Biri butun borlig‘i bilan shafqat va marhamatdan iborat bo‘lsa, boshqasi faqat moddiy va shakliy jixatdangina onaga o‘xshaydi. Biri sevsa, ikkinchisi uradi, biri bag‘riga bossa, o‘zgasi ko‘ksidan itaradi, Birinchisi — ona, ikkinchisi—o‘gay ona.
Odilbek bolalarida onasizlik tuyg‘ularini ko‘rgan sayin, dardi ham ortib bordi. Ularni har oqshom, har tun kuchog‘iga olarkan, ko‘li ko‘zyoshlardan nam bo‘lardi. Ayniqsa, Husayin:
—Ota, onam kelmadiku, hali tuzalmadimi?—deb so‘raganida dardi yanada kuchayadi Tun-kechalab qiynalsa ham ularga qarar, shafqatini, mexrini ayamas, kunduzlar qaynonasi, ya’ni xotinining onasinikiga qoldirib, ishiga ketardi. Bir kun u ham bolalarga qarayolmaydigan darajada xastalandi va u yana uylanish majburiyatida ekanini xis eta boshladi. Fotimaxonimga uylanish masalasi ham hal bo‘lgunga qadar bolalariga bir o‘gay onakelishini tuzukroq o‘ylab xam ko‘rmagan ekan. Yoxud bolalari bilan ovora bo‘lish, ularning holiga achinib, yaxshi niyat bilan harakat qilyash bunday o‘y surishlardan chalg‘itgandir. Endi bu kun tartibidagi ko‘ndalang masala kun sayin ulkanlashar, barcha yo‘llar bolalarga o‘gay ona topish ma’nosida birlashardi. O’gay ona... Bu nomni bugungichalik haqikiy ma’noda tushunmagan edi. Boshga tushmaguncha bilmas deidilar. Peshonadagi yara bilan devordagi kovakning qanday farqi bor? Odilbek necha bor xotini o‘lib uylanganlarni eshitgan.Ammo o‘sha uylanganlarning o‘z bolalariga bugun anglaganidek, o‘gay ona olib keltshni tushunmagandi.Hozir o‘gay onani bir olov sifatida qabul qilardi:etimlarning ovqatini pishirish yoki isitish o‘rniga yoqib yuboradigan olov.Yohud u bir shamol-go‘daklarga orom berish o‘rniga a ularni junjiktirib, yuz-kuzlarini chang-to‘zon bilan to‘ldirguchi shamol...