Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 297626 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:27:08

Keksa ayollarda odat to‘xtashining aniqlanishi

Odat qoni, umuman, 45-50-55 yoshlarda to‘xtaydi. Bunga odatdan qolish davri (menopaz) deyiladi.

Menopaz: ayol vujudida to‘l homila tuxumlarini yetishtirishning to‘xtash davridir.

Menopaz sababi nima? Ayol keksaya boshlagach, tuxum yetishuvi ozayib, garmon ishlab chiqish to‘xtaydi. Shunda ayolning buzilgan tuxumlarining ziyodasi tashqariga chiqishga, demak oy ko‘rishga zarurati qolmaydi. Odatlar siyraklashib, bora-bora to‘xtaydi.

Menopaz davrining muddati: bu mavzuda ma’lum bir qoida yo‘q. 10 yil, 5 yil yoki ozroq. Menopaz davriga bosh unsurlar; ayolning ruhiy va jismoniy ahvoli, jinsiy munosabatlar, sog‘lik va garmonlar holati, barcha a’zolarning ishlash hollari, yashash va hayot kechirish tarzi ta’sir qiladi.

Har bir ayolning o‘ziga xos organizmiga ko‘ra, odat qoni bu yoshlardan avval yoki so‘ng ham to‘xtashi mumkin. Lekin ko‘pchilik ayollarda 50-55 yoshlarda odat to‘xtaydi. Homila umidi va ehtimoli qolmagani qabul etiladi. Bu yoshdan so‘ng ayoldan kelgan qon shar’an hayz sanalmaydi, istihoza (uzr)dir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:27:21

Hayzli ayol namoz vaqtida nima qiladi?

Ulamolar hayzli ayol har namoz vaqti uchun tahorat olib, joynamozda (yoki namoz joyida) o‘sha namozni o‘qiyajak qadar (vaqt) o‘tirishi, odat (an’anasi)ni unutmaslik uchun tasbeh va tahlil bilan mashg‘ul bo‘lishi mustahabdir, deganlar. Bu rivoyatda: "œbu ayolga avval o‘qigan namozlaridan eng go‘zalining savobi beriladi", deya marhamat qilingan. Hayzli bir ayol namoz vaqtlari kirganda tahorat olib, uyining bir burchagiga o‘tirib tasbeh aytishi, "œLa ilaha illalloh"deyishi mustahabdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:27:31

Hayzli, nifosli ayollar muborak kechalarda nima qiladilar?

Bunday ayollar muborak kechalarni ibodat va zikr bilan o‘tkazish niyati va hozirligida bo‘lsalar yaxshi. Har kishiga muhaqqaq niyatining haqqi beriladi. "œMo‘minning niyati amalidan xayrli (yaxshi) dir," degan hadisi sharifda aytilganidek, shubhasiz bunday kunu tunlarning rahmat va barakotlaridan nasibalarini lozim bo‘lganicha kamchiliksiz oladilar. Chunki, ayollarning bunday tahoratsiz hollari ixtiyorlaridan tashqari, o‘z qo‘llarida emas va uzrli bo‘lganidan rahmatdan mahrum qolmaydilar, niyat amaldan yaxshi (xayrli)roqdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:27:40

Hayz va nifosli ayolga harom narsalar

1. Namoz o‘qimaydi.
2. Ro‘za tutmaydi.
3. Jome’ va masjidlarga kirmaydi.
4. Ka’bani tavof qilmaydi.
5. Qur’ondan to‘la bir oyat o‘qimaydi.
6. Qur’ondan bir oyatga qo‘l tekkizmaydi.
7. Jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.
8. Hayz va nifosli ayollarning ta’qiqlangan joylari (kindik bilan tizza orasi)ga yalang‘och holda erlari teginmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:27:50

Hayzli va nifosli ayollar jome’ va masjidlarga kirmaydilar

Hayzli, nifosli yoki janobat bo‘lgan ayolning xoh o‘tirish uchun, xoh ibodat qilish uchun bo‘lsin, masjidga kirishi haromdir.
Hayzli yoki janobat bo‘lganning qabrni ziyorat qilishiga to‘sqinlik yo‘q.
Hayz, nifos va junubning jome’ va masjidlarga kirolmasligini hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlar: "œJunub va hayz hollarida bo‘lganning masjidga kirishini halol ko‘rmasman".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:28:02

Hayzli va nifosli ayollar Ka’bani tavof qilolmaslar

Hayzli va nifosli ayolga tashqaridan bo‘lsa ham Ka’bani tavof qilish harom. Hayzli va nifosli ayolga xoh hajning farzidan bo‘lgan ziyorat tavofi bo‘lsin, xoh nafl tavof bo‘lsin haromdir. Hatto Masjidi haramga kirib tavofni boshlagach, odati boshlansa ham Ka’ba tavofi halol emasdir. Ka’ba tavofida pok bo‘lmoq vojibdir.

Hayz holida bo‘lgan ayol tavofdan boshqa hajning barcha ruknlarini bajarishi mumkin. Hajning farzlaridan bo‘lgan ziyorat tavofini majburiy o‘laroq hayzdan tozalanguncha kechiktiradi. Zero, bu tavofni ma’naviy nopoklik holida bajargan ulkan gunoh orttirgan bo‘ladiki, bir tuya yoki sigir kabi katta mol qurbon qilishi zarur.

Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
"œRasululloh (s.a.v.) bilan birga chiqdik. Maqsadimiz haj qilmoq edi. Sarif degan joyga borganimizda hayz bo‘ldim. Yig‘larkanman Rasululloh (s.a.v.) yonimga kirdilar va:
— Nima qildi, hayz bo‘ldingmi?, — deb so‘radilar.
— Ha, — dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
— Bu, Alloh taolo ayollarga xos qilgan bir xususiyat. hajning Baytulloh tashqarisidagi barcha talablarni o‘rinlat,— dedilar. Rasululloh (s.a.v.) keyinroq xotinlari uchun bir sigir qurbon qildilar".

Bir ayol oy ko‘rgan (hayz) holida ehromga kirarkan, haj sunnatlaridan bo‘lmish g‘usl qilishi mumkin. Zero, bu g‘usl vujud pokligi uchundir. Nifos (nifosli) bo‘lsa ham g‘usl qiladi. Faqat Masjidi Sharifga kirishi joiz emas, tavofni kechiktiradi.

Bu mavzuda hazrati Oyshadan (r.a.) qilingan rivoyatlarda aytiladi:
"œUmays qizi Asmo Muhammad ibn Abu Bakrni (haj yo‘lida) Zulxulayfaga yaqin Hudaybiya sulhi (bitimi) tuzilgan daraxt yonida tug‘di. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Bakrga Asmo g‘usl etib, shundayligicha talbiya aytishini amr etdilar".

Bir ayol farz bo‘lgan bu ziyorat tavofini qilgach, oy ko‘rsa, undan (zimmasidan) vido — ayriliq tavofi tushadi. Va tark etgani uchun hech narsa lozim emas. Bir ayol hayit (bayram) kunlarida ziyorat tavofini yoki uning ko‘pini bajaradigan vaqt toza bo‘la turib, tavofni tark etadigan bo‘lsa, o‘sha ayol jazo (kafforat) sifatida bir qurbonlik qilishi lozimdir.

Agar qurbon xayitining birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari poklanmagan bo‘lsa, tavofni keyinga qoldirgani sababli o‘ziga hech narsa lozim emas. Shu bilan birga, agar haj farzlaridan bo‘lgan bu tavofni yoki uning ko‘pini bajaradigan qadar muddat toza bo‘lgan bo‘lsa va o‘sha kunlarda bu tavofni qilmagan bo‘lsa, kechiktirganligi sababli bir qo‘y yoki bir echki qurbonlik qilishi lozim bo‘ladi. Chunki, vojibni uzrsiz tark etmoqda. Agar ayol ehromdalik paytida odat ko‘ra boshlasa, g‘usl etadi va hajning barcha ruknlarini erkak kabi bajarishi mumkin, faqat bu holda (hayzli) ziyorat tavofini ado etolmaydi (keyinga qoldiradi, kechiktirgani uchun qurbonlik qilishi ham lozim emas).

Kechiktirishga to‘siqlar — sabablar bo‘lsa, masalan, hajga birga borgan safardoshlari kutmasdan ketadigan bo‘lsalar, mone bo‘lgan taqdirda tavofni ado etib, jazo sifatida bir tuya qurbon qilishi mumkin. Tavba qilib, istig‘for aytadi yoki ziyorat tavofini keyin qiladi.

Makka xalqidan bo‘lmay, boshqa yerdan kelgan ayol hajga kelib, ehromdan va Arofatda vaqfadan so‘ng hayz ko‘rib, ziyorat tavofini qilmay hayz uzayganidan Qurbon hayitining to‘rtinchi kuni ham o‘tib, tozalanmaganidan tavofni qilmasdan mamlakatiga ketsa, ayolning haji tamom bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:29:48

Bir ayol ziyorat tavofidan avval odat qonini ko‘rib, to‘xtaguncha kutadigan bo‘lsa

Ziyorat tavofini qilmasdan odat qonini ko‘rgan bir ayolni hamrohlari poklanguncha kutsalar, ayol poklanib tavofni ado etadi. Safardoshlar ayolni kutmasalar Shofe’iy mazhabiga ko‘ra, ular bilan birga qaytib ketadi, tavof bo‘ynida qarz bo‘lib qoladi. Makkaga qaytolmaydigan masofaga borguncha eriga qo‘shilishi joiz emas, shuncha masofaga borgach, ehromdan chiqish niyati bilan bir qurbonlik so‘ydiradi. Bu qurbonlik so‘ydirishi mumkin bo‘lgan joydagi kabi, bir vakil tayin etish surati bilan haramda ham so‘ydirishi mumkin. Sochini qisqartmagan bo‘lsa, qisqartirib ehromdan chiqadi va eriga qo‘shilishi mumkin. Ziyorat tavofini qilmagan bir ayol imkon topganda yana Makkaga qaytib, zimmasida qarz bo‘lib qolgan ziyorat tavofini ado etadi. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, bunday ayol yo odat qonidan poklanguncha kutadi. Yoki tahriman makruh bo‘lsa ham, odatda ekan, ziyorat tavofini ado etadi va jazo (kafforat) sifatida bir tuya so‘yadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:29:58

Hayzli ayol hajda Safo bilan Marvani sa’y eta oladimi?

Oy ko‘rganlik va janobatlik sa’y etmoqqa mone’ emas. Joiz. Bu xususda umumiy qoida shu: haj ibodatlarida Masjidi haromdan tashqari qilinadiganlarining hech birida tahorat shart emas. Masalan, Sa’y etmoq, Arofatda vaqfa, Muzdalifada vaqfa, Minoda shaytonga tosh otmoq kabi ibodatlarda tahorat shart emas. Agar tahoratli bo‘lsa fazilati ziyoda va sunnatga muvofiqdir. Masjidi haromda qilinadigan har ibodat uchun tahoratli bo‘lish shartdir.

Diqqat: Qadimda Safo bilan Marva Masjidi haromning tashqarisida bo‘lgani uchun hayz holidagi ayol sa’y eta olardi. Endi esa, Safo bilan Marva Masjidi haromning yonida bo‘lgani uchun sa’y etish (hayz holida) haromdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:30:08

Hayzli bo‘lgan ayol Arofat vaqfasini ado eta oladimi?

Hayz holida bo‘lgan ayol Arofat vaqfasini ado eta oladi. Muzdalifada duo qilib, Minoda shaytonga tosh otishi mumkin va bunga mone’lik yo‘q. Faqat Masjidi Harom va boshqa jome’larga kirolmaydi. Shuning uchun Ka’bani tavof etish haromdir.

Shofe’iy mazhabida qilingan tavof sahih emasdir.

Hanafiy mazhabiga ko‘ra, sahih bo‘lsada, tahriman makruhdir. Jazo sifatida bir tuya so‘yish lozim.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:30:19

Hayzli va nifosli ayolga vido tavofining hukmi

Makka tashqarisidan kelganlar uchun bu tavofni qilmoq vojibdir. Makkadan ajralganda oy ko‘rgan va nifos bo‘lganlarga vojib emas. Chunki, ayollar bunday hollarda masjidga kirishlari harom.

Faqat Makkadan ajralmasdan poklansa, vido tavofini ado etish zarur. Makkaning safariy sanalgan chegarasidan o‘tgach, poklansa, endi qaytishning hojati yo‘q, shart emas. Odat holi oxiriga yetgani holda g‘usl etmasdan bir namoz vaqti o‘tmasdan Makkadan chiqqan ayolga (tavofi sodar) vido tavofi uchun Makkaga qaytishi kerak emas. Hayzli bo‘lib chiqqan bir ayol, hanuz miyqotni o‘tmasdan yuvingan va ortga qaytgan bo‘lsa, bu ayolga vido tavofi qilish shart.

Qayd etilgan