Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 219645 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:50:56

Bu orada Madinada kuch-quvvat va boylikda peshvolardan, husn-tarovati va xulqi yaxshi bo‘lgan bir yigit uni so‘rab keldi. Bu Abu Talha edi. Hali musulmon emasdi. Ummu Sulaymga uylanishni istardi. Kuchli, boy, kelishgan Abu Talhaga madinalik har bir yosh qiz turmushga chiqish orzusida edi. Vaziyat shunday bo‘lgach, taklif aytilishi bilanoq Ummu Sulaym rozilik bilan darhol qabul etishi kutilardi. Lekin ne holki, Abu Talha hech kutmagan so‘zni undan eshitib, hayajonga tushdi. Ayol shunday dedi:
— Ey, Abu Talha! Bilmaysanmi, sen topinayotgan "œiloh" tuproqda o‘sgan bir daraxt va bu yog‘ochni habash bir kishi yo‘nmadimi?
Abu Talha:
— Ha, shunday,-dedi.
Ummu Sulaym davom etdi:
— Sen tuproqda bitgan bir o‘tinga, taxta parchasiga sajda qilmoqdan uyalmaysanmi?
— Senga qimmatli boylik va mahr beraman, dedi Abu Talha baxtiyor va shod yashashidan kibrlanib. Ummu Sulaym maromini buzmasdan qat’iyat bilan aytdi:
— Ey, Abu Talha! Senday erkaklar ortga qaytmaydilar, past ham ketmaydilar. Faqat sen kofir bir odamsan, men esa musulmon bir ayolman. Agar musulmonlikni qabul etsang, sening musulmon bo‘lishing — mening mahrim bo‘ladi. Sendan bundan boshqa boylik istamayman.
Abu Talha ikkinchi kun ham keldi. Bu gal yana ziyoda boylik taklif etib, hamma imkoniyatlarni ishlatishga va’da berdi. Lekin Ummu Sulaym so‘zida sobit turdi. Uning bu saboti, Abu Talhaning ko‘z o‘ngida Ummu Sulaymni qiymatli qilib, yuksaltirib yuborgandi. Go‘zalligini, jozibasini, sabr-matonatini ko‘rsatdi. Yana Ummu Sulaym shunday so‘z boshladi:
— Ey, Abu Talha! O‘zing bilasan, topinayotgan ilohlaring duradgorlar tomonidan yasalgandir. To‘g‘ri emasmi? Agar o‘t qo‘ysang yonib yo‘q bo‘ladi.
Bu so‘zlar Abu Talhaning boshiga bosqon bo‘lib tushardi. Abu Talhaning tuyg‘ulari larzaga keldi va o‘z-o‘zidan shunday so‘radi: "œYagona iloh bo‘lgan Parvardigor yonadimi?". Va tilidan shu so‘zlar to‘kildi:
"œAshhadu al-la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh (Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, Muhammad Allohning Rasuli ekaniga guvohlik beraman!)"
Shu onda so‘zlarni Abu Talhadan eshitib sevinch bilan mas’ud bir holda turgan Ummu Sulaym:
— Ey, Anas tur, Abu Talhani uylantir, dedi.
O‘g‘li Anas darhol turib, nikoh uchun guvohlarni boshlab keldi. Shu tariqa uylanish amalga oshdi. Abu Talha ham g‘oyat shod. Baxtiyor bo‘ldilar. Bu sevinch va mas’udlik ichra borlig‘ini Ummu Sulaymga sochmoqni istardi. Faqat ayol ehtiromli va iffatli mo‘min xotinlar kabi turib shunday dedi:
— Ey, Abu Talha! Men sen bilan Alloh uchun turmush qurdim. Shuning uchun, boshqa mahr kutmayman!
Hazrat Ummu Sulaym (r.a.) hazrat Abu Talha (r.a.)ning musulmon bo‘lishlariga sabab bo‘lib, qimmatli va muhtaram bir erga qovushib qolmasdan, ayni zamonda Allohdan savob qozondi. Savob Alloh huzurida qirmizi tuyalarga ega bo‘lmoqdan qimmatliroqdir! Ummu Sulaym shu tariqa ham musulmon, asl bir jufti halolga, ham Alloh huzurida yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: "œhazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Haybar kuni hazrati Aliga (r.a.) bayroqni berdilar. Hazrati Ali (r.a.): "œYo Rasululloh, men yahudiylarga qarshi bizdek musulmon bo‘lgunlaricha urishaveraman!" dedilar. Janob Rasululloh (s.a.v.): "œBoringiz, Haybarning bir chekkasiga tushib avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng Alloh taolo nelarni buyurganini ularga tushuntiringiz! Siz sababli Alloh taolo bir odamga hidoyat qilsa, bu sizga "œXumrun — ni’amdan" yaxshiroqdir!" dedilar". (Xumrun ni’am — eng chiroyli tuyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar uchun faxr hisoblangan).
Mana, musulmon ayol iymon, ishonch, insoniy munosabatlar va jufti halol tanlash kabi mavzularda o‘ziga shunday bir ayolni ibrat va o‘rnak etishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:51:08

Erga itoatli bo‘lishlik — yaxshi muomala qilishlikdir

Talabchan, yetuk musulmon ayol eriga nisbatan doimo itoatkordir. U bilan ahil yashaguvchidir. Erining roziligini qozonishga, uni doim mamnun qilishga harakat qiladi. Hatto musulmon ayol eri yo‘qsillik va faqirlik ichida bo‘lsa ham, bu haqda yuziga solmaydi, keskin so‘z ochmaydi. Uy ichlarini yoki ishlarini ro‘kach qilib, qo‘l qisqaligidan zorlanmaydi. Musulmon ayol buni yoddan chiqarmasligi, aksincha, doimo esda tutishi kerak. Islom tarixida shunday fazilatli xonimlar bo‘lganki, sabrda, ehsonda ya’ni, yaxshilikda, insoniylikda o‘rnak bo‘lib qolganlar. Ular erlariga, uylariga va dinlariga qilgan xizmatlari bilan mashhur va shonli edilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:51:20

Ayol erining sevinchiga, g‘am-qayg‘usiga sherikdir

Erning ko‘nglini olguvchi, ko‘zlarini quvnatguvchi musulmon ayol erining baxtli va baxtsiz kunlarida yonida turadi, sevinsa sevinchiga, g‘am cheksa qayg‘usiga sherik bo‘ladi. Yaxshi-yomon kunlarini birga baham ko‘radi. Juftiga kundalik ishlarida yordamchi bo‘ladi. Masalan, o‘qib-o‘rganish, bahsli masalalarni birga hal etish kabi foydali hodisalarni va o‘zaro nasihatlarni tinglamoq kabi hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishda ham er yolg‘iz emasligini shunday qilib his etadi. Juftining baxtiyor va ishonchli ekaniga iymoni komil bo‘ladi, tushunadi.

Haqiqatda, hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hazrati Oysha (r.a.) bilan musobaqalashganlari eng ochiq dalildir. Mana shu juftning hayot go‘zalliklaridan birga bahramand bo‘lishlari shod-mas’ud yurishlarini, bir-birlariga mehr-muhabbat, hurmat-ehtirom bilan yaqin bo‘lmoqlarini yanada ziyoda qiladi. Bir-biriga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlaydi.

Ayol qadru-quvonchlarida eri bilan qanchalik birga bo‘lsa, totli so‘zlari, to‘g‘ri-o‘rinli qarorlari bilan ham shunchalik juftining ko‘nglini ochadi va ovlaydi. Unga haqiqat, yaxshilik va go‘zallikni ko‘rsatadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:51:34

Ayol eridan boshqaga boqmaydi

Yetuk musulmon ayol faqatgina eriga qaraydi, mahramlaridan tashqari erkaklarga ahamiyat bermaydi. Chunki u bu mavzuda Allohning quyidagi oyatiga quloq soladi: "œMo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar ..." (Nur surasi, 31-oyat).

Musulmon ayol begona erkaklarga boqishdan uzoq turishi kerak. Aks holda yengil tabiatli bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Vaholanki, erkaklar ayollardan hamiyat, iffat va odob izlaydilar. Omonatni saqlaydigan, pok tushunchali va yaxshi niyatli ayollar yetuk musulmon ayoldirlar.

Yetuk musulmon ayol eriga tanishi yoki dugonasini vasf etmaydi, ta’riflamaydi. Chunki, hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlari kabi bu islomda taqiqlangandir: Ayol ayolga yalang‘och badanini ko‘rsatmasin. Toki keyinroq eriga o‘sha yalang‘och ayol xususiyatlarini eri ko‘z oldiga keltiradigan holda sifatlab aytib bermasin".

Chunki Islom vijdonlarni qarorli, ko‘ngillarni sokin, tushuncha, xayol va xotiralarni ham chegarali bo‘lishini istaydi. Shu tariqa inson umr bo‘yi huzurli, xotirjam, mas’ud bo‘lishini, aqli keraksiz va ortiqcha narsalarga bog‘lanmasligini amr etadi. Ne uchun yaratilgan bo‘lsa, ish yo xizmat o‘laroq o‘sha narsalar o‘zi uchun osonlashtirib taqdim etilgandir. Shuning uchunki, er xotinidan boshqa ayol haqida eshitib fikri bo‘linib, sarosima bo‘lmasin. Chunki xayol jihatidan erkak bunday bir vaziyatga yanglish tushishi mumkin, huzurini yo‘qotishi, xato yo‘lga kirib qolishi, fitna va zalolatga ketib qolishi mumkin. Aynan yaxshi juft bu xususiyatlarda juda ham e’tiborli va talabchan bo‘lib harakat qiladi, juft sifatida burchini go‘zal bir shaklda ado etadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:51:45

Musulmon ayol erining tinchlik-xotirjamligini saqlaydi

Musulmon ayol yolg‘iz eri uchun bezanishi, taqinchoqlarni taqishi, ish va xizmatlari bilan unga yaqin bo‘lishi hali yetarli emas. Erining uydan bezib, boshqa joylarni qo‘msab qolishidan qo‘rqqan ayol unga huzur-halovat, tinchlik-xotirjamlik baxshida etishi, sokinlik saqlashi kerak. Musulmon odam zavqlarini, hayotini, tartib va intizomini Islom nazarda tutgan o‘lchovlar ichida shuurli o‘laroq ado etuvchi kishidir. Shu sababli, eri uyida bularni ko‘rishi, keng ma’nodagi huzur-halovat va mazani uyida tota olishi, pok, oliyjanob, odobli va tarbiyali farzandlarni ko‘ra olishi kerak. Qisqasi, musulmon ayol bu ma’noda qanday mahorat ko‘rsatishi zarur bo‘lsa, barchasini o‘rinlatishi kerak. Chunki bularning barchasi Islom istagan, buyurgan va ado etishi talab qilingan ishlardir. Musulmon ayol buni yodda tutishi lozim. Bilishi kerakki, islomda juft — Alloh oyatlaridan bir oyatdir. Chunki, Alloh ayolni erkak uchun huzur beruvchi, rohatini saqlovchi, uni shod va mas’ud etuvchi bir issiq quchoq va mehr shafqatning qaynoq bulog‘i, marhamat manbai qilib yaratdi. Alloh marhamat qiladi:

"œUning alomatlaridan (yana biri) — sizlar taskin topishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir". (Rum surasi, 21-oyat).

Aniqrog‘i, bu ikki borliqning teran tuyg‘ular bilan bir-birlariga bog‘lanishidir. Alloh bu ikki juftni bir-birlariga bog‘lagan. Huzur va sokinlik ichra, halol luqma bilan bu hayotiy dunyo ne’matlaridan har ikkisi ham foydalanmoqqa marhamat etilgan. Aslida ayol er uchun bir ishonch, bir boshpana va sevimli uyi ichida bir rohat va quvonch chirog‘idir. Shafqat bilan, sevgi bilan, samimiyat bilan uyini suyab turgan bir ustundir. Yetuk musulmon ayol bu yuksak tushunchalarni his etadi va baxtiyorlik, shodlik uchun ne lozim bo‘lsa, ado etish ilinjida bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:51:57

Musulmon ona farzandlarini duoiba’d qilmaydi

Hushyor va talabchan musulmon ayol — ona farzandlariga zarar keltiruvchi xatoga bormaydi. Ularga la’nat o‘qimaydi, duoiba’d qilmaydi. Chunki u payg‘ambarlar yo‘liga bog‘liqdir. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) inson o‘z farzandlarini la’natlashini, duoiba’d qilishini ta’qiqlaganlar.

Imom Muslimning kitoblarida keltirilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: "œZinhor o‘zingizga qarshi duo qilmang (duoiba’d qilmang, o‘zingizni la’natlamang), farzandlaringizni duoiba’d qilmang. Ehtimol, qilingan duo Alloh tarafidan o‘zidan bir narsalarni istab va istaklarning qabul etiladigan bir vaqtiga mos kelar va shu tariqa sizning nomingizga o‘sha duo qabul etilar".

Shu sababdan bir kishining farzandlarini la’natlashi, duoiba’d qilishi yanglish bir harakat, yaxshi ish emas. Bir ona achchig‘i kelganda yanglishsa g‘azabi bosilgach, pushaymon bo‘ladi, yana avvalgi holiga qaytadi. Nahotki, ona dinning ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qilib, so‘ng to‘xtasa?! Farzandlarini duoiba’d qilsa?! Dinini bilgan ona bunday qilmaydi. Dinini bilgan ona farzandlari yanglishganda ham ba’zi yengil tabiat, o‘zini bilmagan ayollar qilguvchi xatoni takrorlamaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:52:11

Hushyor va talabchan musulmon ona farzandlari hayotiga doim e’tiborlidir, ularning hatti-harakatlarini, o‘y-fikrlarini doim kuzatuvchidir. Nima o‘qib, nimani yozishganlaridan xabari bor, do‘sti kim, hamkor, hamdami kim, qaerlarda yuradi, bo‘sh vaqtlarni qanday, kim bilan o‘tkazadi — bularning barchasini nazorat ostiga oladi. Ona farzandini yomonlar bilan do‘stlashganini, xato harakatlar qilayotganini, noo‘rin joylarga borib kelayotganini, nomuvofiq oldi-berdi qilayotganini, chekishga o‘xshash axloqsiz narsalarga o‘ralashganini, noo‘rin o‘yin va ko‘ngilxushliklarga, haromlarga, Islom axloqiga mos kelmagan narsalarga bog‘lanayotganini sezishi bilan darhol ogohlantirib, tanbeh beradi, yumshoqlik bilan tuzatmoqqa, yaxshilik bilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmoqqa, ishontirmoqka harakat qiladi. Bu ishlarni otaga nisbatan ona yaxshiroq uddalaydi. Chunki, ona farzandlariga otadan ko‘ra yaqindir. Shu sababli ota bajarolmaganini va farzandlariga buyurolmaganini ona o‘rinlata oladi. Farzandlari ertangi kunning go‘zal va qimmatli a’zolari bo‘lib yetishuvini ona ta’minlaydi. Ularning kamol topishini, odamiylikka erishishini Islom qadriyat va amru farmonlari doirasida ado etadi.

Har farzand fitratiga mos dunyoga keladi. Agar ota-onasi yahudiy bo‘lsa — yahudiy, nasroniy bo‘lsa — nasroniy, otashparast bo‘lsalar — otashparast qilib tarbiyalaydilar. Bu haqiqat Buxoriy rivoyat qilgan sahih bir hadisda aytilgan.

Shu jihatda farzandlar shaxsiyati shakllanishida ota-onasining buyuk va muhim o‘rni bor. Uning dunyoga kelishidan to balog‘at yoshiga yetib, kamol topgunicha nimalar lozim bo‘lsa, zarur shaklda ado etuvchi ota-onadir.

Musulmon ona farzandlari ruhiga eng go‘zal axloqni naqsh etadi. Boshqalarni yaxshi ko‘rmoqni, yaqinlariga xushmuomala, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat ko‘rsatmoqni, zaif va zaifalarga yordam bermoqni o‘rgatadi. Ishlarni chiroyli va go‘zal bajarishni, to‘g‘ri so‘z bo‘lishni uqtiradi. Ahdiga vafo qilishni, hukmlarida odil bo‘lishni, shunga o‘xshash odob-axloqqa doir narsalarni farzand ongiga, qalbiga soladi va oqibatli, xushxulq inson bo‘lishga tinimsiz yordam beradi. Aslida bu yordam uning vazifasidir, burchidir. Farzandiga ibrat bo‘lib, unga go‘zal muomala, muloyimlik, hokisorlik, marhamat va mehr-muhabbat bilan yondoshadi va bu yo‘lda sabot bilan davomli harakat qiladi. Bahs va zerikishga o‘rin qoldirmasdan ularga ham g‘amxo‘rlik va beozorlikni singdirib boradi. Va farzandlariga onalikning kuyunchak ogohlantirishlari bilan birga ularning ba’zi xatolarini kechiradi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:52:27

Duo

"œEy Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug‘ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg‘ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo‘lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so‘ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!".

Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko‘zni oydin etajaging va o‘zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!

Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!

Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg‘ambarlarning mezonidan og‘ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir!

Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo‘lmasdan, razil bo‘lmasdan, pushaymon bo‘lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo‘lini o‘zgartirmasdan, o‘zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.

Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so‘ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag‘firat tilayman.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:52:43

Avval Senga so‘z berib, so‘ngra badnafsimga ergashib, so‘zimda turmagan har vafosizligim, qilgan gunohlarim uchun sendan mag‘firat so‘rayman, Sening roziligingni maqsad qilib, ishga kirishar ekanman, o‘zgalardan ham yordam so‘raganim uchun, har xayr va yaxshilik uchun Sendan mag‘firat tilayman!

Ey maxfiy va oshkor har narsani bilguvchi Allohim! Kun yorug‘ida, tun qorong‘usida, anjumanda va tanho, yashirin va ochiq qilgan har gunohim uchun sendan mag‘firat tilayman! Ey halim! (Qilgan ayblari uchun quliga shoshilinch jazo bermaydigan) Allohim! Qur’oni Karim hurmatidan menga rahmat ayla, Qur’onni menga rahmat, imon, nur, hidoyat, shifo qil, Allohim Qur’ondan unutganlarim bo‘lsa xotirlat, tushunmaganlarim bo‘lsa anglat, kechayu kunduzda Qur’on o‘qishni menga nasib et, Qur’onni menga qiyomat kunida shafoatchi, hujjat, nur qil. Allohim, manfaatsiz ilmdan, maqbul bo‘lib huzuringa ko‘tarilmaydigan amaldan va qabul qilinmaydigan duodan o‘zing asra. Rabbim, Senga kofir bo‘lishdan qabr azobidan asra, sendan boshqa iloh yo‘q. Rabbim. Sendan pokiza hayotu, rohatli o‘lim berishingni so‘rayman, oxiratda xor va sharmanda bo‘lmaslikni so‘rayman. Ey Rabbim, menga hidoyat va taqvo, qalb pokligi va behojatlik ato et. Ilohim, meni ilmga boy qil, halimlik bilan beza. Taqvodorlik bilan hurmatli qil va tan-sihatlik bilan chiroyli qil, dushmanga yengilishdan, ustimdan kuladigan ishni qilishdan o‘zing asra. Allohim, Sendan jannating va jamolingni ko‘rsatishingni, do‘zax azobidan panoh berishingni so‘rayman, meni amali solihlardan qil, Qur’on xulqi bilan xulqlantirgin va Firdavs jannati vorislaridan qilgin. Omin!!!

"œEy Allohim! Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q, meni sen yaratding, men Sening qulingning va joriyangning farzandiman, Sening (qudrat) hovuchingdaman, kokilim Sening (qudrat) qo‘lingdadir".

Men kuchim yetguncha sening ahding va va’dang (senga bergan so‘zim) uchun harakat qildim. Qilgan amallarimning sharridan (xato gunohlarimdan) Senga sig‘inaman, menga ato etgan yaxshiliklaringni iqror etib, mening Senga qarshi gunohlarimni e’tirof etaman, u holda gunohlarimni kechir, chunki, gunohlarni faqat Sen afv etuvchi, faqat Sen kechiruvchisan!

"œEy Rahmlilar rahmlisi, mehribonlar mehriboni! Meni, ota-onamni, iymon keltirgan barcha erkak va ayollarni mag‘firat et! Shubhasiz, Sen har narsaga va har ishga qodirsan!".

Qayd etilgan