andijonliklar keling tanishamiz.  ( 177818 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 33 B


Sirojiddin Yuldashev  11 Fevral 2009, 23:01:28

Rais siz xam ANDIJONlik ekansiz men xam keling boshqalar kabi biz xam yaqindan tanishamiz

Qayd etilgan


Abdullоh  12 Fevral 2009, 17:42:57

Men bu yerda yangiman men xam Andijondanman keling xammamiz bir yoqadan bosh chiqarib Andijonni ko'rkam shaxarga aylantiraylik
Assalomu alaykum, birodar.
Andijonning qayeridansiz, qayerda o'qiysiz yoki ishlaysiz? Tanishganimdan avvaldan xursandman.

Qayd etilgan


Qosimxon  17 Fevral 2009, 13:05:09

Salom Andijonlik birodarlar, oshnalar.Men xam Andijon viloyati Ho'jaobod tumanidanman.Xozir O'zbekiston Milliy Universitetida o'qiyman.Kelinglar yaqindan tanishaylik.javoblaringizni kutib qolaman

Qayd etilgan


AL_laziz87  11 Mart 2009, 16:07:49

Men bu yerda yangiman men xam Andijondanman keling xammamiz bir yoqadan bosh chiqarib Andijonni ko'rkam shaxarga aylantiraylik

Ajoyib fikr. qanday rejalar bor. ko'rkam shaxarga aylantirish uchun.
Andijonliklar ko'pligidan xursandman

Qayd etilgan


Abdurasul  16 Sentyabr 2009, 13:28:39

Assalomu alaykum ahli Andijon.Omonmisizlar?Men ham Andijondanman.Ismim Abdurasul.Yoshim 19da hozirda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida 2-kursda o'qiyman.E-mailim:[email protected]

Kerma manmanlik bilan,
O'rnida turgan qoshni.
El sevar odamda bo'lgan,
Sabr ila bardoshni.
Yo'lda joningdan aziz tut,
Senga chin yo'ldoshni.
Yo'lga sol kelsa qo'lingdan,
Aqli past debochini.
El uchun qilsang ziyon,
Tog'larga urgin boshni.
Odam o'g'li bo'lmagaysan,
Bo'lmasa senda vafo.
El aro sharmandadursan,
Bo'lmasa sharmu hayo.
Toza dillar kir yuraklar,
Birla bo'lmas oshno.
Na qilay unday ko'ngilni,
Bo'lmasa anda vafo.

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 14:17:24

Assalomu-alaykum Andijonliklar!

Men g'arib ham Anda Jonim qoldi mening,
Andijonim qoldi mening,,,,deganlardanman.
 
Butun İslom olamiga, O'zbekiston Xalqiga, qolaversa Andijonliklarga Qadr kechasi muborak bo'lsin. Qadr kechasining QADRİNİ BİLİSHNİ NASİB ETSİN İLOYİM!



Qayd etilgan


Abdurasul  16 Sentyabr 2009, 14:25:52

forumda nega hech kim qatnashmayapti?Nahotki hech kim yo'q bo'lsa.Andijonliklar shu darajada ozmi?

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 14:29:43

Abdurasul tanishganimdan xursandman, o'ta shaxshiy savollardan tashqari o'zim haqimda shularni aytishim mumkin. İsmim Zamira. Turmushga chiqqanman. Oldin Nizomiy Davlat Pedagogika Universiteti, O'zbek va Turk tili adabiyoti fakuletini, keyin esa hatto o'tgan hafta diplomimni oldim İstambul, Marmara Universiteti, Turk tili va adabiyoti fakuletida aspiranturamni bitirdim. Xozircha uydaman. Shunchun doim ziyouzdaman:)

Qayd etilgan


Abdurasul  16 Sentyabr 2009, 15:13:35

Nega unday deyapsiz?Andijondan ekanizga shubham yo'q

Qayd etilgan


Abdullоh  16 Sentyabr 2009, 16:44:31

Assalomu alaykum! Mana biz-da Andijondan. Forumda andijonliklar talaygina. Bir-biridan ajoyib userlar bor. Abdurasul siz bilan tanishganimdan xursandman. Kapalakni ham asli andijonlik ekanligini bilib juda xursand bo'ldim.

Qayd etilgan