Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 297463 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:35:33

Homila tushishi bilan bog‘liq masalalar

Homila qorinda parchalangan va homilaning ko‘p qismi chiqqan bo‘lsa, agar tushgan bolaning tirnoq, barmoq, soch kabi a’zolaridan ba’zilari ma’lum bo‘lsa, ayol nifosda sanaladi. Aks holda nifosda hisoblanmaydi.

Agar homilaning a’zolaridan hech biri shakllanmay tushgan bo‘lsa, bu ayol uchun nifos yo‘q. Agar bu ayolni hayzli sanash mumkin bo‘lsa, hayzli sanaladi. Bu mumkin bo‘lmasa, qoni istihoza (uzr) qonidir. Uzr qoni ba’zi tomirlar yorilishidan chiqadigan qondir.

Bir homila tushishidan (bola tushirishdan) avval yoki so‘ngra qon ko‘rsa va homila a’zolari shakllangan bo‘lsa, ayolning avval ko‘rgan qoni hayz emas, homila tushgandan so‘ngra qon ko‘rgani uchun nifosli sanaladi. Faqat tushgan homilaning a’zolari shakllanib qolgan bo‘lsa, avvalgi ko‘rgan qon — agar hayz sanalishi mumkin bo‘lsa hayz qonidir.

A’zosi ma’lum bo‘lmagan bola tushirgan ayoldan kelgan qon uch kun davom etsa va undan avval o‘tgan hayzidan keyin to‘liq bir poklik davri o‘tmasa hayzdir. Poklik davrining o‘tishi ikki hayz orasidagi oraliqni tashkil qilishi lozim.

Qon uch kundan kam kelib, undan keyin bir poklik davri o‘tsa, yoxud uch kun davom etib, undan avval to‘liq tozalik davri o‘tmasa bu holatda kelgan qon — ya’ni, ba’zi tomirlar yorilishidan chiqadigan istihoza (uzr)dir.

A’zosi ma’lum yoki noma’lum holda homila tushgan bo‘lsa, masalan, bolani hojat paytida tushirsa, davomli qon kelsa, uning muddatiga qarab hukm qilinadi.

Ayol hayzi to‘xtashi bilan qachon homilador bo‘lganini aniqlay olmasa va 120 kun qon ko‘rmasa-yu, so‘ngra bolani hojatxonada tushirsa, bola a’zosi ma’lum, shakllangan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:35:49

Islomda homiladorlik xususidagi hukmlar va tib ilmi

Savol: Bugungi tibbiyotga ko‘ra homila to‘rt, besh, oltinchi haftalardayoq shakllana boshlaydi. "œHujayradan insonga" nomli kitobning 28, 29, 31-sahifalarida shunday deyilmoqda. Homilaning bo‘yi to‘rtinchi hafta oxirida besh millimetrga yetadi, ko‘z va quloqlari o‘rni bilinadi. Bosh va bo‘yin qismi tana uzunligining yarmini tashkil etadi. Yurak, hazm yo‘li, me’da va jigar va tana paylari shakllana boshlaydi. Beshinchi haftada vujudi bir santimetrga yetadi. Boshi pastga egilib ko‘ksini berkitadi. Qo‘l va oyoqlar, boldirlar hali shakllanmagan bo‘ladi.

Yuqorida aytilgan va kitobdagi rasmlarga ko‘ra homila to‘rt, besh va oltinchi haftalarda shakllana boshlaydi. Holbuki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilmoqdalar: "œShubhasiz har biringiz ona rahmi (bachadoni)da nutfa holida 40 kun yig‘ilasiz, so‘ng (nutfa) yana shunday 40 kun qon laxtasi bo‘ladi. So‘ngra, yana 40 kun et parchasi bo‘ladi. Shundan so‘ng, farishta yuborilib, unga ruh uflanadi". Ya’ni, "œHujayradan insonga" kitobidan anglashilmoqdaki, 40 kun ichida homila shakllana boshlaydi. Ya’ni, homila tanasi, vujudida ba’zi a’zolari ma’lum bo‘la boshlaydi. 120 kundan so‘ng, unga ruh puflanadi. Hadisi Nabaviy bilan tibbiyot qarashi orasida qarama-qarshilik yo‘qmi?

Javob: bugungi tibbiyot bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi sharifi orasida qarama-qarshilik yo‘q. Chunki, hadisi Nabaviyya ifoda eturki, homila et parchasi holiga kelgach, vujud va a’zolari bilinadigan (ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘z bilan ko‘rinadigan) darajada shakllantiriladi. Va bu shakllantirish ochiq-oydindir, aniqdir. "œHujayradan insonga" nomli kitob esa, homilaning nutfa holidagi paytida yashirin va aniq bo‘lmagan shakllanishidan so‘z ochmoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi tibbiyot aniqlagan shakllanishni inkor etmayapti. Ayni vaqtda tasdiqlayapti. Hatto ibni Hojar homilaning nutfa holida shakllanishini ochiqcha izohlaydi: "œJanobi haq birinchi 40 kunning oxirida bir farishta yuboradi. Qon laxtaga aylangan bir paytda nuftani yoriq holda shakllantiradi. Et parchasiga aylangach, Alloh ikkinchi marta farishtani vazifalantirib, uni ochiq holda shakllantiradi".

Tushgan homilaning qo‘l-oyoq, barmoq, tirnoq va soch kabi ba’zi a’zolari aniq bo‘lsa, bola hukmidadir.

Homila a’zolari faqat 120 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ayol shu muddatdan boshlab nifoslik hisoblanadi. Homila a’zolari ma’lum bo‘lishidan maqsad, homilaga ruh berilishidir. Bu ham 120 kundan so‘ng bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:36:01

Istihoza — uzr qoni

Istihoza — uzr qoni rahm (bachadon)dan emas, bir tomirdan kelib, tanosil a’zosi yo‘lidan oqqan hidsiz bir qondir.

Istihoza bilan bog‘liq masalalar:
Istihoza qoni hayz va nifos qonidan farq qilib, burundan kelgan bir qon kabidir. Istihoza ayol pok ayol hukmidadir. Bu bir kasallik hisoblangani uchun ayol turli xil ibodatlarni ado etadi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, Ka’bani tavof etadi, jinsiy munosabatda bo‘lishi mumkin. G‘usl lozim bo‘lmaydi.

Dalili: Ibn Mojaning «Sunan»ida: Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) Fotima binti Abu Xubayshga: "œHayz kunlarida namozdan uzoqlash, so‘ngra (hayz muddati tugagach) cho‘mil va (qon davom etsa ham) har namoz uchun tahorat ol. Hatto (bo‘yra) ustiga tomchilasa ham", dedilar30 .

O‘zidan uzr qoni kelgan bir ayol peshin namozi vaqtida tahorat olib, namoz o‘qisa, so‘ngra qon to‘xtasa, bu ayolning namozi tamomlangan bo‘ladi. Faqat tahorat olib hanuz namoz boshlamasidan avval yoxud namoz o‘qirkan qon to‘xtasa, tahoratning qiymati qolmaydi. Yangidan tahorat olib, namozini o‘qishi zarur.

Homilador ayoldan kelgan qon istihozadir.
To‘qqiz yoshdan kichik qizlardan kelgan qon istihozadir. Bir ayol 55 yoshdan so‘ng qon ko‘rsa, hayz emas. Faqat bu yoshdan so‘ng kelgan qon rangi quyuq qora yoki quyuq (to‘q) qirmizi bo‘lsa, bu hayzdir. Agar qon rangi bunday bo‘lmay, och rangda bo‘lsa istihozadir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:36:13

Uzrli sanalishning sharti

Bir namozning komil vaqtiga qadar ayolda qon davom etib, vaqtining hammasini qoplamaguncha uzrli hukmi ayolda sobit bo‘lmaydi. Namoz vaqti ichida tahorat olib, namoz o‘qiydigan qadar qondan toza o‘laroq bir vaqt topilsa, faqat o‘sha vaqt uzr sohibi bo‘lur. Uzrli ayol har farz namozning vaqti uchun tahorat oladi va o‘sha tahorat bilan o‘sha vaqtda farz va nafl namozlaridan xohlagancha o‘qiydi, Hanafiylarga ko‘ra, uzrlining tahoratini vaqtning chiqishi buzadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:36:28

Uzrli ayol har namoz uchun g‘usl qilishi shartmi?

Har namoz uchun g‘usl qilish katta mashaqqat keltirishi bilan birga, kundalik ishlarga ham xalal beradi. Islom har sohada, har ishda tozalikka ahamiyat berish bilan birga, qulaylik va osonlikni ham saqlaydi.

Hanafiylarga ko‘ra uzrli ayol pok ayol hukmidadir, ya’ni, namozini o‘kiydi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, jinsiy munosabatda bo‘la oladi. Faqat har namoz uchun bir tahorat oladi, g‘usl qilishning hojati yo‘q.

Uzr qoni davom etarkan, hayz boshlansa va o‘zi buni ajrata olsa, namozni tark etadi. Ramazon bo‘lsa, o‘sha muddat ichida ro‘za tutmaydi va jimo’ qilmaydi. Muddat o‘tishi bilan bir marta g‘usl qiladi va so‘ngra tahorat olib, ibodatida davom etadi. Uzrli ayol tahorat olmasdan avval, tanosil a’zosini yaxshilab yuvadi va toza bo‘z bilan yaxshilab artadi.

Uzrli ayolda uch xil holat bo‘lishi mumkin:
1. Hayz muddati, istihoza bo‘lmasdan avval aniqlanadi. Istihoza holi boshlangan bo‘lsa ham hayz (odat) muddatini ajratib aniqlab olgan ma’qul. Ayol o‘zi ajratolmasa albatta shifokorga murojaat qilishi kerak. Umuman, istihoza holati bo‘lganda ayol bunga loqayd qaramasligi kerak, darhol shifokorga borishi kerak.
2. Bordi-yu qon to‘xtamay davomli oqsa shu sabab ayolning hayz muddati aniq bo‘lmasa, bu holatda hayz ko‘rish muddati 6 yoki 7 kun sanaladi. Chunki, ko‘pchilik ayollarning odati shunday. Bu taqdirda ayol qoni to‘xtashi bilan yo 24 kecha-kunduz yoki 23 kecha-kunduzli namozini o‘qiydi.
3. Ayolning hayz muddati ma’lum emas, ya’ni turli vaqtlarda bo‘lsa va odat qoni bilan boshqa qonlarni ajratadigan vaziyatda ayol qonini farqlashi (ajratishi)ga ko‘ra hukm etadi. To‘q qirmiz, qoraga moyil oqqan qon hayzdir, davom etishi bilan namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi. Rangi o‘zgarishi bilan uzr qoni boshlanganiga hukm etadi. Va yuvinib-cho‘milib namozini boshlaydi.

Yangi hayz ko‘rgan haqida: hayzning eng ko‘p muddati (10 kun)dan ziyod ko‘ringan qon istihozadir.

Odati bo‘lgan ayol haqida: odatidan ziyod kelgan qon bilan (10 kundan ziyod kelgan qon), nifosda 40 kundan ziyod kelgan qon istihozadir. Ayolning odati aniq belgilangan bo‘lsa, odatiga havola etiladi. Ya’ni, odat muddatidan ziyod kelgan qon xastalik qoni bo‘ladi.

Hayz tugashi bilan darhol kelgan qon hayz emas, uzrdir. Ya’ni, ikki hayz ketma-ket kelmaydi. Nifos ham shunday.

Bir ayol hayz va nifos uchun belgilangan so‘nggi muddatdan ziyod qon ko‘rsa bu istihoza qoni hisoblanadi. Bir ayol hayzning eng oz muddatidan ozroq bir muddat qon ko‘rgan bo‘lsa, istihozadir. Keksa ayollar bilan yosh qizlar ko‘rgan qonlar ham istihozadir. Bir ayol homilador paytida yoki ko‘z yoradigan vaqt, ko‘z yorishdan avvalroq ko‘rgan qonlar ham istihoza qonidir.

Ayolning har oy boshida, masalan, 5 kun hayz ko‘rish odati bo‘lsa-yu, 6 kun qon ko‘rsa. 6-kun ham hayz sanaladi. Bundan so‘ngra 14 kun poklik davrini o‘tkazib, yana bir kun qon ko‘rsa odatiga havola etiladiki, o‘sha ham 5 kundir. 6 kun istihoza bo‘ladi. O‘sha kun tark etgan namozlari qazosini ado etadi.

Ayolning har nifosda odati 30 kun bo‘lib, so‘ngra bir marta 31 kun qon ko‘rsa, izma-iz 14 kun bir poklik davri kechirib, hayzini ko‘rsa, bu ayolning odatiga havola etiladi. Odati 30 kundir. Ziyoda bo‘lgan bir kun tozalik davri bo‘lgan 15 kundan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:36:48

Ayol tushida jimo’ qilsa, g‘usl qiladimi?

Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) juftlaridan hazrati Ummu Salama onamizning yonlarida Ummu Sulaym (r.a.) ismli ayol Allohning Rasulidan so‘radi:
— Yo Rasululloh! Tushida eri (yoki boshqa) bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, ayol g‘usl qiladimi?
(Bunday savoldan uyaldilar shekilli) hazrati Ummu Salama Ummu Sulaymga qarab tanbeh berdilar:
— Xudo, xayringni bersin! Boltani toshga urding, yo Ummu Sulaym! Rasululloh xuzurlarida ayollarni yerga urding!
Ummu Sulaym bunga qarshi shunday javob berdilar:
— Shubhasiz, Alloh haqiqatni bilishda uyalishni buyurmagan. Bilmaganimizni Rasulullohdan so‘raymiz, haqiqatni bilganimiz bilmasligimizdan xayrliroqdir.
(Ummu Sulaymning savoli o‘rinli ekanini o‘nglash uchun) Rasululloh (s.a.v.):
— Xudo sening xayringni bersin, Ummu Sulaym, boshi berk ko‘chaga kirgan sensan, dedilar va savolga javoban shunday marhamat qildilar: "œTush ko‘rganida ayol maniysi kelsa (buni ko‘rsa) cho‘milishi (g‘usl qilishi) zarur".
Bu gal Ummu Salama so‘radilar:
— Yo Rasululloh! Ayolning ham maniysi bo‘ladimi?
Rasululloh bu savolga shunday javob berdilar:
— Ayolning maniysi bo‘lmasa edi, qanday qilib bolasi o‘ziga o‘xshashi mumkin bo‘lardi. Shubhasiz, ayollar erkaklarning o‘xshashidir (ya’ni, bu jihatdan ayol erkakka o‘xshaydi.

Havla (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) ayol tushida erkaklar ko‘radiganini ko‘rishi haqida so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) Janobimiz unga shunday marhamat qildilar: "œInzol voqe’ bo‘lmaguncha (maniy oqmaguncha) g‘usl shart emas. Xuddi erkakdan maniy kelmaguncha g‘usl unga shart bo‘lmagandek..."

Bir qarashga ko‘ra, ayol ihtilom bo‘lib, maniy chiqmasa ham, inzol lazzatini topgan, totgan bo‘lsa, ayolga g‘usl qilish vojib. Chunki, ayol maniysi ko‘ksidan rahmga tushadi. Erkakda esa, aksincha maniy ko‘rinishi shart.

Boshqa bir qavlga ko‘ra, ayol zimmasiga g‘usl farz bo‘lishi uchun maniysi xazna tashqarisiga chiqqan bo‘lishi shart. Fatvo ham shunga ko‘radir.

Shofe’iylarga ko‘ra esa, erkak yoki ayol uyquda ihtilom bo‘lib, uyg‘onganida, namlik ko‘rsa, g‘usl zarurdir. Namlikdan maqsad — maniyning tashqariga chiqishidir. Ayolning farjigacha oqib tushgan namlik ko‘rinsa, g‘usl qilishi kerak. Namlikka duch kelmagan taqdirda, uyquda ihtilom bo‘lganini ko‘rgan kimsaga g‘usl kerak emas.

Uyqusida ihtilom bo‘lganini xotirlagan va inzol lazzatini sezgan bir odam uyg‘onganida bir ho‘l ko‘rmasa, u odam g‘usl qilishi shart (lozim) emas. Ayol uchun ham shunday.

Uyg‘onganida to‘shagida yoki uyqusida nam ko‘rgan odam ihtilom bo‘lganini xotirlayotgan bo‘lsa, agar o‘sha namlikning maniy yoki maziy bo‘lganiga qanoat keltirsa, yoki maniymi, maziymi ekanida shubhaga tushsa, o‘sha odamga g‘usl qilish lozim bo‘ladi. Faqat o‘sha namlikning oq ekaniga qanoat keltirsa (ishonsa), g‘usl kerak emas.

Agar namni ko‘rib, faqat ihtilom bo‘lganini xotirlayolmasa va namlik oq degan qanoatga borsa, g‘usl kerak emas. Faqat bu nam maniy degan qanoatga borsa, g‘usl qilishi zarur.

Agar o‘sha odam namlikning maziy ekaniga ishonsa, yana g‘usl qilishi shart (zarur) emas.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:37:10

Tug‘ishning nazorat qilinishi

Tug‘ishning nazoratga olinishi aholi ko‘payishini chegaralash, homila(dorlik)ning oldini olish niyati bilan amalga oshirilgan, hayotga, turmushga tadbiq qilingan va siyosiy, iqtisodiy, demografik, tibbiy, axloqiy, ijtimoiy va diniy jihatlarni o‘z ichiga qamraydi. Oila(ni) va aholini reja lashtirish nomi bilan tug‘ishni nazorat qilish o‘tgan asrlardan beri tadbiq qilinishiga qaramasdan, asosan XIX asrda G‘arbiy Yevropada ijtimoiy harakat sifatida paydo bo‘lib, tezda butun dunyoga tarqaldi. Tug‘ish-tug‘ilish nazorati amaliy tatbiqotining turli sabablari bor:
1. Xavfsizlik, ta’minot andishasi, kelajakdan qo‘rquv — ochlik va yo‘qsillik muammosi;
2. Davlat aholini ozaytirish yoki ko‘paytirish chegarasini saqlashi uchun tashviq etishi;
3. Homila(dorlik)ni hohlamaslik;
4. Tug‘ish-tug‘ilishni mumkin (bo‘lgan) eng yaxshi shart-sharoitlargacha kechiktirmoqlik, qoldirmoq xohishi;
5. Ko‘pbolalilik qulay va rohatda yashashga to‘sqinlik qilishi, faqat iqtisodiy jihatdan to‘kislikka erishgachgina ko‘p bolalikni istamoq;
6. Xastaliklar. Xastaliklarning bolaga ham o‘tish xavfi. OITS, varam (sil, shish) va hokazo.
7. Bolaning ko‘pligi ibodatga va ilmga to‘siq bo‘ladi, degan fikr;
8. Yangi bir homila(dorlik) ayol uchun tahlikali bo‘lishi yoki emizikli bolasiga zarar berish holati.

Dinimizga ko‘ra, zaruratlar va xastaliklardan tashqari, boshqa sabablar tushunarsiz topilmoqda.

Turli tug‘ish nazorati yo‘llari, usullari va vositalari topilmoqda, faqat bularning ko‘pchiligi homilaning oldini keskin ololmayapti.

Homiladorlikning oldini olishda turli vositalar qo‘llanilyapti:
1. Azl, ya’ni, erkak jinsiy munosabatni yarmida to‘xtatishi, maniyni tashqariga oqizishi;
2. Taqvim (ritm) usuli — ayolda homila bo‘lmaydigan davrlarda jimo’ qilish;
3. Prezervativ (condom, kaput). Spermatazoidni homila bo‘ladigan bo‘shliqqa tushishining oldini olish uchun. So‘nggi yillar rasman tashviqoti kuchaygan va asrning eng qo‘rqinchli xastaligi OITSga qarshi eng yaxshi chora — himoya vositasi sifatida ko‘rsatilmoqda;
4. Yutiladigan dorilar. Bularning ta’siri turlicha;
5. Rahm (bachadon) ichiga qo‘yiladigan narsalar: diofragma, kremlar (malham, malzamlar), supozituar, tampon va spirallar;
6. Oldirish (abort);
7. Bepushtlik;
8. Artib, yuvish;
9. Laparoskopiya — ho‘llangan issiq bint yoki plastir (malham mato) yopishtiriladi;
10. Sterilizatsiya, ya’ni, ayolning tuxumdon yo‘llarini jarrohlik yo‘li bilan bog‘lab tashlash. Bunda ayol hech qachon farzand ko‘rolmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:37:27

Homiladorlikning oldini olish vositalarining turli xil ta’sirlari va tahlikalari mavjud. Barchasi fitratga zid, tabiiy qo‘shilishga to‘siqdir. Ularning ko‘pchiligi ruhiy-asabiy behuzurlik keltiradi, nomutanosiblikka sabab bo‘lib, jamiyatda tanglik paydo qilmoqda.

Lekin ba’zan ayol hayoti uchun tahlikali holat bo‘lsa homiladan saqlanishlik shariatga zid kelmaydi. Hazrat Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) bizga kelgan rivoyatlarda ham azl ta’qiqlangani uchramaydi. Shuning uchun azlga jumhur ulamo muboh deb qarashadi.

Turli fatvolarda ulamolar zarurat bo‘lmaganda har qanaqa shaklda homilaga to‘sqinlik qilish joiz emasligini, faqat tahlikali hollardagina azl ham, dori qabul qilish ham joizligini aytishgan.

Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) "œAzl qilinsa ham, qilinmasa ham, Alloh xohlagan har jonzot qiyomatgacha dunyoga kelajagini" aytganlarini dalil sifatida olgan va istisno hollaridagina ruxsat bergan islom ulamolari, umuman, tug‘ishni nazorat qilishga qarshi chiqmoqdalar. 
 
Faqirlikdan qo‘rqqanlar uchun dalil shuki, Alloh ayollarni faqat xushvaqtlik uchun yaratmagan. Erkak xotinga farzand ko‘rish niyati bilan yaqinlashishi kerak. Bu sunnatdir va farzand oilaning asosiy maqsadidir. Alloh marhamat qiladi:

"œXotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizda kelaveringiz va o‘zingiz uchun yaxshi (savobli ishlarni) taqdim etingiz! Allohdan qo‘rqingiz va bilingizki, siz U bilan muloqot qiluvchidirsiz ..." (Baqara surasi,  223-oyat).

Rizq qo‘rquvi (rizqsiz qolishdan qo‘rqish) yengil bir iddaodir. Alloh millionlarcha, milliardlarcha jonzotning rizqini bermoqda, U Xoliq va Razzoqdir. Inson Allohning ishiga, nizomiga aralashmasligi kerak. Fitriy ishni, tabiiy jinsiy yaqinlashish yo‘lini, farzand orttirish ne’matini, bola ko‘rish yo‘lini berkitmasligi kerak. Ayniqsa, bepushtlikni o‘ylamasligi, niyat qilmasligi lozim. Allohning yaratganini o‘zgartirganlar  musulmon bo‘lolmaydilar. Faqat Alloh xohlagan bandasini bepusht, befarzand qiladi.

Shayton deydi "œ...ularni adashtiraman,  ularni hoyu-havasga cho‘ktiraman.  Buyursam ular hayvonlar qulog‘ini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarini o‘zgartiradilar ". Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, bas, u ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi (Niso surasi, 119-oyat).

(Fir’avn g‘azab bilan) aytdi: "œMen izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta u (Muso) sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursiz. Albatta, men oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingiz yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman". Ular dedilar: "œZarari yo‘q. Zero, biz Robbimizga qaytguvchidirmiz" (Shuaro surasi, 49-50-oyatlar).

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:37:36

O‘rama sim (spiral) qo‘llamoq

Ayol tanosil a’zosiga davomli qolmoq maqsadi bilan tibbiy bir parcha qo‘yilishi, homila bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi joizmi? Shu holda ayolning g‘usli sahihmi? Ro‘zasi sahih bo‘ladimi?

Islom dini turmush qurishga ikki jihatdan katta ahamiyat beradi:
Inson naslining ko‘payishiga. Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qiladilar: "œEy yoshlar jamoasi! Uylanishga qodir bo‘lganlar uylansinlar! Chunki, turmush ko‘zni va nomusni himoya qiladi. Kuchi yetmagan kishi ro‘za tutishga g‘ayrat qilsin. Chunki, ro‘za uni to‘xtatadi"32 .

Turmush qurishning eng buyuk g‘oyalaridan biri nasl qoldirish va ko‘paytirish bo‘lganiga ko‘ra, xastalik, atrof-muhitning dinsizligi va o‘ta qashshoqlik kabi zaruratlar mone’ (to‘siq) bo‘lmasa, ayolning homilador bo‘lmaslikka harakat qilishi to‘g‘ri emas.

Ikki nutfa rahmda birlashgach bir insonning asli bo‘ladi. Uni buzilishining hukmi haqida farqli qarashlar olg‘a surilgan. Shunga qaramasdan, o‘rama (spiral) qo‘yilgan taqdirda g‘usl tahoratiga, ro‘zaga mone’ emas. Olingan tahorat sahihdir. Chunki, bu parcha yuvish kerak bo‘lmagan a’zo ichiga o‘rnashtiriladi. Faqat ro‘zador paytda bu parchani tanosil a’zosiga o‘rnatilishi joiz emas. Ro‘za buzilishiga sabab bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:37:51

Ayol g‘usl qilayotganda xaznasini (farjini) yuvadimi?

Junub, hayz va nifos hollarda ayol xazna tashqarisini yuvishi vojibdir. Tahoratda esa sunnatdir. Ichini yuvish shart emas.

Ayol a’zosiga tiqilgan narsalar g‘uslni shart (lozim) qiladimi?

Ayol xaznasiga erkak tanosil a’zosidan boshqa barmoq va shunga o‘xshash narsalar tiqilsa g‘usl lozim emas. Ayol xaznasiga shifo uchun doktor barmoq yoki asbob kiritishida ayolga ham, doktorga ham g‘usl kerak emas. Shifo uchun qo‘llanilgan pilik va boshqalarning hukmi ham shunday.

Qayd etilgan