Endu buyog'i juda g'alati bo'layapti...
Hamma hammani narsani tushunib turibdiyu, ammo hech kim hech narsani tushunmaganday gapiradi.
AbdulAziz aka siz to'g'ri qildingiz o'sha mavzuni yopib. Uni o'chirmoqchi hamsiz. Ammo haqiqatdan o'chirish niyatingiz bo'lsa, uni alohida qilib yangi mavzu ochib o'tirmasdan birdan o'chirish kerak edi. Nima keragi bor ortiqcha gapni ko'paytirishni? Alohida olib seni gaping forum uchun bir tiyinga qimmat deganday qulflab qo'ymasdan, shartta o'chirib tashlash kerak edi. Agar haqiqatdan ushbu fikrlarni foydasiz deb hisoblasangiz (aslida ular rostdan foydasiz) unda ularni saqlashdan ne foyda?
Mana ko'rib turganingizday, ushbu qilingan ish yana boshqa mummoni ham keltirib chiqardi. Ya'ni odam ajratishday bo'lib qoldi bu.
Yana "Diydiyolar daftari"mish... Hali hech kim bir-biriga yoki boshqa insonga diydiyo qilmadi. Endi andak ma'no salbiy va qo'pol chiqibdida.
Imlaah, MS (kim u) ni postlarini men ko'rmadim. Linkini bersangiz, ularni ham diydyolarga ko'chirib qo'yaman.
Haaa... AbdulAziz aka hammani gapi diydiyoga chiqib ketadiku, bunaqada.... Unda sizning ushbu mavzu haqida yozgan fikrlaringiz ham diydiyomi??? Axir u yerda faqat salbiy fikrlar yozilmagandiku. Chiroyli va insonlarni tinchlikka chaqirgan go'zal postlar ham bor edi. O'rmonga o't ketsa, ho'lu quruq yonadi deganida bu a?
Yana shu mavzuga qaytish siz uchun ban bilan yakun topadi.
:-) Hamma ban bo'lib ketaveradimi? Fikr erkinligi qayoqda qoladi unda?! O'zi hayotda gapirolmay yurgan gaplarimizni shu yerga kelib gapirishga harakat qilamiz-u, endi buyoqda ham ban bilan qo'rqitishmoqda. Ban bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. Hech narsaga...
To'g'ri darrov siz mana bu fikrimga qarshilik bildirishingiz mumkin.
Fikr erkinligi qayoqda qoladi unda?!
"Fikr erkinligi deb hammani narsani ham aytavermaydi" demoqchisiz. Lekin hamma ham unaqa qo'pollik qilgani yo'q. Hamma ham birovni izzat nafsiga tekkani yo'q. Hammani ban deb qo'rqitish ham forumdan bezillatib qo'yadi odamni. Hech kim bu yerda yosh bola emasku. (o'zimdan boshqalarni aytdim, darrov yoshimni eslatmanglar...) "Yana to'polon qilsang, do'xtir chaqiraman" deganday...
Yuqorida aytganimdek, bu mavzu yopildi.
Yuqorida aytganimdek, butunlay o'chiring bu mavzuni. Hech narsa qolmasin ulardan... Ildizi bilan qirqib tashlang. Hatto bir dog' ham qolmasin forumda... Ko'ngillardagi dog'ni ketkazishni esa, yaxshilab bir o'ylab ko'ramiz... Balki bitta osh-posh qilib... Ha, yo'g'a, nimalar deyapman... Nomahramlar mavzusini yana ochib qo'ymay tag'in... Ban bo'lib ketaman-a!