Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 93539 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 23 B


mutaallimah  13 Oktyabr 2007, 21:25:29

Bu orada Fotimaxonim ichkariga kirib qolib suhbat to‘xtadi.
U bir ish uchun qaytib chiqib ketgach, Odilbek:
— Endi bunday gaplarni eshitmayin, o‘g‘lim. Agar, ona demas ekansan, meni ham ota dema!
— Nega endi, ota?
— Onangni opa deganingdan keyin, meni ota deyishning ne hojati bor?! Onang xafa bo‘lib, seni o‘g‘lim demay ko‘ysa, nima qilasan? Onang bo‘lmasa, seni yaxshi ko‘rarmidi? Sizlarni o‘pib yotqizarmidi? Onang bo‘lmasa, bu ishlarni qilarmidi?
Bu orada Fotimaxonim xonaga yana kirdi. O’tgan qunlar Husayinni Fotimaxonimga ko‘proq yaqinlashtirdi. Odila esa hali kichik. Avval o‘tganlarni eslayolmaydi. Ikki kun o‘tmasdan Fotimaxonimni ona deb yaxshi munosabatda bo‘lib ketdi.
O’ynamoq uchun chiqqanlarida deraza oldida kuzatib,kutib o‘tiradigan, qaytganlarida yugurib eshikni ochadigan onalari bor edi endi ularning uyida.
— Kelganimizni qanday bildingiz, ona?
—Derazadan qarab, kutib o‘tiruvdim, bolalarim kelsin deb.
-Bizni judayam yaxshi ko‘rasizmi, ona?
Juda-judayam!

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Oktyabr 2007, 21:26:11


Keyin bu yaxshi ko‘rishning kattaligini, darajasini ko‘rsatish uchun yoniga yozilgan qo‘llar va ularga mehr bilan qarab qolgan ko‘zlar...
Bu ko‘zlarning sohibi, bolalarining boshqa bolalardan kam emasligi, past kelmaslik kerakligini, ba’zi o‘zini bilmaganlar: «Ha, endi, nima bo‘lardi, yetim shunday bo‘ladida!» —demasliklari uchun butun kuch-kuvvati va g‘ayratini sarflar, xar ikkisini ham gulday toza qilib tashqari chiqarardi. Uyda ham kundalik ishlaridan tashqari, ularni o‘ynatar, qo‘ngil ochishlarini tartibga solib borardi.
Odilbek hayotidan mamnun ko‘rinardi. Ko‘rinadi emas, xaqiqatan mamnun. Chunki Fotima o‘gay ona emas, o‘z onalariday bolalarga talabchanlik va mehr bilan qaramokda. Endi bolalar uzoq davom etgan dardli hayotdan forig‘ bo‘ldilar. Odilbek azonda uydan xavotirsiz, xotirjam chiqadi. Ishiga ko‘nglida rohat, qalbida xuzur bilan keladi. Buyuk falokat o‘rniga saodat kelganini,tushida ko‘rganlari tush bo‘lib qolganini anglagan va shukr aytgan bir qul qay axvolda bo‘lsa, Odilbek ham shu holda. Go‘daklariga boqib rahmatlidan bir omonat ekanini, birga achchiq-chuchuk kunlarni kechirgan xotinini xotirlaydi. Ba’zan charchagan paytlarida: «Fotima!» deyish o‘rniga «Xayriya» deb yuboray deydiyu, aqlini yig‘ishtirib oladi. Ba’zan uyqu aralash yonidaga Fotimani Xayriya deb o‘ylab ko‘yardi. Xavfli tomoni shunda ediki, uyku aralash og‘zidan uning ismi chiqib ketishi mumkin edi. Unda Fotimaxonim o‘zini yaxshi ko‘rmasligini, hanuz u Xayriyaga bog‘liq ekanini o‘ylab qolishi mumkin. Buning oqibati yaxshi deb bo‘lmaydi. Qaysi erkak uylangan xotinini avvalgi eridan so‘z ochishini, ochganda ham unga bog‘lanib qolganini eshitishni istaydi?

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Oktyabr 2007, 21:27:16

Avvalgi erini har kecha maqtayvergan xotinini «uchchovimiz bir o‘ringa sig‘maymiz» deb urib yotoqdan uloqtirgan Afandining holiga o‘xshaydimi bu? Ba’zan pishgan taom Xayriya tayyorlaydigan ovqatga o‘xshashligi, Xayrnya uni keltirganda yeyman deb og‘zini kuydirishlari uni ikki-uch azvalgi xotiralarga qaytarardi. Yana u bilan bog‘liq hotiralarga beixtiyor berilib ketardi. Fotimadan shikoyat bormidi? Shunin uchun avvalgi xotinini unutolmayaptimi? Yo‘q, u xaqiqatni inkor yoki oyoq osti qiladiganlardan emas. Do‘konida sotiladigan qahva va shunga o‘xshash qimmatli bir narsani tortarkan, tarozining qarshi pallasiga qahva solinib o‘ralgan qog‘oz og‘irligicha foydani xaridor zarari xisobiga urib qoladigan sotuvchida vijdon borligini gapirish lozimmi?
Bir necha bor ayni o‘zi kabi vijdonli bir xaridornin
— Odilbek, o‘raydigan qog‘ozni tekin olmaysan. Shunday ekan, zarar ko‘rasan, degach:
Foydamiz qog‘oz xarajatini qoplaydi, — deb, bun ko‘ngil roziligi bilan qilayotganini aytardi. U tijortida vijdon talabidan kelib chiqib ko‘yilgan foydadan ziyodini o‘ziga munosib ko‘rmas va barokat shunda ekan ishonar edi. Bunday tushunchaga ega kishining bolalari halovat ato etgan, ularni o‘z onasi kabi bag‘riga bosgan o‘zining xurmatini ham o‘rniga qo‘ygan xonimdan shikoyat etilishiga imkon bermasligi kunday ravshan. Albatta xonimiga munosib tarzda hurmat ko‘rsatyapti, faqat odobu tarbiyasi, samimiyati yanada ziyoda xurmat etishga loyiq ekan, uni xafa qilmaslik uchun hech bo‘lmasa Xayriyaxonimni uning yonida xotirlamaslikni istardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Oktyabr 2007, 21:28:02

Fotimaxonim Qur’on o‘qishni bilardi. Boshlang‘nch maktabni tugatgach, maxsus kursga qatnab, xatm qilgan, Kursda Qur’oni Karimni so‘ngiga qadar o‘qigan bo‘lsa ham har bomdoddan so‘ng Kalomullo tilovatini odat qilgay Alloh kalomini o‘qigach, uning zavqi va hayajoni bilan ishlarini boshlardi. Kelin bo‘lgach ham bu odatini davom ettirdi. Kelgan haftasining juma oqshomi edi. Odil akasiga murojaat qildi:
— Kur’onni o‘qishni bilasizmi?
— Yo‘q! Bu jihatdan omadsiz va savodsizman.
— Savodli bo‘lishni istaysizmi?
— Qanday?
Sizga Qur’on o‘qishn io‘rgatsam, nima deysiz?
— Shu yoshdami?
— Yoshingizga nima qilibi? Inson Qur’on o‘qishni o‘rganishi uchun mutlaqo go‘dak bo‘lishi kerakmasku...Ko‘ngil xohasa bu yoshdagina emas, yigirma yil keyin o‘rganish mumkin. Otam yozuv almashganda yoshi bir joyga borib qolgan ko‘plab kishilar yangi yozuvni o‘rganganini aytar edilar.
— Yaxshi, qanchada o‘rganishim mumkin?
Kirishishingiz, harakatingizga bog‘liq. Har oqshom bir soat mashg‘ul bo‘linsa, bir oyda bemalol o‘qishingiz umkin. Vafot etgan qancha qarindoshlaringiz ikki sahifalik tilovatga och odamning ovqatga bo‘lgan ehtiyojidan ko‘ra kuchliroq ehtiyoj bilan ko‘z tikadirlar. Bomoddan so‘nggi o‘qiladigan o‘n daqiqalik oyatlar qalbga qanday tuyg‘ular solishini tilovat qilgach anglaymiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 00:58:35


 — Juda mamnun bo‘lardim, ko‘llaringni o‘paman. Shu oqshomdan kechiktirmasdan, darhol boshlaymiz.
Odilbek aytganidek shu kechadan o‘qishni boshlab yubordi. U so‘zida turadigan insonlardan edi.
Fotimaxonimning aytgani to‘g‘ri chikdi. Odilbek bir oy o‘tgach, insoniyat xidoyati uchun yuborilgan sharafli kitobni hurmatli va suyukli xonimining yordami bilan kechqunlar bemalol o‘qiydigan bo‘ldi. Bu ilk qadam edi. Bundan so‘ng bu kitobda ko‘rsatilgan, oqibati mutlaqo saodat bo‘lgan islomiy va insoniy qonunlarni o‘rganmoq uchun uning turkiy tarjimasini o‘qib chiqishga qaror qilishdi.
Bir kun Odilbek uyga qo‘lida bir qog‘oz xalta bilan qaytdi. O’zini ochiq chexra bilan karshilagan xonimga uni uzatarkan;
— Qimmatli ustozimga hadyam bu, —dedi. Qog‘oz xalta ochildi.Go‘zal bir libos edi. Fotimaxonim erining yuziga boqib:
— Tashakkur. Ammo mening bolalarimga hadya qani? Men kiyib,ular shunday qoladtlarmi?
— Ularga ham bo‘ladi. Bir hafta o‘tsin, inshoolloh.Ularning ham ko‘ngillarini ko‘taraman.
— Buni olgan do‘kon zgasi bilan do‘stligingiz bormi?
Bor.


Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 00:59:01


— Yaxshi, agar menga quloq solsangiz, buni ertaga eltib borib,o‘rniga bolalarimga ikki hira oling. Qarang, kunlar ham soviy boshladi. Ham ko‘ngillarini olasiz, sovuq yemaydilar. Ularni xursand, shod etsangiz, men sevinaman. O’zim kiyganimdan ziyodaroq kuvonaman.
Bu so‘zlardan Odilbekning ko‘zlarida yosh paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshga qaramaslik uchun kiyimni taxlamoqqa kirishgan Fotimaxonim boshini ko‘tarmas ilova qildi:
— Ham men bunday emas, qimmatliroq hadya xoxlayman.
— Nimani istaymiz, Fotimaxonim?
— Xoxlaganimni xuftondan keyin aytaman.
— Hozir ayting.
— Hozir paytimas.
Buni anglashdan ojiz qolgan Odilbek xotinini ortiq qistamadi.
Fotimaxonimning lutfi uchun Yaratkanga jon-dili bilan shukr qildi.
O’ynagani chiqqan bolalar uyga qaytishganda,kamzul qog‘oz xaltachaga joylanib,yashirib qo‘yilgandi.
«Xufton»dan so‘ng Odila Fotimaxonimning yoniga keldi:
— Ona, meni uxlating, — dedi, Fotima uni o‘rniga yotqizdi. Yonida o‘tirdi. Unga har tungi uch kalima darsi takrorlatdi:
— Seni kim yaratdi, qizim?
— Alloh.
— Payg‘ambaring kim?
— Hazrati Muhammad.
—Dining nima?
Islom.

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 00:59:21


Darsi bittach, yonoqlaridan bir-bir o‘pib, «Alloh rohat bersin, tuning xayrli bo‘lsin» dedida, uykuga ketishini kutdi. Besh daqiqalar o‘tib, Odila uxlab qoldi. Birozlan so‘ng Husayin ham uxlagach, eriga murojaat qildi:
— Endi mening hadyamga navbat keldi. Shu oqshomdan e’tiboran har oqshom uch bor «Ixlos» va bir marotaba "œFotiha» surasini, har juma oqshomi Taborikni o‘qib,marhuma qarindoshimga bag‘ishlaysiz. Bir kamzul bir kun sevintirar,bu hadya esa har kun.
— Sening qarindoshing qlganmi?
— Ha. Bir yil avval.
— Bu hakda gapirmaganding.
— Endi gapiraman.Mayli,o‘qiyman,lekin ismi nima qarindoshingning?
Fotima g‘oyat sokin ovozda dedi:
— Xayriya.
Bu ismni eshitishi bilan Odilbekning rangi o‘zgardi.Hayajonini bildirmaslik uchun ming‘irladi:
—Xayriyami?
—Ha, Xayriya. Nega g‘alati bo‘lib ketdingiz?
Yo‘q, g‘alati bo‘lmadim.

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 00:59:38

— Men Xayriya deyishim bilan dovdiradingiz. Nega? Odilbek boshini quyi soldi:
— Chunki vafot etgan xotimimning ismi ham Xayriya edi Fotimaxonim.
Qistamadi.Bu gapni qo‘yib, sening qarindoshingga o‘taylik.
— Mening qarindoshim vafot etgan xotiningiz Xayriyadir. Haqqiga tilovat qilishingizni istagan qarindoshim aynan u.
Odilbekning ko‘zlari yoshlandi. Boshini egdi:
— Ammo, men uni unutishga harakat qilyapman.
— Nega? Axloqsizmidi? Odilbek tezlik bilan e’tiroz etdi:
— Yo‘q, aslo.
— Yaxshi ko‘rmasmidingiz? Sevmasmidingiz? Odilbek jon joyidan ushlangandi. Sevmoq — ne degani? Telbalarcha sevardi. Chuqur iztirob bilan:
— Yaxshi ko‘rardim, Fotimaxonim. Faqat nega so‘raysiz? Nechun kul bo‘lgan dardni qo‘zg‘aysiz?
Nechunmi? Masalan, Xayriyaxonim hayot bo‘lganida sevmasmidingiz? Unutilishiga sabab uning o‘lishimi? Bu xonimning aybi sizga ikki shu’laday, nurday bola , hayotini hayotingizga bog‘laganimi, nomusini sizga topshirganimi, butun borlig‘i bilan sizniki edimi, sizning yo‘lingizga ko‘z tikkanimi? Shularmi uning unitilishiga sabab,ayting! Nega bu bolalarni unutmayapsiz? Bular faqat sizga oidmi yoki o‘lgach,vafosiz eri tomonidan unutilgan Xayriyaxonimning ham ularda haqqi bormi?

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 00:59:54


Bu so‘zlar Odilbekning yuragiga o‘qday qadaldi, terga botirdi:
— Fotimaxonim, bir ko‘ngulda ikki sevgi bo‘lurmi? Bir inson ikki xotinni ham sevishi mumkinmi?
— Bu kecha g‘alati suhbatlashayapsiz. Meni sevish bilan uni sevish orasida qanday munosabat bor? Uni sevish bilan, masalan, mozorga borib u bilan birga yotasizmi? Na siz bunday qila olasiz, na u sizdan buni kutadi. Bugun unga bo‘lgan sevgingiz, Alloxdan uni kechirishi so‘rashingiz, savobini unga atab taom tarqatmog‘ingiz unga bag‘ishlab Qur’on o‘qimog‘ingizdir. Yoki marxumni boshqacha tarzda sevish ham mumkinmi? Men unga qarshi so‘zlasam, meni uyaltirish o‘rniga, aksincha yo‘l tutishingizdan xafa bo‘ldim. Sizni bunday qiyofada qo‘rishni istamasdim. Axdiga vafoli bo‘lmog‘ingizni xohlayman. Sizdan unga nisbatan muruvvat kutaman.
Odilbekning ko‘zlari yerda bo‘lgani uchun Fotimaxon uning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rmadi. Agar uyatdan yerga kirgudek, yorilgudek holda bo‘lmasaydi, yig‘layotganini ovozidan ham bilsa bo‘lardi. Faqat bunga imkon yo‘q edi. Qalbi gavhardan qimmat xonimi qarshisida ekanini yana bir idrok etib, u ko‘rsatgan insoniy ibratdan lol qolib turardi. Bir ayol erining o‘lgan xotinini bu qadar bu darajada insoniylik ko‘rsatishi uni lol etgandi:
— Uni unutmasligingiz haqida menga so‘z bera olasizmi?
Odilbek so‘z berdi. Suxbat ta’sirida bu kecha uzoq vaqt uxlay olmadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 01:00:17


* * *

Bir kun keyin bolalariga bir donadan jun kamzul keltirildi. Ikkisnning ham sevinchi so‘ngsiz. Ularni kuvongannni ko‘rgan Fotimaxonim:
— Mana, endi men mamnun bo‘ldim. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, — dedi.
Husayin:
— Ona, otam sizga ham olib keladimi?
— Albatta, olib keladi. Ammo hozir menda bor. Siz kiysangiz, men xursand bo‘laman.
Ovqatdan so‘ng ikki bola yashinmachoq o‘ynashardi. Avval biri ko‘zlarini yumadi, ikkinchisi yashirinadi, so‘ngra ko‘zlarini ochib bekinganni topadi, Yashirinish navbati Odilada. Husayin ko‘zlarini yumdi. Fotimaxonim qo‘llarini ochib, «kel» deya ishora etdi. Ayni vaqtda Odilbek ham shunday qildi. Bola taraddudlandi, ikkisiga teztez qarab oldida, so‘ng Fotimaning quchog‘iga otildi. Boshini uning ko‘ksiga yashirib, qichqirdi:
— Bo‘ldiii..
Husayin ko‘zlariki ochdi va bir daqiqadan so‘ng Odilani topdi. Aka-singilning qiyqirg‘i ko‘kka ko‘tarildi. Odilbek so‘radi:
— Qizim, men ham kuchog‘imni ochdimku, nega menga kel
mading?
Siz — badbo‘ysiz, onam — xushbo‘y. Qizaloq sigaret isini aytmoqchi edi. Sigaretning yomon hidi kelganidan otasining bag‘riga yashirinmadi.

Qayd etilgan