Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 297465 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:30:56

Hajga boradigan ayollar hayzning oldini olmoq va kechiktirmoq uchun dori qo‘llashlari mumkinmi?

Ayollar hajda ekanida faqat tavofni qilolmayaptilar. Tavofni ado eta olishlari uchun qoni ertaroq to‘xtashi va yoki odatni kechiktirish uchun shifokor nazoratida dori qo‘llashlariga to‘sqinlik yo‘q.

Hajga borarkan, hayz bo‘lmaslik uchun gormon dorisi ham qo‘llash mumkin. Faqat tibbiy jihatdan bunday dorining zarari sobit bo‘lsa, bunday dorini bergan tabib gunohga qoladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:31:09

Hayzli va nifosli ayol Qur’onni qanday o‘qiydi?

Hayzli va nifosli ayol Qur’onni bo‘g‘in-bo‘g‘in, harfma-harf, kalima-kalima holda o‘qishi joiz. Shu tarzda ayol muallimlik qilishi ham mumkin. Ikki so‘zning orasini uzib-uzib o‘qishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:31:23

Hayzli, nifosli va tahoratsiz ayolga:

quyidagi holatlarda to‘sqinlik yo‘q:
a) duo o‘qishda;
b) duo niyati bilan Fotiha surasini o‘qishda;
v) ichida duo ma’nosi bo‘lgan bir oyat o‘qishda;
g) Qur’ondan bo‘lmagan (ya’ni, Qur’onga yopishmagan) bir jild yoki bo‘z bilan Qur’onni ushlashida yoki ko‘tarib yurishida;
d) Alloh taologa zikr va tasbeh aytishda;
e) qabrni ziyorat qilishda;
yo) qo‘lini, og‘zini yuvgach yeb-ichishda to‘sqinlik yo‘q. Junub qo‘lini, og‘zini yuvmasdan yeb-ichishi makruh. Hayzligiga cho‘milish zarur bo‘lmaguncha makruh emas.
j) boshqalar o‘qigan Qur’onni tinglashlari va ko‘ngildan kechirishlari mumkin.
z) jome’ va masjidlarda bo‘lmaslik sharti bilan uylarida o‘qilgan Qur’onni, amru-ma’ruflarni eshitishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:31:34

Hayzli ayol yonida Qur’on o‘qiladimi?

Hazrati Maymunadan (r.a.) qilingan rivoyatda aytilgan: "œRasululloh (s.a.v.) bizdan birimiz oy ko‘rsak, yonimizga kirib, boshlarini quchog‘imizga qo‘yardilar va Qur’on o‘qirdilar...".

Hayzli va nifosli ayol shunday holda ekan, gunoh bo‘lgani holda sajda oyati o‘qisa yoki boshqasidan sajda oyatini eshitsa, o‘ziga sajda vojib bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:31:42

Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayolning Qur’onga qo‘l tekkizishi harom

Bundaylar Qur’on sahifalarini cho‘p bilan ochishlari yoki tartibga keltirishlari mumkin. Bundaylarning Qur’onga qo‘l tekkizmoqlari u lavhada, parchada, taxtada yoki devorga yozilgan bo‘lsa ham joiz emas. Bu yozuvlarga qo‘l tekkizmaydi, hamda bunday holatda oyat ko‘chirmaydi.

Faqat Mushaf (Qur’on) jildiga yoki oq joyiga qo‘l tekkizish; ba’zilar fikricha ta’qiqlangan, ba’zilar fikricha joiz bo‘lsada, ta’qiqlangani hurmatga loyiq. Sahih bo‘lgani ta’qiqlanganidir.

Qur’onni faqat xalta, sumka kabi alohida g‘iloflar ichida qo‘lga olish mumkin. Jildiga yopishgan bo‘lsa, mumkin emas. Sahihi shu, fatvo shunga ko‘ra, chunki jild Mushafga tobe’dir.

Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayollar agar Qur’onni yonishdan, suvlarda oqib yoki cho‘kib ketishidan saqlash yoki go‘dakning qo‘lidan olib qo‘yish uchun qo‘l tekkizishlari mumkin.

Hayzli, nifosli, junub va tahoratsiz ayollar Qur’ondan tashqari Tavrot, Zabur va Injil o‘qishlari ham makruh. Bularning bari Alloh kalomi, o‘zgartirilgan joylari ma’lum emas.

Bunday ayollar Qur’onga qarasalar makruh emas. Chunki, junublik ko‘zning ishi emas, demak duo ham makruh emas. Uyda o‘qilgan Qur’on va xatmlarni tinglashlari mumkin, qo‘l tekkizmasdan ko‘z bilan ta’qib etishlari mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:31:53

Nifosli va hayzli ayol bilan jinsiy munosabatda bo‘lish harom

"œSizdan hayz to‘g‘risida so‘raydilar. Ayting: "œU (er-xotin uchun) aziyatdir. Bas hayz paytida xotinlaringizdan chetlaning va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar! Poklanganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan ravishda kelaveringlar! (qovushaveringlar). Albatta, Alloh chin tavba qilguvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi"
(Baqara surasi, 222-oyat).

Hayzli ayollar bilan oilaviy munosabatni bildiruvchi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) muborak so‘zlari:

"œBir kishi hayz holida bo‘lgan ayolga shariat jihatidan ham, tibbiy jihatdan ham zararli bo‘lgan o‘rin — bola tushishidan yaqin bo‘lsa, yohud bundan tashqari boshqa bir joydan yaqinlashsa, yoxud g‘oyibdan xabar berishni da’vo qiluvchi kohin (folchi)ni tasdiqlasa (halol qabul etsa va aytganini bajarsa), o‘zini Qur’on bilan sunnatdan, ya’ni Muhammadning dinidan uzoqlashtirgan bo‘ladi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:32:07

Hayz holicha yaqinlik qilishning kafforati

Hayz holicha yaqinlik qilmoq Alloh qo‘ygan ta’qiq chegarasidan o‘tish ekanidan Allohning Rasuli bu harom ishni bajargan kishi haqida shunday marhamat qiladilar:
"œBir dinor yoki yarim dinor sadaqa beradi".

Besh bo‘luv ikki (5/2) dinor miqdorida sadaqa berish ham mumkin ekanligini mana bu hadis o‘rgatadi:
"œHazrat Umarning (r.a.) parhezkor joriyasi bor edi, qachon unga yaqinlashmoq istasalar odat (hayz)li ekanini aytardi, unga ishonchi qolmagani uchun bir gal uzrini chin bilmay birga yotdilar, haqiqatdan, odatli ekanini bildilar. Kelib, vaziyatni anglatishlari bilan Allohning Payg‘ambari unga besh bo‘luv ikki (5/2) dinor sadaqa qilishini amr etdilar"27 .

Sadaqani kishining moddiy ahvoliga ko‘ra, besh bo‘luv uch miqdoriga ozaytirish mumkinligini ham ifodalamoqda. Bir dinor 4,25 gr. oltinga tengdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:32:39

Hayz va nifosliga oilaviy munosabat man etilishining sabab va hikmati

Hayz — ayol rahmi (bachadoni)dan kelgan qon, vujuddagi ko‘pgina zaharlarni tashqariga chiqaradi. Odat holidagi ayol tolg‘in va xasta bo‘ladi.

Odat vaqtida rahim yo‘llaridagi qon tomirlari ochiq va ayol ozmi-ko‘pmi aziyatli bo‘lganidan jinsiy yaqinlik unga ozor beradi, rahm yo‘llaridagi karaxt mikroblar uyg‘onib, ayol behuzurligiga sabab bo‘ladi.

Ayollar naqadar pokiza bo‘lsalarda, oy ko‘rgan holda umuman qonlari va terlari zaharli bo‘lganidan og‘ir bir hid taratadi. Shuning uchun bu vaziyatda yaqinlik qilish erkakni jirkantirishga va oraga sovuqlik tushishiga sabab bo‘ladi.

Hayzning eng ko‘p muddati bo‘lgan o‘n kun o‘tgach, xoh ilk hayz ko‘rgan bo‘lsin, xoh odatli bo‘lsin cho‘milmasdan, yuvinmasdan avval jimo’ qilsa ham halol.

Bir ayolning hayz qoni odatdan avvalroq to‘xtagan bo‘lsa, munosabat (jimo’) qilmoq (odati o‘tgunga qadar, hatto cho‘milgan bo‘lsa ham) mubohdir. Faqat bu vaziyatda ehtiyotan namoz o‘qishi va ro‘za tutishi lozim.

Hayzli ayol bilan jimo’ qilish haromligini bilib (qasddan), halol deb yaqinlik qilgan kimsa kofir hisoblanadi. Alloh harom qilganni (ta’qiqlaganni) qasddan halol hisoblagan kimsa ilohlikni da’vo qilganga o‘xshashdir. Nifosli ayol bilan ham ayni shu gap.

Ayol hayz holini yashirganda gunohkor bo‘lgani kabi, hayz tugaganini berkitmoq bilan ham gunohkor bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œAlloh mu’fassila ayolni la’natlasin, uni rahmatidan uzoq tutsin", dedilar va mu’fassilani shunday tushuntirdilar:

"œMu’fassila — eri uni xohlab qolganida oy ko‘rmagani holda "œko‘ryapman", deb erini aldaydigan ayoldir".

Er-xotin har ikkisi rozi bo‘lib, ayol hayzli paytida jinsiy aloqa qilsalar, har ikkisi ham gunohkor bo‘lganidan tavbai nasuh (qaytib bu gunohni hech qilmaslik uchun tavba va istig‘for) etishi va bir faqirga sadaqa berishlari kerak.
Agar bir taraf rozi bo‘lmay, ikkinchi taraf zo‘rlik qilsa, zo‘ravonlik qilgan gunohkordir.

Hayz tugashi va jimo’ halol bo‘lishi uchun shu uch shartga amal qilish lozim:
Bir ayolning har vaqtidagi hayzi tamom bo‘lib ham, hayzining eng ko‘p muddati bo‘lgan 10 kundan va nifosning eng ko‘p muddati bo‘lgan 40 kundan avval qon to‘xtasa, shu uch xususdan biri tahaqquk etmaguncha (amalga oshirilmaguncha) ayolga erining yaqinlik qilishi halol bo‘lmaydi.

Qon to‘xtagach yuvinishga va namozning ilk takbiri bo‘lgan "œAllohu akbar" demoqqa va bularning oxirlarini, masalan, yuvingach liboslarini kiymoq kabi narsalarni bajarishga vaqt bor ekan, yuvinmay yoki tayammum qilmay ilk namoz vaqtini o‘tkazaroq namoz ayolning bo‘yniga qarz bo‘lib qolgan bo‘lishi kerak. Bu holda o‘ta namoz vaqti butunlay chiqishi bilan uning eri bilan jimo’ qilishi (yuvingan bo‘lmasa ham) haloldir.

Chunki, o‘sha vaqtning namozi ayol zimmasiga qarz bo‘lganki, bu ham tozalik hukmlaridan bir hukmdir. Ya’ni, o‘sha ayol hukman poklangan demakdir. Shu sababli boshqa shar’iy hukmlar ham bunga bog‘liq ekanidan o‘ta hukmlardan biri eri bilan jimo’ qilishning halol bo‘lishidir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:32:51

Muhim bir eslatma

Musulmon ayollarning ba’zilari odatlari to‘xtagach, namoz o‘zlariga qarz bo‘lmaydi deb o‘ylaydilar va qachon g‘usl qilsam o‘sha vaqt namoz menga farz bo‘ladi, men ham o‘shandan so‘ng namozlarimni o‘qiy boshlayman, deydilar. Holbuki, bir ayolning odati 8 kun bo‘lib, masalan, juma kuni peshindan so‘ng odati to‘xtasa, agar asr namozining vaqtiga qadar yuvinmoq va namozni o‘qimoq mumkin va vaqtga uyg‘un bo‘lsa, o‘sha kunning peshin namozi o‘sha ayolga qarz, ya’ni, farz bo‘ladi. Bu namozni o‘sha vaqtda o‘qiy olsa, qanday yaxshi, lekin vaqt borida, ya’ni, zamon musoyid paytida yuvinmasdan namozni qazoga qoldirsa, gunohkor bo‘lishi bilan birga o‘sha namozni so‘ngra qazo qilib o‘qish u xotinga (ayolga) farz bo‘ladi va namozni vaqtidan uzrsiz o‘tkazgani uchun tavba qilishi kerak.

Eng to‘g‘risi barcha musulmon erkaklar va bilxossa, bu tozalikka ko‘proq muhtoj va majbur bo‘lgan musulmon ayollari uzr va rohatsizliklari bitishi bilan shar’iy bir to‘siq bo‘lmasa, darhol yuvinishlari kerakki, bu farzdir.

Hayzi 10 kundan ozroqda, nifos qoni 40 kundan kamroqda to‘xtagan ayolning yuvinmagunicha yoki bir vaqt namozni o‘tamagunicha jimo’ qilishi halol emasdir. Vaqt o‘tsa haloldir, hayz 10 kundan so‘ng davom etsa ham hukman toza va junub hukmidadir. Ya’ni, hayz qoni to‘xtagan, faqat yuvinmaganlikdan junub hukmida bo‘lganidan jinsiy munosabat haloldir. Ammo g‘uslsiz namoz mumkin emasdir.

Odat kunlari ma’lum bo‘lgan ayolning hayzi odatidan ozroq bir muddatda to‘xtasa, yuvingan bo‘lsa ham jinsiy munosabat halol bo‘lmaydi. Zero, odat kunlarida hayzning yana kelish ehtimoli ko‘proq. Bunday ayol yuvinib, namozini mustahab vaqtiga qoldirishi vojibdir. Ammo hayz odatining tamomida to‘xtasa, mustahab vaqtga kechiktirishi mustahab bo‘ladi.

Hayz odatning me’yoriy vaqtida to‘xtasa, jinsiy munosabat, hatto yangi hayz ko‘rganlardan bo‘lsa ham darhol halol bo‘ladi.

Hayzi odatning me’yoriy vaqtida to‘xtaganida bir namoz vaqti o‘tsa va namoz bo‘yniga qarz bo‘lganida toza hisoblanib, junub hukmida bo‘lgani uchun yuvinmasa ham, eri u bilan jimo’ qilsa halol. Masalan, peshindan avval yoki peshinning boshlanishida hayzdan to‘xtasa, asr vaqti kirmaguncha jimo’ halol bo‘lmaydi. Chunki, peshin vaqtining so‘nggida bir namoz miqdori o‘tishi bilan namoz ayolning bo‘yniga burch (qarz) bo‘ladi. Namoz bo‘yniga qarz bo‘lishi bilan ayol hukman pok hisoblanadi. Junub hukmidadir. Va jimo’ halol bo‘ladi. Shuningdek vaqtning so‘nggida to‘xtab, hayz to‘xtashi bilan asr vaqti orasida bir namozlik fursat qolsa, asr vaqti kirgach (jinsiy) munosabat joiz.

Ikki vaqt orasida (namoz o‘qiydigan miqdordan) ozroq fursat qolsa, quyosh botmaguncha munosabat halol bo‘lmaydi. Chunki faqat asr namozi quyosh botishi bilan ayolga qarz bo‘lgandir.

Ayolning qoni to‘la 10 kunda to‘xtasa, yuvinmasdan erining unga yaqinlik qilishi halol bo‘ladi.

Musulmon bir erkak g‘ayri muslim bir ayolga uylansa, hayzli va nifosli kunlarida o‘sha xotin bilan munosabat (jimo’) qilishi musulmon erkakka taqiqlangandir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:33:10

Hayzli va nifosli ayolning tizzasi bilan kindigi orasidagi qismi ham haromdir

Hayz va nifosdagi ayolning tizzasi ostidan kindigiga qadar bo‘lgan qismidan shahvatsiz bo‘lsa ham foydalanmoq yoki ko‘ylaksiz teginmoq haromdir. Qur’oni Karimda: "œ...poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar!..." deyilmoqda. (Baqara surasi, 222-oyat)

Demak hayz va nifosli bo‘lgan bir ayoldan jismoniy huzurlanishga intilish qanday ko‘rinishda bo‘lmasin haromdir. Chunki hayz va nifosli ayol tibbiy jihatdan o‘ziga xos bemorlik hukmidadir.

Qayd etilgan