Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:11:18

* * *

Bu tushuncha Odilbekka qaydan keldi?
E’tirof etmoq kerakki, ilgari bunday fikrlamasdi. Tug‘ri, tuzuk, harakatchan edi. Shuning bilan birga olgan gazlama yoki uy ashyosi o‘zimiznikimi, yo‘qmi deb qiziqmas, shunchaki yoqtirganini olardi, holos. Bu hol Husayin Imom Xatib maktabining beshinchi sinfiga borishiga qadar davom etdi.
Husayin darsdan tashqari o‘qigan bir tafsir kitobidan Qur’on oyatlarining ko‘pi nozil bo‘lishiga yaxudiylarning tarbiyasizligi sabab bo‘lganini bilib oddi. O’sha joydan savdodagi qallobliklarning aksariyati ana shu millatga xos ekanligini, ular o‘zga millatlarni talash, abgor etish maqsadida turli hiylalar ishlatishini bilib oldi. Bu bilimlardan Odilbekni ham xabardor etdi.
Kun kelib, Odilbek ishini ulgurji, ko‘tara savdoga o‘tkazdi. Harom yo‘l bilan boyiganlarga halol va shar’iy yo‘l bilan ham boyish mumkinligini isbotladi. Hiylakor va haromxo‘r u dunyodagina emas, bu dunyoda ham topganini baxuzur, bemalol yeyolmasligi qilmishiga jazo emasmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:11:41

Odilbekka ba’zan yaqin tumanlardan zarur mollar so‘ralgan talab maktublari kelardi. Bu talablarning bir qismini qondirardi, qondirilmagan qismi uchun talabgorlarga maktublyar yo‘llab «topilmagan chet el mahsulotlari o‘rniga xohlasangiz, o‘zimiznikidan yuboraman!, deb taklif bildirardi. Bu maktublar ko‘pincha yaxshi natijalar berardi.
Mamlakatdan tashqariga oqib ketayotgan pul masalaning bir tomoni, masalaning boshqa tomoni — u yoqdan keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qanaqaligi. Kutsdan-qun ortib borayotgan turli xastaliklarning bunga hech qanday aloqasi yo‘qmikan?! Unda oldin ko‘z ko‘rib, kuloq eshitmagan tomir qotishiga o‘xshash kasalliklar osmondan tushyaptimi?
Tabiiy, o‘zing mutaxassis bo‘lmagan sohalarda qat’iy so‘z aytish yaxshi emas. Ammo, ota-bobolarimiz bejizga «Govurdan do‘st bo‘lmas» deyishmagan.
Odilbek o‘g‘lini Imom Xatib maktabiga berish oldidan ikkilanganini esladi. O’g‘lini bu o‘qishga berganidan pushaymon emas. U bilan qilgan samimiy suhbatlari natijasida tijoratida, fikr va axloqida katta o‘zgarishlar bo‘lganidan Odnlbek juda ham mamnun.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:12:22

Husayin Imom Xatib maktabiga qayd etilgach, Odilbek goho Erdolbekka ro‘baru kelib qolganida piching va minnatlariga ahamiyat bermasdi. Erdolbek:
— Kim ne desa-desin, Odilbek, siz yanglishdingiz.
— Erdolbek, yanglishgan bo‘lsam ham mamnunman. Faqat yanglishganimni isbot etish qoldi, bunday odamning topilishiga ishonmayman. Sizga tijoriy hayotdan misol keltiray: tasavvur etingki, bir mol faqat mening qo‘limda bor. Millatning bu molga ehtiyoji katta, baland narx qo‘yishimni kim ma’n eta oladi?
Masalan, avtobus bekatida yigirma besh qurushlik gazli suv ellik, hatto yetmish besh qurushga sotiladi. Gazetalar ko‘pincha katta shaharlarda kimlarningdir kasal ot va eshak so‘yib sotilayotganda ushlanganini yozishadi. Bular yolg‘on bo‘lsa, bu yomonlarning oldini olmoq, yolg‘on bo‘lmasa, bularni haqiqat sifatida qabul qilmoq majburiyatidamiz. Vijdonni isloh qilishga hukumat ham ojiz. Har insonning boshiga bittadan nazoratchi ko‘yolmaydi. Har do‘konni va do‘konchini har kun, har soat nazorat qilolmaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:12:49

Xaridorga molning kamchiligini aytmasam, aytishga meni kim majbur qiladi? Qaytarib olib kelganga, buni o‘zing qilib keltirding deb tuxmat qilsamchi? Kim meni qaytaradi? Ertaga bahosi oshadigan bir molni uyimda yeki boshqa joyda saqlab, vaqgi kelganda chiqarsam, kim aralashadi bunga? Hukumat bularning qanchasidan xabar topadi? Nechasini uddalaydi, nechasiga ulgurib, qanchasiga ulgurmaydi? Bunaqa voqealar tijoratda qanchadan-qancha?! Qo‘limdagi mol tugaguncha eski bahoda sotsam, bunga kamroq foyda ko‘rishni yoqtirganim sabab emas. Bu Allohdan ko‘rqishimdan, vijdon tuyg‘usidan.
Stadionning ilk ochilgan kun cho‘kishiga nima deysiz? Stadion qurilishida ilm yetarli bo‘lmaganmi? Yoki xalq ilk ochilgan qun yoqtirmasdan ketmon, bel, cho‘kich bilan qulatdilarmi? Balki quriliivdagi nuqson vijdon hokimiyatining Alloh buyrug‘i bilan nazorat qilinmay qolishi natijasidir?
Odilbek Erdolbekning yuziga javob kutganday birpas qarab turgach, davom etdi:
Erdolbek, xayotimda, tijoratimda kechaga nisbatan bugun yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, buning birinchi sababi o‘g‘lim o‘qigan kitoblardan foydalanganim, u bilan din, ma’naviyat borasida muzokara qilganim, axloq to‘g‘risida suhbatlashganimdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:13:09


Odilbek bundan so‘ng Erdolbek bilan biror marta bahslashmadi. Bahslashsa-da, natija o‘zgaradi deb bO’lmasdi. Odilbek to‘g‘ri gapirardi, Odilbek o‘g‘li tufayli bilmagan sohalaridan xabardor bo‘ldi, anchagina ma’lumot oldi. Bungacha faqat namozxon bir musulmon edi, holos. Fotimaxonimga uylanib, Qur’oni Karim o‘qishni o‘rgandi, natijada bir qadar fe’li ham yaxshilandi, masalan, marhuma xotini haqiga har kun tilovat qilmoqni, uning ruhiga bag‘ishlab sadaqalar bermoqni odat qildi, Shu sababdan xonimiga bo‘lgan xurmati so‘ngsiz. Unda bir ayolda bo‘lishi kerak bo‘lgan bir talay xususiyatlar bor edi. Qarshisidagn eri bo‘lsa ham to‘rri, samimiy so‘zlar, yaxshi niyat bilan yo‘l ko‘rsatadi. O’zini katta tutish, tavsiya etgan narsasi to‘g‘ri chiqsa, yuzga solishday tarbiyasizlikni unda ko‘rmadi. O’g‘lining o‘qishidan faqat foydalar ko‘rganini inkor etolmaydi.
Odilbekning do‘kondagi aqidalaridan biri to‘g‘rilik bo‘lsa, ikkinchisi qanoat edi. Ha, unda qanoat mavjud edi. Faqat uning bomdoddan so‘ng to xuftongacha namoz vaqtlaridan tashqari doim do‘konda bo‘lishini ko‘rganlar bu qanoatni anglashlari mushkul. Ham qanoat sohibn bo‘lmoq ham oqshomgacha ishlamoq... Agar bu da’vo to‘g‘ri bo‘lsa, qanoatning boshqa bir ma’nosi bordir?!

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:13:34

Ha, qanoat bir luqma, bir xirqa», deb yotib, bugun yegulik topib, ertani o‘ylamaslik emas. Hisobsiz boy bo‘lishning ham qanoatga zarari yo‘q. Faqat inson bu molga emas, bu molni bergan va xoxlaganida olib qo‘ya oladigan qudratga ega Allohga kul ekanini anglasa, bas. Pulga kul bo‘lmasa, uyida puldan boshqasiga o‘rin qoldirmaydiganlardan bo‘lmasa, pul uchun Alloh rizosnni tark etish o‘rniga Alloh rizosi uchun pulidan kecha oladigan, pul va mulk ortishi ochko‘zlikni emas, shukrini orttirishi lozim. Alloh yo‘lida bir pog‘ona yuksalmoq uchun pulni bir narvon deb biladi va foydalanadi. Oqshom uyga kelganda «qan-cha topdim», deb emas, «qanday topdim, harom aralashib ketmadimi?» deb o‘ylaydi. Odilbekning qanoati shunday bir qanoatdir.
Ha, to‘plagan boyligi hisobini Robbiga qanday berajagini, yaxshi, halol ishlash ham ibodat ekanini o‘ylagan insonni qanoatsiz deb bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:13:57

* * *

«Dunyo va oxiratning eng sharafli axloqini senga o‘rgatayinmi? Seni tark etganning holiga rioyat, seni mahrum etganga yaxshilik va ikrom, senga zulm etganga kechirimli muojala.»
Rasululloh S.AV.
Tagidan yozma xatlar bilan Husayinning bayram bilan tabriklari, sihat va salomatlik tilab qilgan niyatlari joy olgandi.
Bu tabrik xati Ismoilning ko‘nglini titratib yubordi. Bu tabrikni olib, o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Odila bilan birga Sanixaxonim ko‘lini o‘pmoq uchun yo‘lga otlandi. Shu onda eshik ochilib bayram tabrigiga kelgan Sannhaxonim kirib keldi. Sanihaxonim xastaligi paytida Ismoildan ko‘rgan yaxshilik ta’sirida tavba suvida yuvinib, poklanib, Ismoil ham Fotimaxonimning tashviqi, Husayinning tabrigi ta’sirida muruvvatdan yiroq tuyg‘ularni quvib, bir-birini hayit bilan tabriklash huzuriga va lazzatiga erishdilar. Bu ularning hayoti davomida dildan kelgan bir istak bilan «onam», «bolam» deya quchoqlashib ko‘rishgan ilk bayramlari edi.
Bir soatlar o‘tirgach, ketayotib oyna qarshisida ro‘molini tuzatayotgan Sanixaxonimning ko‘zlari oynaga pardaga o‘xshatib ilib qo‘yilgan eski bo‘z parchasiga tushdi. Yillar qa’ridan ko‘ngilsiz bir xotira jonlandi. Bo‘z ko‘rpachasiga g‘ariblarcha ko‘l uzatgan jajji yetim Ismoil ko‘z oldiga keldi. Ro‘molini tuzatgan bo‘lib bo‘zni oldi, ko‘zyoshlarini unga artdi va joyiga qo‘ydi. Uydan chiqarkan lablari pichirlab, shu bo‘zdan bo‘lgan libos egasiga «Fotiha» o‘qirdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:14:21

* * *
Husaynn Istambuldan tahsilni tamomlab kelgach, birdan ishga joylashmasdan avval askarlik burchini o‘tab kelishni o‘ylab yurardi. Lekin onasining bir yil bo‘lsa ham o‘qituvchilik qilib ismingni, kasbingni mustahkamla degan taklifini qabul qilib foyda ko‘rdi. Haqiqatan bu o‘zi uchun yaxshi bo‘ldi.
Bir yildan so‘ng askarlikka jo‘naydigan Husayinni kuzatmoq uchun kelganlar uyni to‘ldirdi. Odila bilan Samiha og‘alarining safar xaltasini hozirlar, o‘g‘illarini askarlikka yuborganlar xotiralarini so‘zlardilar. Vaqt yaqinlashgan sayin hayajon ham ortib borardi. Nihoyat ayriliq daqiqalari kelganda erkaklar tarafida o‘tirgan Husayin onasining qo‘lini o‘pmoq, qarindoshlari bilan xayrlashmoq uchun ichkari kirganida hayajon so‘nggi nuqtaga yetdi. Husayin:
Ona, duo qiling, — deb qo‘lini o‘pib quchganda ko‘zlar yoshga to‘ldi, orqasiga o‘girilib ro‘molchasi bilan ko‘zlarini artganlar bo‘ldi. Fotimaxonim o‘g‘lini quchgandan so‘ng, ma’yus, lekin samimiy ovoz bilan shunday dedi:


Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:14:51

— Qara o‘g‘lim, bugungacha senga qaramoq bizning vazifamiz edi. Bugundan so‘ng bizga qaramoq sening vazifang bo‘lur. Hayotingda o‘tashing kerak bo‘lgan vazifalarning eng ulug‘laridan birini ado etmoqqa ketyapsan. Istardimki, to‘g‘riliqdan, samimiyatdan ayrilmagaysan. Agar bir bor nojiddiy harakat qilib, vatan xizmatiga hiyla aralashtirsang, sendan rozi emasman. Navbatchilikda har on menga, qarindoshlaringga hujum qilmoqchi bo‘lgan dushman qarshisiga chiqqanday sergak, bedor va xushyor bo‘l! Yurganda qadamingni dushmanni ezayotganday bos. Meni Alloh huzurida uyaltirib qo‘yma! Vatan mudofaasida xiyonat qilgan o‘shaning onasi ahvolini boshimga solma. Meni butsday sharmandalikka tushirma! Agar so‘zlarimga amal qilsang orqangda seni kecha-kunduz duo qilgan bir onang bor. Sen uni topasan. Agar so‘zlarimga amal qilmasang, yonimga qaytma va meni ona demagaysan o‘g‘lim! Mayli, Alloh salomat saqlasin va seni ikki dunyoda azizu mukarram etsin!..
Fotimaxonimning so‘zlari atrofdan eshitilgan hiqillab yig‘lashlarga qorishib ketdi. Lekin u matonatni qo‘ldan qo‘ymadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:15:18


Husayin boshqalar bilan ham xayrlashgach, ayrildi. U eshikdan chiqishn bilan darhol joynamoz uzra qo‘l bog‘lab turgan, Parvardigoridan namoz bilan madad tilagan Fotimaxonimda har onada ko‘rilmagan bir haybat mujassam edi. Salom bergach, samoga qalqqan ko‘llar va Robbiga bog‘langan ko‘ngil, ko‘zlardan sassiz engan yoshlar va qimirlagan lablar pichirlab, Oliy Parvardigordan nelarnidir so‘rab, unsiz iltijolar va duolar qilardi.
Oy borib, omon kelsin!.. — deb duo qilib ajrashganlardan ikkitasining orasidagi bu suhbatni ko‘ring.
— Fotimaxonimni ayting, bolaga ketar chog‘ida og‘ir gaplar qilmadimi? Ming qilsa ham o‘gay bor uyda maza qolmaydi-da.
— Menimcha, unday emas, egachim. To‘g‘risini aytsam, siz yanglishyapsiz. So‘zlar sizga achchiq tuyulsa-da, yaxshilik uchun aytildi. Menimcha, har ona shunday so‘zlashi kerak. Alloh uchun go‘zal, yaxshi so‘zlar aytdi.
Husayinning yo‘l xaltasini bekatgacha Ismoil eltdi. Bekatda yo‘lovchilar minadigan avtobus bagajini yosh yigit ochib, uning xaltasini oldi. Husayin bu yigitni ko‘zlaridan taniganday bo‘ldi.

Qayd etilgan