Lolo, sizni yana ogohlantiraman.
Sizning e'tiqodingizga hech kimning qarshiligi yo'q. Xohlaganingizcha e'tiqod qiling. Lekin siz ham boshqalarning e'tiqodini muhokama qilmang. Boshqalarning e'tiqodi ham o'z-o'zidan paydo bo'lib qolgani yo'q. Uning o'z dalillari bor. Va uni muhokama qilish sizgamas. Siz olim emassiz. Qaysi to'g'ri, qaysi noto'g'ri ekanligi haqida fikr bildirish sizga emas.
Hammaga, forumda sen unaqasan, sen bunaqasan deb har xil nomlar berishga hech kimning haqi yo'q. Shunday ekan, kim bo'lishidan yoxud kim bo'lishingizdan qat'iy nazar bir-biringizga hurmatda bo'ling.
Y_U_R_I_S_T, sizni ham ogohlantiraman. So'zni o'ylab gapiring. Jahl kelganda sabr qilishni ham biling.