Ayolning uy ishlarini qilishi
Har bir xotin uy ishlarini qilib, hovli va uylarini toza tutmog‘i kerak. Bu xususda mazhablarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da, quyidagi hadis fikrimizga oydinlik kiritadi:
Hazrati Ali karramallohu vajhahu ibn Obudga shunday dedilar: "œSenga o‘zim va Fotimadan gap ochaymi?" U: "œha" degach, shunday marhamat qildilar: "œFotima qo‘l tegirmonini torta-torta qo‘lini, suv tashiy-tashiy yelkasini qabartirdi, uyni supura-supura libosining ohori ketdi, oqardi". O‘sha kunlar Payg‘ambarimizga (s.a.v.) xizmatchilar kelgandi. "œMen otangdan bir xizmatchi so‘ra", dedim. U ketdi, otalari band ekanlar, bir narsa deyolmasdan qaytib keldi. Ertalab yana bordi. Rasululloh (s.a.v.): "œNima so‘ramoqchisan qizim", dedilar. Fotima indamadi. Men, "œmen aytayin yo Rasululloh", dedim va "œFotima tegirmon tortishdan qo‘llari, suv tashishdan yelkasi qabardi. Sizga xizmatchilar kelishi bilan borib sizdan bir xizmatchi so‘rashini, shu tariqa yukini yengillatishini aytgan edim". Rasululloh (s.a.v.) qizlariga qaradilar: "œAllohdan qo‘rq, ey qizim Fotima, Allohning farzlarini ado et, uy ishlarini qil, o‘rningga yotganingda 33 marta Alhamdulilloh, 33 marta Subhonalloh va 34 marta Allohu Akbar deya tasbeh ayt; hammasi yuz bo‘lur. Bu sen uchun xizmatchilardan xayrliroqdir", dedilar.
Fotima ham "œMen Allohdan va Rasulidan roziman", dedi. Rasululloh (s.a.v.) xizmatchi bermadilar .
Islom er-xotin orasidagi haqlarni tartib-intizomga solish uchun qo‘ygan asoslar fitriy va tabiiydir. Erkak uydan tashqaridagi ishlarni, ayol bola boqish va uy ishlarini yaxshi biladi. Erkak ham, ayol ham tabiatiga mos ishlarni qilishga mukallafdirlar. Shunday qilib, xonadon ham tashqaridan, ham ichkaridan tartib-intizomga solinadi. Bundan ayol ham, erkak ham zarar ko‘rmaydi.
Hazrati Fotimaning (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) uy ishlariga bir yordamchi so‘rashini va natijasini ko‘rdik. Endi hazrati Abu Bakrning (r.a.) qizi Asmoning (r.a.) hikoyasini tinglaylik:
"œUy ishlariga qarab, barcha uy yumushlarini qilardim. Erim Zubayrning bir oti bo‘lib, uni ham men boqardim. O‘tini, suvini berardim, qova (chelak)ni men yamar, suvni men tortardim. Xamir qorardim. Bir farsahga yaqin masofadan boshim ustida xurmo va danaklarini tashirdim".
Bu ikki hadis uy ishlari ayolga, tashqi xizmatlar erkakka taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana bu hadislarida xotinning eridagi yana bir haqqiga ishorat qilmoqdalar: "œXotinlaringizda shu haqqingiz bor: istamagan kishilaringizni uyingizga qo‘ymaslik".
Mana bu hadis ham ibratlidir:
"œ... o‘ziga dunyoligini ta’min etgan erining orqasidan ochilib-sochilgan xotinning yuziga Qiyomat kunida Alloh boqmaydi...".
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana shunday marhamat qiladilar: "œBarchangiz cho‘pon (rahbar)siz va hammangiz qo‘l ostingizdagilarga javobgarsiz; amir halqiga javobgar. Erkak oilasiga rahbar, oilasiga va qo‘l ostidagilarga javobgar. Ayol eri haqlarining cho‘poni, uyiga va bolalariga mas’ul. Xizmatchi xojasi haqlarining cho‘poni va moliga javobgar. Shu sababdan barchangiz (boshliq)siz va hammangiz qo‘lingizdagilarga javob berasiz. Shunday ekan, masalalarga javob hozirlangiz. Ashob "œJavoblari nima yo Rasululloh", deyishdi. "œYaxshi amal (ish)lardir", deb javob berdilar".
Ayol erining molidan eri rozi bo‘ladigan miqdorda sadaqa bergan taqdirda savob qozonadi. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œBir ayol uy intizomini buzmaydigan shaklda erining molidan sadaqa bersa o‘zi ham, eri ham savobga sazovor bo‘lur".