Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119866 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:58:54

— Nega o‘gay bo‘lasizlar, o‘g‘lim? Bugungacha sen o‘zimning o‘g‘lim eding, bundan buyog‘iga ham shunday bo‘ladi. Odila bugunga qadar o‘z qizim edi, qizim bo‘lib qolaveradi. Bugun ushbu sirni xaqiqiy onasini tanisin va uning haqqiga duo kdlsin deb ochdim. Butungacha ushbu vazifani men bajarib keldim. Uning haqiga har kun tilovat qildim, duo o‘qndim. Istagim, bugundan boshlab sen ham shunday qilsang.
Fotimaxonim bir-ikki lahza nafas rostlab, yana davom etdi:
Bugunga qadar buni bilishingizdan biron-bir foyda yo‘q edi. Bo‘yni egik, ko‘ngli siniq bir yetim sifatida ulg‘ayar edingiz. Balki meni ona deb atamasmidingiz?! Xullas, bundan yutqizadigan faqat siz edingiz. Shu sababdan bugunga qadar bu sirni sizlarga ochmagandim. Odila yana bir necha Yil bu sirdan voqif bo‘lmay turgani ma’qul. Sen ham bu hakda unga hech nima demay tur! Hozircha buning payti emas. Uning bilishidan hech qanday foyda yo‘q. Mana, senga so‘zlashni xohlaganlarim shulardan iborat, o‘g‘lim. Onangni tani va unnng uchun tilovat qil.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:59:14

Xusayin ta’rif etish mushkul bir ahvolda qoldi. Demak, qarshisidagi yillar bo‘yi o‘zlarini gul kabi yetishtirgan, balki istalgan bir haqiqiy onadan ko‘ra ancha-muncha ko‘proq mehr ko‘rsatgan bu xotin o‘gay edi. Aqlini taniganidan beri yashab o‘tgan hayotini ko‘z oldida jonlantirdi. Masalan: Samihaning Odiladan farqli tutilgan biron hodisani eslamoqchi bo‘ldi. Muomalalardan biron-bir belgi axtardi, faqat bular hech bir naf bermadi. Mana ishonish mumkin bo‘lmagan ikki xulosa: Yo bu xabar xato bo‘lishi kerak yoki shuncha yillik o‘gaylik davrida o‘zni o‘gaydan ayirgan, soxta va yasama harakatlar topilishi darkor. Na unisi, na bunisi. O’rtada bir vijdon bor edi va bu vijdonga hech bir bo‘yab-bejashsiz oliy darajadagi onalik mehri, tarbiyasi ko‘rsatilgani ma’lum zdi. Husayin o‘rtadagi munosabatlarda biron-bir soxtalik bo‘lganligini ayta olishi uchun yolg‘on so‘zlashi lozim. O’gay ekanligini bugun aytgan onaning istalgan kimsaning onasidan ko‘ra xurmatga loyiqroq ekanligini juda yaxshi tushunar edi. O’z bolasining o‘qishi, yomonlar bilan do‘st bo‘lmasligi, odamlar orasida uyalmasligi uchun qay ona bu qadar g‘ayrat qilardi?! Qaysi onaning qo‘lidan kelardi bu ish?! Agar ko‘llaridan kelsa, hammasining farzandi ham tarbiyali bo‘lmasmidi?!
O’sha kuni do‘konga borganda otasi undan onasi bilan ba’zi narsalarni gaplashgan-gaplashmaganini so‘radi. Xusayin bor gapni aytib berdi. So‘ng aqliga kelgan bir savolni berdi:
Xo‘sh, onam bilan marhum onamning qarindoshligi bormidi?

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:59:47

— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Tanirmidi?
— Bilmadim. Bilganim shuki, ko‘pchilik o‘z opa-singillarining yetimlariga ham bunchalik qaray olmaydi. Ko‘pincha sizni urmoqchi bo‘lganimda, sizni himoya qnlib, meni uyaltirgan. Sizlarga mendan ko‘ra mehrnbonroq bo‘ldi. Men sabr qilolmagan, sabrim yetmagan paytlarda u sabr qildi. Xasta bo‘lganingizda mendan ko‘proq kuyundi. Sizlardan shikoyat qilganini eslolmayman. Yaxshiligini yuzga solmadi. Bugungi holga kelishingga, Imom Xatib maktabida o‘qishingga sabab bo‘lgan ham udir. O’lgan onang seni tug‘di, sutini emding, ammo seni shunchalar tarbiya qila olarmidi, yo‘qmi, bunisini bilolmayman.
Odilbek qancha yillar davomida insoniylik va muruvvatdan boshqa harakatiga shohid bo‘lmagan Fotimaxonimning bir vaqtlar Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatganini aytganida Husayinning ko‘z oldida bu nurli siymo yuksalib, haqiqin onalarning yaxshi jihatlari mujassam bo‘lgan sharaf tojini kiyardi.
Asr namozini birga o‘qigach, Odilbek o‘g‘liga onasining qabrini ziyorat qilishlarini aytdi va yo‘lga tushdilar. Qabriston eshigidan kirisharkan mahzun qiyofali bir askarning chiqayotgakini va salom berib uzoqlashganini ko‘rishdi. Husayin bu askarni taniganday bo‘ldi. Keyin xutba o‘qigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib to‘g‘rilab qo‘ygan yigitni esladi. Oradan to‘r? yil o‘tgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida so‘rashib-salomlashib o‘tishardi. Demak, askar bo‘libdi.
Husayin onasining mozoridan g‘amgin holda ketmadi deyish insofsizlik bo‘lar edi. To‘g‘ri, Fotimaxonim o‘ziga munosib onalik qildi, ammo o‘z onasining loaqal yuzini xotirlashni naqadar istardi. Zehni shu o‘ylar bilan bir muddat mashg‘ul bo‘ldi. Unnng ko‘zlari namlandi. Qayg‘urnshning marhumga foydasi yo‘qligini, unga rahmat tilash ma’yuslikdan, g‘ussadan foydaliroq ekanini o‘yladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:00:30

* * *

Oliy Islom Ma’hadiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Husayin ketishi bilan uyda ikki qizidan boshqa hech kimi qolmagan Fotimaxonim bir tarafdan o‘g‘lini sog‘insa, ikkinchi tarafdan uning o‘zi istagan o‘qishga kirganini o‘ylab ovunardi. O’g‘li yonida bo‘lib, tahsnl chala-yarim qolsa, bu ham yaxshi emas. Faqat chidash qiyin bo‘lgan ayriliq. Ammo bu ham muammo emas. U bunday qiyinchiliklarning ozmunchasiga bardosh etmaganmi-di?! Ora-sira maktublari kelib turardi. Otasiga yozgan xatlaridan tashqari onasiga ham alohida maktub yozib ahvolini va duo qilishini so‘rardi. Mana bu maktub ketganidan ikki oy o‘tgandan so‘ng kelgandi:
Sevimli onajonim!
Kecha asrdan so‘ng choyxonadachoy ichay dedim. Choyxonachining yordamchisi choy keltirdi va cho‘ntagidan bir xat chiqarib, «shuni o‘qib bersangiz, eshitsam»,—dedi. O’qidim. Tugagach, maktabga nega bormaganini so‘radim. U oh tortdi:

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:01:04

— Ular yubordilaru, men qochdimmi, birodar, — dedi. So‘ngra tushuntira boshladi. O’gay ona qo‘lida o‘sibdi. Undan ona sifatida uch narsa ko‘rdim deydi: tundliq yomon so‘z, tayoq...
— Bu uchalasidan ortiq biron naraa ko‘rdim desam, yolg‘on bo‘ladi. U ko‘zlari yoshlanganini yashirish uchun derazadan tashqariga qaradi. Men devordagya rasmlarga qaragan bo‘ldim.
Aytishicha, otasi asabiy odammish. «Har oqshom dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda o‘gay onam:
— Bugun badbaxt o‘g‘il u ishni qildi, bu ishni qilmadi, — deb to‘kib solardi. Otam:
— Xonim, besh daqiqa sabr et, bola ovqat-povqatini yeb olsin, so‘ng xohlaganingday uraman, —desa:
Men uring demayapman, faqat qilganini aytayapman, holos. Qancha majburlasam ham to‘xtatolmadim, mana o‘zining yuzi, — deb meni ko‘rsatdi. Men endi ikki barobar tayoq yeyishimni ismimni bilganday aniq bilib, indamadim. Otam:

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:01:31

— Xonim, asabimga teg‘ma, jahlimni qo‘zg‘ama! Qonimni qaynatsang, sening bolang ham xaqqini oladi. Bu ayb qnladi-yu, seniki tinch turadimi? Sening bolang osmondan tushganmi? Qaysi kun o‘g‘lingning xatosini aytding? Hudodan qo‘rqmaysanmi?
— Mening farishta o‘g‘lim nima qildi? Yashiriladigan aybi bormi uning? Yo tuxmat qilayinmi bolamga?
— Xo‘p, meniki har kun ayb qiladimi? Hech to‘g‘ri ishi yo‘qmi bechoraning? Bir kun bo‘lsa ham qo‘nglim uchun yaxshi bir ish qildi desang, nima qiladi? — deya yolvorsa ham o‘gay onamning men haqnmdagi yaxshi gapni otam hech eshitmadi.
— Har qun shu! Yolg‘on gapiraymi? Qilganini qilmadi deymi?
Otam dasturxondan ko‘l tortib turadi:
Har kun tayoq yeb to‘ymadingmi, aqling kirmadimi! Yetar endi! — deb rosa uradi. So‘ng onamga tashlanadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:01:56

— Bu yetim bola sen tufayli shuncha tayoq yedi. Men buning javobini qanday beraman, — deb mendan ikki barobar ko‘proq uni ham uradi. Keyin:
— Endi yumshadingiz. O’tiringlar, — deb bizni dasturxon atrofiga o‘tqizadi. Ko‘zyoshlari bilan yemagan ovqatimizni yednradi. O’gay onamning yuzlari gezarib ketgan. Ora-sira menga qarab Qo‘yadi. Bu ertaga senga ko‘rsatib ko‘yaman degani. Haqiqatan ko‘rsatadi. Otam bo‘lmaganida:
— Razil bola, sen tufayli kaltak yedim, — deb ustimga bostirib keladi. Ushlab olsa, to‘yguncha uradi.
Mana, uka, senga bir oqshom voqeasini aytdim. Bu har oqshom davom etishini aytsam senga g‘alati tuyulishi mumkin, balki ishonmassan, Ammo bularning hammasi mening boshimdan o‘tgan... Otam yo‘q paytlarda ovqatlanishga o‘tiramiz. O’gay onam, o‘gay ukam va men. Agar ovqatda mening oddimdan go‘sht bo‘lagi chiqib qolsa, u zudlik bilan ukamning oldiga surib qo‘yiladi. Uyda biron tansiqroq taom tayyorlansa, ovqat pishar mahali meni uni keltir, buni keltir deb yugurtirardi. Ishlar bitgach, dasturxon boshiga kelib ukamdan qolgan ovqatnigina ko‘rardim. Ba’zan ukam ga xitoban:
Ol ko‘zichog‘im, sen ham hamma qatori yeyaver, qorning ochqab ketganini ko‘rib turibman,—deredi. «Hamma» men ekanligimni bilib turardim.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:03:13


Bir kuni otamningu bilan gaplashayotganini eshitib qoldim. Gap mening o‘qishim xususida edi, O’gan onam ming bir bahona keltirib otamni bundan qaytarishga urinardi. Oqbatda meni maktabga bermadilar.
Bir kuni holam menga bir-ikki narsalarni o‘rgatdi. «Bularni hech kim yo‘q payti otangga ayt, mening aytganligimni unga bildirma», — dedi. Rozi bo‘ldim. Bir kun otam bilan boqqa ketayotgandik. Otam gaplashmasdi, boshini yerga osiltirgancha vazmin yurib borardi. «Ayni vaqti», — deb o‘yladim:
— Ota.
U menga o‘girildi:
— Nima deysan, o‘g‘lim.
— Jaxlingiz chiqmasa, sizga bir gap aytardim.
— Ayt, jahlim chiqmaydi.
— Onam bo‘lsaydi, men sen uchun bir gul misoli xushbo‘y taratardim. Hozir esa tikanman, senga botib turaman, to‘g‘rimi?
Otamning ko‘zlarini yosh qopladi. Meni quchoqladi, bag‘riga bosdi, hidladi va hiqillab yig‘lay boshladi. Bir muddat shunday turganidan sung:
Toychog‘im, kurib turibsan-ku, sendan ko‘proq uni do‘pposlayman. To‘g‘ri aytding, ammo ne qilay, kuchim yetmayapti,—dedi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:04:18


Men yana holam o‘rgatganidek:
— Menga kuchingiz yetadi-ku, ota, — dedim.
Bu so‘zlar otamga qattiq ta’sir qildi, Bu gaplarni kim o‘rgatganini so‘radi, aytmadim.
O’sha kundan keyin otamning menga nisbatan muomalasi o‘zgardi. Onam chaqsa, avvalgidek sapchib turib urmaydigan, faqat do‘q-po‘pisa bilan, nasihat bilan kifoyalanadigan bo‘ldi:
— Boshqa bunday qila ko‘rma, abjag‘ingni chiqaraman, bola...
O’gay onam otamdagi bu o‘zgarishni ko‘rardi, faqat sababini bilmasdi. Menga ba’zan «o‘g‘lim, bolam» deb, ba’zan yeguliklar berib avrasa ham bunga muvaffaq bo‘lolmadi.
Saodatli hayotim ikki yilcha davom etdi. Saodatli kunlar deganim, ota-onasi bor bola uchun tikanlar ustida yotish bilan teng. Ikki yildan so‘ng — otam vafot etgach, ahvol o‘zgardi. Boshimda qora bulutlar aylana boshlagach, qochdim. Mana shu yerda xizmat qilyapman...»

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:04:47

Mening bir dona onam, bularni tinglagach, qadringizga ko‘proq yetadigan bo‘layapman, sizni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rib qolyapman. Qaysi bolaning o‘z onasi sizning menga ko‘rsatgan yaxshiligingizni ko‘rsata oladi?! Bu yerda talabalar o‘z ota-onalaridan oyda-yilda bitta maktub olishadi. Holbuki mening onajonim o‘z qo‘llari bilan bitilgan maktubni har hafta jo‘natadilar. Maktubni olib yuz-ko‘zlarimga suraman, «farishtasifat onamning qo‘llari tekkan, buyozuvni nurli barmoqlari yozgan»,—deb to‘yib-to‘yib hidlayman.
Boshingizni og‘ritmadimmi? Kamchiligimga e’tibor bermang. Sizga uzun xat yozmasam, ko‘nglim tinchlanmaydi. Yozarkanman, yoningizda o‘tirganday, yuzlaringizga to‘yib qarayotganday tuyulaman. Besh daqiqa bo‘lsin sizni yonimda his etmoq uchun, maktubni cho‘zib yuborganim uchun meni avf eting. To‘yib-to‘yib qo‘llaringizni o‘pish umidi bilan, sizga sog‘inchli salomlar yo‘llayman.
O’glingiz Husayin.

Qayd etilgan