Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119829 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 23 B


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:47:51


Ikki kun o‘tgach, Cho‘rumningyaqsh tumanlaridan Majido‘zuga qatnaydigan avtobus ichidagi yo‘lovchilar orasida Odilbek xam bor edi. Shaharchaga kiraverishdagi qabristondan o‘tar-o‘tmas o‘ttiz besh yoshlardagi bir ayol tushishini aytdi va avtobus to‘xtadi. Ikki bolasini tushirgach, haydovchiga yigirma lira uzatdi:
— Mana shundan olib qoling, uka.
— Mayda bering, opa, mayda pulim yo‘q.
— Menda ham yo‘q, inim. Avtobusdagilardan hech biri yigirma lirani maydalay demasdi. Mayda pullari bor edi, lekin birovning ehtiyojini qondirishni istashmasdi. O’zganing ehtiyojini qondirmoq buyuk insoniylik hisoblangan davrlar ortda qolgan, endi bu—ayb, ahmoqlik sanaladi. Vatan urushida shahid ketganlarning behuda qon to‘kkanligi ta’kidlanayotgan bir davrda odamlardan o‘ng‘aysiz holatga tushib qolgan xotinningehtiyojini qondirishni kutish kulgili, albatta.
Ayol xijolat bo‘ldi. Bozor bo‘lsaydiki, pulini maydalatsa. Haydovchi shoshirardi.
— Maydangiz yo‘q ekan, tayyorgarlik ko‘rib chiqmaysizmi?
Bu orada yigirma beshlarga kirgan yigit xaydovchiga murojaat qildi:
— Xolaning haqi qancha?
— Yetti yarim lira.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:48:11


Yigit cho‘ntagidan yetti yarim lira chiqarib uzatdi va ayolga yuzlanib dedi:
— Siz uchun to‘layman. Siz xam maydalatsangiz, men uchun bir faqirga to‘lab yuborarsiz.
Ayol duo qila-qila ketdi. Odilbek yarim soatdan beri yonma-yon o‘tirib kelayotgan yo‘ldoshiga shundagina diqqat bilan qaradi. U yana avvalgi holatida ketib borardi va go‘yo hozirgina sotib olgan narsasining pulini to‘lagandek bamaylixotir edi. Yoki bir do‘stiga qarz bergan, ertaga qaytib olishiga aniq ishongan qyofada edi. Haydovchining yordamchisi:
— Qani yur, ketdiq — degach, avtobus qo‘zg‘aldi. Odilbek yonida jimgina ketayotgan hamrohiga qaradi:
— Majido‘zudanmisiz, inim?
— Yo‘q.
— Aybga buyurmaysiz, nima ish qnlasiz?
— Imom Xatib maktabida muallimman.
— Siz bilan o‘tirib biroz suhbatlashmoqchi edim.
— Sizni mamnun qilishni judayam isgardim. Afsuski, shoshilinchroq ishim bor, Agar uch-to‘rt soat keyin suhbatlashsak bemalol.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:48:37


Holbuki bu payt Odilbekning rejalariga ham to‘g‘ri kelmasdi. Avtobus to‘xtab yo‘lovchilar tusha boshlashdi. Yigit qo‘lida sumkasi bilan uzoqlashdi.
Ko‘z oldida bo‘lib o‘tgan bu voqea Odilbekni o‘ylantirib qo‘ydi. Yo‘ldoshi bir faqirga berarsiz deb hech tanimagan ael uchun yo‘l haqi to‘ladi. O’zi umri davomida bunday ish qilganini eslay olmadi, yo‘q qilmagan, bunday qilishni o‘ylab ham ko‘rmagan. Yo‘lovchilarning ham har biri shu holda edi. Ishning g‘alati tomoni: yigit bu yaxshiligini gapirmagan, hatto ko‘rinishidan ham hech qanday g‘urur sezilmasdi. Go‘yo bu yaxshilikni boshqa birov qilganday. Mana, bir imom hatib maktabining o‘qituvchisi. Tilanishning o‘rniga tang qolgan insonga yordam bermoqda. Obbo Erdolbek mana kelib ko‘r, tilanishni...
Odilbek shularni o‘ylab olomonga aralashib ketdi. So‘ngra tasavvurida mutaassib timsoli jonlandi. Bu domlannng nimasi ko‘pol?! Agar qo‘pollik shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Odilbek ham «mutaassib, qoloq va qo‘pol» bo‘lishni juda-juda istardi.
Odilbek uch-to‘rt soatdan so‘ng yana Cho‘rumga qaytarkan bu hodisani Fotimaxonimga aytib berishni o‘ylardi. U xotinining: men nima degandim, deya ta’na qilib, o‘zini maqtaydigan ayollar toifasidan emasligini bilardi. Muhimi haqning o‘rtaga chiqishi. Bu haq xoh Odilbek tarafidan, xoh o‘zi tarafidan bo‘lsin, farqi yo‘q. Hatto ba’zan Odilbek hak chiqishini, bu sabab bilan ko‘ngliga bir kibr kelmasligani istaydi. Ba’zan o‘z so‘zi to‘g‘ri chiqqanda, bu to‘g‘rilik sening lutfingdan boshqa narsa emas, mendan emas, meni nafsimga asir bo‘lib, g‘ururga ketmoqdan o‘zing saqla, — deya duolar qilardi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:49:03

Ikki kun keyin edi..,
O’n sakkiz-o‘n to‘qqiz yoshlarga knrgan yigit do‘konga kirib, Odilbekka bir lira uzatdi.
— Uch kun avval ikki kilo qand oluvdim. Qaytimini noto‘g‘ri beribsiz... Borib bir lira haqingiz menga o‘tganini bildim. Uzr», ertaroq olib kelishning imkonini to-polmadim, — dedi.
Odilbek pulni oldi.
— Katta rahmat, tashakkur! Pulni keltirganingiz uchun emas, to‘g‘riligingiz uchun minnatdorman.
— Rahmat, salomat bo‘ling!
— Har holda talaba bo‘lsangiz kerak?
— Ha, talabaman. Nasib bo‘lsa, bu yil bitiraman.
— Qaerdao‘qiysiz?
— Imom Xatib maktabida.
— Yana!..
Odilbekning og‘zidan chiqqan bu xayrat nidosidan yosh yigit hayratlandi. Faqat Odilbek o‘zini tezda o‘nglab, tutib oldi:
— Agar o‘tirib, bir piyola choyimni ichsangiz xursand bo‘lardim.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:49:41


Bu orada Husayin do‘kondan ichkari kirgandi.
— Husayin, bizga ikkita choy keltir.
Husayin chiqdi. Odilbek joy ko‘rsatdi va gap boshladi:
— Bu bola mening o‘g‘lim. Boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. O’tgan kun muallimi keldi.,.
Odilbek masalani tafsiloti bilan tushuntirdi. Onasining fikrini, o‘z tushunchasini aytdi.
— Iltimos, menga shu masalaga oydinlik kiritishda yordam bersangaz.
Masalani oxirigacha diqqat bilan tinglagan yigit:
— Amaki, bu muallimning gaplari isbotlash mumkin bo‘lmagan, qiymatsiz so‘zlar. Sizga vaziyatni bilganimcha izohlashga harakat qilaman: avvalo Imom Xatib maktabi jangari, qo‘pollarni yetishtirmaydi. Dinli, imon-e’tiqodli, axlokli bir inson bo‘lish bilan jangarilik orasida qanday aloqa bor?! O’g‘lingiz u yerda ota-onaga hurmat, qarindosh-urug‘ga, hamsoya-haq, qo‘ni-ko‘shni, mahalla-qo‘yga yaxshilik va xalqqa xizmat qilish fazilatlarini o‘rganadi. Allohning amrlarini, payg‘ambar ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lni shu maktab orqali bilib oladi. Vaqtini oqshomlari yarim kechagacha qahvaxonalarda, qimorxonalarda sarflash o‘rniga, kitoblar ustida o‘tkazish zavqini shu maktabda o‘rganadi. Ham Allohiga kul, ham millatiga xizmatchi bo‘lmoq menimcha, qoloqlik yoki jangarilik emas. Biz u yerda arablarning tilinigina o‘qimaymiz. Arabchani o‘rgansak bundan murod Allohning kitobini yaxshi anglashdir, payg‘ambarimizning hadislarini o‘z tilida o‘rganmoqdir. Behayolikni qarang!

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:50:59

Buni aytayotib do‘kon oldidan o‘tayotgan erkak va ayol sayyohni ko‘rsatdi, Erkakning sochi bir qarichdan uzun, bir-biriga qorishgan, yuvuqsiz, kir holda. Tizzasidan bir qarich baland, kirligidan asl rangi bilinmaydigan shim, yelkasida irganch to‘rva. Oylab hammom yuzini ko‘rmagani bir qarashda bilinadi. Ter va sho‘r otib ketganini ta’riflash mushkul. Ayolning ham erkakdan qolishadigan jihati yo‘q. Qisqasi, egasiz hayvon bulardan tozaroq. Bularni ko‘rganlar ko‘ppaklarga rahmat deyishi shubhasiz. Orqasidan ularni tomosha qilib kelayotganlarga bee’tibor ilgarilayotgan bu janob va xonim afandiga(!) Odilbek bir ko‘z tashlab olgach, mehmoniga qaradi. Yigit so‘zida davom etdi:
— Agar til shu tilda so‘zlashganlarga o‘xshash uchun o‘rganiladigan bo‘lsa, bularning tilini o‘rganishdan nima foyda bor? Inglizcha va frantsuzcha bular bilan suhbalashish uchun emas, bularning ilmu fanini egallamoq uchun o‘rganiladi. Demak arabchani ham insoniyatga abadul-abad to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan Alloh kitobi va payg‘ambarimiz hadislarini o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun o‘qiymiz. Qolaversa, biz nega tilanchilik qilar ekanmiz?! Biz ham ular kabi ma’muriyatga kiramiz, ularday maosh olamiz. Faqat, ularga o‘xshab tirikchiligimizdan shikoyat etish o‘rniga, yanada yomonroq ahvolga tushmaganimiz uchun Allohga shukr aytamiz. Ha, bugun imom va muazzinlarning maoshi idora xizmatchisinikidan ozroq. Boyvachchalarning tamakiga sarflaydigan pulichalik maoshga sabr qilgan inson nafsiga kul bo‘lmasa, masalan, pora olmasa, har holda bu fazilatdan darak bo‘lsa kerak. Imomdan o‘n barobar ziyod maosh oladigan noib, bolalarimni boqishga pulim yo‘q deb turganda, imomning ahvolini tushunish mumkindir, har holda.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:52:58

Bilim jihatidan ulardan past ekanimizni tan ololmayman. Imom Xatib maktablar o‘rtasidagi har yilgi munozaralarda mag‘lub bo‘lmasligi so‘zimning bir dalilidir.
Yigitchaning so‘zlari Odilbekka keragicha ta’sir ko‘rsatdi. Bir necha kun ichida sodir bo‘lgan bu ikki hodisa unga Erdolbekning so‘zlari haqiqatga qanchalik yaqin ekanlligini yaxshigina anglatdi.
Odilbek ahmoq odam emasdi. Ko‘z oldida ro‘y bergan bu ikki hodisadan xulosa chiqara olishga qodir edi. Agar bu maktabning o‘quvchilari tilamchi bo‘lishsa, nechun o‘sha domla notanish ayolga «men uchun bir faqirga berarsiz», deb yetti yarim lira baxshida etdi, nega bu azamat yigit Odilbek adashib berib yuborgan bir lirani uchqundan so‘ng qaytarib olib keldi?! Nonning narxi ellik qurushga chiqqan kunlarda yetti yarim lira kichkina pul emas.
Natija — Husayin Imom Xatib maktabiga yoziladigan bo‘ldi . Fotimaxonim Husayinni yoniga o‘tqazib Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatar, kelajakda o‘g‘limga qulay va oson bo‘lsin deb o‘ylardi.
Bir kun Husayin uyga o‘ychan holda keldi. Fotimaxonim:
— Bir dona bolam, nega o‘ychansan bugun?
— Imom Xatib maktabida dars ko‘pmish, ona. Sen u yerda o‘qiyolmaysan, deyishyapti. Boshqa maktablarning darslari oz emish.
— Nega ko‘p bo‘ladi, bolam. Ular ham boshqa maktablardagidek dars o‘tishadi, boshqalarday boshlab, ularday tugatishadi. Ko‘p bo‘lsa yo ulardan oldinroq boshlashardi, yo keyinroqtugatishardi. Bilmasdan gapirishadi, o‘g‘lnm. Agar sen onamning ko‘ngli qolmasin desang, bunday so‘zlarga ishonma. Sen shu maktabga borasan!..


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:54:29

* * *

Bugun maktablar ochnladi. Husayin hayajonda. Azonlab onasi tayyorlagan nonushtadan chala-chulpa yeb, dasturxondan ko‘zg‘aldi.
— Yesang-chi qo‘zichog‘im!
— Yeyolmadim, ona. Butun hayajondaman. Fotimaxonim Husayinning kiyimlarini o‘z ko‘li bilan tuzatdi. Sumkasini ko‘liga tutqazdi. So‘ng ro‘parasiga o‘tnb unga qaradi. Endi o‘n uchga kirgan ma’sum chehrali yetimiga bu ko‘rinish juda yarashgandi. «Rahmatli onasi ko‘rsaydi... Qanchalar sevinardi! — deb o‘yladi. — Ona, men ketdim.
— Qo‘limni o‘pmasdanmi, o‘g‘lim?
Husayin sumkasini ko‘yib, onasining qo‘lini o‘pdi. Fotimaxonim uni quchib, bag‘riga bosdi,
— Mening oy yuzli bolam, shafoatchi bo‘lasan menga, dunyodan o‘tsam o‘qib, duo qilarsan, farzandim. Shu kunla-ringni ko‘rsaydim! Shaqodatni ko‘tarib kelgan kuningga yetsaydim.
Fotnmaxonim so‘zlarkan ko‘zlarida paydo bo‘lgan yosh-lar ko‘nglidagi samimiy sevinchdan boshqa narsa emasdi. Husayinning yualaridan bir-bir o‘pdi.
— Meni uyaltirma, o‘g‘lim! Husayin sinfda qoldi, degan gap bo‘lmasin, tinmay harakat qil, o‘qi!

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:55:44

— Harakat qilaman, ona.
Husayin maktabga ketdi. Peshinda makggabdan qayttan bolasini Fotimaxonim boshlang‘ich maktabda bo‘lganidan ziyoda sevinch va buyuk hayajon bilan kutib oldi. Maktabini yaxshi ko‘rnshini aytganida yuzlaridan nur tomgan ona uni duolar qildi, unga ikki dunyo saodatini Parvardigordan so‘radi.
Husayik o‘qishni shunday hislar bilan boshladi. Kunlar, ularning ketidan oylar shunday tuyg‘ular ichra kechdi.
Imom Xatib maktabi Husayinga nima berishi mumkin?
Avvalo har maktab, xar bir o‘qish o‘z talabasiga nima bersa, bu maktab ham shuni beradi. Bundan ziyoda Yarat-ganni va o‘ziga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan payg‘ambarni tanlamoq, uning yo‘lida yurishning har xil kibr va shuhratdan xoli viqor va vazminlik tuyg‘ularini baxsh etishini, qisqasi, komil inson bo‘lishni tashviq etadi.
Husayinning bu maktabda o‘tkazgan ilk ikki yili — bolalikning so‘ngi bo‘lib, bolalarcha kechdi. Qisqasi, bu ikki yilda Fotimaxonim Husayinga boshlang‘ich maktabda bo‘lgani kabi imkoni boricha yordamlashdi. Bundan maqsad Husayinga dars o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq uni dars tayyorlashga undash, kirishtirish edi. Shu bilan birga Husayinning kasbga yo‘naltirilgan maxsus diniy darslarini o‘zi ham talaba singari o‘rganishga xarakat qildi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:56:48

Ba’zan Husayin maktabdoshlari bilan birga uyda dars tayyorlar, Fotimaxonim ularga choy damlar, taom chiqarar, tortinmasdan o‘tirishlari uchun imkon berardi. Ba’zan ular o‘tirishgan xonaning eshigigacha kelib, quloq solar, dars tayyorlab-tayyorlamayotganini nazorat qilardi. Balki u gap poylab, maroqlanish uchun shunday qilgan dersiz? Fotimaxonimdek odob va tarbiya namunasi, iffat va fazilat obidasi bo‘lgan bir xonimga nisbatan bu savolga «ha» deb javob berganlar gunoh ostida qoladilar. Uning maqsadi bolasining dars tayyorlash bahonasida behuda vaqt sarflab, behuda narsalarga berilmasligini nazorat qilyash edi. Har holda bunday maqsad bilan o‘g‘lining xatti-harakati oatarbnyasini nazorat qilgan Fotimaxonimning ma’zur etilmasligiga jiddiy bir sabab topilmasa kerak.
Husayin ikki yillik taxsil hayotini onasining e’tibori va yordami bilan muvaffaqiyatli ado etdi.
Bu yil Husayin uchinchi sinf talabasi — balog‘at yoshiga kirib, uyning ikkinchi erkaga sanalib qoldi.

Qayd etilgan