Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 256576 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:22:35

Ayollarning mahramlari

1. Er. Er xotinining barcha joylariga, butun vujudiga qarashi mubohdir. Oyatda istisno etilgan a’zolardan tashqari barcha a’zolardan manfaatlanishi mumkin.
Qurtubiy shunday dedilar: "œAyolning eri va joriyaning xo‘jayini uning butun vujudiga boqishi mumkin bo‘lganidek, bir istisnodan tashqari barcha a’zolaridan ham foydalana oladi. Shuning uchun ham Alloh taolo ayol ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan erkaklar sanog‘ini er bilan boshlagandir".
2. Ota va bobolar. Ayolning ota va ona tomonidan otalari ayni hukmdadir.
3. Erning otasi.
4. Ayolning o‘z o‘g‘illari, erning o‘g‘illari va nabiralari.
5. Ayolning qarindoshi (aka-uka, opa-singil)lari. Xoh ota-onasi bir, xoh faqat ona yoki ota bir qarindoshi bo‘lsin, farqi yo‘q.
6. Qarindosh (aka-uka, opa-singil)larning o‘g‘illari.
Sanalganlarning bari ayolga mahramdirlar. Bular oldida ziynatlarini ochish mubohdir.

Alloh taolo bu oyatda amaki va tog‘alariga oid hukmni bayon etmagan. Barcha faqihlarga ko‘ra amaki va tog‘alarning hukmlari ham mahramiyat jihatidan yaqinlik darajalari sanalgan kishilar bilan birdir. Amaki va tog‘alar ota hukmida bo‘lgani uchun oyatda alohida sanalmagan.

Oyatda sanalgan nasab yo‘li bilan qarindosh erkaklar ayolning mahrami bo‘lgani kabi bir onaning sutini emganlar ham ayolning mahramlari hisoblanadi. Zero, Rasululloh (s.a.v.) "œUylanishi nasab yo‘li sababli harom bo‘lgan ayollar va sut emishganlar ham bir-birlariga haromdirlar", deya marhamat qilganlar.

Musulmon ayollarning g‘ayridin ayollarga nisbatan avrati. Faqihlar bu xususda ixtilof etganlar. Ba’zi olimlarga ko‘ra, oyatdagi "œo‘z ayollari" dan murod "œmusulmon ayollar"dir. Salafning ko‘pchiligi shu fikrda.

Qurtubiy shunday dedilar: "œOyatdagi "œo‘z ayollari"dan maqsad "œmusulmon ayollar"dir. Shunday bo‘lsa, mo‘min ayol mushrik, zimmiy va kofir ayol qarshisida vujudining biror joyini ochishi halol emasdir. Faqat joriyalar hukmi mustasnodir".

Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, nasoro (xristian) bir ayolning musulmon bir ayolni o‘pishi yoki musulmon bir ayolning mushrik bir ayolga avrat joyidan tashqari yerlarini (o‘rinlarini) ko‘rsatishi makruhdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:22:49

Oyatdagi ayolga ehtiyojsizlar kimlar?

Oyati karima ayolga ehtiyoji bo‘lmagan erkaklarni erkaklik hukmidan istisno etgan. Ayol neligini bilmagan, ayolga nisbatan xohishsiz, aqlsiz erkaklar qarshisida ziynatlarini ochishda hech bir gunoh yo‘q. Chunki, bular ayollarga yomon ko‘z bilan qaray olmaydilar. Oyatdan sahih ma’no chiqarilishi va oyat maqsadini aniqlash uchun ba’zi sahobiy, tobein va mufassirlarning oyat tafsiri xususidagi qarashlarini keltiramiz:

Ibni Abbos (r.a.) fikriga ko‘ra, "œehtiyoji bo‘lmagan"dan murod ayollarga hech ehtiyoji qolmagan erkaklardir.

Abu Qatoda (r.a.) fikriga ko‘ra, faqat qorin to‘ydirish uchun uyga kelgan erkaklardir.

Bu xususda bir necha qarash bor. Bularning hammasi oyatdagi "œehtiyoj bo‘lmagan"lardan murod, yo erkaklik kuchini yo‘qotgan, jinsiy quvvat va xohishi so‘ngan yoki jinsiyat sohasida hech narsa tushunmaydigan aqli nuqsonli erkaklarni ifodalaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:23:05

Ayollar necha yoshli bolalar oldida o‘ranmasliklari mumkin?

Ulamolar oyatdagi "œhali ayollarning yashirin joylaridan xabardor bo‘lmagan bolalar" ifodasida ixtilof etganlar. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, balog‘atga yetmagan bolalar nazarda tutilgan. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra esa, bolaligi tufayli ayolning maxfiy bo‘lmagan joylarini farqlay olmaydigan bolalardir. Bu bolalar o‘n yoshga yetmagan bo‘lishlari kerak. Bola balog‘atga yetmagan bo‘lsa-da, ayolning maxfiy joylarini tushunsa, ayollar bunday bolalar oldida ziynatlarini ko‘rsatmasligi yanada uyg‘undir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:23:22

Ayol ovozi avratmi?

Islom fitna-fasodga sabab bo‘luvchi har narsani harom qilgan. Hatto ayollar yurayotganda oyoqlarini yerga qattiq urishini ham ta’qiqlagan. Chunki, ayolning oyoq tovushi erkaknikidan farqli. Shu jihatdan erkak qalbida ayolga xohish uyg‘otadi. Haqiqatda Alloh marhamat qilmoqda: "œhamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarni ko‘rsatmasinlar! "

Hanafiylar bu oyatga tayanib, ayol ovozini ham avrat ekaniga hukm etganlar. Bu oyatda ayollar oyog‘idagi taqinchoqlar ovozi taqiqlanmoqda. Ayol ovozi esa, taqinchoq ovozidan jozibalidir. Shu sababdan taqiq zaruriydir.

Ba’zi mufassirlarning fikriga ko‘ra, "œBu oyat ayolning baland ovozda suhbatlashishi harom ekaniga dalolat etadi. Chunki, ayol ovozi taqinchoqlar ovozidan ko‘proq fitna uyg‘otadi. Shuning uchun bu oyat ayol ovozini ta’qiqlaganiga dalolat etgani kabi mazhabimiz ayol azon aytishini ta’qiqlagan. Erkaklik hissini uyg‘otishi bilan fitna va shubha tug‘dirishi tufayli ayol yuziga qarashning ham harom ekaniga dalolat etadi".

Imom Shofe’iy va boshqa ba’zi olimlar esa ayol ovozi avrat emasligiga hukm etganlar. Zero, ayol olish-berish qilishi, guvohlik berishi joizdir. Bu holda gapirishi, suhbatlashishi zaruriydir.

Fitnadan amin bo‘lish sharti bilangina ayol ovozi avrat emas. Zero, Rasulullohning (s.a.v.) xotinlari erkaklar bilan suhbatlashar, hadis rivoyat etardilar. Shubhasiz, suhbatlashib hadis rivoyat etgan erkaklar orasida ularga mahram bo‘lmagan erkaklar ham bor edi. Bularning suhbatlariga hech bir sahobiy e’tiroz etmagan.

Yana ayol qo‘llaridagi bilakuzuklari, qo‘llarini sollantirib, ko‘z-ko‘z etib, kerilib yoki nozlanib yurishlari haromdir. Tor va jozibasi rangli liboslarda ko‘chaga chiqishi, chiqayotib xushbo‘y sepishi, surishi va erkaklar e’tiborini tortadigan shaklda yurishi va suhbatlashishi nojoiz. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda: "œ...Bas, sizlar (nomahram erkalarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangizlar! O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar..." (Ahzob surasi, 32-33-oyatlar).

Fasod ko‘payishi, tarqalishi, axloqning buzilishi, erkakning harakatsizligi va g‘ayratsizligidandir. Nomusini qizg‘anmagan, asramagan kimsa musulmon bo‘lmaydi. Zero, Rasululloh (s.a.v.): "œUch sinf (guruh, tabaqa) inson borki, jannatga ham kirolmaydi, jannat hidini ham hidlay olmaydi. O‘zini erkaklarga o‘xshatgan, davomli (mast qiluvchi) ichkilik ichganlar va dayuslar", deb marhamat qildilar. Ashobi kirom: "œDayus kim?", deb so‘radilar. "œAhli oilasini erkaklardan qizg‘anmaydiganlardir", deya javob berdilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:23:41

Musulmonlarning ruxsat so‘rash odobi

"œEy iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz!. Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora (bu gapdan) eslatma olsangizlar. Bas agar u (uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz! Agar sizlarga "œqaytinglar", deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni bilguvchidir. (Xususiy) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur"
(Nur surasi, 27-29-oyatlar).

Bu oyatni keltirishimizga sabab, har bir uyda ayol bo‘lib, u turli holatlarda yurishi mumkin. Hozirgi zamonaviy uylarda ayol ko‘rinmaydigan tashqari hovlilar yo‘q, bunga imkon ham yo‘q. Shuning uchun bu oyatni ham bilib, unga amal qilish har bir musulmon erkagu ayolga farzdir.

Alloh taolo mo‘min qullarini chiroyli odob bilan odoblantirar ekan, ularni eng yuksak axloqqa da’vat etadi. Birovning uyiga kirishdan oldin ruxsat so‘rash kerakligini amr etadi. Kirgach, ichkaridagilarga salom berishni buyuradi. Toki, oralarida mehr-muhabbat paydo bo‘lsin. O‘zlariga oid bo‘lmagan uylarga iznsiz kirishni ta’qiqlaydiki, ular turli mushkul vaziyatga duch kelib qolmasinlar va ichkaridagilar og‘rinmasinlar. Kirish izni va salom shubhali holat ko‘tarilib ketishiga va hurmatga sabab bo‘ladi. Izn berilmagan taqdirda ortga qaytish eshikda kutishdan, ichkariga kirish qat’iyatidan va qayta so‘rashdan xayrlidir. Uy ahlining ruxsat bermasligida bir sabab yoki noqulaylik bor, yo bir uzrlari yoki ziyoratchini munosib qarshilashlariga mone bor hol mavjud. Borilgan uyda kimsa yo‘q bo‘lsa, kirish joiz emas. Chunki, maskanlar uchun ulkan ehtirom borki, u yerga kirmoq uy ahlining ruxsat berishi bilangina bo‘ladi.

Maskan bo‘lmagan, insonlar foydalanishi uchun qurilgan karvonsaroy, hammom, oshxona kabi joylarga kirish uchun ruxsat shart emas.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:23:55

Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari

1. Yuqoridagi oyatning nozil bo‘lish sababi shu rivoyatdan ma’lum bo‘ladi: Bir ayol Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelib: "œYo Rasululloh, men xonamda hech kimning, hatto otam va bolam ko‘rishlarini istamaganim bir kiyimda yuraman. Bunday kiyimda ekanimda yonimga birov beruxsat kirib qolsa, nima qilaman?", dedi. Shundan so‘ng: "œEy mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga..." oyati nozil bo‘ldi.

2. Abi Xotam Muqotildan: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga..." oyati nozil bo‘lganida Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.): "œQuraysh tojirlari davomli ravishda Makka, Madina, Shom, Yaman, Quddus kabi joylarga boryaptilar. U yerlarda va yo‘llarda ularning tayinli boshpanalari yo‘q. Faqat umumiy va ichida doimiy o‘tirilmaydigan musofirxona, karvonsaroyga o‘xshash joylar bor. U yerlarga ham ruxsat so‘rab kirish kerakmi?",-deb so‘radilar. Shundan so‘ng: (Birov uchun) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga..." oyati nozil bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:24:05

Qay hollarda uyga ruxsatsiz kirish muboh?

Oyatning zohiri barcha vaqt va hollarda uylarga iznsiz kirishning harom ekaniga dalolat etmoqda. Zarurat hollari bundan mustasno. Masalan, bir uyda yong‘in chiqishi, o‘g‘ri-qaroqchi va talonchilar bosishi yoki o‘sha uyda din aniq ta’qiqlaydigan narsalar bilan shug‘ullanishganda shundan xabar topgan kishi iznsiz kirishi mumkin. Faxriddin Roziy bu xususda o‘z tafsirida atroflicha izohlagan.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:24:18

Ruxsatsiz begona uyni kuzatishning hukmi qanday?

Bir kishi begona uyni kuzatishi qat’iyan harom. Faqat faqihlar begona uyni ruxsatsiz kuzatgan kimsaga jazo qo‘llashda; urishda, ko‘r qilishda ixtilof etganlar.
1. Imom Shofe’iy (r.a.) va Hanbal (r.a.) fikrlariga ko‘ra uy ahli ruxsatisiz uyni kuzatganning (oynasidan qaraganning) ko‘zini ko‘r qilsalar, qasos olinmaydi. Kuzatuvchi (qarovchi) biror haq ham talab etolmaydi.

2. Imom Molik (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) fikriga ko‘ra, oynadan qarovchining ko‘r etilishi jinoyatdir. Shuning uchun diyyati (jarima) beriladi yoki qasos olinadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:24:29

Ayol begona erkak bilan yolg‘iz qolishi mumkin emas

Tabariyning rivoyatida Rasul Akram (s.a.v.) marhamat qiladilar: "œAllohga va oxirat kuniga iymon keltirgan odam yonida mahrami bo‘lmagan begona bir ayol bilan bir joyda qolmasin".

Yana, Rasuli Akram marhamat qiladilar: "œSiz olti narsani bajarishga menga so‘z bering, men ham sizning jannatga kirishingizga kafil bo‘laman: suhbatlashganingizda to‘g‘ri so‘zlang, va’dalaringizga vafo qiling, omonatga xiyonat qilmang, iffatingizni saqlang, ko‘zlaringizni yuming, qo‘llaringizni torting!".

Muslim va boshqalarning rivoyatlarida Jarir (r.a.) deydilarki: "œRasuli Akramdan oniy qarash haqida so‘radim. Rasuli Akram marhamat qildilar:
— Tezda ko‘zingni ol (yuzingni o‘gir)".

Isfahoniy rivoyatida Rasuli Akram shunday rivoyat qiladilar: "œQiyomat kuni barcha yig‘laydi. Faqat haromdan saqlangan, Alloh yo‘lida uyqusiz qolgan va Allohdan qo‘rqqani uchun ko‘z yosh to‘kkanlar bundan mustasnodirlar".

Islom erkak va ayolning bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishishlarini ta’qiqlaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) umrlarida ayollar bilan qo‘l qisishmaganlar, qo‘l olishib ko‘rishmaganlar. Bu xususda bizga Umayma bint Ruqayya naql etmoqda:

"œBir necha ayol bay’at etmoq uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldik. Bizdan Mumtahana surasi, 11 oyatida sanalgan moddalarni qabul qilishimizni so‘radilar. Biz qabul qilamiz, dedik. Bizga "œQo‘lingizdan kelguncha, kuchingiz yetkuncha bularni ado eting!", dedilar. Biz "œBizga Alloh va Rasuli bizdan ko‘ra mehribondir", dedik va "œYo Rasululloh, qo‘limizni siqmaysizmi?", deb so‘radik. U zot "œMen ayollarning qo‘llarini siqmayman, bir ayolga nima desam, yuz ayolga o‘tadi", dedilar".

Hazrati Oysha onamiz marhamat qiladilar: "œAllohga qasamki, Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llari biror ayolning qo‘llariga tegmagan. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga so‘z orqali bay’at etardilar".

Mufassir Ali as-Sabuniy bu hodisalarni shunday sharhlaydilar; Barcha rivoyatlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) na bay’atda, na boshqa joyda ayollar bilan musofaha etmaganini (qo‘l berib ko‘rishmaganini) ko‘rsatadi. Gunohdan ma’sum bo‘lgan Rasulullohning (s.a.v.) bu harakatlari biz ummatlariga bir irshoddir. Allohning Rasuli tohir, nazih va pok zot bo‘la turib, bay’atdek muhim voqeada ayollar qo‘lini ushlamadilar, boshqa erkaklar begona ayol qo‘lini tutishlari muboh bo‘lishi mumkinmi?! U erkaklar shahvatdan amin va fitnadan salim emasdirlar. Shayton ichlarida qon kabi kezmoqda.

Bizning asrimiz va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davr orasidagi farq osmon bilan yerchalik. Davrimizning ekologik muammolari, yer yuzining juda ko‘p davlatlaridagi iqtisodiy tanglik, buning natijasida insonlarning ma’naviy holatlari va boshqa turli sabablarga ko‘ra xilma-xil kasalliklar ham ko‘payib bormoqda. Masalan, o‘rta asrlarda ayollar uyga doya chaqirib tug‘salar, hozir bunday qilish ona va bola uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Tug‘ruqxonalarda doyalar kechayu-kunduz ishlashlari kerak. Albatta, u yerda u yoki bu kasb egasi bo‘lgan erkaklar ham ishlashlari tabiiy. Shunday sharoitda ayol kishi nima qilishi kerak? Bunga to‘rt mazhabda javob yo‘q. Bu borada shaxsiy fikrimiz bo‘lishiga qaramay, savolni hurmatli ulamolarimiz ijtihodlariga qoldirsak.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:24:46

Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi

Islomiy uy pok va go‘zaldir. U yerga ayolsifat erkaklar va erkaksifat ayollar kiritilmaydi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayoldek harakat qilgan erkaklarni va erkakdek harakat qilgan ayollarni la’natlaganlar va: "œUlarni uylaringizdan chiqaring!", deganlar. O‘zlari bundaylarni uylaridan chiqarganlari kabi, hazrat Umar (r.a.) ham chiqarganlar.

Hazrat Oysha (r.a.) jonli bir voqeani so‘zlaydilar:
"œMadinada ayolsifat bir odam bor edi. Ayolga ehtiyoji yo‘q hisoblanardi. Ora-chora Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari yoniga kelib turardi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) ichkari kirdilar. U xotinlaridan birining yonida so‘zlardi: "œOldindan qaralsa, qornida to‘rt, ortdan qaralsa, sakkiz buklangan ko‘rinadi". Shundan so‘ng, Rasululloh (s.a.v.) xotinlariga: "œKo‘rdingizmi, bunday-bunday narsalarni biladi. Endi yoningizga hech kelmasin",-dedilar".

Bir kun Rasullullohning (s.a.v.) huzurlariga qo‘liga xina qo‘ygan ayolsifat bir kishini keltirdilar. "œBu nima ish qildi?", deb so‘radilar. Sahobalar: "œYo Rasululloh, bu xotinlarga o‘xshashga harakat qiladi", deyishdi. Rasululloh u odamni Noki o‘rmoniga surgun qilishni buyurdilar. "œUni o‘ldiraylikmi yo Rasululloh", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: "œAlloh meni namoz o‘qiganlarni o‘ldirmoqdan man etdi".

Qayd etilgan