Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 256769 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:41:03

Mahrga nimalar berilishi mumkin?

Rivoyatlarni o‘qiganimizda avvalo oltin, kumush, oro bo‘lmoq uchun uy va ziynat ashyosi, cho‘ponlik qilish, Qur’on o‘rgatish kabi turli ish va narsalarni ko‘ramiz.

Uy ashyosi: oltin va kumushning ya’ni, pulning mahr ekanini bilamiz. Boshqa narsalar ham mahr bo‘lmoqda.

Shulardan biri uy ashyosi: Abu Said al-Xudriy (r.a.) deydilar: "œRasululloh (s.a.v.) hazrati Oyshaga (r.a.) 40 dirhamlik uy ashyosi bilan uylandilar".

Temir uzuk: Sahl ibn Sa’d (r.a.) deydilar: "œRasululloh (s.a.v.)ga bir ayol keldi: "œMenga bir er toping, yo Rasululloh", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œBunga kim uylanadi", dedilar. U yerdagilardan biri: "œMen uylanaman", dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œUnga temirdan bo‘lsa ham bir uzuk ber", dedilar. U: "œYonimda yo‘q", degach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œUnday bo‘lsa, bilgan Qur’on suralaringni unga o‘rgat", dedilar.

Oyoq kiyim: Abdulloh ibn Amrning otasi deydilar: "œFazora o‘g‘illaridan biri bir ayolga juft oyoq kiyim berib uylangandi. Payg‘ambarimiz eshitib qabul etdilar".

Bir kishi Ibn Abbosga bir ayolga nikohlanganini aytdi. Ibn Abbos: "œOyoq kiyimingning bir poyini bo‘lsada unga ber va zifofga (chimildiqqa) kir", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:41:46

Zirh: Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: "œRasulullohdan (s.a.v.) qizlari Fotimani so‘rashdan uyaldim. Beradigan hech vaqom yo‘qligini xotirlab voz kechdim. So‘ngra Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yordam va yaxshilik-sevarliklarini eslab bordim, so‘radim. Menga: "œBiror narsang bormi?", dedilar. "œYo‘q", dedim. "œHutomiya sovut (zirh)ing qaerda?", deb so‘radilar. Men "œUyimda", dedim. Keltirdim. Nikohimizni qildilar. Zifof kechasi bo‘lishi bilan yonimizga keldilar, o‘tirdilar. Biz baxmal chimildiq ichida edik. Payg‘ambarimizni (s.a.v.) ko‘rib uyaldik. "œKelgunimcha suhbatlashmang!", dedilar. Bir kosa suv so‘radilar. Suvga o‘qib (dam soldilar), duo qildilar. So‘ng suvni ustimizga septilar. "œMeni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi, unimi?", dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: "œUni juda yaxshi ko‘raman, ammo sen men uchun qimmatliroqsan!".

Taom (egulik): Jobir (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œKim uylanadigan ayolga ikki qo‘lini to‘ldirib un, bug‘doy va qovurilgan un kabi taom, yeydigan narsalar bersa, nikohi halol bo‘ladi".

Cho‘ponlik: hazrati Muso (a.s.) hazrati Shuaybga (a.s.) 8 yil cho‘ponlik qilib, qizini olgani Qur’oni Karimda yozilgan. Alloh marhamat qiladi:

"œ(Shuayb) aytdi: "œmenga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o‘n yilni bitirsang (o‘n yil ishlab bersang) o‘zingdan (marhamatdir). Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan". (Muso) dedi: "œMana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir" (Qasos surasi, 27-28-oyatlar).

Musulmon bo‘lmoq: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat etilishicha: "œAbu Talha Ummu Sulaymni so‘radi. U: "œQasamki, sen kabilar rad etilmaydilar, ammo sen kofirsan, men musulmonman, senga tegishim halol emas. Agar musulmon bo‘lsang, shuni mahr sifatida qabul qilardim, boshqa narsa sendan so‘ramayman", dedi. Abu Talha musulmon bo‘ldi. Bu mahr sifatida qabul etildi".

Sobit dediki: "œUmmu Sulaym kabi qiymatli bir mahr olgan ayolni eshitmadim. Abu Talha musulmon bo‘ldi, turmush qurdilar va xayrli bolalar ko‘rdilar".

Ozod etish: Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "œRasululloh (s.a.v.) Sofiya bint Huyayni ozod etdilar, so‘ng unga uylandilar. Ozodlik — mahr sifatida qabul etildi".

Qur’on o‘rgatmoq: Sahl ibn Sa’d (r.a.) aytadilar: "œRasulullohga (s.a.v.) bir ayol kelib, "œO‘zimni sizga bag‘ishladim", dedi va uzundan-uzoq kutdi. Birisi turib, "œYo Rasululloh, sizning ixtiyoringiz bo‘lmasa, uni menga bering", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œUnga beradigan biron narsang bormi?", dedilar. U: "œhech narsam yo‘q", dedi. Kishi axtarib hech narsa topolmadi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "œQur’oni Karimdan biror narsa bilasanmi?", dedilar. Kishi: "œha", degach, "œShunga muvofiq bu ayolni senga zavjalikka berdim",-dedilar Janobimiz (s.a.v.).

Uy va xizmatchi: Ibrohim an-Naxoiy hazratlari bir ayolga uy va xizmatchi berib uylanishda hech qanday yomonlik ko‘rmasdilar.

Hajga olib bormoq: Uqba ibn Omir rivoyat etgan bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œAdo etilishi juda ham lozim bo‘lgan shartlar, bir ayolni olayotganda unga muqobil bergan so‘zingizdir".

Ba’zilar bu shartlarni mahr, nafaqa va yaxshilik, va’da kabi uylanish ma’nosida tushunsalarda, aslida bular ayolga uylanish uchun ayol rozi bo‘ladigan turli xil shartlardir. Shunga qarab, Ibrohim an-Nahoiy, bir ayolni haj qildirmoq uchun unga uylanmoqni joiz ko‘radilar. Agar zifofga kirmasdan avval ajrashadigan bo‘lsa(lar), yarim haj harajatini berishi lozim bo‘ladi, dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:42:00

Mahrning vujub zamoni (vojib bo'ladigan vaqti)

Taraflar orasida nikoh ahd etilishi bilan ayol darhol mahrga haq qozongan bo'lmaydi. Buning uchun quyidagi uch holatdan biri sodir bo'lgan bo'lishi kerak:

1. Duxul. Ya'ni, oralarida jimo' bo'lishi kerak. Chunki, Alloh taolo marhamat qilmoqda: "Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan bo'lsangiz ham, undan biron narsani qaytarib olmangiz! Uni bo'hton va ochiq gunoh bilan olasizmi? Axir bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u (mahrni) qaytarib olasizlar?!" (Niso surasi, 20-21-oyatlar).

2. Duxuldan avval (duxulgacha) erining o'lishi. Bu xususda Alqama bir hadisni naql etadi: "Ibn Mas'udga bir jamoat kelib: "Oramizdan bir erkak uylandi, xotini bilan ma'lum bir miqdor atrofida shartlashmagandi, hali zifofga kirmasdan (duxul voqe' bo'lmasdan) o'ldi", dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud: "Rasululloh vafotlaridan beri bunday qiyin masalaga duch kelmagandim, borib boshqalardan so'rang", dedilar. Jamoat bir oy u-bu deb yurdi. Tag'in ibn Mas'udga murojaat qildilar: "Siz ashobning ilg'ori, sizdan boshqa kimdan so'raymiz, boshqalarni topolmayapmiz", deyishdi. Ibn Mas'ud marhamat qildilar: "Sizga o'z qarashimni aytmoqchiman. Agar to'g'ri bo'lsa, sherigi va naziri yo'q Allohdandir. Agar xato bo'lsa shaytondandir. Alloh va Rasuli undan uzoqdirlar. Mening fikrim shunday: Ayolga to'liq mahr va meros beriladi. Bunga muvofiq ayol to'rt oy, o'n kun idda kutadi".

Ibn Mas'ud bu fatvoni tirband xaloyiq oldida berdi. Oralaridan bir necha kishi turib: "Guvohlik beramizki, siz aynan Rasululloh (s.a.v.) bergan qarorni berdingiz. Bizdan Birvo bint Voshiqning qizi boshidan shunday hodisa o'tdi. Rasululloh (s.a.v.) ayni hukmni berdilar", deyishdi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:42:10

Xilvat: Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Sa’bon shunday dedilar: Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "œBir kishi ayolning yuzidagi yopinchiqni ochib boqsa, mahr vojib bo‘ladi; xoh duxul bo‘lsin, xoh bo‘lmasin".

Hazrati Umar (r.a.) ham shunday derdilar: "œBir kishi zifof kechasi eshikni bekitib, pardalarni tushirsa yoxud ayol pecha (yuz parda)sini ochsa, mahr vojib bo‘ladi".

Boshqa ko‘pgina rivoyatlarda ham ushbu holatda ayol idda saqlab, meros ham oladi, degan fikr bor.

Sulaymon ibn Yasor shunday dedilar: "œHoris ibn al-Hakam bir ayolga uylandi. Oqshom tushgach, eshikni berkitdi, so‘ngra tashqari chiqib, ajrashdi va "œMen unga tegmadim", dedi. Ayol "œMenga tegdi", dedi. Marvonga bordilar. Marvon Zayd ibn Sobitni chaqirdi, "œNe deysan, horis ishonchli bir odam", dedi. Zayd: "œAyol homilador bo‘lsa, toshbo‘ron qilasanmi?", deb so‘radi. U: "œYo‘q", deb javob berdi. "œU holda ayolni tasdiqlash majburiyatidamiz", dedi Zayd.

Barcha rivoyatlarda ko‘rilgandek, xilvat voqe’ bo‘lishi bilan mahr vojib bo‘ladi. Yolg‘iz imom Shofe’iy mahr lozim bo‘lishi uchun xilvat yetarli emas, deganlar va duxul ya’ni, jimo’ni shart qilganlar. Xilvat bilan faqat mahrning yarmi lozim bo‘lishini aytganlar va shu oyatni dalil qilib keltirganlar:

"œAgar ularni mahrini belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan bo‘lsangizlar, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir)" (Baqara surasi, 237-oyat).

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:42:20

Mahr zikr etmasdan uylanish

Mahr zikr (qayd) etmasdan qurilgan turmush sahihdir. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda:
"œAgar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir" (Baqara surasi, 236-oyat).

Hatto bir kishi mahr bermaslik sharti bilan uylansa, mazhabimizga ko‘ra turmushi joiz bo‘ladi. Chunki, mahr turmush qurish rukni va sharti emas.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:42:32

Mahrda ixtilof

Er-xotin o‘rtasida mahr xususida ixtilof paydo bo‘lsa, imom Sha’biy qavliga ko‘ra, qasam(yod) qil(dir)moq bilan er so‘zi qabul qilinadi, ayol ham isbotlash vaziyatidadir. Ibrohim an-Nahoiy bu vaziyatda "œMahri misl uchun ayol so‘zi qabuldir", deganlar. Xushoym esa, imom Sha’biy so‘zini ma’qullaganlar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:42:41

Yuz ko‘rish

Mahrni tomonlar o‘zaro qat’iy belgilashsa, bu mahrga mahri mu’samma deyiladi. Agar mahr to‘la yoki bir qismi oldindan olinsa bunga mahri mu’ajjal deyiladi. Bir qismini oldin, bir qismini keyin (ya’ni, nasiya) olinishi mumkin. Nasiya qismiga mahri mu’ajjal deyiladi. Mamlakatimizda zifof kechasi oldidan bir miqdor mahr beriladiki, bunga yuz ko‘rish (ko‘rmana) deyiladi. Bu xususda hazrati Oysha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: "œRasululloh (s.a.v.) menga mahridan oz bo‘lsa ham bir narsa olmagan kelinni erining yoniga kiritmaslikni amr etdilar".

Rasululloh (s.a.v.) bir narsa bermasdan hazrati Fotima (r.a.) bilan zifofga kirishni so‘ragan hazrati Alini (r.a.) man’ etdilar, ammo zirh (sovutni) bergach, ichkariga kirishga ruxsat berdilar.

Sa’id ibn Jubayr dedilar: "œBir erkak xotiniga ko‘ylak, shohi ro‘mol va uzuk kabi biror narsa taqdim etmaguncha yoniga kirmasligi kerak". Hasan Basriy hazratlari esa buning majburiy emasligini so‘zlaydilar.

Sulaymon ibn Yasor ham bir erkakning nikohlangan xotiniga biror narsa taqdim etmasdan yoki mahrini uzmasdan yoniga kirishini makruh sanardilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:42:51

Mut’a

Mahr kesilmasdan va duxul, ya’ni, zifof voqe’ bo‘lmasdan avval ajrashgan ayolga tasalli mohiyatida berilgan libos va shunga o‘xshash narsalarga mut’a deyiladi. Buning aniq miqdori yo‘q, har kimning ahvoliga havola etilgan. Bu xususda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
"œAgar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Lekin, ularni moddiy jihatdan ta’minlang; boy ham, kambag‘al ham o‘z hollariga qarab (ta’minlasin). Ezgulik qiluvchilar zimmasidagi burch (shudir)" (Baqara surasi, 236-oyat).

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Amra bint al-Javn bilan zifofga kirganlarida ayol "œXudo xayringizni bersin", dedilar. Shundan so‘ng, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œBuyuk zotga sig‘inding", dedilar. Usomaga yoxud Anasga amr etdilar: "œUnga mut’a sifatida uch adad qatan libos bering", dedilar.

Sahihi Buxoriyda yanada kengroq, tafsilotlari bilan berilmoqda: Abu Usayd (r.a.) deydilarki: "œRasululloh (s.a.v.) bilan chiqdik, bir boqqa kirdik. Nihoyat ikki bog‘ning orasida o‘tirdik. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œShu yerda o‘tiring", dedilar. O‘zlari ichkari kirdilar, ayolni keltirdilar. Umayma ibn Nu’mon ibn Sharoxilning uyiga endirdilar. Yonida yangasi ham bor edi. Payg‘ambarimiz ayolning yoniga kirishlari bilan, unga: "œO‘zingni menga bag‘ishla", dedilar. U: "œHatto hech bir malika ham o‘zini oddiy birovga (duch kelganga) taslim etadimi?", dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni tinchlantirish va taskin berish maqsadida qo‘lini yelkasiga qo‘ymoqchi bo‘lganlarida, u: "œSendan Allohga sig‘inaman", dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "œBuyuk bir maqomga sig‘inding!", dedilar va tashqariga chiqdilar. So‘ngra menga: "œYo Usayd, unga oq qatandan qilingan ikki qavat libos kiydir va uyiga olib bor", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:43:02

Nafaqaning zarurati

Nafaqa ayolning erkak zimmasidagi eng katta va davomli haqqidir. Isyon, uydan qochish va boshqa shunga o‘xshash xususiy holatlardan tashqari nafaqaning bekor qilinishi zikr etilgan emas. Xatto nafaqa ayolning faqir bo‘lishiga ham bog‘liq emas. Chunki, ayolga nafaqa belgilanishi ahd zaruratidir. Bunda boy ham, faqir ham barobardir. Orada zavjiyat bog‘i mavjud bo‘lishi bilan nafaqa ham davom etadi. Bu xususda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
"œErkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab — Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollardan ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari — bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir..." (Niso surasi, 34-oyat).

"œ...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir..." (Baqara surasi, 233-oyat).

"œBoy kishi o‘z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O‘zi unga ato etgan (rizq)dan boshqa narsaga taklif qilmas..." (Taloq surasi,7-oyat).

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlar: "œUlarning zimmangizda muvofiq bir tarzda kiyajak va yeyajak haqlari bordir".

Muoviya al-Qushayriyning "œAyollarimizning bizning zimmamizda qanday haqlari bor, yo Rasululloh?", savoliga ham shunday javob berdilar: "œYeganingizdan (ya’ni, yeganingizday) yedirmoq, kiyganingizday kiydirmoq, yuziga shapaloq tortmaslik, yomon so‘zlamaslik, uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmaslik".

Ayol butun umrini uyiga, eriga va farzandlariga bag‘ishlagani uchun ham nafaqaga haq qozongan. Islom erkaklarga buning uchun katta savoblar va’da qiladi. Zotan, bu Islomning eng buyuk xususiyatlaridan biridir. Hatto dunyoviy, muboh ishlar, ezgu niyatlar amalga oshirilsa mukofotlar va’da qilingan. Ayni shu xususdagi ko‘plab hadislardan bir nechasi:

"œEng yaxshi sadaqa — borligida berilganidir". "œBergan qo‘l, olgan qo‘ldan yaxshidir". "œAvval oiladan boshla. Xotining "œYo meni to‘ydir, yoki ajrash", deydi. Xizmatching "œMeni to‘ydir, keyin ishlat", deydi. O‘g‘ling "œMeni to‘ydir, kimga tashlab qo‘ymoqchisan?", deydi".

Bu hadislarda, oyatlarda ko‘rilgani kabi balog‘atga yetmagan, hali o‘zi ishlab pul topa olmaydigan, xasta, yurolmaydigan farzandlarning, xotinning va qari ota-onalarning nafaqasi oila boshlig‘ining zimmasiga vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:43:19

Nafaqaning fazilati

Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) deydilar: "œVido hajida xastalandim. O‘lar xolatda edim. Rasululloh (s.a.v.) meni ziyorat qildilar. "œYo Rasululloh, qanchalik hasta ekanimni ko‘ryapsiz. Ko‘p mol-mulkim bor. Yolg‘iz qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q. Boyligimning uchdan ikkisini sadaqa sifatida tarqataymi?", dedim. "œYo‘q", dedilar. Men: "œyarmini ulashaymi",-dedim. "œYo‘q", dedilar. So‘ngra: "œHatto uchdan biri ko‘plik qilur. Merosxo‘rlarni qo‘l cho‘zadigan shaklda faqir qoldirmoqdan xayrliroqdir. Alloh rizosi uchun ularga bergan nafaqang tufayli muhaqqaq savob qozonursan, xatto xotining og‘ziga uzatgan bir luqmadan ham", dedilar.

Ibn Abbos rivoyat etgan bir hadis esa shunday: "œBir odam oila tashvishlari sababli horib-charchab g‘amgin uxlab qolsa, bu — Alloh yo‘lida ming marta qilich urmoqdan fazilatliroqdir".

Qayd etilgan