zinoning jazosi: Zinoning bir qancha moddiy, ma’naviy zararlari va shariat tarafidan sobit etilgan og‘ir jazolari ham bor. Bu jazolar nuzul davomida shu shakllarda takomil topgan:
a) hibs qilmoq jazosi: Islomning ilk yillarida zinoning jazosi ayol uchun bir umrlik qamoq, erkak uchun qattiq tanbeh-ogohlantirish va ozor berish shaklida edi. Bu xususda Alloh shunday marhamat qiladi:
"œXotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o‘zingizdan to‘rt (erkak) kishini guvoh qilingiz. Agar guvohlik bersalar, to ularga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘l qilguncha, ularni (o‘z) uylarida saqlangiz!
 
Sizlardan o‘sha (zinokorlikni) qilganlarning ikkisi, (erkak va ayol)ga (koyish va ta’zirlarini berish bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o‘zlarini) tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir"  (Niso surasi, 15-16-oyatlar).

Avvalgi oyatda ko‘rilganidek, zinoga jazo belgilash va zinokorga jazo berish uchun to‘rt guvoh tarafidan isbot qilishi lozim. Buning ustiga bu guvohlik taxminiy emas, aniq-ko‘z bilan ko‘rgan va to‘rt guvoh ittifoq qilgan bo‘lishi shart.

b) surgun va toshbo‘ron jazosi: Keyinroq yuqoridagi jazo surgun va toshbo‘ron shaklini oldi.
Uboda ibn Somit deydilar: "œRasulullohga (s.a.v.) vahiy kelganida ranglari o‘zgarib, qiynaldilar. Yana shunday bo‘ldi. Bu hol o‘tgach dedilar: "œYozing: Alloh zino etgan ayollarga shunday yo‘l ko‘rsatdi: turmush qurgan turmush qurgan bilan, bo‘ydoq bo‘ydoq bilan zino qilsa, 100 darra uriladi. Agar turmush qurgan (oilali) kimsa zino qilsa, 100 darra uriladi, so‘ngra toshbo‘ron qildirilib, o‘ldiriladi. Bo‘ydoq kimsa zino qilsa 100 darra uriladi, so‘ngra bir yilga surgun qilinadi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:49:12

Zavjiyat sirlarini saqlamoq

Jimo’ — mahram va shaxsiy mavzu. Xastalik va doktorga borish zarurati bo‘lmaguncha maxfiy tutilishi kerak. Bu xususda Allohning va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amrlari bor. Alloh taolo:
"œ...(Ayollar ichida) solihalari — bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir..." (Niso surasi, 34-oyat).

Mufassirlar oyatda kelgan "œsaqlovchi" kalimasi zavjiyat sirlarini ham o‘z ichiga olishini aytganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham turli hadislarida bu masalaga munosabat bildirganlar va ummatni yaxshi axloq, go‘zal xulq egasi bo‘lishga chaqirganlar: "œMuhojirlardan tashqari barcha ummatim avf etilgandir". "œMuhojirlar kimlar yo Rasululloh?" deyishganida, u zot: "œUlar shunday kimsalarki, kechasi (tunda) bir ish qiladi, Alloh buni bekitadi, ular esa ertalab turib "œkechasi unday qildim, tunda bunday qildim" deya u sirni oshkor etadi", dedilar.

"œAlloh huzurida eng yomon kimsalar bir-birlari bilan qilgan zavjiyat munosabatlarini boshqalarga aytib yurguvchilardir", deganlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).

Abu hurayra (r.a.) hikoya qiladilar: "œBir kun Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qiganlaridan keyin muborak yuzlarini bizga qaratib: "œJoyingizga o‘tiring", dedilar va so‘radilar: "œIchingizda oilasi bilan bo‘lgan tungi mashg‘ulotni unda-bunda aytib yuruvchilar bormi?" Ashob jim. Ayollardan so‘radilar. Yosh bir qiz tizzasida turib, Rasululloh (s.a.v.) ko‘rishlari uchun bo‘ynini cho‘zib, "œHa, erkak va ayollar shunday narsalarni suhbatlashadilar", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œBu nimaga o‘xshaydi, bilasizlarmi? Bunday ish tutganlar ko‘chada, xalqning ko‘z o‘ngida bir-biri bilan chatishgan shaytonlarga o‘xshaydilar", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:49:22

Ayolning eridagi haqlari

"œ... va yaxshi amallarda ular (ayollar) uchun zimmalaridagi erlari oldidagi burchlari barobarida huquqlari ham bor..."
(Baqara surasi, 228-oyat).

Bundan avvalgi bo‘limda erning (ayol) xotini ustidagi haqlarini ko‘rdik. Yuqoridagi oyati karima ayollarning erkaklar ustida ularning haqqichalik haqlari borligini bildirmoqda.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratning 10 yilida (632 milodiy) Vido hajida ummatga turli mavzularga doir xitobatdan so‘ng, ayol haqlariga ham munosabatlarini bildirdilar. Sulaymon ibn Amr ibn al-Ahvas rivoyatlariga ko‘ra, shunday deganlar: "œEy, ummatim! Ayollarga yaxshi muomalada bo‘lishingizni tavsiya etaman. Ular qo‘l ostingizda asirlar kabidirlar. Ularga nisbatan quyidagilardan boshqa haqqi sohib emassiz: agar ortiqcha chirkin harakatda bo‘lsalar, ularni yotoq o‘rinlaringizga qo‘ymang va yengilroq uring. Agar itaoatkor bo‘lsalar zidlashmang, qarshilik qilmang. Shuni yaxshi bilingizkim, ularning ham sizlarda haqlari bor; bu ularni go‘zal kiyintirishingiz va yaxshi taomlar bilan ta’minlashingizdir".

Hokim ibn Muoviya al-Qushayriy otasidan rivoyat qiladi. Otasi Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radilar: "œAyollarimizning bizning zimmamizda qanday haqlari bor?" Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilgandilar: "œYeganigizdan yedirmoq, kiyganingizdan kiydirmoq, yuziga shapaloq tortmaslik, uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmaslik".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:49:33

Ayolni urmaslik

Yer yuzida erkak va ayol paydo bo‘lganidan buyon mavjud bu masala hamon dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ne yoziqki, ba’zi o‘zini bilmaganlar va yomon niyatlilar tarafidan vaqti-vaqti bilan hujumga uchragan Islom, bu mavzuda ham haqsiz ayblovlarga nishon bo‘lgan. Go‘yo Islom ayolni urmoqni tashviq etuvchi sifatida odamlar ko‘ngliga o‘rnashtirishni, bu bilan esa ularda dinga nisbatan yomon tuyg‘ular uyg‘onishni istaganlarning ishidir. Bu masalada biz uchun eng buyuk ibrat Allohning Rasuli emasmi? U zotning rafiqalari hazrati Oysha roziyallohu anhu bizga shunday xabar beradilar: "œAllohning Rasuli xizmatchini ham, birorta ayolni ham urmaganlar".

"œAllohning Rasuli rafiqalaridan hech birini urmaganlar. Qo‘llari bilan hech kimga ozor bermaganlar; magar, urush holida bo‘lsa bunday emas. O‘zlariga qilingan haqsizlikka javob qaytarmaganlar. Magarki, Alloh harom etgan narsalardan birini buzadigan bo‘lsalar, shu vaqtda bu amalga yarasha jazosini berardilar".

Ilyos ibn Abdulloh ibn Abi Zubob shunday hikoya qiladilar: "œRasululloh (s.a.v.): "œAyollarni urmanglar", dedilar. Bir muddatdan so‘ng hazrati Umar keldilar. "œYo Rasululloh, ayollar erlariga qarshi sher sifat bo‘lib qoldilar!", dedilar. Payg‘ambarimiz urushlariga ruxsat berdilar. Rasulullohning (s.a.v.) uylarini eridan tayoq yeganlari uchun shikoyatga kelgan ayollar o‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œUyimni erlaridan shikoyat etuvchi ayollar o‘rashdi. Ayollarni uradiganlar xayrli kishilar emasdir!", dedilar".

Hazrati Ali (r.a.) ham shunday marhamat qiladilar: "œValid ibn Uqbaning xotini Rasulullohga (s.a.v.) kelib eri urayotganini aytdi. Rasululloh s.a.v. unga: "œBor, eringga meni Rasululloh himoyalariga oldilar de", dedilar. Ayol ketdi. Ko‘p o‘tmasdan yana keldi. "œYo Rasululloh, meni badtar ura boshladi", dedi. Rasululloh unga kiyimlaridan bir popuk kesib berdilar va: "œEringga buni ko‘rsat va meni Rasululloh himoyalariga oldilar de", dedilar. Ayol ketdi. Yana tezda qaytib keldi. Rasululloh (s.a.v.) ikki qo‘llarini ko‘tardilar: "œAllohim, Validni O‘zingga havola etdim, mening yuzimdan (men sabab) ikki marta gunohga kirdi!", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:49:44

Xotinga dinni o‘rgatmoq

Bu xususda  Alloh bizga shunday amr etadi: "œOilaga namozni buyur, o‘zing ham uning mashaqqatlariga bardosh qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. O‘zimiz seni rizqlantirurmiz. Oqibat sohiblari taqvodorlardir".

Ayni zamonda oyatda namozda davomli bo‘lgan, taqvo qilgan oilaning rizqi mo‘l bo‘lishiga ishorat bor. Tahoratli, namozli bir oila dasturxonidan baraka arimasligi shubhasizdir.

 Alloh hazrati Ismoil (a.s.) haqlarida marhamat qiladi: "œKitobda Ismoilni ham esla. Chunki, U ahdiga vafo qilguvchi. Biz tarafdan yuborilgan bir payg‘ambar edi. Oilasiga namoz o‘qishni, zakot berishni amr etardi. Parvardigori huzurida xush ko‘rilganlardandir".

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: "œAlloh tunda turib namoz o‘qigan, oilasini ham ogohlantirib namoz o‘qishga sabab bo‘lgan kishiga marhamati bilan muomala qilsin. Agar oilasi turishni istamasa, yuziga suv sepsin. Alloh tunda turib namoz o‘qigan, erini ham ogohlantirib, namoz o‘qishga da’vat qilgan ayolga marhamati bilan muomala etsin. Agar eri turishni istamasa, yuziga suv sepsin".

Musulmon erkak ayolini Alloh farz qilgan ibodatlarga va din ilmini o‘rganishga chaqirib, o‘zi bilsa o‘rgatishi kerak, bilmasa muallima topib o‘qittirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayolning o‘zi erining ruxsati bilan o‘ziga farz qilingan ilmlarni borib o‘rganishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:49:57

Ota-onani ziyorat qilmoq

Dinimiz avvalo ota-onaga silai rahm qilishlikni va qarindosh-urug‘larni borib ko‘rishlikni, agar ular muhtoj bo‘lsalar, imkon qadar jonlari va mollari bilan yordam berishlikni buyuradi. Shuning uchun ayol haftada yoki 15 kunda bir ota-onasini va avvalgi eridan bo‘lgan bolalarini ziyorat qilishi kerakki, eri bunga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Qur’oni Karim shunday ta’lim beradi: "œParvardigoringiz yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onalaringizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt." (Al-Isro surasi, 23-oyat). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrat Payg‘ambardan (s.a.v.) eng ko‘p kimga yaxshilik ko‘rsatish kerak, deb so‘ragan bir sahobiyga "œonangga", deya uch bor takrorlaganlaridan so‘ng "œotangga" dedilar.

Islomda ona haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo‘lsada, bu haqqini yo‘qotmagan bo‘ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni, Islomga zid amr va talqinda bo‘lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Istasa ular ham ziyoratga kelishi mumkin. Eri xohlamasa ularni uyiga qo‘ymasligi ham mumkin. Bu vaziyatda ko‘chada yoki hovlida ko‘rishib, suhbatlashadilar. Bu holat rahm-shafqat tushunchalariga zid kelsada, er mahram bo‘lmagan va o‘zi shubhalangan kishilarni xotini bilan ko‘rishmoqdan man etishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:50:09

Musulmon ayol tavba bilan Allohga yo‘nalgandir

Ko‘pincha uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘ralashib, farzandlariga berilib ketgan musulmon ayol g‘aflat ichida qolishi mumkin. Yo Alloh amri qarshisida kamchilikka yo‘l qo‘yishi, yanglishgan bo‘lishi mumkin. Yo uning amrini bajarishga kechikkan bo‘lishi mumkin. Qisqasi, musulmon ayolga yarashmaydigan bir vaziyatga tushib qolgan. Avvalo, bu hushyor, ziyrak bir musulmon ayolga munosib hol emas. Lekin sergak musulmon ayol bunday holatlarda g‘aflat bosib uzoq yurishi mumkin emas. U ko‘ngliga kirgan g‘aflatdan tezda uyg‘onishi, sergak tortishi kerakligini biladi. Hatto bu qusri uchun Rabbisidan mag‘firat so‘raydi. Darhol tavba qilib, Parvardigorining rahmatiga sig‘inadi. Chunki, eminlik va omonlik Undadir. Rabbimiz shunday marhamat qilmoqda: "œTaqvo qiluvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, Allohni eslaydilar. Bas, haqiqatni ko‘ra boshlaydilar".

Agar bir ko‘ngil iymon sevgisi bilan to‘la bo‘lsa, bunday ko‘ngilni zang bosishi, ichiga g‘aflat kirishi mushkul. G‘aflat fosiqlik to‘la ko‘ngilga ta’sirini ko‘rsata oladi. Musulmon odam ko‘p vaqtini fosiqlar, dinsizlar bilan o‘tkazsa ham ibodatlariga putur yetishi mumkin. Shuning uchun hushyor, ziyrak va bedor musulmon ayolning qalbi davomli hidoyatni, toatni tanlaydi, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi va Allohga tavba qilmoqni o‘ylaydi. Bunday ayolning ko‘ngli doimo rahmat nurlari bilan to‘la, ibodat shu’lasi bilan munavvar bo‘ladi. Doimo tavba va Alloh mag‘firatining shifobaxsh shabadalarini his etib, hidoyatning huzurbaxsh shamollarini sezib yashaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:50:23

Musulmon ayol oila a’zolariga mas’uldir

Alloh huzurida ayol javobgarligi erkaknikidan kam emas, hatto ko‘proq va kattaroqdir. Chunki u uyda erkakka nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Bolalari bilan ko‘p vaqtini o‘tkazganidan, bolalar va uyga aloqador muammolarni eriga qaraganda ko‘proq, yaqindan biladi. Erkak xabarsiz bo‘lgan masalalarni biladi va hal qiladi, yechimini tezroq topadi. Ziyrak musulmon ayol Rasululloh (s.a.v.) hadislarini xotirlashi bilan mas’ulligini darhol tushunadi. Chunki, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) so‘zlariga davomli quloq soluvchidir.

Hushyor va ziyrak musulmon ayol o‘zining va farzandlarining tarbiyasini mudom kuzatib borishi, mas’uliyatni chuqur his etib, o‘zidagi va oila a’zolaridagi xato-kamchiliklarini to‘g‘rilab, tuzatib turishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:50:34

Musulmon ayolning asl niyati — Alloh rizosidir

Musulmon ayolning asl niyati va maqsadi har doim Allohning rizoligidir. U barcha amallarida shu o‘lchovga diqqat-nazarini qaratadi va hassos tarozuda tortadi. Alloh nimani xush ko‘rib, nimadan rozi bo‘lsa, o‘shanga amal qiladi. Alloh norozi bo‘ladigan noxush ishlardan, noxush holatlardan qochadi.

Agar musulmon ayol Alloh rozi bo‘ladigan, Alloh xush ko‘radigan bir narsa bilan odamlar xush ko‘radigan bir narsa o‘rtasiga tushib qolsa, u, albatta, Alloh rizosini afzal ko‘radi va Alloh xush ko‘radigan yo‘lni tanlaydi. Hatto bu tanlashdan odamlar achchiqlanib hafa bo‘lsalar ham, bu borada ikkilanmaydi. Alloh rizosini ustun ko‘radi va Alloh rizosiga erishish uchun, u barcha ko‘ngil g‘uborlarini yuvib xotirjamlik his etadi. Va alal oqibat, Alloh insonlarni ham undan rizo qilishga qodirligini biladi va o‘ylaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:50:47

Musulmon ayol Allohga munosib bandadir

Musulmon ayol Allohga qullik tushunchasini, bandalik mazmunini o‘zida go‘zal namoyon etguvchidir. Sezgir, taqvoli musulmon ayol mustahkam ishonch sohibasidir, ayni vaqtda yuksak niyat va maqsad uchun yaratilganini his etadi. Haqiqatda Parvardigorimiz bu maqsadni shunday chegaralamoqda: "œMen jin va insni faqat O‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Vaz-Zoriyot surasi, 56-oyat).

Haqiqatni his etgan musulmon ayol umrini, vaqtini behuda sovurmaydi. Uni munosib va muvofiq kechirishni o‘ylaydi. Barcha iymonlilar shunday ekanini biladi. Shu sababli iymonli insonlar Allohga bandalikni qanday amallar bilan ifoda etish zaruratini tushunadilar. Mo‘min ayol qiladigan har qanday ishdan maqsad — Allohning rizoligiga sazovor bo‘lish va shu niyatning qalbida ustivorligi va buyukligini his etib yashash.

Endi musulmon ayollarga ibrat bo‘ladigan, maqsadidan qaytmaydigan, niyatidan adashmaydigan, uzoqni ko‘ra bilgan, turmushdosh tanlashda yanglishmagan ba’zi buyuk ayollarimiz hayotidan misollar keltiramiz. Bularning boshida Mulxon qizi Ummu Sulaym turadi. U madinalik, Ansor ayollari ichida eng avval islomni qabul qilganlardan. Nadr o‘g‘li Molik bilan turmush qurgan edi. O‘g‘li Anas shu eridan. Ummu Sulaymning musulmon bo‘lishi erini norozi qildi va xafa bo‘lib tashlab ketdi. Lekin Ummu Sulaym musulmonlikdan qaytmadi. Dinida sobit qoldi. Biroz muddatdan so‘ng eri o‘lganini eshitdi. Ummu Sulaym u chog‘lar yosh ayol edi. Shunga qaramasdan Alloh yo‘lida harakatlandi. O‘g‘li Anasning yoniga bordi. Anas 10 yoshlarda edi. O‘g‘lini hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xizmatlariga berdi.

Qayd etilgan