Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 297464 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:38:02

G‘uslga mone’ bo‘lguvchi narsalar

Tirnoq orasida, ustida bo‘lgan (va teriga suvni o‘tkazmaydigan) turli bo‘yoq (lak)lar g‘usl komil bo‘lishiga mone’. Tirnoq ustida yupqa qatlam hosil qilib, tagiga suv o‘tkazmaydigan bo‘yoq (lak)lar g‘uslga mone’dir (bo‘lsa g‘usl komil bo‘lmaydi). Faqat tirnoq orasidagi yoki unga yopishgan kir g‘uslga mone’ emas. Bu xususda qishloqlik va shaharlik teng barobardir. Lablariga surilgan bo‘yoq, ustida qatlam hosil qilsa (albatta, hosil qiladi) va suvni shu bo‘yoq teriga o‘tkazmasa, g‘uslga mone’dir.

Tirnoqdagi loy, tuproq g‘uslga mone’ emas. Xurmo to‘plagan kishilar bilan bo‘yoqchilarning tirnoqlariga bulangan narsalar g‘uslni komil bo‘lishiga mone’dir.

Lekin bularning bari zarurat va tozalanishning mashaqqati bo‘lganda va zarur holatlarda g‘uslga ijozat beriladi.

Bir kishining badaniga baliq tangachasi yoki chaynalgan non yopishib, qurib-qotib qolsa-yu, yuvinib-cho‘milganda tagiga suv o‘tmasa, u kishining g‘usli komil bo‘lmaydi. Faqat badanida pashsha yoki burga najasi bo‘lgan kishining g‘usli komil bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:38:21

Ko‘z, qosh, qaboq bo‘yog‘i g‘uslga mone’mi?

Bular ostiga suv o‘tmasa, g‘uslga mone’. Lekin tabiiy o‘sma, surma ostiga suv o‘tkazganidan bu joizdir. Va tib tomonidan ham foydalidir. Tabiiyki, faqat uy ichida eri uchun qo‘yishi, surishi mumkin. Bezanib-bo‘yanib ko‘chaga chiqishi gunohdir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:38:33

Bola tushishiga sabab bo‘ladigan ishlar

Bunga sabab bo‘lgan fe’llar xoh ayolning ota-onasidan, xoh boshqalardan sodir bo‘lsin farqi yo‘q, bola tushishiga sababchi bo‘lsa, diyyat lozim bo‘ladi. Lekin, bola ona rahmidan tashqari chiqib, tushmaguncha jinoyat hisoblanmaydi. Chunki, bolaga qilingan ish tufayli o‘lib-o‘lmagani bilinmagan taqdirda hukm shunday tadbiq etiladi. Faqat qilingan ish tufayli bolaning ona qornida o‘lgani qat’iyan aniq bo‘lsa, u holda jazo zarurdir.

Shu jihatdan to‘rt imom ham jinoyat sanab, jazoni lozim qilgan harakat natijasida ona rahmidan o‘lik tushgan bola uchun jinoyatga yarasha jazo belgilanadi, deganlar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:38:46

Imomlarning o‘lik yoki tirik tushgan bola haqidagi qarashlari

a) Imomi Ahmad ibn Hanbalga ko‘ra, tushgan bolaning hayoti barqaror davom etishi kerak. Faqat tug‘ilgan onda tiriklik belgilari ko‘rinib, darhol o‘lishi tirik bo‘lganiga yetarli sabab emas. Ayni zamonda tushgan bola kamida 6 oylik bo‘lishi shart. Chunki, bundan (6 oydan) kam bo‘lgan vaqtda bolaning yashashi mumkin emas. U holda, tushgan bola kam deganda 6 oylik bo‘lib, yashash belgilari davom etsa, tirik hukmida qabul qilinadi va o‘lgan taqdirda shunga ko‘ra hukm etiladi (beriladi). Shofe’iylardan Muzaniy ham ayni fikrda.

b) Imom Abu Hanifa bilan imom Molikka ko‘ra, bolaning tushishiga sabab bo‘lganni javobgar qilish uchun, bolaning onasi tirik bo‘lishi kerak. O‘lgan onaning rahmidan bola tushirilsa, tushirilishiga sabab bo‘lgan kimsa javobgarlikka tortilmaydi. Chunki, onaning o‘lishi bolaning ham rahm (bachadon)da o‘lganiga ochiq sabab sifatida qabul qilinadi. Ammo, onasi o‘lishi bilan barobar, bola tirik tushsa, bunga sabab bo‘lgan kishi javobgar bo‘ladi. Bola o‘lgan taqdirda, diyyat o‘taydi. O‘lmagan taqdirda onasining o‘lganligi uchun sababiga ko‘ra jazo beriladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:38:58

Bola tushishiga sababchi bo‘lganga beriladigan jazo

Bu jazo qilingan fe’lning turiga, niyatiga va oqibatiga qarab belgilanadi. Umuman, besh qismdan iborat:
1. Homilaning ona rahmidan o‘lik tushishi;
2. Homilaning ona rahmidan tirik tushib, so‘ng o‘lishi;
3. Homilaning ona rahmidan tirik tushib o‘lishi yoki boshqa bir sabab bilan yashashi;
4. Homilaning ona rahmidan tushmasligi yoki ona o‘lgach tushishi;
5. Onaga yetkazilgan ozordan kelib chiqqan natija — oqibatlar...

1 — Homilaning ona rahmidan o‘lik tushishiga sabab bo‘lgan fe’ldir. Bu fe’lni qilganning jazosi, homilaning diyyatidir. Bu diyyat bahosi 5 ta tuya bo‘lgan, bir qul yoki joriya ozod etishdir.

Haqiqatdan Abu Hurayra (r.a.) eslatadilar:
"œHuzayl qabilasidan ikki ayol janjanlashdi. Biri qo‘liga tosh olib, ikkinchisiga otib ham uni, ham rahmidagi homilasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Da’vo Rasulullohga yetdi. Janobimiz (s.a.v.) ona rahmidagi homilaning o‘lgani uchun u bir qul yoki joriya ozod qilishini va o‘ldirgan ayolning diyyatini o‘ldirganning ota tarafidan yaqinlari o‘tashlarini qaror qildilar".

Ozod etiladigan qul topilmagan taqdirda (hozirgi davrda qullik, joriyalik yo‘q) uning o‘rniga 5 ta tuya to‘lanadi. Bunda olimlar ittifoqdirlar. Tushirilgan homilaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi jazo o‘zgarishini lozim qiladi. Faqihlarning aniqlanishicha, qiz diyyati — o‘g‘il bola diyyatining yarmidir.

Homilaning diyyati — qasddan qilingan jinoyat bo‘lsa, og‘irlashtiriladi, xato tufayli (o‘lgan) bo‘lsa, yengillashtiriladi. Qasddan jinoyat qilinsa, diyyat jinoyat qilganning ota tarafidan yaqinlariga yuklatilmaydi, xato tufayli qilinsa, yuklatiladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:39:17

Homila tushirilishi sababli lozim diyyat kimlarga beriladi?

Avval shuni aniqlab olaylik, homila tushishiga sababchi bo‘lgan ya’ni, shu jinoyatni sodir qilgan kimsa, xoh shu homilaga sohib onaning o‘zi bo‘lsin, diyyatiga voris bo‘lolmaydi.
Hanafiy, shofe’iy, hanbaliy mazhablariga ko‘ra, olingan diyyat homila vorislariga faroiz usuliga ko‘ra taqsim etiladi.
Imom Molik hazratlariga ko‘ra, olingan diyyat faqat bolaning onasiga beriladi. Imom Lays ham shu qarash tarafidadir.
Har qanday bir fe’li sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun alohida diyyat lozimdir.

2 — Homila ona qornidan tirik tushib, so‘ng o‘sha fe’l sababi bilan o‘lishidir. Yuqorida aytilgandek, ba’zilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa, komil diyyat zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta o‘rtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi. Komil bo‘lmagan diyyat o‘rtachaga yaqin 5 ta tuyadir.
Bola tushgach ona o‘lsa, qilingan jinoiy fe’l sababli bolasini tushirgach, ona o‘lsa, bola uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham xato bilan o‘ldirilgan bo‘lsada, alohida bir diyyat kerakdir. Qasddan o‘ldirgan va ma’lum bir asbob qo‘llagan bo‘lsa, qasos lozimdir.

3 — Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat ta’zir jazosi lozim. Buni esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir sabab bilan o‘lsa ham, uning tushishiga sababchi bo‘lgan kimsaga boshqacha bir jazo berilmaydi.

4 — Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi o‘lgach tushishi. Jinoyatchi qilgan bir fe’l sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasada o‘lgach tushsa, bola tushishi uning fe’li (aybi) bilan bo‘lmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat ta’zir beriladi ya’ni, ta’zir jazosiga tortiladi. Ammo mutaxassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning tushishiga uning fe’li sabab bo‘lgani aniqlansa, diyyat lozim bo‘ladi.

5 — Onaga yetkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining fe’li onaga aziyat bergan yoki og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lsa shunga qarab jazo belgilanadi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:39:30

Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori

Bir odam homilador ayolga homilasini tushirish uchun bir dori bersa, ayol bu dorini qabul qilib, bolasini o‘lik tushirgach, o‘zi ham o‘lsa, bunda qasdga o‘xshash jinoyat sodir etilgan, ya’ni homilani tushirish hodisasi sodir bo‘lgan. Bunda homila uchun bir diyyat lozim, ayolni esa qasdga o‘xshash mazmunda o‘ldirgani sababli ham og‘ir bir diyyat shartdirki, bu 120 tuya bo‘lur.

Homila tushishiga sabab bo‘lgan kimsaga diyyatdan boshqa kafforat ham lozim. Bu imom Shofe’iy bilan imom Hanbalning qarashi va ijtihodlaridir. Imom Molikka ko‘ra, bu o‘rinda kafforat mandubdir, vojib emas.

Imom Abu Hanifaga ko‘ra, homila o‘lik tushsa, faqat diyyat kerak. Tirik tushsa, kafforat ham kerakdir. Kafforat ma’lum bo‘lganidek bir qul ozod qilmoq, yo‘qsa 60 faqirni to‘ydirmoq yoki kiydirmoq yoki 60 kun paydar-pay ro‘za tutmoqdir. Shu bilan birga homilani tushirgan jinoyatchiga kafforat ham shart yoki shart emasmi — bu xususda faqihlarning farqli qarash va aniqlanishlari bor.

Ammo diyyat xususida aytganlarimizdan tashqari farqli qarash va ijtihod yo‘qdir. Tabiiyki, to‘rt mazhabning qarash va ijtihodini nazarda tutmoqdamiz.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:39:41

Ayollarning ijtimoiy huquqlari

Er-xotinning o‘zaro haqlari. Mahr nima?

"œ... ayollarga nisbatan erkaklarda bir daraja
(ziyodalik) bor..."[/b] (Baqara surasi, 228-oyat)

Ayolning eri zimmasidagi haqlari

Ayolning eri oldidagi haqlaridan birinchisi mahrdir. Mahr — o‘zi rozi bo‘lib oila qurishga ixtiyor qilgan qizga yo ayolga kuyovning ko‘ngildan chiqarib beradigan hadyasidir. Mahr — ayolga islom tayin etgan haqdir. Insonlar islomdan avval bu haqqa keragicha rioya etmaganlar, shuningdek, bugun ba’zilar bu haqni deyarli unutishgan ko‘rinadi. Bu xususda hazrati Alloh shunday marhamat qiladi:
"œXotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz!..." (Niso surasi, 4-oyat).

"œ...Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan  mahrlarini beringiz!..." (Niso surasi, 24-oyat).

Islom mahrni ayolning haqqi qilib tayinlashi bilan bu mulkni tasarruf qilish haqqi ham faqatgina shu ayolga tegishli. Islomda mahr belgilaganda me’yordan, chegaradan chiqmaslik kerak. Mahrni ayol faqat nikohdan keyingina oladi. Lekin ayol mahrdan voz kechishi ham mumkin.

Agar ayolning eri o‘lsa yoki u bilan ajrashsa, bu olinmagan mahr o‘z-o‘zidan kuchga kirishi mumkin. Ya’ni, bir erkak ajrashmoqdan oldin mahrni to‘lash kerak ekanligini xotirlasa, duch kelgan paytda taloq aytishdan o‘zini tiyadi. Demak mahrda ajrashishni o‘nglash, oldini olish ma’naviy xususiyati ham bor. Bundan tashqari, oldin olsin, keyin olsin, bir miqdor mulkka sohib bo‘lgan ayol o‘zini amniyatda his etadi, eriga mute’ bo‘lish qo‘rquvidan qutiladi. Imom Molik ham mahrni bu sohada xarjlanishini majburiy hisoblaydilar va ilova etadilar: "œXalifa Umar ibn Abdulaziz viloyatiga shunday farmoyish tarqatdi: "œOtasi bo‘lsin yoki yana boshqasi bo‘lsin, bir ayolni turmushga uzatarkan, mahrdan tashqari ehson, ikrom turidan o‘zi uchun so‘ragan, istagan narsa ayolnikidir".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:39:55

Mahrning ozi maqbuldir

Mahr bu- nikoh paytida kuyov tomonidan kelinga beriladigan va qaytarib olinmaydigan sovg‘a. Mahr miqdori nima va qanday? Bu xususda bir-biridan farqli miqdorlar ko‘rsatilgan. Islom bu xususda qat’iy bir raqamni aytmaydi, aks holda vaqti kelib bu turli qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu va boshqa sabablar bilan mahr masalasida miqdor qattiq qo‘yilmagan. Bu raqam 5 va 12000 dirham orasida. Hazrati Alidan (r.a.) naql etilgan bir rivoyatda, 5 dirhamdan oz bo‘lmaydi, deyilgan. Boshqa bir rivoyatda esa, eng oz miqdor 10 dirham deb ko‘rsatilgan.

Ibrohim an-Nahoiy hazratlari shunday deydilar: "œIslomning avvalgi davrlarida ozod ayollarga nasli past, xulqi yomon xotinlarga haq berganday mahrlariga bir-ikki dirham berilishini xush ko‘rmasdilar, eng ozi 20 dirham berilishini istashar edi".

Zayd ibn Aslam shunday deganlar: "œQadimiy kitoblarda bitilgan: "œBokiraning mahri 40 dirham, tulning mahri 20 dirham-ki hech kimsa zino qilib ham "œMen uylanishga imkon topolmadim", demasin".

Hazrati Oysha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat etgan hadisda: "œAyolning hosiyatli, omadli, baxtiyor ekaniga ilk ishorat to‘y ishlarining va mahrining qulay, oson bo‘lishidir". Urva ham, men ham: "œAyolning xosiyatsiz ekaniga ilk ishorati mahrning ko‘p bo‘lishi deymiz".

Bundan ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol mahri turmushni qulaylashtirish va osonlashtirish uchundir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:40:49

Mahrning ko‘pi makruhdir

Ummatning ko‘pligi bilan iftixor etajaklarini bildirgan suyukli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ko‘p mahrdan xursand bo‘lmasdilar.

Abu Xodrad al-Aslamiy boshdan kechirgan bir hodisani shunday hikoya qiladilar. "œUylandim, kelib Rasulullohdan (s.a.v.) mahr uchun yordam so‘radim. "œQancha berding?", dedilar. "œ200 dirham", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "œAgar pulni Butxon darasidan cho‘mich bilan to‘plasangiz ham, bunchalik ko‘p bermasdingiz!", dedilar.

Mahr kuyov tarafning imkon va roziligiga qoldirilgan. haqiqatdan, buni quyidagi hadislarda ochiq-oydin ko‘rish mumkin:
Bir majlisda Rasululloh (s.a.v.) ikki-uch marta: "œErsiz ayollarni turmushga bering!", dedilar. Shundan keyin bir odam "œMahr qancha yo Rasululloh?", deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) "œKelishuvlaringizga bog‘liq", dedilar.

Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat etilgan bir hadisda esa: "œBir odam guvohlar huzurida uylanganda mahrni oz yo ko‘p berishida monelik yo‘qdir",-deya marhamat qilingan.

Hazrati Ali karramallohu vajhahu ham: "œMahr juftlar kelishuviga ko‘ra", dedilar. Hasan Basriy ham: "œMahr oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin — tomonlar roziligiga tobedir", der, buning ma’lum bir vaqti yo‘qligini so‘zlardilar.

Bu rivoyatlardan anglashiladiki, mahr miqdori zaminu zamonga ko‘ra o‘zgarmoqda. Bu miqdor Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida me’yoriy (normal) hollarda 10-12 uqqa (400-500 dirham) orasida bo‘lardi:
Abu Hurayra (r.a.) "œRasululloh (s.a.v.) zamonlarida mahr 10 uqqa edi, har uqqa 40 dirham edi", deydilar.

Qayd etilgan