Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 240611 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:20:15

IYMONGA MOS KELMAGAN KIYIM TO‘G‘RISIDA

Davrimiz ayolining dindorlik, axloq, nomus haqidagi tushunchalari bilan birga yoqasi ochiq ko‘ylaklar kiyishi, ochiq-sochiq yurishi ichki dunyosi bilan zidlashadi. Uyida erlariga hokisorona muomala va ko‘rinishda bo‘lib, tashqarida begona ko‘zlarga go‘zal ko‘rinish ehtiyojini his etgan ayollar boshqalarga nisbatan har qancha yaxshi niyatli, xolis, pok qalbli ekanliklarini so‘zlasalar-da, bu ishlari o‘z qadr-qimmatlariga qarorlariga muvofiq harakat emasligini o‘zlari ham juda yaxshi tushunmoqdalar.

Islomda kiyim odam tanasini ko‘z-ko‘z yoki namoyish qilish uchun emas, o‘ranish, berkitish uchun kiyiladi. Kiyim jinsiy maylni kuchaytirmoq, uyg‘otmoq uchun emas, aksincha tinchlantirmoq, kamaytirmoq uchundir. Ma’naviy yuksalish insonni moddiy mashaqqatga tashlamaydi. Islom faqat moddiyatga yo‘l ko‘rsatib, uni nazorat qiladi. Dinning g‘oyasi jismga bee’tiborlik yoki insonni dunyodan uzoqlashtirish emas, Islom inson hissiyotlarining mo‘’tadilligini saqlaydi. O‘zini faqat tanadan iborat deb bilib, jismdan foydalanishdan boshqa narsani o‘ylamaydiganlardan bo‘lmasligi uchun o‘lchov, chegara qo‘yadi.

Erkak har joyda, duch kelgan ayoldan xohlagancha foydalanishini din ta’qiqlagan. Islom bu borada ayollar uchun islomiy kiyinish qoidalarini ko‘rsatib, ayollar zimmasiga majburiyat yuklagan.

Islom buyurgan shaklda kiyinmaganlar o‘zlarini qanchalik yalang‘och ekanliklarini bilmasalar ham, kiyinganmiz deya o‘ylasalar ham, hazrat Muhammad (s.a.v.) ifodalaganlaridek "œkiyingan yalang‘ochlar"dir.

Yalang‘ochlik lug‘atda "œhech narsa kiymagan holat, yechinganlik, uryon, ustida libos bo‘lmaslik" mazmunida keladi. Yalang‘ochlik islomiy ma’noda esa, avratlari butunlay yoki qisman ochiq ma’nosidadir. Yalang‘ochlik — Islom dini boshqa insonlardan himoyalanish uchun o‘rashni amr etgan tana a’zolarining ochiq qolishidir. Balog‘atga yetgan qizlarning yoki xotinlarning turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan erkaklarga vujudining har qanday bir (avrat hisoblangan) a’zosini ko‘rsatishi yalang‘ochlik sanaladi. Yalang‘ochlik dinimizga ko‘ra bir fitnadir. Terror insonning tanini o‘ldirarkan, yalang‘ochlik esa ham inson badanini, ham ruhini o‘ldirmoqda. Yalang‘ochlik tufayli uyalish tuyg‘usi yo‘qoladi. Alloh Zuljalol ta’kidlagan yomon tuyg‘u va hatti-harakatlardan tiyilmoq va qochmoq hayo (uyalish tuyg‘usi)dir. Hayo — uyalish va or ma’nosidadir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:20:26

Islom atamasiga ko‘ra hayoning boshqa bir ta’rifi; munkar (yomon va harom)dan chekinmoq, uzoqlashmoq, qochmoq va inson o‘z-o‘zini ayblamog‘idir. Uyalmoq — noto‘g‘ri xohishdan tiyilmoqdir, shariat ta’qiqlagan ish-harakatlardan to‘xtamoq va xijolat bo‘lmoq tuyg‘usidir. Uyalish tuyg‘usi insonni yaxshilikka yo‘llab, yomonlikdan qaytaruvchi bo‘lgani uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iymonning bir shoxi deganlar.

"œAllohdan haqiqiy hayo qilgan odam, boshini va boshidagi ko‘z, til, quloq kabi a’zolarini, qornini va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarini (Allohning amriga zid harakatdan) tiysin, (aksincha) o‘limni va chirib yo‘q bo‘lajagini xotirlasin. Oxiratni istagan dunyo bezaklarini tark etadi. Bularni ado etgan, Allohdan haqiqiy hayo etgan (uyalgan) bo‘lur" .

Tasattur qoidalari uylanish va oila qurishni himoya qiladi. Erkak bilan ayol orasidagi fitna, adashish sababi avvalo erkak bilan ayolning birga bo‘lishi va do‘st tutinishidir. Dinimiz majburiy hollardan tashqari ayol va erkak birga bo‘lishini xavfli hisoblaydi.9 Shariat bu saqlanishni faqat qarindoshlik va ehtiyot chora-chegaralari ichida joiz ko‘radi. Janobi haq ayol bilan erkakni hassos yaratgan va bu ikki jins orasida ma’lum bir chegara qo‘ygan. Bu ikki jins orasidagi farqlilik holatiga shunday misol keltirishimiz mumkin. Urg‘ochi bilan erkak (zid) qarama-qarshi (jins) baholanadi. Pozitiv (+) va negativ (—) sifatida ta’riflaydigan bo‘lsak, bu baholar ayol va erkak orasidagi tortishish quvvatini yetishtiradi. Erkakning ayolga bo‘lgan shahvati sababli erkak bilan ayol orasiga tushadigan ta’sirga to‘siq bo‘luvchi tasattur ayol bilan erkakning aralashuvini man qiladi. Yalang‘ochlik tug‘dirgan chegarasizlik ayol va erkakni bir-biriga gij-gijlab, uylanish va oila qurish tamallarini buzadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:20:40

Jinsiy erkinlik keltirgan xastaliklar

Yalong‘ochlik "œmadaniyati" bilan birga kelgan jinsiy erkinlik teri-tanosil xastaliklarini tezlik bilan yoyilishiga sabab bo‘ldi. Qadimdan qolgan jinsiy xastaliklar davosi bugun osonroq bo‘lsa ham, yangi paydo bo‘layotgan xastaliklar qarshisida tib ilmi davolashda ojizlik sezmoqda. Ba’zi odamlarda asoratini qoldirgan bu xastaliklar ko‘pincha o‘limga sabab bo‘lmoqda.

So‘zak (gonoreya), zahm (sifilis), xarras va keyingi yillarda paydo bo‘lgan xlamidiya kabi buzuq jinsiy munosabatdan hosil bo‘luvchi xastaliklar, bularni ham yo‘lda qoldiruvchi OITS xastaliklari bor.

So‘zak siydik yo‘llarini yallig‘lab, yaralaydi. Bu xastalikka uchraganlar butunlay sog‘ayib, avvalgi hollariga qaytishlari mushkul. Siydik qopiga, jigar va boshqa a’zolariga ham zarari bor. Bu kasallik so‘zak xastaliklari bilan og‘rigan odam bilan aloqada bo‘lganlarga yuqadi. Ayollar bepusht bo‘lib qolishlari mumkin. Zahm mikroblari barcha a’zolarga tarqaladi, nasldan-naslga o‘tadi, oson yuqadi.

Xlamidiya ayol-erkakka bir xil ta’sir etadi. Hech qanday belgi bermasdan vujudga yoyilish xususiyatiga ega. Nasl borasida ayol uchun tahlikali. Xastalik ayoldan tug‘ilgan bolaga o‘tib, miya asorati va saraton (rak) kasaliga olib kelish xavfi bor.

OITS virusi sabab bo‘lgan xastalik esa o‘ta xavfli va halokatli. Bu virus dastlab frantsuz L. Montagnier, so‘ngra amerikalik Robert Gallo tomonidan 1984 yilda topildi. Bu xastalikka eng avval 1980 yilda Nyu-Yorkda duch kelindi. Afrikadan, xususan Xaitidan kelgan juft jins sayyohlar bu virusni qisqa vaqtda Amerikadagi juft jinslarga tarqatdi.

HTLV-3 virusi vujudni xastaliklardan himoya qiladigan T yordamchi hujayralarini yo‘qotadi. Keyingi bosqichda o‘pka yallig‘lanishi, saraton va shunga o‘xshash kasalliklar boshlanishi mumkin. Xususan, hujayra pardasida yomon qabariqlar paydo bo‘lib, bu OITS ekanini dalillaydi. Bu pufakchalar terida binafsharang dog‘lar hosil qiladi. Qon, tufuk, maniy va jinsiy aloqa orqali boshqaga o‘tadi. OITS virusi xususan bir jansdagilar va biseksuallarda va ular bilan aloqada bo‘lganlarda tez urchiydi. Insonning kasalliklarga qarshi qobiliyatini yo‘qotadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:20:54

Oyatlarning nuzul sabablari

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinishicha: "œRasululloh (s.a.v.) zamonida Madina ko‘chalarida ketayotgan bir ayol va bir erkak ro‘baro‘ kelishganida qarashadi. Shayton bu boqishlarini bir-biriga yoqtirishga harakat qiladi. Kishi bir tomondan yurar va u ayolga qarardi. Boshi ayol tarafga burilgan bo‘lgani uchun oldindan chiqqan bir devorga urilib, burnini qonatdi; "œAllohga (j.j.) qasamki, Rasulullohga (s.a.v.) borib, vaziyatni tushuntirmagunimcha burnimning qonini yuvmayman", deb qasam ichdi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib voqeani aytdi. Rasululloh (s.a.v.) "œBurningni devorga urib qonatganing gunohingning jazosidir", dedilar. Shundan so‘ng mo‘min erkaklarga: "œKo‘zni (haromga qarashdan) to‘singlar..." oyati nozil bo‘ldi.

Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy shunday rivoyat qiladi: "œAsmo binti Mirsa’dning (r.a.) Bani Horisa yerlarida bir xurmozori bor edi. Ayollar u yerga etak tutmasdan, ko‘ksi, sochlari va oyoqlaridagi taqinchoqlarini ko‘rsatib, ochiq holda borardilar. Asmo (r.a.) "œBu ko‘rinishingiz naqadar chirkin!" dedilar. Shundan so‘ng, "œMo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar..." oyati nozil bo‘ldi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:21:10

Oyat tafsiridagi tafsilotlar

Birinchi kuzatish: Alloh taoloning "œKo‘zlarini tiysinlar" va "œNomuslarini qo‘risin" so‘zlaridagi hikmat shuki, nomahram ayollarga boqish zino elchisi, yomonliklarning boshidir. Nazarlar qalb elchisi bo‘lgani uchun, ko‘ringan manzaralar insonni o‘ziga tortib, qiynaydi. Zero, har ko‘rganingni ado etolmaysan, ba’zi ko‘rganlaringga sabr qilolmaysan. Zero, qarash bilan mubtalo bo‘lish mumkin. Bundan saqlanmoq qiyin. Ko‘z har narsani qalbga yetkazadigan eshikdir, yo‘ldir. Inson bu yo‘l orqali gunohga botadi. Chunki, boqish tabassumga, tabassum salomga, salom suhbatga, suhbat kelishuvga, kelishuv esa, g‘ayri mashru’ ishga vasila bo‘ladi.

Ikkinchi kuzatish: Oyatdagi "œko‘zlarini tiysinlar" amri har narsa uchun emas, Alloh taolo harom qilgan narsalarga tegishlidir.

Uchinchi kuzatish: Oyatdagi "œZiynatlarini ochmasinlar" ta’biri ziynatlar taqilgan joylarni, shu sababli ziynatlar berkitilishini ifodalaydi.

Zamahshariy aytadilar: "œOyatda ziynat joyining zikr etilishidan hikmat; ziynat joylarni berkitish zarurligini ifoda etilishidir. Chunki, Alloh taolo "œZiynatlarini ochmasinlar" deya buyurar ekan, aslida ziynat joylarining ochilmasligini qasd etgan, ya’ni, maqsad qilib qo‘ygan. Chunki, taqilmagan ziynatlarning ko‘rinishi harom emas. Bu jihatidan ziynatlarning ta’qiqlanishiga zarurat yo‘q. Demak, aslida ta’qiqlangani — ziynatlar taqiladigan joylardir".

To‘rtinchi kuzatish: ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, odam ko‘z bilan zavqlangani kabi, quloq bilan ham lazzatlanadi. Shuning uchun, Alloh ayollar yurganlarida, "œhamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar!..." deb buyuradi. Chunki oyoqlar yerga urilganda taqilgan ziynatlarning masalan, qo‘ng‘iroqchalarning ovozi eshitiladi. Bu ovoz erkaklarga ayol kelganini bildirib, shahvoniy xohishlarini qo‘zg‘aydi. Shu sababdan bu oyat ham avvalgi oyatda bo‘lgani kabi ziynat taqilgan a’zolari, oyoqlarining ochilishi haromligiga dalolat etadi. Xullas, shahvatni qo‘zg‘aydigan atr-upa, nozli yurish va nozli suhbatlashishlar ham ta’qiqlanadi. Chunki, Alloh taolo: "œ...Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur..", degan. Bu oyatdan anglashiladiki, ayollar ataylab ovozlariga mayinlik, ohang berib, tovushlarini titratib nomahram erkaklarga so‘zlamasinlar, chunki bundan o‘rtada shar’iy bo‘lmagan munosabat kelib chiqishi, bu esa ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Beshinchi kuzatish: "œKo‘zni tiyish"ning bir necha foydalari bor:
1. Alloh taoloning amriga itoat qilgan bo‘ladi.
2. Bir o‘q kabi qalbni yaralaydigan manzaralardan himoyalangan bo‘ladi.
3. Qalb quvvatlanadi.
4. Qalb yomon narsalar bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Alloh bilan bog‘lanishga, mashg‘ul bo‘lishga odatlantiradi, imkon paydo qiladi.
5. Qalbni nurli qiladi.
6. Qalbga (zakovat) farosat beradi.
7. Shayton kiradigan yo‘llarni berkitgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:21:22

Erkakning erkakka nisbatan avrati

Erkakning erkakka nisbatan avrati kindigidan tizza ostiga qadar. Mazkur joylarga boshqa erkakning qarashi harom. Bundan tashqari joylarga qarash harom emas. Chunki, Rasululloh (s.a.v.): "œBir erkak boshqa bir erkakning avrat joyiga, bir ayol ham, boshqa bir ayolning avrat joyiga qaramasin!", deb buyurganlar.

Rasululloh (s.a.v.) yonida hech kim bo‘lmasa ham yechinishni va avrat joylarini ochishni taqiqlaganlar. "œQip-yalang‘och bo‘lib, yechinmang. Zero, shunday malaklar borki, sizdan faqat hojatxonada ekaningizda va juftingiz bilan qo‘shilayotganingizda ajrashadi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:21:44

Erkakning ayolga nisbatan avrati

Xoh mahram, xoh nomahram bo‘lsin, erkakning ayolga nisbatan avrati erkakka nisbatan bo‘lgani kabi kindigidan tizzasininng ostiga qadar. Faqat er-xotinning orasida avrat joylar yo‘q. "œUlar avratlarini (haromdan) saqlovchidirlar. Illo, o‘z jufti halollari va qo‘l ostidagilar (cho‘rilar) bundan mustasnodir. Bas, ular malomat qilinuvchi emaslar!" (Mo’minun surasi, 5-6-oyatlar).

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:21:54

Ayolning ayolga nisbatan avrati

Ayollarning ayollarga nisbatan avrati erkaklarning erkaklarga nisbatan avrati kabidir, kindikdan tizza ostiga qadar. Shunga ko‘ra, bir ayolga boshqa bir ayolning kindigidan tizzasi ostigacha bo‘lgan a’zolariga qarash haromdir. Bundan tashqari joylarga qarash mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:22:04

Ayolning erkaklarga nisbatan avrati

Sahih (ishonchli) qarashga ko‘ra, ayolning erkakka nisbatan avrati butun vujudidir. Shofe’iy va Hanbaliylarning qarashi shunday. Hatto imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.) bu xususda: "œAyollarning butun vujudi avrat bo‘lganidek, tirnoqlari ham avratdir", deganlar.

Imom Abu Hanifa (r.a.) va Imom Molik (r.a.) fikriga ko‘ra, ayolning qo‘llari va yuzidan tashqari butun vujudi avratdir.

Ushbu qarashlarning o‘ziga xos dalillari bor, shular xususida bir oz to‘xtalamiz:
Hanafiylar va molikiylarning dalillari: hanafiylar va molikiylarning yuz va qo‘llarning avrat emasligi quyidagilar: "œBulardan ko‘rinib turganlari mustasno" oyati yuz va qo‘llarning ochiq bo‘lish zaruratiga, ularning avrat emasligiga ishorat etmoqda. Bu qarash ba’zi sahobiy va tobeinlarda ham rivoyat etilgan. Haqiqatda, Said ibn Jubayr (r.a.): "œBulardan ko‘rinib turganlari mustasno" oyatidan maqsad "œyuz va qo‘llardir", deganlar.

Shu yerda nega bizning diyorda momolarimiz paranjida yurishgan, degan savol tug‘ilishi mumkin. O‘sha davrda ayollar goh sachvonlarini tushirib, goh ochib yurishgan, masalan bozorlarda ochishgan. U davrlarda zamon notinch, tez-tez urushlar bo‘lib turgan. Ayollarning yuzlarini yopib yurishlari ularni ana shunday vaziyatlarda ozor topmasliklari uchun, ularni asrash uchun bo‘lgan. Osuda paytlarda esa yuzni ochib yurishlariga shariat qarshilik ko‘rsatmagan.

Shofe’iy va hanbaliylarning dalillari: shofe’iy va hanbaliylarning yuz va qo‘llar avrat ekaniga dalillari Kitobdagi: "œZiynatlarini ochmasinlar" oyati. Bu oyati karima ziynatlarni ochishni harom qilgan. Ziynat ikki xildir — biri yaratilishdan bo‘lgan ziynat, ikkinchisi esa erishilgan ziynat. Yuz yaratilishdan bo‘lgan bir ziynatdir. Hatto go‘zallikning asli fitna va fasod manbaidir. Erishilgan ziynat esa kiyilgan go‘zal libos, taqinchoqlar, ko‘zga surilgan surma, qo‘lga qo‘yilgan xinaga o‘xshash narsalardir. Oyati karima ayollarga qaydsiz, shartsiz ravishda erkaklarga a’zolarini va ziynatlarini ochishni ta’qiqlaydi, harom qiladi. Shofe’iy va hanbaliylar fikriga ko‘ra, "œBulardan ko‘rinib turganlari mustasno" ifodasidan maqsad, qasdsiz o‘z-o‘zidan, ya’ni, ixtiyorsiz ochilgan qismidir. Masalan, shamol ayolning yopinchig‘ini, ro‘molini ko‘tarib ochib yuborishi. Chunki oyat ma’nosi: "œAyollar ziynatlarini qat’iyan ochmasinlar. Ochgan taqdirda tanqid etiladi. Qasdsiz o‘z-o‘zidan, shamol kabi ixtiyorsiz narsalar sababi bilan ochilsa tanqid etilmaydi". Shunday ekan, yuz-qo‘l ham ochilishi ta’qiqlangan ziynatlardandir.

Yuz va qo‘lning avrat emasligini da’vo qilgan olimlar yuz va qo‘llarda hech bir ziynat ashyosi bo‘lmasligini va bularning ochilishi fitnaga sabab bo‘lmasligini shart qilib qo‘ymoqdalar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:22:18

Ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahramlar

Qur’oni karim ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan erdan tashqari mahram erkaklarni umumiy hukmdan istisno tarzda birma-bir sanagan. Buning hikmati oyatda zikr qilingan erkaklar bilan ayolning davomli muomalada va birga bo‘lish zaruratidir. Bu erkaklar ayol ila qarindoshlik rishtasi bilan bog‘liq va fitnaga o‘rin yo‘q.

Qayd etilgan