Zavjiyat sirlarini saqlamoq
Jimo’ — mahram va shaxsiy mavzu. Xastalik va doktorga borish zarurati bo‘lmaguncha maxfiy tutilishi kerak. Bu xususda Allohning va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amrlari bor. Alloh taolo:
"œ...(Ayollar ichida) solihalari — bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir..." (Niso surasi, 34-oyat).
Mufassirlar oyatda kelgan "œsaqlovchi" kalimasi zavjiyat sirlarini ham o‘z ichiga olishini aytganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham turli hadislarida bu masalaga munosabat bildirganlar va ummatni yaxshi axloq, go‘zal xulq egasi bo‘lishga chaqirganlar: "œMuhojirlardan tashqari barcha ummatim avf etilgandir". "œMuhojirlar kimlar yo Rasululloh?" deyishganida, u zot: "œUlar shunday kimsalarki, kechasi (tunda) bir ish qiladi, Alloh buni bekitadi, ular esa ertalab turib "œkechasi unday qildim, tunda bunday qildim" deya u sirni oshkor etadi", dedilar.
"œAlloh huzurida eng yomon kimsalar bir-birlari bilan qilgan zavjiyat munosabatlarini boshqalarga aytib yurguvchilardir", deganlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Abu hurayra (r.a.) hikoya qiladilar: "œBir kun Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qiganlaridan keyin muborak yuzlarini bizga qaratib: "œJoyingizga o‘tiring", dedilar va so‘radilar: "œIchingizda oilasi bilan bo‘lgan tungi mashg‘ulotni unda-bunda aytib yuruvchilar bormi?" Ashob jim. Ayollardan so‘radilar. Yosh bir qiz tizzasida turib, Rasululloh (s.a.v.) ko‘rishlari uchun bo‘ynini cho‘zib, "œHa, erkak va ayollar shunday narsalarni suhbatlashadilar", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œBu nimaga o‘xshaydi, bilasizlarmi? Bunday ish tutganlar ko‘chada, xalqning ko‘z o‘ngida bir-biri bilan chatishgan shaytonlarga o‘xshaydilar", dedilar".