Moderatorlar sahifasi  ( 55765 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


AbdulAziz  14 Iyun 2006, 13:48:53

Assalomu alaykum aziz ishtirokchilar va moderatorlar!
Ushbu mavzuni ochishdan maqsadimiz moderatorlar va ishtirokchilar bir bo'lib, Ziyo Uz sayti va forumini rivojlantirish, fikr almashishdir.

Sayt va forumimiz haqida o'z mulohaza, taklif, tanqidlaringizni shu yerda qoldirishingiz mumkin.

Hurmatli moderatorlarimizning ham forum administratsiyasi bilan bog'liq muammo va mulohazalarini shu yerda mukoama qilamiz.

Arxiv

Qayd etilgan


shoir  01 Oktyabr 2006, 07:05:59

Assalomu alaykum AbdulAziz!
Yaxshimisiz?
Men Kutubxona bo'limida o'zbek va jahon adabiyoti katalogini tuzib chiqmoqchi edim.
Shunga adabiyot, she'riyatga oid linklarni topishda yordamingiz kerak.
Nima deysiz?

Qayd etilgan


shoir  24 Noyabr 2006, 07:33:33

Assalomu alaykum AbdulAziz!

Kutubxona bo'limiga Русская и иностранная литература degan bo'limcha ochib bersangiz.
Rus tilida hamda boshqa tillardagi adabiyotlardan joylar edik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Noyabr 2006, 02:53:18

Va alaykum assalom Shoir!
Siz so'ragan bo'limni ochib qo'ydim.

Bemalol foydalanishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Usmon  12 Mart 2008, 10:01:10

Assalomu alaykum!
Buni qayoqqa yozishni bilmay, shu yerga yozaverdim...
Ba'zi jiddiy sabablarga (:D) ko'ra, Darsxonaning ba'zi bo'limlarida postlar to'xtab qolgan edi. Xudo xohlasa, 1-2 kun ichida yana boshlaymiz. (Agar kimdir qiziqqan bo'lsa-da :D)

Qayd etilgan


Murod_bek  12 Mart 2008, 15:03:00

Vaalaykum Assalom! Usmon!
Photoshopdagi darslarizga qiziqaman. Photoshopdan ko'proq dars o'ting..

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Mart 2008, 16:25:59

Usmon. Alloh rozi bo'lsin!
Davom ettiravering.
Ko'pchilik uchun foydali darslar uchun tashakkur!

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Mart 2008, 19:54:36

Assalomu alaykum!
Buni qayoqqa yozishni bilmay, shu yerga yozaverdim...
Ba'zi jiddiy sabablarga (:D) ko'ra, Darsxonaning ba'zi bo'limlarida postlar to'xtab qolgan edi. Xudo xohlasa, 1-2 kun ichida yana boshlaymiz. (Agar kimdir qiziqqan bo'lsa-da :D)

Va alaykum assalom!
Usmon, bu darslaringizga qiziquvchilar soni juda ko'p. Buni statistikadan ham ko'rib turibmiz.
Alloh ishlaringizga rivoj bersin!
Bemalol davom ettiravering.

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Dekabr 2008, 00:27:59

Assalamu Alaykum. Meni bir narsa qiziqtiradi. Nega forum moderatorlarining moderatorlik belgisi boshqa, ya'ni o'zi moderator bo'lmagan bo'limda ko'rinmaydi? Lekin Rukhiya ismli moderatorniki hamma bo'limlarda ko'rinaveradi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Dekabr 2008, 05:06:35

Assalamu Alaykum. Meni bir narsa qiziqtiradi. Nega forum moderatorlarining moderatorlik belgisi boshqa, ya'ni o'zi moderator bo'lmagan bo'limda ko'rinmaydi? Lekin Rukhiya ismli moderatorniki hamma bo'limlarda ko'rinaveradi.

Chunki u kishi Global moderator - xalqaro moderator hisoblanadilar. Shuning uchun istalgan bo'limda ular moderatorlik qilishlari mumkin.

Qayd etilgan