Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 250098 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:25:11

Balog‘atga yetgan qiz qarindoshlar bir o‘rinda yotadimi?

Islom dini (oxirgi chegara sifatida) o‘n yoshga kirgan qiz bolalarning erkak qarindoshlari tugul, hatto qiz qarindoshlari bilan bir o‘rinda yotmasligini amr etadi.

Bu diniy buyruqdan maqsad — qiz bola nomusini himoya qilmoqdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:25:29

Hayz — odat ko‘rish

Hayz ham ayol organizmiga xos holat bo‘lib, uni bilish Islomda muhim ahamiyat kasb etadi. Hayzning odat ko‘rish, oy ko‘rish, nopoklik, betahoratlik, benamozlik kabi nomlari bor. Hayz ilmini o‘rganish ayollarga farzi ayndir. Hamda eng muhim masalalardandir.

Imomi Muhammad hayz haqida alohida bir kitob yozganlar. Chunki poklik, namoz, ro‘za, Qur’on o‘qish, e’tikof, haj, balog‘at, jinsiy munosabat, ajrashish, idda kabi bir necha ibodatlar hayzga bog‘liqdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:25:39

Nifos

Nifos: lug‘atda — ayol ko‘zi yorishi ma’nosida kelgan. Shariatda esa, bola yoki bolaning ko‘p qismi — (hatto a’zolari parcha-parcha bo‘lsin) chiqqandan so‘ng ayol rahmi (bachadon)dan kelgan qondir.

Bolaning oz qismi chiqqandan so‘ng qon kelsa, nifos emasdir. Ayol tahorat olib namozini o‘qiydi. Ruku’ va sajdaga iloji bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi. Kechiktirmaydi, tark etmaydi.

— Ko‘z yorigan ayol hech qon ko‘rmasa nifosli bo‘ladimi?
— Ha, nifosli bo‘ladi.

Bolani tabiiy tug‘ib, rahmi (bachadoni)dan qon kelgan taqdirda nifoslidir. Chunki, ko‘z yorigach qon rahmidan chiqqandir. Qon qornidan, ya’ni kesilgan joydan kelsa, nifos emas, yaralidir.

Nifos — tug‘ishdan keyin oqadigan qondir. Ko‘z yorigan holda qon ko‘rmagan ayol g‘usl qilishi shart emas. Bu Abu Yusuf hazratlarining qarashi28 .

Imom Muhammad hazratlaridan ham shunday rivoyat bor, faqat bu ayolga tahorat olish vojib. Chunki, bola bilan birga ifloslik ham chiqqan.

Imom A’zam Abu Hanifa hazratlariga ko‘ra, bunday ayolning g‘usl etishi zarur. Olimlarning ko‘pchiligi shu qarashni qabul qilgan.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:25:49

Ayollar ko‘radigan qon ikki xil

1. Sahih qon — hayz muddatidan: 3 kundan oz, 10 kundan ko‘p bo‘lmagan haqiqiy qondir. Nifos (nifoslik)da esa 40 kundan ko‘p kelmagan qon.
2. Fosid qon — hayz va nifosdan boshqa qon. Fosid qon turli bo‘ladi:
a) Hayz muddatining eng ozi 3 kun, undan ham oz vaqt kelgan qon — fosid qon;
b) Hayzning eng ko‘p muddati 10 kun, undan oshgan qon — fosid;
v) Nifos muddatining eng ko‘pi 40 kun, undan oshiq kelgan qonlar — fosid qonlar;
g) Homiladordan kelgan qon — fosiddir;
d) Kichik qizlar ko‘rgan qon —fosid;
e) Odatdan to‘xtash, qolish (menopaz) davrida ko‘rilgan qon — fosid qondir.

Lug‘atda hayz — odat: oqinti ma’nosidadir. Hayz — bir ayolning bachadoni (rahmi)dan xastalik yoki ko‘z yorishdan tashqari ma’lum bir muddatda keladigan va ibodat qilishga to‘siq bo‘lgan qondir. Bunga "œodat holi" ya’ni, "œodat vaqti" deyiladi.

Odat qoni ayol vujudining me’yoriy (normal) faoliyati va homila yo‘qligida har oyda keladigan qondir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:26:01

Hayz qonining paydo bo‘lishi

Rahm (bachadon) — bola tug‘ilguncha turiladigan, muhofaza etiladigan joy. Rahm — xazna (qindiloq)dan keyin keladigan ichki a’zo. Rahm ichiga "œendometrium" ("œEndometrium") deyiladi. Baxmalday bir qatlam. Bu qatlam har oy tuxum to‘llaydiganga o‘xshab hozirlanadi, ya’ni, har odat davrida bir tuxum o‘sib yetiladi va nasl bo‘lishga tayyor holga keladi. Agar to‘llanish bo‘lmasa, ya’ni, homila bo‘lmasa, qisqa umrli tuxum va u bilan birga bachadonning eng ichki qatlami o‘ladi va qonab vujuddan tashqariga oqib chiqadi, ya’ni, hayz (muddati) boshlanadi.

Odam (a.s.) va Havvo onamiz gunohkor bo‘lishib, jannatdan quvilganlaridan so‘ng, Alloh taolo Havvo onamizni homilador bo‘lishga, tug‘ishga va har oyda qon ko‘rishga hukm etdi. Bu hol ayollar uchun ilohiy bir nizom bo‘lib qoldi. Bu hol gunohlarga kafforat bo‘lishi ham zikr etilgan.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:26:08

Qizning balog‘at yoshiga yetishi va ilk odat boshlangan vaqti

Qizning balog‘at yoshiga yetishi va ilk odat boshlanish vaqti Hanafiy ulamosi fikriga ko‘ra, 9 yoshdan keyindir. Chunki, hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) hazrat Oysha (r.a.) onamizga u kishi balog‘atga yetgach uylandilar.

Boshqa bir qarashga ko‘ra: Rasulullohning (s.a.v.) mana bu so‘zlariga muvofiq balog‘at yoshi 7 qilib belgilangan: "œYettiga kirgach ularni namozga buyuring!".

Qizlar ilk hayz qoni ko‘rishlari bilan balog‘atga yetgan bo‘ladilar va namoz, ro‘za kabi ibodat va amallarga mukallafdirlar. Qiz 15 yoshga to‘lishi bilan, hech oy ko‘rmagan bo‘lsa ham, hukman balog‘atga yetgan hisoblanadi.

Onaning qizlari oldidagi vazifalari: qizi odat ko‘rmasdan avval unga odat haqida o‘rgatishi, ogohlantirishi va bu davrga ruhan tayyorlashi kerak. Bu ondan e’tiboran namoz, ro‘za, tasattur (o‘ranish) kabi barcha hukmlar unga farz bo‘lganini va bundan buyon Allohga va insonlarga nisbatan ma’sul bo‘lganini bildirish onalarga vojibdir.

Balog‘atga yetgan qizning ilk ko‘rgan hayzi juda muhim, chunki bu doimo o‘ziga odat bo‘ladigan hodisadir. Shuning uchun ham bunga e’tibor bermoq lozim. Odat kunlarini to‘g‘ri hisoblab, to‘g‘ri belgilamoq lozim. Shunga ko‘ra, qiz odat vaqtiga hozirlik ko‘radi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:26:22

Qiz ilk ko‘rgan qon hech to‘xtamasa, odat qanday aniqlanadi?

Bir qiz balog‘at yoshiga yetib, ilk qon ko‘rsa-yu, to‘xtamasa, oyning o‘n kunini hayz, yigirma kunini poklik deya qabul etmoq lozim. Va qon davom etib turgan muddatga har oy shunday hisoblanadi. Bu hol uning davomiy odatidirki, hayz deb qabul qilingan o‘n kunda namozlarini o‘qimaydi va shu o‘qimagan namozlarini qazo qilib o‘qimaydi. Shu o‘n kunga Ramazon to‘g‘ri kelib qolsa, ro‘zasini tutmaydi. Lekin keyin poklangach, qazo qilib tutadi. Boshqa hayz hukmlari ham shunga ko‘ra tadbiq etiladi. Faqat poklik hisoblangan yigirma kun uzr sohibi kabi har namoz vaqtida tahorat olib, farz va nafl namozlarini istaganicha o‘qishi mumkin. Agar bir muddatdan so‘ng qon to‘xtasa, bu holda ayol vaziyatiga ko‘ra, ya’ni, odat belgilanishi zarur.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:26:33

Qiz ko‘rgan qon uch kundan oz bo‘lsa...

Qiz ilk ko‘rgan qon 3 kundan oz vaqtda to‘xtasa, hayz qoni emas va tark etgan namozlarini qazo qilib o‘qishi lozim. Bir qiz ilk marta sahih qon bilan hoyiz bo‘lsa, so‘ngra to‘la muddat sahihi poklik holni kechirsa, hayz va poklik kunlari shundayicha aniqlangan bo‘ladi. Keyingi odatlarida qon to‘xtamay oqsa ham, avvalgi ilk odat va poklik holidagi odati qabul qilinadi va shunga amal qiladi.

Hayz va nifos (ko‘z yorigan ayol)da odat bir marta aniqlanib qarorlashtiriladi. Ya’ni, bir ayol ilk hayz va nifoslik vaqtlarida necha kun qon kelsa, shu muddat uning odati bo‘ladi. Masalan, bir qiz ilk daf’a 7 kun odat ko‘rgandan so‘ng qon to‘xtasa, boshqa hayzlarida odat muddati 7 kun. Qon davom etsa, uzrdir.

Bir qiz balog‘atga yetganda ilk sahih qon (eng ozi 3 kun) va so‘ng sahih poklik (eng ozi 15 kun) ko‘rmay ilk qoni davom oqib, sahih poklik holni ko‘rolmasa, bularning hech biriga e’tibor etilmaydi. Bu holda qon kela boshlagan kunning avvalidan boshlab 10 kun hayz, 20 kun tozalik vaqti hisoblanadi. Masalan, bir qiz 11 kun qon ko‘rib 14 kun toza bo‘lgandan keyin, yana qon kelishi davom etsa, qon 10 kundan ziyod kelgani uchun fosid (haqiqiy emas)dir. Tozalik ham 15 kundan kam bo‘lgani uchun fosiddir. Bu holda 10 kun hayz, 20 kun tozalik muddati deb qabul qilinadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:26:48

Odat qonining ranglari va aniqlanishi

1. Xira, loyqa suvga o‘xshash;
2. Tuproq rangli, to‘rga o‘xshash xira oqindi;
3. Qirmizi;
4. Qora;
5. Yashil;
6. Sariq, ba’zilari pilla sariqligida, ba’zilari somon rangida, ba’zilari tish sariqligida bo‘lishi aytilgan. Ammo e’tiborlisi: ilk ko‘rgan paytdagi rang o‘zgarishiga e’tibor qilinadi. Masalan, ayol oq rangda bir oqindi ko‘rdi-yu, qurigach sarg‘ayishi mumkin. Yoxud qirmizi yoki sariq ko‘radi, qurigach oqaradi (keyingi holi e’tiborsiz).

Agar ayol bo‘z ustida yangi, tiniq, tomchilagan bir oqlik ko‘rsa va bu quriganda sariqlashsa, uning hukmi oq hukmidadir.

Hayz muddatidagi qonlarning barchasi hayzni bildiradi. Oqindining oqarishi bilan hayz tugagan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:26:57

Mazhablarga ko‘ra odatlar muddati

Hanafiylarga ko‘ra: 9 yoshdan 50-55 yoshlargacha ko‘rilgan qon — hayzdir. Bu yoshdan avvalroq odatdan to‘xtaydiganlar ham bor.

Shofe’iylarga ko‘ra: qat’iy muddat yo‘q. Iqlimga qarab o‘zgaradi. Faqat 62 yoshdan keyin to‘xtashi g‘olib (ustun)dir.

Ba’zi ayollarda odat kunlari sobit emas. Doimo o‘zgaradi. Masalan, bir oy 5 kun, boshqa oyda 6 kun odat ko‘rishlari mumkin. Bu holda ehtiyotlik bilan amal qilish lozim bo‘ladi. Shundayki, bu ayol 6 kun bo‘ldimi, cho‘milib-yuvinib namozlarini o‘qiydi, ramazon to‘g‘ri kelsa, ro‘zasini tutadi. Chunki, bu 6 kundagi qonning istihoza (xastalik) bo‘lish ehtimoli bor. Faqat 6 kun chiqmaguncha (tugamaguncha) jinsiy munosabat qilinmaydi. Ajrashgan bo‘lsa, iddati bitgan hisoblanmaydi. Zero, bu 6 kundagi qon hayz bo‘lishi ham mumkin.

Qayd etilgan