Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119902 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:44:59

Husayinning issig‘i tongga yaqin biroz tushib, uxlab qoldi.Tushga yaqin uyg‘onib, yonida onasi o‘tirganini ko‘rdi.
— Ona, soat nechchi bo‘ldi?
-O’n bir bo‘lyapti, o‘g‘lim.
— Vaqt o‘tibdi... maktabga bormaymanmi?
— Bugun yot, ertaga borasan o‘g‘lim. Otang maktabga uchrab xastaligingni aytmoqchiydi.
— O’qituvchim xafa bo‘lsachi?
— Kasalligingni eshitsa, nega xafa bo‘ladi, o‘g‘lim? Ammo onasining aytganini qilmagani uchun tobi qochibdi deb eshitsa, albatta, xafa bo‘ladi. Inshoolloh, ertagacha tuzalib ketasan.
Fotimaxonim Husayinga dars tayyorlashda yordam berishdan charchamasdi. O’zining ham ancha-muncha yumushlari bor edi. Shu orada namozlarini o‘qir, so‘ng xayotida juda ham kam tark etgan odatga aylanib qolgan Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lar, uyini supirib-sidirib, orasta qilib qo‘yar, ortib qolgan vaqtida Husayinning darslariga yordamlashardi. Ba’zan u bilan birga boshlang‘ich sinfdan esida turgan bilimlari yordamida matematika darsiga kirishar, ba’zan adabiyotdan ko‘mak berar va Husayinni o‘qilgan har parchadan saboq olishga, xulosa chiqarishga, axloqiy bilim qozonishga o‘rgatardi. Masalan, o‘qish kitobidagi ot-arava bilan toshbaqaga ozor bergan bola to‘g‘risidagi hikoyaga Husayin berilib ketardi. Bir bola toshbaqaga turli xil azobu aznyatlar yetkazadi va oxirida yo‘ldan o‘tayotgan aravaning g‘ildiragi ostiga qo‘yadi. Qari, cho‘bir ot—bir hayvon bu toshbaqani ezmaslik uchun yo‘lini o‘zgartib, zolim bolaga menday ham bo‘lmadinga, deganday qarab o‘tadi. Bu hikoya uni o‘yga toldirardi. Demak inson hayvondan ham past ketishi, tuban tushishi mumkin ekan.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:45:14

— Qanchalar ayanchli-a, ona. Hatto cho‘bir ot ham achindi bu toshbaqaga.
— Seningcha, bola yaxshilik qildimi yoki hayvon, Husayin?
— Hayvon yaxshi ish qildi, ona!
— Senga yana bir savol — shu bola bilan cho‘bir yonma-yon tursa, qaysi go‘zalroq ko‘rinadi. Ya’ni bola chiroylimi yoki hayvon?
— Bola go‘zalroq.
— Yaxshi, endi aytchi, inson bahosi nima bilan belgilanadi, chiroyi bilanmi yoki qilgan ishi, harakati bilanmi?
— Qilgan harakatlari, ishlari bilan o‘lchanishi kerakmasmi, ona?
— Albatta, o‘g‘lim. Qara, bu bola hayvondan chiroyli, biroq hayvon undan ko‘ra yaxshi ish qilyapti. Demak inson ba’zan qilgan bitta axloqsizligi bilan o‘zini yerga uradi,o‘zini hayvondan ham past holga tushirib ko‘yadi...
O’qish kitobida bir she’r bor. Bu she’rning ustki qismida rasm berilgan bo‘lib, unda yo‘lda ketayotgan odam va yo‘lning chap tomonida do‘mpayib turgan kichik tepacha aks etgan. She’r rasmdagi yo‘lovchiga xitoban bitilgan. Go‘yo kimdir g‘oyibdan yo‘lovchiga xitob qilayotgandek. Yo‘lovchi ham bu sasga quloq tutgan va yonidan bexabar o‘tib ketayotgan tepachaga e’tibor bergandi:

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:45:31

To‘xta yo‘lchi, bilmay qadaming qo‘yib,
Turganing yer bir davr botga nmakondir.
Egilib, quloq tutp, bu sassiz uyum
Bir vatan qalbini otgan makondir.

Kimsasiz, ko‘lkasiz yo‘lning so‘lida,
Ko‘rganing bu tepa Ona do‘lida,
Istiqlol jangida, nomus yo‘lida,
Jon bergan Mahmudlar yotgan makondir.

Bu uyum turarkan buyuk zilzila,
So‘ng vatan parchasi o‘tarkan qo‘lga,
Mahmudning dushmanin bo‘g‘gan bu selga
Muborak qonini ko‘shgan makondir.

O’ylaki, yig‘ilgan qon, suyak, etning
Uyumi bu do‘msak omonsiz, metin
Bir harbning so‘ngida butun millatning
Hurriyat zavqini totganmakondir.
(Najmiddin Xalil O’nan she’ri)



Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:45:53


Fotimaxonim bu she’rni o‘qib chikdi. Istiqlol urushida qanchadan-qancha insonlar shaxid ketgani, bugungi avlod ularni bilmasligi, xotirlamasligini, ularning ishonchi, ma’naviyati, axloqini davom ettirmaganligini esladi. Ular bu yurtning egalari edi. Ammo ularni minnatdorlik bilan eslash o‘z yo‘liga, ularning unutilmasligi uchun jiddiy mashg‘ul bo‘lganlar, hatto kurashganlar bor edi...
Husayin boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. Bir kun Odilbekning do‘koniga Husayinning o‘qituvchisi keldi:
— Xayrli kun, Odilbek! — deb ichkari kirdi.
— O-o-o! Marhamat Erdolbek! Qaysi shamollar uchirdi? Bizlarni butunlay unutganmisiz deb o‘ylagandim.
— Unutganim yo‘q, Odilbek! Doim ham xohlaganingni qilishga imkon bo‘lmas ekan...
—- Shunday. Marhamat! Erdolbek kirib o‘tirdi.
— Choymi, qaxvami?
— Choy ichayliq Odilbek qarshisidagi do‘konga qarab bir bolaga buyurdi:
— Mahmud, bizga ikkita choy keltir, o‘g‘lim. So‘ng muallimga qaradi:
— Qalaysiz, Erdolbek! Olamda nima gap? Erdolbek do‘konni kuzatishda davom etarkan:


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:46:10

— Shu kunlarda dam olishdan boshqa ish qilmayapmiz. Biroz dam olish ham kerakda, to‘g‘rimi?
— Albatta. Tabiiy.
Bu orada gap aylanib Husayinga taqaldi. Erdolbek so‘radn:
— Xusayinni o‘qitmoqchimisiz, Odilbek?
— Ha, kuchim yetsa, o‘qitmoqchiman. Kuchim yetganicha o‘qitish niyatidaman. Ko‘raylikchi, o‘qib bir narsa bo‘ladimi o‘zi yoki yuzimizni yerga qaratadimi?
— Bu bola o‘qiydi, Odilbek mening kelishdan maqsadim ham bir jixatdan shu. Odilbekdan ahvol so‘ray, hamda bolaning o‘qishi hususida bir maslahatlashaylik dedim. Menga qolsa, urinib-surinib bo‘lsa ham bolani o‘qitish kerak. -Xo‘sh,Husayinning o‘zi nima deydi. Kim bo‘lmoqchi?
— Hozircha bir nima degani yo‘q. Men ham bir aniq qarorga kelgan emasman. Ammo onasi men o‘g‘limni Imom Xatib maktabidan boshqasiga qo‘ymayman deydi.
Birdan Erdolbekning rangi o‘zgardi. Yuzidagi ifoda ketib, burishgandek bo‘ldi:
— Bolaning mehnatini kuydirmoqchimisiz? Bunday ish qila ko‘rmang. Qobiliyatli bir bolani aqidaparast to‘nkaga aylantirmoqchimisiz? Muallimi sifatida men bunga rozi emasman. Mamlakat bunday bolalarning xizmatiga zor.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:46:27

— Demak to‘g‘ri demaysiz, Erdolbek. Shundaymi?
— Qatiyyan noto‘g‘ri. Do‘stim, bolaning boshini o‘rgimchak uyasigaa aylantirmang.Dunyo oldinga ketganda orqada qolmoqdan ne ma’no? Bundan ko‘ra o‘qitmagan yaxshiroq. .Boldiri ochiq arablarning tilini o‘rganadi. Bering, ana o‘rta maktabda inglizcha o‘rgansin. Fandan, adabiyotdan nasibasini olsin. Millatiga xizmat qilsin.
Erdolbek choyning so‘nggi ho‘plamini ichdi. So‘ng so‘zida davom etdi:
— Imom Xatib maktabining natijasi — ko‘lda tasbex;, oyoqda maxsi, bu qishloq meniki, bu qishloq seniki deb xirmon aylanib kezish...
Odilbekning ko‘zlariga tikildi:
— Qisqasi — tilanchilik, tilanadi. Menga qolsa, xotiningiz tugul boshqasi bo‘lsa ham nima desa-desin, u yerga ko‘ysangiz otalik burchini bajarmagan bo‘lasiz. Yana o‘zingiz bilasiz Odilbek. Bola sizniki.Xohlasangiz xor qilasiz, xohlasangiz istiqbolini ta’min etasiz. Bizning vazifamiz bilganimizni aytish.
Erdolbek shunga o‘xshash ko‘shimchalar qilgach, so‘zlarini shunday tugatdi:
Bolani zamonga muvofiq va munosib qilib tarbiyalash shart. Aqlu zakovati joyida, istiqboli porloq yoshlarni almisoqdan qolgan, zamonaviy bo‘lmagan ishlar bilan mashg‘ul qilish nobakorlikdir. Unda faqat ota-onasining emas, butun bir millatning haqqi bor. Unga yaxshi tahsil bermaslik esa millat haqqiga xiyonat sanaladi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:46:45

Erdolbek vazifasini, vijdoniy burchini (!) o‘rinlatgach, ruxsat so‘rab turdi. Uning ketidan Odilbek o‘ylanib qarab qoldi. Erdolbekning gapida jon bor.Xaq taraflari ko‘p. Masalan, tilanchilik yaxshi ish emas. Aqlu hushi yetarli bolada ota-ona bilan birga millatning ham haqqi borligiga e’tiroz yo‘q. Mamlakat o‘z kelajagini shu bolalarga qarab belgilashiga kim e’tiroz bildira oladi?! O’zi ham aslida Husayinning doktor yoki muxandis bo‘lishini orzu qilardi.
Odilbek bolasining doktor yoki muxandis bo‘lib yetishishini havas qilgani uchun Erdolbekning so‘zlari ta’siriga tushdi. Aslida uni Imom Xatib maktabiga qarshi deb bo‘lmasdi, ammo bu maktab tug‘risidagi ma’lumotlari juda kam edi. Albatta, Erdolbek muallim bu xususda yetarlicha bilishiga ishonardi.
Oqshomgi ovqatdan so‘ng Fotimaxonimga Erdolbekning kelganini va oralarida bo‘lib o‘tgan suhbatni aytib berdi. So‘ng:
— Men qaror qilib qo‘ydim,xonim,o‘g‘limni o‘rta maktabga yozdirmoqchiman, —deb so‘zini tugatdi.
— Yaxshi, Husayin Imom Xatib maktabida o‘qisa, xaqiqatan aqidaparast bo‘lishiga ishonasizmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:47:02

Odilbek javob bermadi. Aqidaparast nima ekanini yaxshiroq bilmasdi. Faqat bu kalima xayolida mudhish ma’noni jonlantirardi. Masalan,tirnoqlari uzun, soch-soqoli o‘siq, iflos, ko‘rinishi insonga dahshat soluvchi bir shaxs ko‘z oldiga kelardi.
U javob bermagach, Fotimaxonim davom etdi:
— Fikrimcha, mening o‘g‘lim qoloq ham, aqidaparast to‘nka xam, mutaassib, qo‘polham bo‘lmaydi; pokiza, olijanob,to‘ppa-to‘g‘ri inson bo‘ladi. Salohiddinni ko‘ring... Bola bu yil beshinchi sinfni bitiradi. Na mutaassib, na qo‘pol bo‘ldi. Tilidan «xonim afandim» tushmaydi, har kun maktabga qatnaydi. Bu ko‘chadan boshqa maktablarga boruvchilar ham o‘tadi. Ko‘ryapman. Agar ularning tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan suhbatlashishlari, xatti-harakatlari bolamni ko‘pollikdan qutqaradigan bo‘lsa, bolam umr bo‘yi qo‘pol bo‘la qolsin.
Fotimaxonim so‘zlari qanday ta’sir etayotganini bilish uchun Odilbekning yuz o‘zgarishlariga qarab olgach:
— Bu bola Imom Xatib maktabidadin o‘rganadi, axloq o‘rganadi, Allohga va insonlarga nisbatan vazifalari nimaligini o‘rganadi. Ertaga biz dunyodan o‘tsaq ortimizdan mening gul yuzli bolam Fotiha o‘qiydi. Nega endi bu maktabdan chiqqanlar millatiga xizmat qilmas ekan? Ular boshqalardan ziyodroq xizmat qilishlari mumkin. Axloq, nomus va iffat tuyg‘ulari tanqis bir paytda, ko‘chamizdan o‘tayotgan o‘sha bolalar axloq xizmatchilari bo‘lsalar, axloqning ahvoli voy...

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:47:18

Ovoz ohangi biroz o‘zgardi:
— Men bolamni boshqa maktabga bermayman. Agar siz faqat muallimlar aytgan gapgagina ishonar ekansiz, Imom Xatib maktabi domlalaridan tanishingiz bo‘lsa, undan ham so‘rang. O’sha muallim Imom Xatib maktabining dushmani emasligini qayoqdan bilasiz?
Odilbek Fotimaxonimning bu talabiga istar-istamas rozi bo‘ldi. Fotimaxonim esli-xushli ayol, ammo Erdolbek shu sohaning odami. To‘g‘risi, tilanchilarni tayyorlaydigan maktabga bolasini yuborishga ko‘ngli chopmayotgandi. Muallim haq edi. Cho‘lda yashagan, bugungi madaniy dunyoda o‘rinlari bo‘lmagan arablarning tilini o‘rganish uchun vaqt sarflash behuda va ma’nosizday tuyulardi. Husayinning qaysi maktabga borish masalasini bir kechada hal qilish judayam shart emasdi. Bunga hali vaqt bor. Bir bolaning kelajagi bir kechadayoq hal bo‘ladigan oddiy masala emas. Hali bu xususda yanayam atroflicha o‘ylab ko‘rish, Fotimaxonim aytganidek boshqa o‘qituvchilardan ham so‘rab ko‘rish uchun bu bahsga vaqtincha nuqta qo‘yildi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:47:33

Fotimaxonim Husayinning qaysi maktabda o‘qishiga kuyinishi o‘z bolasiga kuyingan onaning mehribonlngidan ziyodaligi diqqatga sazovordir. Erdolbek kelishidan bir kecha avval bu mavzuda bahslasharkan, Odilbek:
— Xonim, bilaman... bu bolalar uchun qayg‘u, ozor chekdingiz, ammo... —deyishi bilan Fotimaxonim:
— Ozor chekkanim yo‘q. Har ona bolasiga ne istasa, shuni istadim.Tabiiyki, mening ham haqqim bor, —deb javob qildi. Bu so‘zlarni o‘gay ona emas, haqiqiy onaga munosib Fotimaxonimning o‘z og‘zidan eshitganimizda yanada yaxshiroq tushungan bo‘lardik. Menga nima,o‘zining o‘g‘li, ne istasa, shuni qilsin, deyishi mumkin edi. Hatto o‘qitmaslikka chora izlab, yo‘liga g‘ov bo‘lardi. Faqat uning bu tiynatda emasligi yillar davom etgan o‘gaylik-o‘zlik imtihoni natijasida ma’lum bo‘lgan, u o‘gay degan o‘y allaqchonlar mahalladoshlari xotirasiga kelmay qo‘ygandi. O’gay deyilganda, u xaqiqiy ona ekanligini isbot etdi. Ozor chekasan deyilganda, u zahmatlar rahmatga yuz burajagiga ishondi, sabr-matonat ko‘rsatdi. Unashtirilgan kunlarda, hamma bunday turmushdan qaytarmoqchi bo‘lgan paytlarda, «qizim insonlik sharafi yaxshi qaror qabul qilishgina emas, balki aziyatlarga sabr qilib, o‘sha qarorda sobit turmoq va davom etmokdadir» degan ayol nasihatiga munosib, muvofiq harakat etdi. Kim nima desa-desin, Xusayin endi o‘z o‘g‘li edi. Unda bir onaning o‘z o‘g‘liga bo‘lgan haqqi qadar haqqi bor edi. Bu xaq yaxshiliklarini yuzga solish, kimlargadir aytib yurish ma’nosida emas, balki unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish va yo‘llash ma’nosidagi haqdir.
Hozir ham o‘g‘lining Imom Xatib maktabida o‘qishi uchun aynan shu xaqni qo‘llamoqda va shu haqqa rioya etmoqda.

Qayd etilgan