Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119931 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 23 B


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:13:22

— O’g‘lim, mening otim ham Xayriya, ammo ko‘ryapsanki ko‘pincha meni Fotima deb chaqirishadi. Oldinlari hammaga ikkita ism ko‘yishardi. Otam Xayriya ismini juda yaxshi ko‘rganlaridan meni ham, uni ham Xayriya degan. Sen endi bu gapni qo‘y-da, maktabga borib kelguncha xolangga bag‘ishlab o‘qishni unutma. Ham vazifangni o‘tagan, xam borib-kelguncha vaqtni behuda ketkazmagan bo‘lasan,—degandi.
Endi Husayin bularni tushunadi, shuning uchun bu yerdagi bo‘sh vaqtning qadriga yetayapti. Biroz o‘tib bu g‘ashligi o‘rinsizligani angladi. Chunki, bu g‘ala-g‘ovur ichida o‘qigani bilan tushunmasdi.
Atrofda suhbatlashayotganlarning harakatlari umuman olganda durust holat emas. Tug‘rirog‘i, Husayinning fikricha, bular aql va mantiq tarozisiga tortib ko‘rilsa, natija — noxush. Suhbatlashayotganlarning fikricha esa, aksincha, suhbatlari zaruriydir. Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigana bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:13:37


Quloqlarni garang qilgudek g‘ala-g‘ovur orasida kuchli hayajon bilan gaplashayotgan orqa qatordagi ikki yoshdan biri bundan oldingi filmga ikki marta tushganini va falon artistning shohona roli bo‘lganligi sababli yana bir marta tushishga ham tayyor ekanligani so‘zlar edi. Qaysidir artistning allaqaysi ko‘shiqchi bilan don olishishi endi hech kimdan yashirib bo‘lmaydigan holga kelgan, go‘yoki ikkisining o‘rtasida yangi bir ishq mojarosi boshlanganmish. Hatto yaqinda farzandli bo‘lishlari kutilayotganligi haqida xabarlar tarqatiladi. Falon artist askarlikka ketayotganmish. Ajabo, askarlikda ham unga o‘z kasbiga aloqador biron vazifa berilarmikan? Agar shunday yo‘l tutishsa, ayni muddao bo‘lardi, chunki ham san’atkor san’atini rivojlantiradi, ham bu bilan askarlarda jangovor ruh uyg‘otib, qo‘shinga katta yordam berardi... Shu kabi og‘iz charchatishdan boshqa sifati bo‘lmagan so‘zlar qatori va ora-sira bu yerda yozishimizga odob tamoyillari yo‘l qo‘ymaydigan kalomlar eshitiladi. Xusayinning fikricha, bu tarzda vaqt o‘tkazish odob va mas’ulnyat tuyg‘usining yetishmasligi va yoki umuman mavjud emasligi bilangina izohlanishi mumkin. Bu so‘zlardan kimga qanday foyda bor yoki ular aytilmay qolgan taqdirda ko‘riladigan zarar ne chog‘li?
Atrofda endigina o‘n besh yoshini qarshilagan oliftachalar seltanglab yurar, yo‘tala-yo‘tala yeqilgan sigaretlarini chekishga harakat qilardilar. Qo‘llari bilan og‘zini berkitishlari tamakining o‘ta achchiq ekanini va shu sabab yo‘talayotganlarini anglatardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:14:15

Bu orada parda ochildi. Uch marotaba yangragan ogohlantiruvchi qo‘ng‘irokdan so‘ng film boshlandi. Namoyishdan oldin ko‘rsatiladigan filmlardan parchalar taqdim etilardi. Ularda aks etgan sharmandali bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlarning yuraklaridan qaynab chiqqan inqillash yuksalishiga, yanada kuchayib, hayvoniy xirillashga o‘xshagan hayajonli ovozlarning chiqishiga sabab bo‘ldi. Hushtak chalganlar, hatto o‘zini tutolmasdan bor ovozda na’ra tortganlar ham yo‘q emasdi. Bunday filmlarni ko‘rgandan so‘ng yoshlikning qanday mahv etilishini, iffat va nomus tuyg‘ularining qay tarzda ildizlaridan ayrilganini anglamoq uchun xo‘kizning aqli ham kifoya qiladi.
Asosiy film boshlandi. Uning ham ko‘rsatilgan parchalardan farqi yo‘q edi.
Xu sayin haftaning ikki-uch kunini kinoteatrda o‘tkazadiganlar sirasiga mansub emasligi uchun film texnikasi haqida aytadigan gapi yo‘q. Uning odobi esa o‘zi bilmaydigan sohada so‘z aytishiga to‘sqinlik qilardi. Faqat o‘z sohasidan kelib chiqib, bir-ikki og‘iz so‘z bilan bahsga aralashishga ham kishining haddi sig‘maydi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:14:34


Bunday filmlar axloqsiz, odobu tarbiyasiz kimsalar uchun ko‘ngil ochish vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bular Xusayin kabi oila tarbiyasi va Imom Xatib maktabi tahsilini o‘zaro uyg‘unlashtirgan, sharafli bir musulmon bo‘lish orzusi bilan urgan o‘spiringa ko‘ngilxushlik vositasi bo‘lishi qiyin. Bu filmlar adab va hayo yo‘lidan uzoqlashtirishi va darslardan chalg‘itishi mumkin. Husayinning bu filmdan olgan yolg‘iz sabog‘i: boshqa qaytib bunday fil’mlarga kelmaslik va vaqtni zoe ketkazmaslik bo‘ldi. Bu razolatni tomosha qilish uchun ketgan pulchi? Bu pulga bir faqir tushlik qilishi mumkin edi. Filmni yarmida tark etmoqchi ham bo‘ldi, ammo o‘rtoqlari bilan filmni tanqid qilish uchun kutdi, sabr qildi.
Qolaversa, bir necha kishini «kino» kasalligidan qutqarish ham yomon ish emasdi. Lekin butun Turkiyada har kun ikki yuz mingdan ziyod kishi vaqtini kinoda o‘tkazishi nazarda tutilsa, Husayinning o‘rtoqlariga qiladigan yaxshiligi dengnzdan tomchi deyish mumkin.
Shuncha odamni kinodan qaytarish xayoliy bir gap edi. Yoshlikning go‘yoki sel kabi kinoxonalarni, maydonlarni to‘ldiradigan 6u davrida mazkur maqsad yo‘lida urinishlar suvdan yog‘ chiqazishga urinishdek bir gap edi. Qaniydi, aqlli va o‘ziga to‘n; musulmonlarning bir guruhi din, diniy va axloqiy mavzularda film ishlab chiqaradigan shirkat tuzsalar. Ko‘pchiligi masjidga faqat o‘lganida bir necha kishining yelkasida ziyorat qlish uchun birinchi va so‘nggi marta keladigan bu kishilarga kinoteatrlarda ko‘rsatiladigan filmlar orqali din va axloq tuyg‘usini yaxshiroq yuqtirish mumkin. Bunday yo‘l tutish qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan ko‘plab yoshlarga yo‘l ko‘rsatgan va ularni halokatdan qutqargan bo‘lardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:15:21


Chiqqach, film ta’siri bilan suhbatlashgan do‘stlarning hayajoni bosildi. Husayin tengdoshlari bemalol tinglashiga ko‘zi yetgach, so‘z boshladi va fikrlarini anglatdi. Tinglayotganlar qatorida yuzida mamnuniyat aks etganlar bor edi. Hech xushlamayotganlarini bildirayotganlar, anglatayotganlar ham topilardi. So‘zlarini tugatganda ilk e’tiroz baralla eshitildi:
— Xo‘sh, Husayin, biz hech dam olmaymizmi, ko‘ngil ochmaymizmi?
Husayinning javob berishiga o‘rin qolmadi, Bir jo‘rasi:
— Dam olishga haqqimiz bor. Ammo dam olyapmiz deb bunaqa odob va axloq yo‘llariga pistirma qo‘ygan filmlarni ko‘rish ham har holda dam olish bo‘lmasa keraq Dam olish faqat film tomosha qilish deganimi?! Ko‘ngil ochish-chi? Mening axloqimni buzmaydigan, nomus va iffat tuyg‘ularimni orttiradigan, mehnatga nisbatan kishida kuch-quvvat, g‘ayrat, muhabbat uyg‘otadigan filmlar bo‘lsin, biz ham ko‘ramiz, biz ham qutlaymiz.
Husayin bu suhbatning foyda berayotganini ko‘rib mamnun bo‘ldi. Bundan keyin kinoga haftada bir borishga qaror qilindi. Kino uchun ketadigan qolgan pulga kitob olinib, harakatchan, tarbiyali va faqir bir do‘stga hadya qlindi. Hadya etganlar ko‘nglida pulni behuda xarjlamagani, yaxshi ish qnlganidan huzur bor edi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:15:36


Keyinroq ham Husayin sinfdoshlari bilan bu mavzuda makggab ichida kengroq tashviqot yuritishga kirishdi. Kino pullarini xayrli yo‘lga sarflamoqqa rozi bo‘lganlarning g‘ayrati bilan kutubxona tashkil etish qarorlashtirildi. Kitob javoni usgiga «Bu kitoblar kinoga beriladigan pulga olindi degan yozuv ilindi.
Husayin kinoga borganini bir hafta o‘tgach, onasiga aytdi. Hodisani bir boshdan gapirib berdi. So‘zlarini tugatganda Fotimaxonim o‘g‘lining sochlarini siladi:
— Mamiun bo‘ldim, o‘g‘lim, hursand bo‘ldim. Umid qilamanki, har kun bir yangi yaxshilik eshigani ochgaysan. Shu yo‘lda mashg‘ul bo‘lasan. Har yaxshilikni yolg‘iz Alloh rizosi uchun ado etishga g‘ayrat qilgaysan. Faqat sendan istaganim bir yaxshilik qilganingda, nega ko‘proq qilmadim, nega kech qildim deya Allohdan kechirim so‘ra. Men o‘g‘limni shunday ko‘rmoqni istayman. Shunday ko‘rsam, quvonaman, bolam.
Husayin onasining bu yuksak tuyg‘usi, nozik hislari qarshisida erib ketdi. So‘zlari go‘zal, o‘zi so‘zidan yaxshi bo‘lgan onasining Qur’on axloqi bilan nurlangan yuziga shukrona va minnatdorlik hislari bilan boqdi. Bu iz umr bo‘yi Haqqa qul bo‘lmoq sharafi bilan porlab, faqat Haq ne’matlari qarshisida loyiq ibodat etolmaganining, munosib qul bo‘lolmaganining ranjidasi bilan yonardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:15:58

Hafta davomida yaxshilik qilgani uchun sevingan, o‘ziga sig‘may yurgan Husayin endi qarshisiga xar kun yangi fazilat bilan chiqqan onasiga loyiq o‘g‘il bo‘lmagani uchun kuyinardi. Uning ko‘k ko‘zlariga tikilib bir on o‘yga toldi. Har narsaga ibrat nazari bilan boqqan, samimiyligiga to‘lib-toshgan 6u ko‘zlar uning bepoyon ummonlarni tamsil etgan pokiza ruhiga tarjimonlik qilganday. Tolg‘in ko‘zlaridan sizgan ikki tomchi yosh Husayinda so‘z bilan tushuntirish mushkul bo‘lgan his va o‘ylarning dolg‘alanganini bildiradi. Birdan o‘z ko‘zlarining ham bu ko‘zlar kabi moviy bo‘lmaganidan ranjiganday bo‘ldi. Qanday g‘alati holki, onaning ko‘zlari moviy, o‘g‘ilniki qora! So‘ngra Alloh taolo har narsaga qodirligini, kuruq tuproqdan yuzlab tur meva, giyoh va gullar yetishtirgan Allohningbu ishda ham bir hikmati borligini o‘yladi. Ko‘z rangi jihatidan emas, axloq va tushuncha tarafidan unga o‘xshshi kerakligini xotirladi. Necha ko‘zlari ko‘k odamlar borki, pokiza axloqqa daxldor emas.
Husayin shularni o‘ylaganda azon ovozi asr kirganini, har xil mashg‘ulotlarni qo‘yib, Yaratgan huzurida turish kerakligini e’lon etardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:47:15

* * *

Imom Xatib maktabining to‘rtinchi sinfiga o‘tganda dars tatbiqoti sifatida hutba o‘qish vazifasi topshiriladi. Husayin qanday mavzuni olish kerakligi haqda bir qarorga kelolmasdi. Ilk daf’a xutba juda ham hayajonli edi. Xayolida ba’zi mavzular jonlanar, lekin hech biriga ko‘ngli chopmasdi.
Asrdan so‘ng maktabdan qaytarkan ko‘zi yerda, xayoli mavzu tanlash bilan mashg‘ul. O’ylay-o‘ylay og‘ir-vazmin odimlardi. Yonidan o‘tayotganlarning ayol, erkakligini farqlamasdi.
— Xusayin, yo‘l bo‘lsin! Boshini qo‘tardi.
— Qalaysan, Husayin?!
— Xudoga shukur. Tinchliq O’zing qalaysan?
— Allohga shukur. O’ychan ekansan.
— Shukur, yaxshi. Yomon emas.
— Alloh yaxshilikdan ayirmasin.
— Omin.
Ajrashdilar. Ora-sira ko‘rishib turadigan samimiy do‘sti. Yurishda davom etdi. Eski o‘ychanlik tarqalib ketdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:47:33

Bugun chorshanba, Cho‘rim bozori qizg‘in. Yo‘llar odatdagidan ko‘ra tiqilinch. Yaqin qishloqlardan kelganlar endi ketmoqchiligini ma’lum qilganday magazinlari oldiga qo‘ygan yuklarini hozirlashmoqda. Doira (aylana do‘kon)lardan bir oz erta chiqqan ayol-erkaklar qo‘llarida to‘rxalta olib bozorga shoshilibroq ketishmoqda. Eski hokimiyat binosi bo‘lgan tarafdan Qubbali Jom’e yo‘nalishida kelgan avtobus yomg‘ir suvlarini sachratmasin deya bir chetga chekinib, o‘tib ketishini kutib turdi.
Jome’ ro‘parasidagi magazinning yonida cho‘kkalagan kampir Xusayinning diqqatini tortdi. Ustidagi liboslar faqirligiga, yuzidagi ajinlar umr bo‘yi mashaqqat chekkaniga dalolat edi.
Oldida bir savat bor edi. Bir ko‘li bilan savat tutqichidan ushlab, shu qo‘li ustiga peshonasini suyab turar, chuqur-chuqur nafas olardi. Oldidan o‘tgan avtobus sachratgan suvlari bezovta qilmas yoxud chekinmoqqa toqati va majoli yo‘q edi. Boshini kutardi. Atrofdan o‘tayotganlarga yordam umidida bokdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:47:51

Shu orada oldidan o‘taetgan ochiq-sochiq xotin uni turtib, chetga itardi va yo‘lida davom etdi. Uch qadamcha yurib, yana qaytdi, sumkasidan hamyoninn olnb, undan kampirga pul uzatdi. Bu payt Husayin ham ularga uch-to‘rt qadamcha yaqinlashib qolgandi, Momo avval qo‘liga tushgan pulga, so‘ng uni bergan ayolga qaradi, pulni qaytardi:
— Tilanish uchun o‘tirganim yo‘q, charchadim, — dedi. Pokiza insonlarga yarashadigan muomala edi bu. Tilanadigan ahvolga tushmaguncha bu yo‘l bilan qorin to‘ydirishni munosib ko‘rmaslik doim ham uchraydigan fazilat emas. Bu pul olinsa ne bo‘lardi? Bergan ham, olgan ham zarar qilmasdi. Ammo «mendan muhtojroqlar bordir» deya zirqiragan vijdonga ne deymiz?
Ko‘cha boshlarida o‘tirib kelgan-ketganga qo‘l ochganlarni, kechgacha zshikma-eshik kezganlarni o‘iladi Husayin... Bu odamlar o‘rtahol hunarmand yoki do‘kondorni ortda qoldiradigan pulnn qo‘lga kiritishmoqda...Hatto bular orasida bozorma-bozor kezadiganlari ham bor. Bir necha kun burun bir baqqol bitta tilanchini dushanba kuni Majido‘zuda, seshanba kuni Singurluda, Chorshanba kuni Ko‘hna (So‘rgun)da, payshanba kuni Olachada, juma kuni Cho‘rumda ko‘rganini aytgandi.

Qayd etilgan