Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119892 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:58:22


Yanayam to‘g‘rirog‘i, u o‘zini shunday his etmokda edi. Hatto o‘smirlikning ba’zi bir tabiiy havoyiliklarini ko‘rsata boshladi. Goh maktabdan chiqnb uyga kech kelar, kelar-kelmas sumkasini ko‘yib hech kim bilan gaplashmasdan, men falon yerga boraman demasdan chiqib ketardi. Izzat-nafs belgilari bilinib qoldi. Ba’zan do‘stlari bilan dars tayyorlashga ketib, tun yarmida qaytardi.
Bomdodga uyg‘otmoq uchun Husayinning yoniga kirgan Fotimaxonim tamaki xidini sezib ijirg‘andi, egilib hidladi — aniq tamaki hidi. O’g‘lini uyg‘otib o‘zi joynamoz uzra tiz cho‘kdi. Ko‘zlari derazadan elas-elas qo‘rinayotgan tumanli tog‘larga qaraganday. Faqat ularga tomosha qilish niyati bilan qaramayotgani aniq. Zotan tomosha qilayotganning qo‘zlari bu qadar tolg‘in bo‘lmaydi. Ko‘zlardagi tolg‘inlik qalbning g‘ayri odatiy tashvishga duch kelganidan dalolat. Haqiqatan, Fotimaxonim bomdoddan so‘ng oxirat diyoriga ko‘chganlarga oyatlar o‘qib, duolar qilishni odat etgandi. Oradan olti-etti daqiqa o‘tib ham Husayin turavermagach, yana uning yoniga bordi. Haligi hid yana uni bezovta va xafa qildi.
— Husayin, qani tur, namoz o‘tib ketyapti.
— Ona, bu kecha kech yotdim.
— Namozingni o‘qib, yana yotaverasan.
— Ko‘zlarimni ocholmayapman, ona, yana bir soat ruxsat bering.
— Bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Hozir quyosh chiqadi. Namoz uyqudan xayrlidir.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:59:42


So‘ngra uning qo‘lndan tutib ko‘tardi. Husayin haqiqatan uyquga to‘ymagandi. Kech yotgandi. Shuningdek onasining turg‘azmasdan qo‘ymasligini o‘z ismini bilgandek aniq bilardi. Bugungacha kun chiqqach bomdodni o‘qiganini yoki kun chiqmasdan avval o‘qimaganini eslayolmaydi. Namozini o‘qidi va yana yotdi.
Bir soat o‘tib turgach, onasining yuzida qayg‘u alomatlari ko‘ringanday bo‘ldi.
— Tobingiz yo‘qmi, ona?
— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Xafa ko‘rinasiz.
— Ha, xafaman.
— Nima bo‘ldi? Nega xafasiz? Bu gal Fotimaxonim so‘radi:
— Qayg‘umning sababini bilsang, meni qanday hursand qilasan?
— Kuchim yetgancha sizni xursand etishga harakat qilaman, ona.
— Unday bo‘lsa, to‘g‘risini ayt. Meni aldaganing bilan Allohni aldayolmaysan. Shuni bilib, to‘gri gapir. Sendan nega tamaki hidi kelyapti? Nechun gul yuzli bolamdan bu irganch hidni sezyapman? Javob ber menga, shu zaqkumni chekdingmi?
— Yo‘q... yo‘q, chekmadim ona.
— Unda nega ust-boshing bunchalik sasiydi?
— Kecha do‘stlarim chekishdi. Shuning hidi singgandir.
— Nega chekmanglar demading?
— Menga nima, ona. Menga kuloq solisharmidi?!

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:59:57

— Unda to‘g‘ri so‘zingga quloq solmaydiganlar bilan nega do‘st bo‘lasan? Tozaroq, tug‘riroqlar bilan do‘stlasholmaysanmi? Senga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan, sen to‘g‘risini aytganingda qabul qiladigan do‘stlaring nega yo‘q? Haqli so‘zingta e’tiroz etsalar, nechun tark etmaysan ularni?
Bu so‘zlar Husayinning bardoshini nuratdi, hissiyotini ranjitdi.
 — Tark etib bo‘ladimi, ona?! Tark etsam xafa bo‘lmaydilarmi? Do‘stlarni xafa qlish to‘g‘rimi?
— Yaxshi, onani xafa qilish to‘g‘rnligani qaysi kitobda o‘qiding? Ona seni ezgulikka da’vat etarkan do‘stlarimni ranjitmay deb onani xafa qilsang, Alloh rozi bo‘larmikan? Senga sigaret chektirib yoki sening yoningda chekishdan boshqa hunari yo‘q, senga insonlikni unutdiradigan, onaga bosh ko‘tartiradigan oshnani lo‘lilarning orasidan ham topa olasan. Ammo sen uchun kecha-kunduz duolar qilgan, sendan ziyoda tushunishga, o‘ylashga harakat qiladigan onani, taxminimcha, topishing mushkul.
Fotamaxon Husayinga ko‘zlarini yaxshiroq tikib, so‘zlari  ta’siriga tortmoqni istaganday bo‘lib, davom etdi:
— Seni haq yo‘lga yo‘llaydigan do‘st top, men uning ko‘llarini o‘paman. Oyoqlarining changini silayman. Faqat chekadigan, ertaga boshingga balo boshlab keladiganlarni og‘aynim, jo‘ram deb menga gapirma, o‘g‘lim.
Bu mavzu shu yerda yopildi.Husayin onasiga javob bermadi. Maktabga ketdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:00:12


* * *

Husayinning tengkurlari haqiqatan yomon bolalarmidi?
Bir zamonlar bu bolalarning shu ahvolga tushishlarini aytgan odamni jinniga chiqaradiganlar topilar yoki uning so‘zlaridan kulishar, bu pokiza go‘daklar haqida bunday o‘ylagani uchun masxara qilishardi. Ammo oradan o‘tgan bir-ikki yilda ular juda o‘zgardi, kecha farishtaday qo‘ringan go‘daklar bugun o‘zlarini farishtalarga o‘xshatgan sifatlaridan judo qildilar.
Har kun maktabga odob bilan borib-keladigan bolalarga nimadir bo‘ldi. O’zlarini o‘zga olamda ko‘rganday. Tungi ko‘ngnlxushliklar ularni qanoatlantirmay qoldi. Tungi lazzatlar to‘ydirmas, endi yanada qoniqmoq uchun bugungacha xayollariga kelmagan yo‘llarni axtarib topishardi.
Bir kun ko‘rilgan muqovasida qilichidan qon tomgan qaroqchilarning rasmi bo‘lgan kitob bu bolalardan birini kira bilan ijaraga kitob o‘qitadigan bir do‘kon oldigacha sudradi. U yerdan bir kitobni ijaraga olib qaytdi. O’sha kundan keyin ikki kunda bir, uch kunda bir ijara kitob do‘koni oldida ko‘radigan bo‘lishdi. Har gal yangi kitob bilan qaytar, uyda dam olish bahonasida alohida bir xonaga kirib, dars kitoblari ostiga qo‘yib, sarguzasht romanni o‘qirdi. Agar birov kirib keladigan bo‘lsa, tezda dars kitobini romanning ustiga qo‘yib o‘qiyverardi. O’g‘li dars tayyorlab charchaganini o‘ylagan ona, choy damlab keltirganida, uni dars kitoblarini o‘qib o‘tirgan holda ko‘rar va sevinardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:01:52


Bu kitoblarning mohiyati nima? O’qiganga qanday foydasi tegadi-yu, nimani o‘rgata oladi?!
Bu kitoblarni o‘qiganlarda ota-onasiga mag‘rur ko‘rinishni sharaf sanash, janjalkashlikka havas paydo bo‘lgani sezilardi, har holda bu kitoblar odob va axloq o‘rgatmasdi. Hali o‘n beshga to‘lmagan, qiyofalarini qaroqchilarga o‘xshatgan bezorichalar og‘zilarida sigaret bilan ko‘chada u yoq-bu yoqqa mag‘rur kezishadi. Bular o‘sha kitoblarni o‘qigan falokatzoda bolalardir.
Bu kitoblarning nomidanoq to‘g‘ri emasligini, ularni xosiyatsiz ko‘llar hozirlaganini, urush-janjal, tubanlik zavqi mevasi ekanligini, millat bolalarini o‘sha maktabga xos bo‘lgan ulug‘ xususiyatlardan, buyuk vazifalardan hali kichikligadayoq mahrum etmoq niyatida tayyorlanganini bemalol bilib olsa bo‘ladi. Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongangiz kelmaydi. Bu kitoblar ichida qaroqchilik, axloqsizlik va shunga o‘xshash turli razolatlardan namuna topishingiz mumkin. Ammo insonga insoniylik yo‘lida bir odim otdiradigan, uni milliy odat va an’analarga bir qadar yaqinlashtiradigan biror narsani topish mumkin emas. Otalar bolam quvonsin deya olib kelgan bu kitoblar o‘elariga qarshi bolalari ko‘liga tutqazilgan to‘pponchalardir. Balki to‘plardir. Endi ko‘chalarini shu kitoblarga taqlidan bir-biriga to‘pponcha bilan hujum qilgan kovboylar, niqoblangan qaroqchilar tuta boshlaydi. Bular erta dorilfununda bilim oladigan bo‘lsalar, o‘sha bnlim-ni yaxshigina shaklda talonchilikda qo‘llay oladigan badbaxt va zavolli bolalardir. Bu bolalarga shu tahdid kinolar nazariy jihatdan yordam beradilar va axloqsizlik jihatini yana to‘ldiradi va quvvatlaydi. Bunga beparvo ota-onalar bir kun haqiqiy, ulkan sovuq qurol zavqini(!) totib ko‘rishlari aniq.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:02:08

Bu bolalar uchun ko‘cha— odobsiz so‘zlar dorilfununi. Faqat u yerda o‘qish-yozishni o‘rganmaydilar. Ikki kun o‘tgach, boshlang‘ich maktabda o‘rgangan harflaridan foydalanib ko‘chada o‘rgangan fahsh so‘zlarini hojatxonalarning devorlariga yozadilar. U yerlarni kufrlarga to‘ldirib bezash ularga zavq beradi...
Husayinning do‘stlari tamomila o‘zlarini yo‘qotgan, yoshlik savdosiga sho‘ng‘ib, mutlaqo beboshlik daryosida suzib ketadiganlardan emas. Yoki hali bu holga yetib kelganlaricha Yo‘q. Faqat shu ahvolga yetib kelish uchun «bo‘l-bo‘l» qilishib suhbatlashishar, chekishar, muallimlarni tanqid va mazax qilish bilan mashg‘ul bo‘lishar, ammo bu ishlarini asosan maktabdan uzoqda qilishardi...
O’sha tun Husayin chekmadi. Taklifni qabul qilmadi. Oralarida: «Qaranglar, uning og‘zi sasib qolarmish», — deb masxara qilganlar bo‘ldi. Zo‘rlab chektirmoqi bo‘lgan-lar bo‘ldi. Qo‘llaridan kelmadi.
Husayinning jig‘iga tegardi. Uni mazax qilib, ko‘ngil ochmoqchi bo‘lardnlar. O’zlarini katta olishib, uni bola ko‘rardilar. «Yigitchilik degani ayollarga o‘xshab chekmasdan o‘tirish emas, — deyishardi. Husayin turib ketay desa, ortidan gap qilishadi. Qolaversa, bu mutlaqo bolalarcha harakat bo‘lardi. Shuning uchun vaziyatni ko‘ngilsiz tarafga burmadi, sabr etdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:03:45

Husayin onasi bilan bo‘lib o‘tgan azondagi ko‘ngilsiz suhbatdan so‘ng ming bir o‘ylar bilan maktabga keldi. Birinchi soat adabiyot darsi edi. Qora O’g‘lonning she’rlarini o‘qishardi. Husayin oxiridan ikkinchi qitaga diqqat qildi. Munozara qilayotganlar tinchlanmas va tinglashmasdi:

Murodim so‘zlamoq bunda nasihat,
Sizga munosibdir tinglamoq faqat,
Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat,
Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!


Termani baytma-bayt izohlayotgan sinfdoshlarining so‘zlarini eshitmasdi. Yoshiga munosib bu she’r unga qattiq ta’sir qildi, «Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat — Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!» bayti unga kechasi kechgan totsiz hodisalarni eslatdi. Og‘aynilarini oddiy tamaki chekish uchun ranjitganini o‘yladi. Ikki tortim tamaki uchun ham do‘stlarining ko‘nglini qoldiradimikin? To‘g‘risi Husayin o‘g‘ilbolaga munosib ish qilmadi. Va nihoyat, bir chekishdan bir balo bo‘lmasdi, ularning ham dili og‘rimasdi. Inson do‘sti uchun zahar yutadi-ku. Masxara bo‘lgani-chi. O’sha kundan e’tiboran o‘tgan bir yarim soatlik ko‘ngilsiz vaqtni, o‘ziga qaratilgan qochirimlarni o‘yladi. Bunga birgina chekishni deb o‘zi sababchi bo‘lganini tan oldi. Yarashmagan qiliq edi bu. Tom ma’nosi bilan xomlik qildi. O’rtada tuzatilishi kerak bo‘lgan xato turardi. Bu xatoni tan olib, tengdoshlaridan kechirim so‘rashi kerak. Muallim:

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:04:25

— Husayin, shu so‘nggi baytni, sen izohla, —deyishi bilan o‘ylari tarqab ketdi. O’rnidan turdi va so‘nggi baytni o‘qidi:

«Seni har davrada hijolat qilar,
Yomonlar izidan ko‘chguvchi bo‘lma!»


Husayinning miyasida chaqmoq chaqnagandek bo‘ldi. Avvalgi va keyingi baytlar orasidagi bog‘lanishdan esankiradi. Yutindi va boshini ko‘tardi:
— Ustoz, bu baytda Qoracha O’g‘lon yomon, axloqsiz kimsalar bilan do‘st bo‘lmaslikni nasihat qilmoqda. Bunday do‘stlik natijasida tarbiyamiz buzilib, yomon odatlar o‘rganishimizni, yig‘in va majlislarda uyaladigan holga tushishimizni eslatmoqda. Bunday davradoshlar orasidagi harakatlar, so‘zlar do‘st sifatida, albatta, bizni uyaltiradi. Ularning oshnosi bo‘lganimiz uchun odamlar nazaridan qolamiz, qimmatsiz insonga aylanamiz,
— Yaxshi Husayin, oldingi baytlarga nima deysan?: «Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat — Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!» Bizga do‘stlik, mehribonlik qilgan, bizni yaxshi ko‘rgan kimsalarni nima qilamiz? Ularni tark etsak, sevganimizning so‘ziga quloq solguvchi bo‘lamizmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:04:59


Husayin bir-ikki lahza o‘ylab javob berdi:
— Ustoz, yaxshi ko‘rganning so‘ziga quloq solmaslik, bajarmaslik insoniylikdan emas. Do‘stlikka xiyonat. Faqat bu misrada kelgan «sevgili» so‘ziga alohida e’tibor qilmoq kerak deb o‘ylayman. Sevgili, ya’ni mehribon degani o‘z manfaati uchun g‘ayri shar’iy ishlarga boshlaguvchi degani emas. Zero, bunday odamni mexribon, yaxshi ko‘rguvchi deb bo‘lmaydi. Aslida bizning axloqiy saviyamizni tushiradigan do‘st bizni sevmaydi. Yaxshi ko‘rgan — suyuklisiga yaxshi bo‘lishni istaydi. Qanday inson o‘zi uchun qimmatli bo‘lgan kishini noo‘ng‘ay, uyaladigan holga keltiradi? Do‘stini yaxshi ko‘rgan odam uni uyaltiradigan holga tushirmaydi, balki bunday holda bo‘lsa, qutqarishga harakat qiladi. Do‘st yuziga loy chaplash emas, uning yuzidagi g‘uborni artish bizning vazifamiz emasmi? Bizni haq yo‘ldan chalg‘itib, yomonlikka boshlaydigan do‘stni har doim, hatto lo‘lilar orasidan ham topa olishimiz mumkin.
Husayin shu yerda so‘zini tugatdi. Tugatdi emas, onasidan eshitgan jumlani gapirolmay, uning farishtaday sof, nurli yuziga ro‘baro‘ kelgandek jim qoldi. Balki davom etardi. Jim qolganini so‘zini tugatdi deb o‘ylagan o‘qituvchi tashakkur aytdi. Husayin o‘tirdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:05:26

Keyingi soat axloq darsi edi. Mavzu ota-ona oldidaga burch, axloqiy vazifa. O’qituvchi bir hadisi sharif o‘qidi: «Jannat onalar oyog‘i ostidadir». So‘ng sinfga murojaat qilib, birgalikda hadisni izoxlashni topshirdi.
— Usmon, bu hadisni qanday tushunasan? Masalan, bu onalar oyoq bosgan joyda jannat bor deganimi?
— Ustoz, «jannat onalar oyog‘i ostida», degani jannatga ularning oyoqlari ostiga poyondoz bo‘lar darajada xurmat va xizmat etish bilan kiriladi deganidir. Shu qadarki, ularga hurmatdan inson bir narsa yo‘qot-maydi, aksincha, Alloh huzurida hurmati ortadi. Xizmatiga yarasha jannatga yaqinlashadi. Bu aslida bir misol. Ona rozi qilinmaguncha jannatga kirishga yo‘l yo‘q ma’nosidadir.
Husayin do'stini tinglarkan, ertalab onasi bilan bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz suhbatni esladi. Oldingi darsda do‘st haqida o‘zi aytgan so‘zlar xayolidan o‘tdi. Vijdoni o‘zini haqsizga chiqardi. Onasi aytgan so‘zlarga e’tiroz bildirganini yana bir bora angladi.
Onasi do‘st haqida so‘zlarkan, o‘z manfaatini o‘yladimi? Husayin yaxshi do‘st orttirsa, kimga foydayu, yomon do‘st topsa, kimga zarar? Avvalo o‘ziga emasmi? Shunday ekan, onasi o‘zi uchun emas, o‘g‘li uchun so‘zlaganligiga qanday shubha bo‘lishi mumkin?

Qayd etilgan