Marhamat tumaniga marhamat!  ( 29027 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  13 Iyul 2006, 04:27:51

Chor mustamlakchilik davrida

XIX asirning 2-yarimiga kelib, Qo`qon xonligi tarixida chuqur siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy bo`xron vujudga kelgan edi. Xonlikdagi boshboshdoqliklar, Xudoyorxoning davlat boshqaruvidagi no`noqligi ushbu vaziyatni keskinlashtirishiga sabab bo`ldi.

Bunday siyosiy vaziyat o`sha davrda O`rta Osiyo erlarini butunlay egasi bo`lish orzusida yurgan Chor imperiyasi bosqinchilari uchun ayni muddao edi. Garchi o`sha vaqtdayoq Chimkent, Avliota, Pishpak, Turkiston, Oqmachit erlarini egallab olgan bo`lsada ruslar xonlik xududiga xarbiy xujum xarakatlari uchun tayyorgarlikni avj oldirib yubordilar. Ruslarning xarbiy xujumi uchun Po`latxon boshchiligida sodir bo`lgan qo`zg`olon baxona vazifasini o`tadi. Qo`zg`olon daslab asosan xonning zulmiga qarshi qaratilgan edi. Bunday vaximaga tushgan Xudoyorxon 1875 yil 20 iyulda fon Kaufmanga maktab yo`llab, yordam so`raydi.

Bu maktub rus bosqinchilarining uzoq yillik orzularini ro`yobga chiqishiga katta imkoniyat edi. Shu maqsadda bu imkoniyatdan foydalanish uchun fon Kaufman general M. Skobelev boshchiligida qo`shin jo`natadi. Rus xarbiylari orasida eng shavqatsiz bo`lib tanilgan Skobelev vodiyni yong`in girdobida kulini ko`kka sovuradi.

Ayniqsa, 1875 yil 11 oktyabrdan boshlab butun Andijonni o`q yomg`irlari ostida yakson qila boshlaydi. Oldinga siljib borar ekan Skobelev ortda qolgan jamiki narsalarni o`tda kuydirib, yoqib yuborishga farmon beradi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:27:59

Ayniqsa, Asaka va Mingtepa chegaralarida shiddatli janglar bo`lib o`tadi. Qo`qon xonligi tarkibida bo`lgan Mingtepada ham xonga va shuningdek rus bosqinchilariga qarshi xarakatlar avj olib borayotgan edi.

Vatanini, xalqini ruslar bosqinidan saqlab qolish uchun mingtepaliklar 1876 yil 18 yanvar kuni ruslarning 2-rota piyoda askar, 240 ta otliq, 500 kazak, raketa batareyasi va 4 to`p bilan Asaka shaxri, shuningdek, Mingtepa chegaralari ham o`qqa tutiladi va vayronaga aylantiriladi. Shu erda qarshi xarakatlarni olib borayotgan qo`zg`olon raxbarlari Abduraxmon Oftobachi, Botir To`ra, Isfandiyor, Normuxammad dodxoxlar bunday vaxshiylikdan daxshatga tushib, taslim bo`ladilar. Natijada Andijon, shuningdek Mingtepa ham imperiya mustamlakasiga aylanadi.

1876 yil 2 fevral kuni Po`latxon Uchqo`rg`onda mag`lubiyatga uchrab, butunlay tor-mor etiladi va qo`lga tushadi. Uni tutib bergan shaxs Mingtepalik bo`lib, bu xaqda Muxammad Aziz Marg`iloniy o`z asarida yozgan «Va lekin, Mingtepalik Shoxmirzo dodxoqni «Sen o`risga xat chiqarding» deb, Fo`ladxon so`yib tamomlagan edi. Ushbu maxtulning o`g`li Abduqaxxor Mirzo: Fo`ladxonni ushlab, otamni qasosini ololmadim» - deb ko`nglida armon ko`p erdi. Fo`ladxon tog` xonorlarida yolg`iz ochuzor yotgan maxalda Abdulqaxxor Mirzo bo`lak Qirg`iziyalardan eshitib, o`risdan ruxsat olib, 5-10 nafar odam ergashtirib borib, Fo`ladxonni ushlab kelib, general Skobelevga topshirdi. Bu qilgan ishi uchun o`zini Mingtepa yurtida mingboshi qildi.

1876 yil 8 fevral kuni Xudoyorxonni o`rniga taxtga o`tirgan Nasriddinxon tislim bo`lgach, butun xonlik Chor imperiyasi ixtiyoriga o`tadi. 1876 yil 15 fevralØ kuni Kolpokovskiy Qo`qon shaxriga kirib keladi va butun Qo`qon ahliga xonlik tugatilganligini e`lon qiladi.
Mustamlakachilar maxalliy xalqning urf-odatlari, qadimgi an`anaviy xududiy bo`linmalariga e`tibor qilmasdan, o`zlari xoxlagan tartibda viloyat xududini bo`limlarga ajratib tashladi. Viloyat uezdlarga, volostlar, qishloq va ovullarga ajratildi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:28:08

Farg`ona viloyati jami 5 ta uezd, 91 ta volost (bo`lis), 613 ta qishloqqa bo`linadi. Mingtepa qishlog`i volost deb yuritilib, Marg`ilon uezd tarkibiga kiritilgan.

1876 yil qabul qilingan vaqtli Nizom asosida boshqaruv tizimi o`troq axoliga bir bosqichli, ko`chmanchi aholiga ikki bosqichli tarzda amalga oshirilgan. Volost boshliklari volost quriltoylari orqali 3 yilga saylangan. Unda volost boshlig`i vazifasiga ikki nomzod saylangan. Boshlig`i va uning 2 yordamchisi saylangan.

Mingteap volostida xam boshqaruv faoliyati shu tarzda amalga oshirilgan.
Farg`ona viloyati tashkil etilgach, Mingtepa volostiga dastlab M. A. Marg`iloniy asarida ta`kidlangandek, Abduqaxor Mirzo tayinlandi. Tez orada uni Kuva volostiga boshliq qilib sayladilar. Mingtepa volostiga esa O`sh uezdidan qirg`iz Egamberdi Axmadboev saylangan edi.

Egamberdi Axmadboev 1898 yilgi Dukchi Eshon qo`zg`oloni vokeyasidan so`ng, o`zini o`ldiradi. Chuni ruslarning vaxshiy siyosati xox amaldor bo`lsin, xox oddiy fuqaro bo`lsin, imperiya manfatlariga qarshi biror voqiaga aloqador bo`lsa, jazoga maxkum etar edi. Bu vaxshiylikdan qurqib, daxshatga tushgan Egamberdi Axmadboev, o`zini o`ldirishga majbur bo`ladi. Uning o`rniga avvalgi Mingtepa volostØ boshlig`i Abduqaxxor Shoxmirzo Dodxaev Marg`ilon uezd boshlti tavsiyasi bilan tayinlandi. Lekin, u haqda to`palangan ma`lumotda aniqlashicha, Abduqaxxor Mingtepa volostini boshqarayotgan payitda soliq yig`ishda zo`ravonlik qiladi. Shu sababli, Dukchi Eshon uni ishdan chetlatishini talab qiladi. Natijada Abduqaxxor Kulla volosti boshlig`i bo`lib saylanadi. Chunki o`sha vaqitda Eshoning obro`si, rus to`ralari bilan aloqasi yaxshi bo`lgan edi. O`sha davirda qo`zg`alon tufayli ishdan chetlatilgan xarbiy gubernator Povalo Shviykovisikiy o`rniga tayoinlangan general Chaykovskiy daslab Abduqaxxorning Mingtepa volosti bo`lishiga norizi bo`ladi. Lekin Eshon bilan qarshi munosabatda sababli keyinchalik bu lovozimga saylanishiga rozi bo`ladi.
Abduqaxxor Shomirza Dadaev 1900 yilgacha Mingtepa volostini boshqaradi. Shu yil 18 aperl kuni berilgan xisobotida u sog`ligi yomonlashganligi, ayog`i va qo`li og`rib qolganligi bois ishdan bo`shatishni so`raydi. Uning o`rniga Kulla volost boshlig`i Axmad Muxammadboev
Marg`ilon uezd boshlig`i tomonidan vaqtinchalikka tayinlanadi.
   

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:28:27

1901 yil volst boshlig`i vazifasi uchun saylov bo`ladi. Unda 436 ta ovozdan 380 ta ovozga ega bo`lgan Yozevon volost boshlig`i Otaxon Qorimoroziqov Mingtepa volosti xaqidagi ma`lumotlarida yozilishicha, Otaxoning 50 tanoq eri va 200 so`m puli bo`lganligi uchun xam saylangan. Bundan, ko`rinadiki chor mustamlaka boshqaruv tizimi va olib borgan isloxatlari Mingtepa volosti misolida yaqqol ko`rinadi. Unda faqat rus ma`nfaatlari uchun xizmat qilib, maxalliy axolinning millitsy an`analariga zit ravishda tashkil etilgan. Bu siyosiy idora tizimi tup axoli o`rtasida xar qanday qarama — qarshiliklarni tag tugi bilan yulib tashlab, volost boshqaruvi tizimida saylov xuquqni berishi bilan, xalqning qarshi xarakatlariga chek qo`yishga xarakat qildilar. Aslini olganda esa volos boshqaruvi faoliyati yuqoridan kelgan buyuruq va topshiriqlarni so`siz bajarish, amalga oshirish va mazmun moxiyati bilan ruslashtirishga qaratilgan siyosat edi.

Shaxlo Xusanova,
Andijon Davlan universiteti "O`zbekiston tarixi" kafedrasining asperanti.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:28:44

Dovonning samoviy tulporlari

Sovet tarixchilarining u yoki bu sabablar bilan tarix saxifalaridan tushirib qoldirgan voqealarining asosiy qismi Markaziy Osiyoda qadimdan yuzaga kelgan mustaqil davlatlar va ularning chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan janglariga taalluqli bo`lib, biz quyida bayon qilmoqchi bo`lgan tafsilotlar ham chamasi shu sabab bilan tariximizda to`laroq bayon etilmay qolgan. Ular Chuvash tarixchisi I. Bichurinning (1777-1854 yillar) "O`rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan xalqlar haqidagi ma`lumotlar to`plami" asarining "Dovon haqida qissa" bobida bayon etilgan edi. Bu voqealar birinchi xitoy tarixchilari Si Ma Tsyan va uning nabirasi Yan Yunlarning "Tarixiy yilnoma" asarida ham o`z ifodasini topgan.

Dovon, ya`ni qadimgi Farg`ona mamlakatimizdagi chet ellar xususan Xitoy imperiyasi bilan iqtisodiy va siyosiy aloqa o`rnatgan ilk mustaqil davlatlardan biri edi. Bundan 2100 yil muqaddam aynan Xitoy imperiyasining 60 minglik saralangan qo`shini bilan urushimamlakatimiz tarixida muhim voqea ekanligi shubhasizdir.

Xitoy imperatori Vu Di Shimoliy qo`shmanchilar - ungutlarga (ovro`pacha Xun-nu V. D) qarshi kurashish uchun o`ziga ittifoqchi izlab Chjon Tsan nomli o`z elchisini g`arb mamlakatlari ya`ni hozirgi markaziy Osiyoga jo`natdi. Elchi eramizdan oldingi 139-126 yillar davomida o`z sayohatlarida juda katta strategik va siyosiy ma`l umotlar bilan qaytdi. Ma`lumotlar orasida Xitoy imperatorlarini juda qiziqtirib qo`ygani - Dovon davlati haqidagi axborotlar edi. Dovon poytaxti Guy Shuani - Ershi Mamlakat aholisi 60 ming xonadon va 300 ming kishi, 60 ming kishilik muntazam qo`shinlariga ega. Ular otliq va piyoda yaxshi qila oladilar. Nayza, kamon, qilich va qalqonlar bilan qurollanishgan, deyilgan edi axborotda. Dovonda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bo`lib, ularda 10 mingdan 100 minggacha aholi yashaydi. Shaharlari obod va hamma joyda yaxshi navl uzumlar etishtiriladi. Uzumlardan nav musallaslari tayyorlanib, boy xonadonlarda o`n yillab saqlanadi.

Dovonda dunyoning eng chopqir otlari "Samoviy tulporlari" yetishtiriladi. Otlar o`zlaridan qonli ko`pik chiqariladilar, bu ularning osmon otlari ekanligidan darak beradi. Ular Mu-su (beda) o`simligi bilan ovqatlanadilar. Bu erda bozorlar obod. Bozorlarda xendu (Xindiston) dan keltirilgan ziravorlar. Shu (Janubiy Xitoy)dan keltirilgan bobuq tayyoqchalari, Datsin (Suriya)dan olingan yetti xil rangdagi oynaklar sotiladi. Bu erda hunarmandchilik o`rta podshohlik darajasida rivojlangan. Dovon aholisining tili va urf-odatlari boshqa g`arb davlatlarinikidan farq qilmaydi. Dovon shimoldan Kanxa, g`arbdan Yuechji, janubiy g`arbdan Daxya, Sharqdan Yuytan Ganmi bilan chegaradosh.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:28:53

 Biroq imperatorning bu mamlakatlarga etishuvi oson kechmadi. U mamlakatni juda qiyin ahvolga solib bo`lsada Shimoliy ungutlarga qarshi urush boshlab 126-121 yillar davomida kushandalarni shimolning ichkari tomonlariga surib tashladi va nihoyat 121-116 yillar davomida Qashqar, Issiqko`l, Chu, Ili vodiylari bo`ylab o`z elchilari va savdo karvonlarini manzilma-manzil kuzatib, oziq-ovqat bilan ta'minlovchi qal`a, shaharlar barpo qilingandan so`nggina 116 yildan "Buyuk ipak yo`li" bo`ylab harakatlana boshladi.

G`arbga jo`natilgan birinchi elchilar qatorida Dovonga etib kelgan Gao Din Xan bo`lib, u Dovon podshohi Chan Fin bilan ikki tomonni qiziqtiruvchi muvaffaqiyatli savdo shartnomasini tuzishga erishdi. Shartnomaga ko`ra Dovon Xitoyga har yili bir juft samoviy tulpor, vino va boshqa hashaki otlar berib Xitoydan qo`ylar, otlar va kumush taqinchoq, ro`zg`or buyumlari va ipak matolar oladigan bo`ldi.

Shu tariqa elchilar xitoyliklarga hali noma`lum bo`lgan uzum, lak shishalarni Farg`onadan olib kelganlar. Imperator Dovondan keltirilgan boyliklarni shu qadar aziz tutar ediki, oradan ko`p o`tmay uning barcha ichki va tashqi saroylari bedapoya-yu-uzumzorlarga aylanib ketdi. Samoviy otlari imperiyaning faxri bo`lib, ularni eng tantanali marosilardagina ishlatar, qolgan vaqtda esa chet ellik oliyzot elchilarga ko`z-ko`z qilib fahrlanardi.

Biroq bu tariqa deyarli 10 yil davom etgan do`stlik rishtalari bir elchining befarosatligi tufayli barham topdi. Elchilik nazokatlaridan yiroq, biroq paxlavonligi tufayli saroyda shuhrat topgan Li Chen ismli kishi Dovonga navbatdagi elchi bo`lib keldi. Imperator unga juda ko`p quyma oltin va kumush, shu jumladan sof oltindan yasalgan "Samoviy ot" haykalchasini ham jo`natib, Xitoyga jo`natilgan otlar sonini ko`paytirilishini so`ragan edi. Dovon podshohi Mug`oy qabulida bu iltimosini buyruq tarzida ifoda qilib, Dovon oqsoqollarining g`ashiga tegdi va ular Xitoyga ot jo`natilishini tushunmay rad etdilar. Natijada Li Chen o`rtacha o`rnatilgan ot haykalchasini ag`darib tashlab, qabulxonadan chiqib ketdi. Saroydagi sheriklarini ham otlantirib, darhol o`z mamlakatlariga qarab yo`l oldilar. Endigi befarosatlik podshoh Mo`g`oydan o`tdi. U. Yu. (O`zgan) shahriga etgan elchilar orqasidan lashkar jo`natib, ularni qirib tashladi va mollarga taroj soldi:

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:29:01

 Oradan ko`p o`tmay voqea butun tafsilotlari bilan imperatorga etib borgacha u darhol harbiy kengash chiqarib Dovonga qarshi urush boshlash masalasini qo`ydi. U "Agar biz Dovondek, bir kichik mamlakatdan elchilarimiz uchun o`ch ololmasak g`arbdagi endigina o`rnatilayotgan aloqalariimizga katta zarar etadi. Obro`yimizni yo`qotamiz» - deya darhol harbiy tayyorgarlik bog`lanishini talab qildi. Unga qarshi chiqqan sobiq elchi Din Xuan va boshqa vazirlarni sudga berdi. Va nihoyat 4 yil tayyorgarlik so`ng eramizdan oldingi 102 yilda 60 ming qo`shin katta zahiradagi o`zi otar qurollar, 100 ming buqa va ho`kiz, 10 ming xachir-eshak va tuya hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlar bilan Ergash tom orqali Dovonga tizilib keldilar. Dushmanning kutilmaganda paydo bo`lishidagi gangib qolgan Dovon qo`shinlari qisqa chegara janglaridan so`ng chekinib poytaxt Ershini berkitdilar. Chamasi Ershi baland devorli va mustahkam bo`lganki xitoyliklar o`zi otar qurollarini ishga solib, qilgan 40 kunlik qamaldan so`ng ham shaharni ololmaganlar.

Obdon charchagan tomonlar janglarni to`xtatib muzokaralarga o`tdilar. Dovon oqsoqollar tomonidan tayinlangan Motsay Xitoy harbiy boshliqlari Li Guan-Li, Chshao-Chen va Li Chenlarga agar urushni to`xtatib, Xitoyga qaytsa bir necha o`n samoviy tulporlar, 3000 hashaki otni o`zlari tanlab olishlari, bundan tashqari to qo`shni Xitoyga etib boguncha yetadigan oziq-ovqat bilan ta`minlashlarini hamda aks holda esa dovonliklar to oxirgi odamlari qolguncha jang qilib, imperatorni qiziqtirgan "Samoviy tulpor"larni ham bitta qoldirmay qirib yuborishlarini aytdi.

Shundan so`ng xitoyliklar sulxda ko`rsatilgan narsalarni olib, Dovon elchilari bilan birgalikda vatanlariga yo`l tutishdi. Biroq ular hali Dovon chegarasidan chiqmay turiboq Ershida qo`zg`alon ko`tarilib, yangi saylangan podshoh Motsay xitoyparastlikda aylanib o`ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan xitoyliklar yangi mojarolardan cho`chib, bu voqea Dovonning ichki ishi deya tan olishga majbur bo`lishdi.

Ushbu maqola tilga olingan Ershi shahri siz bilan biz hozir istiqomat qilayotgan Marhamatning qadimiy o`rnida joylashganligi ko`pchilikka ma`lum. Istiqlol sharofati tufayli o`tmishimizning unutilgan sahifalari tiklanayotgan bir sharoitda tumanimiz tarixiga oid har bir yangi ma`lumot yurtdoshlarimiz uchun g`oyat aziz va ardoqlidir. Maqola Andijon viloyat "Andijonnoma" ro`znomasining 1998 yil 3 noyabr sonida chop etilgan. Maqolada keltirilgan ma`lumotlar tumanimiz tarixiga oid bo`lib, nihoyatda qimmatli manbaa sifatida xizmat qilishi shubxasiz.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:29:16

Sanoat korxonalari

Marhamat tumani xududida asosiy 7 ta sanoat korxonalari faoliyat olib bormoqdalar.Ular tomonidan 2002 yilda 7357.1 mln so`mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoat korxonalarida yil davomida 17 ta muxim turdagi maxsulotlar ishlab chiqarildi. Sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlar ulushi tumanning viloyatda 2,3 foizini tashkil qiladi. Marhamat tumani xududida sanoat korxonalaridan Marhamat Elektrotexnika zavodi xissadorlik jamiyati, Marxamat ip-yigiruv va tukuv xissadorlik jamiyati, "DILSHOD" xissadorlik jamiyati, Marxamat "Uzrospodshipnik" qo`shma korxonasi, Tandirchi g`isht zavodi, Marhamat "Mingtepa" non ishlab chiqarish xissadorlik jamiyati, "Semrug`" nomli Polvontosh tikuv fabrikasi, Polvontosh poyafzal fabrikasi faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Tumandagi sanoat korxonalari tomonidan 2002 yil davomida 1867.2 mln so`mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarishga erishildi bu axoli jon boshiga 1486.6 sumlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati. Tumanda tashqi aloqalar bo`yicha bitta "Uzrospodshipnik" qo`shma korxonasi faoliyat olib bormoqda. 2002 yil yakuni bo`yicha qo`shma korxona tomonidan 41.6 mln so`mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarildi.Bu ishlab chiqarilgan maxsulotlarning asosiy qismini xalq iste'moli mollariga to`g`ri keladi. Tuman korxonalari tomonidan eksportga 1536.1 million so`m xisobida maxsulot chiqarishga erishildi. Chet el bozoriga paxta tolasi eksport qilindi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 21:35:24

Tuman joylashgan yerlarning ismi aslida "Mingtepa" ekanligini lekin Sovet askarlari bu yerlarni yer bilan yakson qilib, "Dobro pojalovat" yani Marhamat, deganlaridan keyin bu ism qolganligi haqida o'qigandim yillar oldin...

Qayd etilgan


Muhammadali90  28 May 2018, 09:09:05

Marhamatning  qadimdagi nomi Ershi bolganmish

Qayd etilgan