Moderatorlar sahifasi  ( 93771 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Chustiy  03 Dekabr 2009, 20:24:09

Odamlar, biroz hovuridan tushdi shekilli, endi sekin biz ham o'z fikrimizni bildirsak ham bo'ladi chog'i...

2006- yili forumdoshlar bilan ko'kaldosh madrasasida iftorlik uyushtiriladi, o'sha paytdayam forumdosh qizlar garchi kelib choy tashishmasada, o'z hizmatlari ila (pishiriq pishirib o'zlari op kelib) hissa qo'shishadi.. Buni qarangki hozirda "nomahram" deb e'tiroz bildirganlar o'sha paytlardayam forumga a'zo edilar ammo hech narsa deyishmaydi..

O'tgan yili, Hadicai Kubroda bo'ladi, ayollar madrasasiga 3-4 marta boriladi va har borganda eng kamida 2-3 erkak kishi borishadi, shu formdan ham 3-4 kishi boradi vaholanki u yerdagilar ham bir biriga nomahram edi, lekin maqsad nomahramlani tomosha qilish emas edi.. Yuqoridagidek hech kim "g'in" demaydi..

Yana o'tgan yili Ramazon oyida, Buhorolik forumdoshlar birgalikda, Alloh ulardan rozi bo'lsin, birgalashib, tadbir uyushtirishadi, tadbirda sal kam 10 kishi qatnashadi, qatnashchilarning bari bir biriga nomahram bo'lgan forumdoshlar edi... O'sha, paytdayam hozirda e'tiroz bildirganlar shu yerda edilar, ammo... Ammo hech kim "miq" etmaydi, aksincha rahmat deb haqlariga duolar qilishadi... Bunday hol keyinroq, Qurbon Hayti munosabati bilan ham, Aziza bintni Bahrom sinimizni dadalari so'ygan jonliqlari sababli yana takrorlanadi.. Odamlar yana jim...

Shu paytda pararell vaqtda Toshkentdayam, 1- va 2- muruvvat uyida, forumdoshlar boshchiliga, 3- dekabr halqaro nogiron bolalar kuni munosabati ila tadbir tashlilashtirlgan edi, shundayam kaminda 6-8 bola, 3-4 qizlar qatnashishgan, (Alloh ulardan rozi bo'slin) qatnashishdan maqsad bir biri bilan ko'z urishtirish emas edi... Lekin bu forum bilan birga, arbuzniyam muntazam ravishda kuzatadiganlar, na bu yerda va na u yerda indashmagan aksincha, duo va rahmatlar aytishgan...

Biroz vaqt, otgach, yilning so'ng uchrashuvi uyushtiriladi, uchrashuva agar hotira pand bermayotgan bo'lsa 10dan  oshiq bolla va 5-6ta forumdosh opa singillayam ishtirok etishadi, bollani ichida, bu forumda faol bo'lgan userlar bilan birga, bu forumda, anchagina hurmat, ilm, aql va taqvo egasi sanalgan va voqelikni chuqurron o'rganmay turib, dil hira qilguvchi, postlarni hammasini o'chirish o'rniga, ularni diydiyoga aylantirgan, forum va sayt admini ham bor edi...
Bunga o'xshash holat, keyinroq, JuraleUzb okani ijodiy kechasidyam kuzatildi... Lekin odamlar negadur yana jim, qaytanga,  bunday kechalarni rasmi va videosini, va hatto WI FI orqali onlineda tele ko'prik o'rtanishniyam aytishdi...

Bu yil ham, bir necha forumdoshlar bilan va forumdosh bo'lmaganlar bilan 1- nogiron bolalar uyiga borildi, undayam bir biriga nomahramlar birgalashib borildi.. Lekin undayam odamlar jim edi....  Bu kabi holatlar eng kamida bir hafta oldin bo'lmasam bir hatto bir necha oy oldin ham e'lon berilgandi...

WAllohu a'lam forumdagilani, hoh u muslim hoh u muslima bo'lsin, nomahramlar orasida yuramay, faqat mahramlari bilan yurib yoki ishlaydigan yoki uyida o'tiradigan judayam ozchiligi barmoq bilan sanaydigan darajada bo'lsa kerak. Qolgan 80-90% esa nomahramlar bilan o'qib, ular bilan ishlidigan va ular bilan birga yurishga, muomla qiladiganlar (ish va o'qish sababli) bo'lsa kerak... Shahsan o'zim ish sababli kuniga bir necha o'ndan oshiq nomahramlar bilan gaplashishga tog'ri keladi...
Baraka topgurlar, o'zimizda yo'q narsani bor qilib ko'rsatib, u yoq bu yoqdan copy+paste qilib hayotga faqat vertual qaramasdan, real qarashniyam o'rganaylik...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2009, 00:32:10

Mana buni haqiqiy "Diydiyo" desa bo'ladi!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2009, 00:49:57

Intellekt bo'limidagi "Milliongacha sanaymiz" mavzusi yopildi.
Baribir birovga bir tiyinlik foyda bo'lmayapti. Yana kamiga ba'zi birovlardan sanashni bilmaysilar degan prikol eshitishimiz qoluvdi endi. Yo'q, aslo bunga chidab bo'lmaydi. Mavzu yopildi!

Qayd etilgan


registan  04 Dekabr 2009, 03:25:07

Intellekt bo'limidagi "Milliongacha sanaymiz" mavzusi yopildi.
Baribir birovga bir tiyinlik foyda bo'lmayapti. Yana kamiga ba'zi birovlardan sanashni bilmaysilar degan prikol eshitishimiz qoluvdi endi. Yo'q, aslo bunga chidab bo'lmaydi. Mavzu yopildi!

mana "yoqmaydgan mavzular"  ish berbdi...sila bo'sa yig'ishtir karam sho'rveni deysila...oxirir borib borib XSX qoladiyooov :P

MSMsiz XSXiz offtopxona bo'lib qoladi. ;D

Qayd etilgan


saltanat  04 Dekabr 2009, 06:36:32

Odamlar, biroz hovuridan tushdi shekilli, endi sekin biz ham o'z fikrimizni bildirsak ham bo'ladi chog'i...

2006- yili forumdoshlar bilan ko'kaldosh madrasasida iftorlik uyushtiriladi, o'sha paytdayam forumdosh qizlar garchi kelib choy tashishmasada, o'z hizmatlari ila (pishiriq pishirib o'zlari op kelib) hissa qo'shishadi.. Buni qarangki hozirda "nomahram" deb e'tiroz bildirganlar o'sha paytlardayam forumga a'zo edilar ammo hech narsa deyishmaydi..

O'tgan yili, Hadicai Kubroda bo'ladi, ayollar madrasasiga 3-4 marta boriladi va har borganda eng kamida 2-3 erkak kishi borishadi, shu formdan ham 3-4 kishi boradi vaholanki u yerdagilar ham bir biriga nomahram edi, lekin maqsad nomahramlani tomosha qilish emas edi.. Yuqoridagidek hech kim "g'in" demaydi..

Yana o'tgan yili Ramazon oyida, Buhorolik forumdoshlar birgalikda, Alloh ulardan rozi bo'lsin, birgalashib, tadbir uyushtirishadi, tadbirda sal kam 10 kishi qatnashadi, qatnashchilarning bari bir biriga nomahram bo'lgan forumdoshlar edi... O'sha, paytdayam hozirda e'tiroz bildirganlar shu yerda edilar, ammo... Ammo hech kim "miq" etmaydi, aksincha rahmat deb haqlariga duolar qilishadi... Bunday hol keyinroq, Qurbon Hayti munosabati bilan ham, Aziza bintni Bahrom sinimizni dadalari so'ygan jonliqlari sababli yana takrorlanadi.. Odamlar yana jim...

Shu paytda pararell vaqtda Toshkentdayam, 1- va 2- muruvvat uyida, forumdoshlar boshchiliga, 3- dekabr halqaro nogiron bolalar kuni munosabati ila tadbir tashlilashtirlgan edi, shundayam kaminda 6-8 bola, 3-4 qizlar qatnashishgan, (Alloh ulardan rozi bo'slin) qatnashishdan maqsad bir biri bilan ko'z urishtirish emas edi... Lekin bu forum bilan birga, arbuzniyam muntazam ravishda kuzatadiganlar, na bu yerda va na u yerda indashmagan aksincha, duo va rahmatlar aytishgan...

Biroz vaqt, otgach, yilning so'ng uchrashuvi uyushtiriladi, uchrashuva agar hotira pand bermayotgan bo'lsa 10dan  oshiq bolla va 5-6ta forumdosh opa singillayam ishtirok etishadi, bollani ichida, bu forumda faol bo'lgan userlar bilan birga, bu forumda, anchagina hurmat, ilm, aql va taqvo egasi sanalgan va voqelikni chuqurron o'rganmay turib, dil hira qilguvchi, postlarni hammasini o'chirish o'rniga, ularni diydiyoga aylantirgan, forum va sayt admini ham bor edi...
Bunga o'xshash holat, keyinroq, JuraleUzb okani ijodiy kechasidyam kuzatildi... Lekin odamlar negadur yana jim, qaytanga,  bunday kechalarni rasmi va videosini, va hatto WI FI orqali onlineda tele ko'prik o'rtanishniyam aytishdi...

Bu yil ham, bir necha forumdoshlar bilan va forumdosh bo'lmaganlar bilan 1- nogiron bolalar uyiga borildi, undayam bir biriga nomahramlar birgalashib borildi.. Lekin undayam odamlar jim edi....  Bu kabi holatlar eng kamida bir hafta oldin bo'lmasam bir hatto bir necha oy oldin ham e'lon berilgandi...

WAllohu a'lam forumdagilani, hoh u muslim hoh u muslima bo'lsin, nomahramlar orasida yuramay, faqat mahramlari bilan yurib yoki ishlaydigan yoki uyida o'tiradigan judayam ozchiligi barmoq bilan sanaydigan darajada bo'lsa kerak. Qolgan 80-90% esa nomahramlar bilan o'qib, ular bilan ishlidigan va ular bilan birga yurishga, muomla qiladiganlar (ish va o'qish sababli) bo'lsa kerak... Shahsan o'zim ish sababli kuniga bir necha o'ndan oshiq nomahramlar bilan gaplashishga tog'ri keladi...
Baraka topgurlar, o'zimizda yo'q narsani bor qilib ko'rsatib, u yoq bu yoqdan copy+paste qilib hayotga faqat vertual qaramasdan, real qarashniyam o'rganaylik...

Assalomu-alaykum Chustiy,siz sanab o'tgan o'sha uyushtirilgan tadbirlarda man ishtirok etganim yo'q,man bu forumga shu yil boshida a'zo bo'lganman.Man bu yerdagi ayolu-erkaklarning bir-birlariga bo'lgan samimiy munosabatlarini xavas qilib,man ham shunday odamlar bilan muloqtda bo'lib bilmagan narsalarimni o'rganaman deb a'zo bo'lgandim,yaqin-yaqinlargacha bu xolat go'zal devom etdi, biroq bilmayman ortiqcha xazil-xuzulni yo'qligi,hamma o'z chegarasidan chiqmagan xolda bir-biri bilan muomalada bo'lishi ba'zilarni zeriktirgan ekanmi, forumga bir arbuzchi a'zo bo'lib tuturiqsiz postlar qoldirdiyu,hamma bir-biri bilan nafsoniyatga tegadigan xazil-mazaxga o'tdi,buyam etmaganday "muslima"dagi ba'zi gaplarning tashqariga chiqishi oshib tushdi.Bu tortishuv qizlarimizning u yerga borish-bormasligining orqasidan chiqmadi, balki "muslimadagi" bu gaplarning tashqariga chiqqani va buni bilgan erkaklarning boshqa ayollarga xazil-mazax qilib ustidan kulib Munira xonimga otinoyi deb nom berib masxaraslishini orqasidan kelib chiqdi,o''zingiz o'ylab ko'ring,sizning mahram ayollarinigzni kimdur shunday mazax qilsa indamay jim ketasizmi? o'sha post egasi oldin o'z ayolini,qizini,singlisini, o'sha o'zi haqoratlayotgan ayollar o'rniga qo'yib ko'rib gapirsa bo'masmidi.Shoir o'sha odamning o'ziga qarashli ayollarga gap tegizib post qoldirgan ekan chidolmaptiku,javob yozibdiku,maniyam unga yozgan javobimni o'qigandursiz.O'zinikidan o'zga ayollarni xotirjam xaqorat qilganlarni orqasidan chiqdi bu tortishuv,agar ba'zi erkaklar o'zini bilib forumdosh ayollarga har doimgiday hurmat bilan muomalada bo'lganlarida bunday dil xiralik bo'lmasdi,"muslima"da biz ayollar buni o'zimiz hal qilib bo'lgan edik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Dekabr 2009, 09:47:34

Assalamu alaykum!
Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin!

To'g'ri, avvalo, men xato qildim. Janjal boshlanishi bilan forumga kirib, barcha janjalkashlarning postlarini o'chirib ban qilishim kerak edi. Lekin kechikdim... Yana xato qilib, uni "Diydiyolar daftari"ga to'pladim. Oldin nega o'chirding der edilar, endi nimaga o'chirmading dedilar.
Allohga qasamki, bundan hech qanday g'arazli maqsadni ko'zlamaganman.

Fikr erkinligi... Bu har doim nisbiy tushuncha bo'lgan. Biz amal qiladigan axloq mezonlarining o'ziyoq, fikr erkinligini bo'g'ishga sabab bo'laveradi. Mutlaq fikr erkinligini bilmadim, qayerda talab qilish mumkin.

Xayf debsizlar. Xayf bo'lsa, nega vaqtingizni o'tkazib yuribsiz. Forumga kirmasdan boshqa foydali ish bilan shug'ullansangiz bo'lmaydimi?

Men ham nomahramlar bor uchrashuvda ishtirok etgan edim. Lekin biron joyda bu uchrashuvga bormanglar, dedimmi? Yoki bu safsata dedimmi? "Xatoyim" esa guvillayotgan olovga suv sepib o'chirmoqchi bo'lganimmi? Qarab turishim kerakmidi? Yana qancha asab, qancha dillar vayron bo'lishini kutaymi?

O'sha kuniyoq aytgandim: Yana shu mavzuga qaytish barcha uchun ogohlantiruv bilan yakun topadi.

Shunga muvofiq quyidagi uzerlarga ogohlantirish beriladi:
Y_U_R_I_S_T, TitanUz, Mahdiyah, Chehmik, Chustiy, Registon, Saltanat, AbdulAziz.

OFF: Forumchilarning aksariyatini forumga ilm maqsadida kiradi, deb o'ylardim. Bugun islomiy viktorina natijalarini ko'rib, achindim. Unda qatnashganlarning 75 foizi umuman forumda qatnashmaydigan tolibi ilmlar ekan. Alloh ularning ilmlariga quvvat bersin! Behuda suhbatlardan O'zi asrasin!

Qayd etilgan


Shokir63  04 Dekabr 2009, 22:02:53

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar.

Men anchadan beri forumga kira olmay, uni sog'inib yurgandim. Mana Allohga hamdu sanolar bo'lsin bir necha kundir kara olyapman. Lekin sizga shuni bildirishim kerakki forum oldingi fayzini ancha yo'qotgan.

Bunga sabab nima ekanligini men bilmayman va qidirishni ham xoxlamayman, ammo his etganimni yozib qoldiryapmanki, forumning kelajagini o'ylovchilar qilinishi kerak deb hisoblagan tadbirlarini olishsin.

Postlarni keraksiz, yo zararli deb o'chirishga o'z fikrimni bildiradigan bo'lsam:

Bir paytlar huquqshunozlik institutiga hujjat topshirganimda, do'stim juda ham mas'uliyatli o'qishga hujjat topshiribsanku dedi. Nega dedim.
Qara sening hali u yerga kirish kirmasliging aniq emas, lekin oddiy bir gapimga Nega deb so'rayapsan. Sen u yerda dalillarga tayanib insonlarning taqdiri bilan bog'liq qarorlar qabul qilasan va bularning barchasi uchun javob berish karak bo'ladi degandi.

Postlarni o'chirishga haqli do'stlarimiz juda katta mas'uliyat ostidadirlar. Nega ochirganliklarining sababini yo bu yerda, yo u yerda beradilar. Menimcha u tomonga olib borgandan ko'ra, bu dunyoda hal qilingani maqulroqdek, yana maqulini o'zlari yaxshiroq bilishlari mumkin.

Qadrli postlarni o'chirishga huquqi bor forumdaoshlar, o'chirilgan postlarning sababini aynan bu mavzuda izoh etilishining tarafdori emasman, ammo turli yo'llar orqali bildirilsa yaxshi deb hisoblayman.

Menimcha o'chirilgan postlar post egasiga maktub yuborish orqali bildirilsa, maqulroqdek, negaki o'chirilishi lozim ko'rilgan post nega qaytib boshqa yerda yozilsin va keng omma tomonidan muhokama qilinsin.

Men oldin qoldirgan butun postlarimni tekshira olmayman bormi joyida yo'qmi deb, lekin o'chirgan bo'lsangiz bilingki haqqimni halol ettim, u dunyoda yoqangizdan tutmayman  :D


Qayd etilgan


shoir  05 Dekabr 2009, 07:51:24

Andijonlik MAFIA!
Off-toplar qilmang.
Bu userning birqancha offlari o'chirildi.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Dekabr 2009, 10:28:34

Assalamu alaykum.
Men avvalo hammadan uzr so'ramoqchiman. Bu forumga majburiyat yuzasidan, agar qilgan ishimni tan olib izoh yozmasam, boshqa moderlarga tuhmat qilishlar bo'ladi, degan fikrga kelganim uchun izoh berishga qaror qildim.
Xullas, men Registan tomonlaridan meni intervyuyimga berilgan "ajoyib" reklamani, ChehMIk tomonlaridan olingan va joylangan intervyuni, Diydor tomonlaridan ochilgan achchiq haqiqatlarga to'la bo'lgan mavzuni butunlay o'chirib yuborishga majbur bo'ldim.
Registan sizni postingizni o'chirganim uchun rozi bo'lasiz,garchi u sizni mehnatingiz bo'lmasada, "ajoyib" reklama edi.
ChehMik siz ham vaqtingizga rozi bo'lasiz. Hammasini o'chirganim uchun. Chunki u meni gaplarim edi va bunga haqqim bor edi. Agar o'zimni fikrlarimni o'chirib, siznikini qoldirganimda kulguli bo'lardi. Shunga hammasini o'chirdim. Rozi bo'lasiz. Ko'pchilik o'qidi bu intervyuni va sizga rahmatlarini aytishdi. Endi buni forumda turishi va har xil mashmashalarga sababchi bo'lishini hojati yo'q deb o'yladim.
Diydor (opa)dan ham uzr so'rayman. Butun boshli mavzuni o'chirganim uchun. Bu yerdagi xolis fikrlari uchun hammaga xususan Diydor (opa)ga, Shokirbek (aka)ga va boshqa hamma ishtirokchilarga minnatdorchiligimni bildiraman.Bu mavzuga fikr bildirganlarni hammasidan postlaringiz sonini kamaytirganim uchun uzr so'rayman. Meni tushunasizlar deb umid qilaman.
Tanqidlar men tomondan to'g'ri qabul qilindi va intervyu oluvchilar tomonidan ham to'g'ri qabul qilinadi va keyingi intervyularda bunga amal qilishadi, deb umid qilaman.
Bu savol axmoqona edi va men axmoq bo'lib bu savolga javob berdim.Buni tan olaman. Va barchadan uzr so'rayman. Garchi ChehMik meni boshimga to'pponcha tiramagan bo'lsalar ham, balki, u kishini hafa qilmaslik uchun javob qilgandirman, balki, bunda boshqa niyatlarim bo'gandir. Endi bu yog'i menga va yolg'iz Allohga ayon.
Barchani fikrlari uchun yana bir bora rahmat. Rozi bo'lasizlar. Aloh sizlardan rozi bo'lsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Shokirbek  26 Dekabr 2009, 18:42:08

Munira xonim, ko'pchiligimizning, shaxsan mening sizga nisbatan interviewdan keyingi hurmatim oshgan bo'lsa oshgan, kamaygan emas. Biz javobingizni yaxshi ma'noda tushungan edik va to'g'ri qabul qilgan edik, tanbehga qo'shilishimiz savol beruvchi ukalarimizga qaratilgan edi.. Postlarni o'chirib yaxshi ish qilibsiz, barcha oldida ushbu uzrnomani yozishingiz orqali esa yuksak axloqli muslima ekaningizni ko'rsatdingiz, bunday singlimiz borligidan behad xursandmiz. Alloh taolo mana shunday kishilarni ziyoda qilsin.

Qayd etilgan