Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119897 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:53:25


Otaning farzandiga qoldirishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal, qimmatli merosi odob va tarbiyadir. Bu haqiqatni bilganlar, bolalarini urish o‘rniga adab xivichi bilan tartibga chaqirishadi, intizomga keltiradilar.
Fotimaxonim Husayin, Odila va Samihaga nima bera olishi mumkin? Otasidan qoladigan katta boyliknimi? Yo‘q. Undana otasidan qoladigan boylikka, na bunday boylikning insonga saodat keltirishiga ishonchi bor. Agar boylik saodat deyilsa, faqirlardan badbaxtroq kimsalar bo‘lmasdi. Fotimaxonim ertaga ularni jamiyat oldida va Yaratgan huzurida uyalmaydigan darajada tarbiyalab yegashtirsa, eng qimmatli merosni qoldirgan bo‘ladi. Jamiyat avlodiga, farzandiga mol-mulq boylik qoldirganlarni muborakbod etmaydi. Lekin ularni odob-axloqsiz, vijdonsiz qilib yetishtirsa, tanqid va tahqir etadi.
Fotimaxonim shunisiga ishonadi. Ishongani uchun o‘g‘lini haqiqiy o‘g‘il bola, haqiqiy farzand, qizlarini ota-onasiga gap tekkizmaydigan tarzda o‘stirish, tarbiyalash yo‘lidan boradi. Bu oson yo‘l emas. Aks holda, hammaning bolasi ham haqiqiy farzand bo‘lib yetishardi. Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:53:58

Barcha ayollar ham Fotimaxonim kabi farzand tarbiyalashning, uni iftixor qilingudek bir tarbiyaga sohib qila olishning lozimligiga ishonmaydi. Bir ona bolasi och qolsa kasallanishi va oxir-oqibat nobud bo‘lishiga ishonadi. Shu ishonch tufayli har kech, har saxar uyqudan qolib unga ko‘krak tutadi. Issiq to‘shagini tark ettiradigan, uyqudan ko‘z ocholmaydigan, uyqudan totli narsa bo‘lmagan paytlarda ko‘z ochdiradigan bir tuyg‘u va ishonch bor — bu shafqat, «agar emizmasam bolam qiynaladi», degan ishonch. Bu his, shu tuyg‘u onani issiqni-issiq, sovuqni-sovuq demasdan bola xizmatiga yo‘llaydi. Fotimaxonimning fikricha, beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand bo‘lsa, beshikdan turgach tarbiyaga ham shunday ehtiyoji bordir.
Tarbiya hech kimga hech qachon zarar keltirmaydi. Kesilgan daraxt mehmonxonaga kiritilmaydi.
U daraxt maxsus dastgohlarda qayta ishlanib, jihoz shaklida mehmonxonaga kirishi mumkin. Tarbiya hatto hayvonga ta’sir ko‘rsatar ekan, nechun u insonni farishtaga yaqinlashtirib, ulardan ham yuksak maqomlarga ko‘tarmasin?!

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:54:16

Fotimaxonim tarbiyaning ahamiyatiga qisqacha shunday izoh beradi. Shuning uchun bolalarining dars tayyorlashidan tortib, to yaxshi axloq sohiblari bo‘lgunga qadar qo‘lidan kelganicha g‘ayrat qilishiga shubha yo‘q. Masalan, Husayin «tayyorlaydigan darsim qolmadi», deb o‘yinga berilganda shunday derdi:
— Otang do‘konni ochib, uch soat ishlab keyin yopib, aylanib yursa, bo‘ladimi?
— Ona, do‘kon ham yopiladimi?
— Nega yopilmas ekan?! Axir uch soat ichida o‘sha kun tirikchiligiga yetgulik pul ishlash mumknn.
— Mumkin, ammo bu bilan ish bitmaydi. Ertaga chiqadigan qo‘shimcha ehtiyojlar yoxud dam olish kunlaridagi xarajatlar uchun ham ishlash kerak-ku.
Barakalla, sen ham ertaga bir musulmon muhtoj bo‘ladigan bilimga hozirdan tayyorlan. Bir musulmon uchun bugunga qadar olgan bilimlaring yetib-etmasligini o‘ylab ko‘r. Bilim insonga foydadan boshqa narsa emas. O’g‘lim, o‘ynamoq har kimning qo‘lidan keladi, ammo o‘tirib Allohning qullariga Allohga eltguvchi yulni ko‘rsatish niyati bilan harakat qilmoq har kim bajara oladigan ish emas. Inson qancha harakat qilsa, barakati ham shuncha, — deb Husayinni dars tayyorlashga o‘tqizardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:55:13

Boshqa kun do‘konlardagi shogirdlarni misol keltiradi. Ularning ertadan-kechgacha tinmasliklarini, hatto ba’zan ovqatlanishga ham vaqt topolmasliklarini, ularning ham onalarining jondek bolasi ekanini, undan ortiq, yo kam joyi yo‘qligini aytib, ular qanday harakat qilsalar, talaba ham shunday qilishi kerakligini uqdiradi.
Husayin onasining tashviqi bilan darslarni sinfdoshlariga qaraganda yaxshiroq o‘zlashtirdi. Maktab darslari tugashi bilan maslagiga aloqador kitoblar o‘qir, ba’zi narsalarni daftariga qayd etib qo‘yar, onasi aytganiday bundan doim foydalanardi. Ba’zan bir sinfdoshi darsga emas, maslagiga aloqador savol berib sinfdoshlari javob berolmasa, bilganlarini aytar yoki shu savolga daxldor kitoblarni tavsiya qilardi. Boshqa o‘rtoqlari kabi dars tugar-tugamas o‘yinga chopmas, o‘qir, darsda javob berish uchun emas, Alloh rizosi uchun, Alloh qullariga yordamchi bo‘layin deb o‘qirdi. Uyining supurib-sidirilishini Alloh rizosiga bog‘lagan, bundan daftariga savob bitilishini umid qilgan samimiy onaning o‘g‘li bo‘lish shuni taqozo etmaydimi? Bir kun onasidan so‘radi:
— Ona, uy supurish ham Alloh rizosiga bog‘liqmi? Hamma narsa Alloh rizosi bilan izohlanadimi?
— O’g‘lim, Alloh pokiza bo‘lganlarni sevadi. Tozalikni amr etganini tushunib, uyni supurish nega uning rizoligiga sabab bo‘lmasin?! — deb javob berdi va Husayin qanoatlandi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:55:58

* * *

Fotimaxonimning Samiha va Odilaga munosabatini: biri haqiqiy, biri o‘gay bo‘lgan, faqat har ikkisi ham o‘zini haqiqiy hisoblagan ikki opa-singil va bir ona deb tasvirlash mumkin. Ular hamma bolalardan farq qilishmasdi va Fotimaxonim ham ba’zan yaxshi, ba’zan talabchan bo‘lardi. Bolalari orasida raqobat paydo bo‘lmasligi uchun qilni qirq yorgandek noziklik va ehtiyotkorlik bilan adolatli muomala yuritardi. Bu adolatli muomala tufayli hech birining xayoliga «onam meni boshqalardan kamroq yoki ziyodaroq yaxshi ko‘radi», — degan o‘y kelmaydi. Agar kimningdir qalbida shubha tug‘ilsa, bunga sabab Odilaning ko‘zlari boshqacharoq, Samihaning ko‘zlari esa Fotimaxonimning ko‘zlariga o‘xshashligi bo‘lishi mumkin, holos. Ularning maktabga borib-kelishlari ham Husayinga o‘xshash tartib-intizom ichida kechdi. Sinfdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan toza qiyofada o‘qishlarini davom etgirdilar.
Bu uyda ikki qizdan biriga olingan kiyimdan boshqasiniki aslo ortiq yoki kam bo‘lmasligiga qattiq e’tibor qilinardi, hech qachon «Samiha kichikroq-ku, unga mana buni olaqolaylik», — deganga o‘xshash ayirmachiliklarga yo‘l qo‘yilmasdi. Hatto Fotimaxonim qizlariga ko‘ylak tikishni bir kunda boshlab, bir kunda tugatardi. Hech qachon oldin birini bitirib, so‘ng ikkinchisini boshlamasdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:56:22

Bu uyda kiyimlari bir xil bo‘lgan opa-singil bor. Opa-singilning ahil yashashlari uchun har qanday sharoit mavjud, aksiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsa esa yo‘q.
Agar Fotimaxonimdek onalari bo‘lmaganda ular shu qadar osonlik bilan ahil yashay olarmidilar? Fotimaxonimdan boshqasi uydagi o‘gaylik masalasini shu xilda bildirmasdan hal etishi mumkinmidi?
Fotimaxonimni hamma qatori oddiy bir banda, uning ishlari ham bir inson qiladigan ish, deb qaralsa, boshqa har qanday ayol ham aqlini ishlatib, irodasiga hokim bo‘lib, Alloh roziligi yo‘lida uningdek bo‘la olishiga shubha bormi? Inson vijdonsiz bo‘la olganideq agar xohlasa vijdonli ham bo‘lishi mumkin. Yomon ish qilganidek, yaxshi ish bajarishi ham mumkin. Irodasiga qul bo‘lganidek, hokim ham bo‘la oladi. Qisqasi, bir o‘gay onaning yetimlarga yomonlik qilganchalik yaxshilik qilishga ham kuchi yetadi. Yaxshi o‘gay ona bo‘lish uchun na osmondan tushishning, na zamzamda yuvinishning hojati bor. Ammo biron ayol ahdidan ko‘ra hislariga tobe bo‘lsa, vijdon azobiga tushiradigan gunoh qilishini hisobga olmaydi.
O’z farzandini kechirgan ona, yetim bolasini avf etishga qodir emasmi? Farzandini bag‘riga bosgan ayol onaligini isbot etsa, yetimni bag‘riga bosgan ona iksonligini isbot etgan bo‘lur. Onalik yuksak tushuncha. Xuddi uning kabi yaratilish paytidayoq fe’liga singdirnlgan marhamat hisobiga u bilan onalik martabasida teng mavqeda turuvchi sanoqsiz maxluqotu mavjudotlar bor, Yetimni bag‘riga bosish esa ulardan farqimizni — insonlikni isbotlash demakdir. Bu martabada insonga tenglashadigan boshqa mavjudot yo‘q.


Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:56:41

Hatto farishtalar undan pastda, ta’zim etgan holdadirlar. Yaratilganlarning eng sharaflisi insondir. Insondan boshqa barcha maxluqlar ham o‘z bolasini bag‘riga bosishda insonga tenglashishi mumkin. Lekin o‘z bolasidan boshqasini shafqat va marhamat bilan kucha olish faqat nnsonga xosdir. Har qanday ayol ona bo‘lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham yaxshi o‘gay ona bo‘lolmaydi. Chunki baland tog‘ning eng yuksak cho‘qqisiga chiqish hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Ona o‘g‘il-qizidan hurmat ko‘rishi tabiiy, u bunga haqlidir. Yaxshi o‘gay onani hurmat qilish esa uni bilgan har bir kishining vazifasidir. Onalik shafqati insondagi ochlik, chanqashga o‘xshash tabiiy hol. Bolasiga shafqatsiz hayvon ham deyarli yo‘q. O’gay onalik esa irodani ishlatish natijasidir. Axloq 6u irodani yaxshi va yomon tomonga qo‘llash uchun xizmat qiladi. Ayol faqat ona bo‘lganligi uchun jannatga kirishiga aql bovar qilmaydi. Qanday ona bo‘lganiga qarab va, ayniqsa, yetimni o‘z bolasiday ko‘rgani uchun jannatda payg‘ambarlar bilan bir qo‘lning yonma-yon ikki barmog‘ichalik yaqinlikda qo‘shni bo‘lishi haqida esa mujdalar bor. Fotimaxonim Samihaga nisbatan qanday ona bo‘lsa, Husayin va Odilaga nisbatan ham shunday ona ekanini va inson ekanini isbot qilaolgan. O’n to‘qqiz yoshidagi qarorida qat’iy turdi, yillar davomida qiyinchiliklarga qarshi jasorat ko‘rsatdi. Uning uchun bu bolalarga yaxshi muomala qilish oson, aksincha, yomon muomalada bo‘lish qiyin. Uning fikricha, oqibatda yaxshilik keltiruvchi qiyinchilik zahmat sanalmaydi. Bu dunyoda xayrli ishlar uchun chekilgan barcha zahmatlar so‘nggi nafas bilan barham topadi. Yetimlarga soya bo‘lganlar u Kun soyada bo‘ladilar. Yetimlar soya bo‘ladilar. Onalarining najotlariga sabab bo‘ladilar. Fotimaxonim izlagan narsa mana shudir.
Husayin Imom Xatib maktabini yetti sinfini yaxshi bitirdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:57:15

Bir kun Fotimaxonim Xusayinni yoniga o‘tqizdi. Uning nima to‘g‘risidadir maxsus gaplashmoqchi ekanligi yaqqol sezilib turardi. Odila va Samiha bog‘da edi.
— O’g‘lim, bugun sen bilan Odila va Samixa eshitishini istamaganim bir masalani gaplashamiz.
— Gaplashaylik ona, marhamat.
Fotimaxonim dona-dona qilib so‘z boshladi:
— Bu yil o‘n to‘qqizga kirayapsan, o‘g‘lim. Bolaliging ortda qoldi. Endi azamat bir yigit bo‘lding. Past-balandni o‘rganding, yaxshini yomondan ajratadigan bo‘lding. Endi bir haqiqatni bilishingni istayman. Yillar davomida bu haqiqatni sendan, Odiladan va Samihadan maxfiy tutdim, yashirib keldim. Menimcha, bunday qilinishida foyda bor edi. Bugun esa bu haqqatning ochilishida foyda bor deb uylayman va shuning uchun ham aytmoqchiman.
Husayin tashvishlanib tinglardi. Fotimaxonim davom etdi:
Bundan ancha yillar avval bo‘lib o‘tgan ikki hrdisani eslaysanmi, yo‘qmi, bilmadim. Bir kuni: Bir ayol menga yetimligimni, onamning oti Xayriya ekanligini aytdi», — deganding. Undan ko‘zing mening ko‘zimga o‘xshamasligini eshitgan ekansan. O’sha kun otangdan mening ikkinchn ismim Xayriya ekanini bilganding va masala hal bo‘lgandi. Bir gal: «Samihaning ko‘zlari boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi», — deganingda, men senga otangning sochlarining bir qismi qora, bir qismi oqligini ko‘rsatgandim. Bularni eslaysanmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:58:07

— Biroz eslaganday bo‘lyapman, ona.
— Eslayolmasliging ham mumkin. Ammo bilishing lozim bo‘lgani shulki, o‘sha ayoldan eshitganing, har qun holam deb haqqiga duo qilganing Xayriyaxonim sening va Odilaning haqiqiy, o‘zingizningonalaringizdir. Vafot etganiga o‘n to‘rt yilga yaqin vaqt o‘tdi. Men esa sizning o‘gay onangizman, bolam.
Xusayin g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘z o‘ngida yuz-ko‘zi o‘zinikiga o‘xshash ayol paydo bo‘lganday bo‘ldi. Faqat boshlang‘ich maktabdagi snnfdoshi yetim Yilmaz xayolida undan aniqroq gavdalandi. Demak, o‘zi ham unga o‘xshash. Lekin uning yetimligi bilan o‘zining yetimligi orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Farq esa yer bilan osmoncha. Aytgani ikki bo‘lgani yo‘q. Yilmaz chekkan jafolar esa, eh-he... Nimasi o‘xshash buning?! Uning onasidagi insoniylikdan uzoq fe’l bilan o‘z onasining farishtalarga yaqin sifatlari orasida tog‘larcha masofa bor.
— Ona, hazillashmayapsizmi?
Nega xazillashay, o‘g‘lim?!

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:58:28


— Ammo, bizning nimamiz yetimga o‘xshaydi? Samihaning nimasi o‘zingiznikiyu, bizning qaerimiz o‘gay?! O’gay bo‘lsak shuncha vaqtdan beri bilinmasmidi?! Sizning ismingizXayriya emasmi?
— Mening asosiy ismim Xayriya emas, o‘g‘lim. Bu uyga kelgach, onangni Xayriya ekanini eshitsang, hayronu xafa bo‘lmagin deb o‘zimga Xayriya degan ikkinchi ismni oldim. Sizning o‘gaylarday o‘smaganligingizga kelsak, otangga turmushga chiqishimning asosiy sababi sizning yetimga o‘xshamasligingizni, yaxshi unib-ulg‘ayishingizni ta’minlash edi. Yillar davomida sizni o‘z zurriyotim sifatida bag‘rimga bosish, sizga yetimliklaringizni sezdirmaslik uchun ko‘limdan kelganini qildim. Agar o‘zim bexabar qusurlarim bo‘lsa, Alloh kechirsin, sen ham menga buni anglashim uchun yordam ber, qo‘zichog‘im.
Husayinning qo‘zlari yoshlandi, Bu onaning o‘gay emas, o‘z onasi bo‘lishini shu qadar istardiki...
Endi nima bo‘ladi, ona? Bundan keyin biz o‘gay bo‘lamizmi?

Qayd etilgan