Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 87818 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:15:46


Bir muddat esladi. Bu orada shofyorning:
— Yilmaz, tezroq qnmirla! —deb baqirishi unga boshlang‘ich maktabdagi yetim sinfdoshi Yilmazni eslatdi. Tanimaydigan holga kelibdi. Bolalikdan qolgani — faqat qo‘zlarining rangi. U bilan bir-ikki og‘iz gaplashmoqni qanchalar istardi. Ammo u ish bilan band, o‘zi ham quzatib kelganlar bilan xayrlashishi kerak. Ismoil bilan quchoqlasharkan, bu yigitga e’tibor berishni, ilojini topsa bir ishga joylashni iltimos qildi. Avtobusga mindi. O’ziga qo‘l siltayotganlar bilan xayrlashib, Istanbul sari yo‘l oldi. Tuzla piyoda maktabida ta’lim olib, bir yarim yillik xizmatini boshlamoqchi.
Ismoil va Yilmaz ikkalasi ham yetimlik hayotini qo‘rgan, uning mashaqqatlari bilan kurashgan darddosh, taqdirdosh edilar. Salomlashishdan boshlangan tanishish bir-ikki oyda qalin do‘stlikk aaylandi. Ismoil sinfdoshi Husayinning pochchasi ekanini eshitgan Yilmaz unga yanada yaqin muomalada bo‘ldi. U ham Ismoilni «pochcha», deya boshladi.


Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:16:06

Jamoat bilan oldi-berdida hiyla ishlatmagan Odilbekning ishi kundan-kun ilgarila borardi va bir o‘zi ulgurolmas, yana bir kishining yordamiga extiyoj sezardi. Husayin askarlikka ketganiga besh oy bo‘ldi. Odilbek do‘kon ishlariga endi yana bir odam aralashishini istardi. Ikki kishi bo‘lib harakat qilsalar ham ibodat, ham ish oqsamaydi. Odilbekning hayotiy aqidasi diniy va dunyoviy ish bir-biriga xalal berishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, bir-birini to‘ldirib, go‘zallashtirib, bnr-biriga yordamchi bo‘lishiga erishish. Payg‘ambarning «Dunyoning ishlarini hech qachon o‘lmaydigandek, oxirat ishlarini ertaga o‘ladigandek ado et!» —degan amrini harf-harfigacha tatbiq etish azmidan hech bir manfaat qaytarolmasdi. Hayotda eng yaxshi muvaffaqiyat qozonishning siri shundadir. Bu borada suhbatlasharkanlar Ismoil o‘zining va Husayinning do‘sti Yilmazdan so‘z ochdi.
Yilmaz ertasigayoq ishni boshlab yubordi. Bir hafta o‘tib kelgan Husayin do‘sti do‘konda ishlayotganini ko‘rib xursand bo‘ldi. Boshlang‘ich makgabdagi jajji jafokash Yilmaz ulg‘ayib, bir azamatga aylangandi. Malakasizligi bir qarashda bilinardi. Shuning bilan birga qandaydir ishlar qilishga tirishar, shu ishda qolishga xavasmand ekani ko‘rinib turardi. Avvalgi kasbidan ko‘ra tuzuk, toza va kulay ishga yo‘liqish mamnuniyatini yuzidan uqish mumkin edi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:16:24

Boshlang‘ich maktabni tugatgach, o‘gay onasi ko‘p yashamadi. Yilmaz erkin nafas oldi, Otasi Mahmudbek uchinchi bor uylanishni xohlamadi. Chunki ikkinchi bor uylanganiga ham pushaymon edi.
Ota-o‘g‘il gulday yashab, ishlab yurarkan bir kun do‘konga kirib yuki yengil, lekin qimmatbaho buyumlarni o‘margan o‘g‘rining kasofati bilan shikoyatsiz yashayotgan kunlariga so‘ng nuqta qo‘ydi. Endi bu ishdan bir natija chiqmasdi. Mahmudbek do‘konda qolgan bor-yo‘q molni chiqarib sotdi. Sotdiyu shu hafta o‘zi ham dunyoga qo‘l tortdi, etak siltadi. Hayotining hisobini bermoq uchun o‘ziga hayot ato etganning huzuriga ketdi. Janoza harajatlaridan ortib qolgan bir necha qurush ko‘ngli yarim Yilmazga qanchagacha yetardi?! Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘qishga Imkoni bo‘lmagan, hunarsiz bolaga hammollik va shofyor yordamchiligidan boshqa ish topilarmidi? Yilmaz ham abtobus bekatlarida bir muddat yo‘nalishlarni e’lon qiluvchi — jarchi bo‘lib ishladi. Bu orada haydovchiga yordamchi zarur edi, darrov ishni boshlab yubordi. Faqat ishidan ko‘ngli to‘lmas, xuzurlanmasdi. Oqshom tushib uyga kelgach, horg‘inlikdan butun vujudi, ruhi, ko‘ngli rohatsizlanardi. Pokizarok, bir ishga joylashishni shunchalar istardiki...

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:17:20

Husayin askarlikka jo‘nayotgan kunda Ismoilning ko‘lidan jomadonni olarkan, Husayinni bir qarashda taniganini, lekin bu yordamchi, jomakorda ko‘rinish unga ozor berishi mumkinligini o‘ylab o‘zini tanimaganga solishni afzal ko‘rdi. Husayinni bir jihatdan qarindosh hisoblardi. Chunki, zulm ostida qolgan o‘sha og‘ir kunlarida ko‘ngil yarasiga uning onasi malham ko‘ydi, bag‘riga bosdi, mehr-shafqat to‘la boqishlarini sezdi, Ona demoqning‘ ta’rifsiz hayajonini tuydi va ovundi.
O’sha kundan keyin Husayinni garajgacha olib kelgan Ismoilni tez-tez ko‘rardi. Avval salomlashib o‘tishardi, keyin-keyin bir-ikki daqiqa suhbatlashadigan bo‘lishdi. Hamdardlik ularni darrov do‘stlashtirdi. Masalaning yana bir tomoni Yilmaz go‘dakligida birga o‘ynagan Odilaga Ismoil uylangandi. Bir qun Ismoil^do‘konlariga ishga taklif etganida Yilmaz bu taklifni mamnuniyat bilan qabul etdi.
Oradan bir necha oy o‘tdi. Ishini yokdirar, charchaganini bilmas, berilib harakat qilardi. Odilbek ham xursand edi. Yilmazdagi g‘ariblik hissi yo‘qolib, odamlarga, havtga aralashib, ko‘tarinki, dimog‘i chog‘ bo‘lib qolishiga, nekbin harakatlar qilishiga sababchi bo‘lardi.


Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:17:48

Ismoil bir kun Yilmaz bilan yolg‘iz qolganda doim aytmoqchi bo‘lgan, lekin aytolmay yurgan bir dardi borligini, buni ko‘pdan payqab yurganini aytdi. Yilmaz tortinchoqlik bilan uylanish vaqti kelganini, lekin qo‘lida hech vaqosi yo‘qlignni, o‘ziga yordam kerakligini so‘zladi. Kimga uylanmoqchi ekanini so‘raganda, Yilmaz uyalib jimib qoldi va boshini egib oldi. Yuzi uyatdan qizarib ketdi. Ismoil osmondan tushgani yo‘q. Ko‘ngli nimalarnidir sezadi. Vaziyat avvalo Fotima onasi bilan maslahatlashishni taqozo etadi. Kunglida shunga qaror qildi va unga aytdi, Fotimaxonim mamnun bo‘ldi. «Demak, Alloh menga ikki emas, to‘rt yetimga ona bo‘lishni nasib etgan ekan, o‘g‘lim. Nima deyman, Allohning bu lutfu karamini qanday qarshilayman, bilmayman» dedi, so‘ngra ko‘zlaridan to‘kilgan ikki tomchi yoshni yetimlarning yarasiga malham bo‘lgan, malham surgan barmoqlari bilan sidirdi. Odilani bir yetimga uzatgandan beri har namozdan so‘ng har ishga qodir Allohning lutfu karamidan umidvor bo‘lib, «Yo Robbiy, Samihamni ham bir pokiza yetimga nasib ayla, bugungacha adolat bilan duolarimni ijobat etganingdek, qizimga ham baxtu saodatli turmush nasib aylab, meni bu turmushni ko‘rib, halovat topishimga muvaffaq ayla, o‘ksiklarning, g‘ariblarning, yetimlarning Sultoni Habibi Akramning hurmatlariga....» deb duo qilishni unutmasdi. Mana, duosi qabul bo‘lganining ilk mujdasi. Endigi tilagi Odilbekning bu ishni ma’qul topishi edi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 02:18:14


Uyda to‘yga hozirliklar ko‘rilyapti. Odilaning emaklab qolgan o‘g‘lini bag‘rida uxlatayotgan BUYUK ONA qo‘lida goho og‘ir-vazmin o‘girilayotgan tasbeh donalari. Goho deraza oldida ko‘zlaridan biri bilan o‘tirib, ora-sira ko‘ringan kuyosh ziyosida boqqanida yuz-qo‘zlarini nurlantirguvchi Qur’onini qizi ham eshitadigan darajada sokin va mayin ovozda o‘qirdi. Uning kunlari shu taxlit kechardi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2008, 08:03:49

O'gay ona (roman)



Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan