Moderatorlar sahifasi  ( 56325 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 12 B


Муҳаммад Соҳиб  17 Noyabr 2009, 00:29:26

Assalomu Alaykum.

Muhammad Sohib, birodar, iltimos boshqalarga muomala qilganda qo'pollashmang.
. Xöp, harakat qilaman. Musannif birodar, siz ham bu gapingizni faqat men ozgina qöpollashganda emas,  balki öta beodoblik qilgan RADIKAL birodarlaringizning chiqish qilganda ham ayting. Bu qadar mening Xaqni aytib qöpollashganimdan qalbiz örtanayotgan ekan, Nohaq tuhmatlarni Olimlar sha'niga yozayotgan pastkashlarning harakatida ham örtaning. Ularga ham barchani köz öngida özingizni odobli körsatib, menga tanbeh berganiz kabi tanbeh bering. Salafiylar tubanlikka borganda közingizni yumib olmang... Yana bir milyon qancha vahokozo noxolisligingizni yöqoting

Assalomu Alaykum.

Biroidar, Siz noxolisligimizni ham, o'sha birodarlarimizning Siz ayblagan jihatlarini ham misol bilan keltirsangiz, biz Insha Alloh javob beramiz.

Keyin yana bir gap: Sal ko'nglingizni oching. Har narsaga asabiylashib, qora bo'yoqlarda ko'ravermang. Asab ham kerak, birodar. Bu gaplarimni piching maqsadida emas, o'z ma'nosida aytdim.

Salomat bo'ling. 
. Birodar, uzingizni aldamang. ALLOHdan ozgina qörqish kerak. Butun boshlik ulamolarga ayni shu forumda böxtonlar bölganda jim turganingiz, fitna urugini sochib, hammani haqorat qilganlar bölganda mum tishlab, sizni yolg'on ma'lumot tarqatayotganingizni fosh qilib qöygan menga adovatingizni yashirib tura olmay, faqat men tartibsizlik qilgan joyda paydo bölishingiz yetarlik asos. Birodar kulgumni qistatib misol söramang. Aks holda, Chin möminlarning nafratiga qolasiz. Chunki misollarni keltirsam mavzuni biror 10 sahifaga borib qoladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 22:55:16

 :as:

Bugun ertalab 11:27da "Ayol va erkak kishini namozida farq bormi?"mavzusidagi Muhammad Sohibni postlari o'chirildi.
SABAB: Boshqa bir musulmonni e'tiqodiga va qilayotgan ibodatiga daxldor bo'lgani uchun. Buni hisob kitobini faqat Allohga qo'yiladi. Bandani bunga haqqi yo'q.

Qayd etilgan


lolo  18 Noyabr 2009, 08:14:14

Va yana bu kabi masalalarda bir narsani unutib qo'yishmoqda. Shu namoz va boshqadagi farqlar faqat sunnatdagi farqlardir. Buni birodarlaga majburlashga ham, masxara qilishga ham hech kimni haqqi yo'q. Kimdir u sunnatga amal qilsa, kimdur bunisiga. Bilmasam bular nega bunday bb ketishdi ekin?!

Qayd etilgan


shoir  18 Noyabr 2009, 12:18:03

Lolo, sizning islomiy bo'limdagi ba'zi postlaringizni men o'chirdim.
Sababi: Off-top bo'lgani uchun.
Sizning kamchiliklaringizdan biri: biron bir mavzuni to'liq o'qib chiqmaysiz,. Natijada, ba'zida  mavzu bog'dan kelsa, siz tog'dan kelib qolasiz.
Keyingi asosiy muammoingiz: biron bir fatvo haqida fikr bildirar ekansiz, o'zingizning kallangiz bilan qarshi fatvoni aytasiz. Islomiy bo'limda esa bunaqa ketmaydi. Chunki, siz olim emassiz, yo'q bu noto'g'ri, aslida shunday bo'ladi, degani. Shuning uchun bunaqa yozishdan avval gapingizni asoslaydigan, ma'lum bir sahih olimning fatvosini keltiring.

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2009, 14:30:40

Assalamu alaykum.
"Forumchilarning yoshlikdagi suratlari..." mavzusidagi mani va boshqa 1-2 userlarni o'chirishga arzimaydigan postini o'chiribsiz?
NIMAGA? JUDA QIZIQ?
Mavzudan tashqari gap bo'madi-ku axir.

JUDA O'CHIRMOQCHI BO'LIB TOPA OLMAYOTGAN BO'LSANGIZ 1-2 SSILKALARNI BERVORARDIK O'CHIRISHGA.
ODAMNI DILINI BEXUZUR QILADIGAN QANCHA POSTLAR TURGANDA O'CHIRISHGA ARZIMIDIGAN POSTLARNI O'CHIRISHINGIZ JUDA QIZIQ!!!???

O'chirgan MODERATORmi, ADMINISTRATORmi loqal PM orqali tushuntirvorsalar maqsadga MUVOFIQ bo'larmidi.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Dekabr 2009, 20:33:49

Mavzuga Sig'magan Mulohazalarni enga yopib qo'ydila? ::)

Assalamu alaykum.
Sizdan uzr so'rayman.
Agar biz bo'ynimizni egiib jim ketganimizda bu mavzu yopilmasdi. Ayb bizda....
Ming bora uzrrr...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2009, 08:17:24

Mavzuga Sig'magan Mulohazalar mavzusi qayta ochildi. Lekin uning ichidagi befoyda tortishuv olib tashlandi.

Qurbon tadbiri mavzusi yopish kerak bo'lgan mavzu emas. Uni off-topga to'ldirilganligi uchun keraksiz mavzuga aylangandi. Lekin vaqtida, uning ichidagi keraksiz tortishuvlar olib tashlanibdi.

Doim shunaqa, forumda 1-2 kun kirmasam... keyin kayfiyatim tushib o'tiraveraman... Birodarlar, men sizlarni necha o'n martalab ogohlantirdim. Zotan, forumga kirayotganingizda ham uning qoidalariga "Roziman!" deb kirgansiz. Nahyi munkarni necha bora qildim. Endi buyog'iga xafa bo'linmasin.

2 kun ichida forumga to'lgan achchiq-achchiq yaralarni hozircha Diydiyolar daftari deb to'plab qo'ydim. Yaxshilab ko'rib to'yib olinglar. Inshaalloh ertaga uniyam, o'chiraman. Yana shu mavzuga qaytish barcha uchun ogohlantiruv bilan yakun topadi.

Har ne o'ylasangizda bu ishdan xayr yo'q. Forumdan maqsadimiz kimnidir dilini og'ritish, kayfiyatini barbod etish emas. Undan boshqa ezgu maqsadlar ko'zlaganmiz. Iltimos, asl maqsaddan chalg'imanglar!

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2009, 15:07:59

1. Yo'q, aslo kulgili emas. Va aytganimdek, bu bir kunlik mavzu xolos. Inshaalloh, ertayaoq uni o'chiraman.

2. "Arbuzchi  aybdor degan propaganda ketvotti" degan fikr - bu sizning mulohazangiz. Mavzuni tashkil etishda men ushbu janjalni ke;ltirib chiqargan barcha postlarni ko'chirganman. Postlar esa sanasiga ko'ra tartiblanadi. Shunga ko'ra Arbuzchining posti birinchiga chiqqan.

Imlaah, MS (kim u) ni postlarini men ko'rmadim. Linkini bersangiz, ularni ham diydyolarga ko'chirib qo'yaman.

Arbuzchini hech kim aybdor degani yo'q. U forum qoidalarini yana buzgani uchun ban qilindi.

Sizni yana bir bor ogohlantiraman. Yuqorida aytganimdek, bu mavzu yopildi. Yana shu mavzuga qaytish siz uchun ban bilan yakun topadi.

Qayd etilgan


Shokirbek  02 Dekabr 2009, 15:44:45

Ming bor uzr, shu yerda biroz fikrimni aytib o'tsam men ham.
Menimcha ham o'qigan odam shunday (Chehmik aytgan) mulohaza keladigan qilib qo'yibsiz. Admin.lik juda og'ir ish, moderlik ham, buni yaxshi tushunaman. Sizning bu ziyoga to'la saytda olib borayotgan ishingizning nechog'li ulkanligini, ulug'ligini qadrlagan holda bir mulohazani aytishga jur'at etdim. Buni ayniqsa moderatorlar zinhor ko'zdan qochirmasliklari lozim. Ko'pincha (balki har doim) masalaga kishi o'zining mavqeidan emas, balki har bir userning joyidan, uning o'rnidan qarashga to'g'ri keladi, toki biror userni noto'g'ri anglab, noto'g'ri xulosa chiqarib qo'ymaslik, binobarin, noto'g'ri hukm chiqarib qo'ymaslik uchun. Bunday paytda forumda yozilgan qoidalar va bu boradagi shar'iy ahkomlarning taqozosidan tashqari, bu holga olib kelgan omillar, motivlar har jihatdan, shuningdek, har bir (bu muammoda ishtirok etgan) user   yaxshi o'rganilishi juda zarur. Buni shariat usulida (usulul fiqhda) "tanqihul manot" deb ataydilar, ana undan keyin masalaning "tahqiqul manoti" chiqarilib, bir hukmga kelinadi. Buni men aytguncha ham shu paytga qadar qilib kelganingizga ushbu saytning gurkirashiyoq, shu zebo holatida turganiyoq bildirib turibdi, sizdan Alloh rozi bo'lsin. Lekin ayni mana shu muammoda ba'zi yengil chalg'ish bordek tuyulayapti. Har holda bu mening shaxsiy mulohazalarim edi, yana Alloh biladi.

Qayd etilgan


Shokirbek  02 Dekabr 2009, 15:48:34

Keyin yana bir boshqa kichik mulohaza. Yozilgan postni tahrirlash uchun berilgan muddat juda qisqa emasmi? Shuni hech bo'lmaganda 5 daqiqa, yo'qsa ko'p forumlardagi singari 10 daqiqa qilib qo'yishning iloji yo'qmi?  : )

Qayd etilgan