Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 85624 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 23 B


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:01:09


I

Quyoshni bahorning boshi va kuzning adog‘ida har qachongidan ko‘ra qattiqroq, ko‘proq suyushimizni ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. Odamlar ilk bahor kuyoshini askarlikdan qaytgan o‘g‘lini yoki g‘urbatga uzatilgan, ya’ni uzoqqa kelin bo‘lib tushgan qizini kutib olgan otaona kabi qarshilaydilar. Kuzgi quyosh esa bamisoli bayram ta’tilida kelgan mehmon — loaqal yana bir kunga qolishi istalgan suyukli farzand... U bulutlar bag‘ridan boqishi bilan bog‘chalarga, supalarga, ayvonlarga, derazalar tubiga ko‘rpachalar solinadi, suhbatlar kurilib, tikish-bichish singari ko‘l yumushlariga kirishiladi.
Aprelning boshlarida, ikki qavvatli uy derazasi oldida o‘tirib ham ip yumaloqlagan, hamda to‘r parda uzra tushayotgan oqshomni kuzatayotgan ikki ayol aslida ko‘pdan orziqib kutganlari — quyosh nurlari bois shu yerda o‘tirardilar.
Tashqarida bolalar to‘p o‘ynamokda. O’yinda yengilmaslik uchunmi, yoki hali isib ulgurmagan bahor havosida junjikmaslik uchunmi o‘rtadagi to‘p ortidan yugurishmokdalar. Devor tubida esa ikki bolakay ularni tomosha qilib turishibdi. Biri sovqotganidan ko‘llarini qo‘ltiqlariga suqib olgan, qarovsizligi ko‘rinishidanoq bilinib turgan olti yoshlardagi zaifgina o‘g‘il bola. Ikkinchisi go‘zal liboslar kiyg‘izilgan, toza qiyofali, uch yoshlarga kirarkirmas qizaloq. Tanimaganlar kattasini kichigining uyida xizmat qiladigan ayolning o‘g‘li deb o‘ylashlari mumkin va shunday gumon qilishga haqlidirlar. Chunki, bunday taxmin qilib, hukm chiqarishga istalgancha alomatlar bor, ammo boshqacha o‘ylashga asos bo‘ladigan dalil mavjud emas.


Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:02:52


Aslida bu ikki bola — qarindoshlar. Qarindoshliklari ikki holatda aks etadi: biri shu onda yonmayon turishlari, ikkinchisi bir uyda yotibturishlari. Ularning shu ikkisidan boshqa barcha narsalari farqlidir. Yebichishlari, kiyinishlari va ularga qilinadigan muomala qarindosh emasliklariga dalolat bo‘la oladi. Birini «bir donam, yagonam, dilporam, dilbandim» deb suyishsa, ikkinchisini «yo‘qol, basharang qursin» deya quvishsa, biriga har soat jonim, ko‘ngling ne tusaydi» deb murojaat etilsayu, boshqasi ochqaganini aytsa, «ochqamay o‘l, zahar ye, zaqqum yut" deb javob eshitsa, birini bag‘riga bosarkan, boshqasini ko‘kragidan itarsa, albatta, bu hodisalar, ularning qarindosh ekaniga dalil sanalmaydi,
Olti yoshlardagi o‘g‘il bola bundan uch yil avval — uch yoshlarida yetim qolib, o‘gay ona ko‘lida shu holga tushdi: bir bola ko‘tara olishi mushkul bo‘lgan qahru qiyinchiliklarni, hayot achchiqliklarini totdi, tayoq yedi. Ko‘rgankechirganlari ichida tamoman unutgani — ona mehri, ona shafqati... Uning uchun ana shu uch yil uch asr qadar uzoq kechdi. Shu uch yil ichida loaqal biror marta tasodifan bo‘lsaham «jon bolam» degan so‘zni, afsuski, eshitmadi. Uning quloqlari bunday yaxshi so‘zlarga tashna, qalbi esa zor bo‘ldi. Bu bolaning vazifasi kichigiga qarash, uni ovuntirish, o‘ynatish, beshigini tebratish va Sanihaxonim ko‘rsatgan ishlarni bajaripvdan iborat.


Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:03:06


Hozir bu ikki qarindosh to‘p o‘ynayotganlarni tomosha qilishmoqda. To‘g‘rirog‘i, kattasi tomosha qilayotgan kichigiga ko‘zquloq. O’yinni ro‘paradan ko‘rish qulay tuyuldi. Singlisini qarshi tarafga ohista yetaklay boshladi. Ko‘zi bolalar o‘ynayotgan to‘pda, aksiga olib to‘p singlisiga kelib teshshi mumkin. U faqat shuning uchun diqqatini to‘pga qaratgan, o‘yinni esa tomosha qilmoqchi emas. Uzi o‘ynamagach, tomoshadan ne foyda?
Bu ehtiyot singlisini yaxshi ko‘rgani uchunmi? Yo‘q. Chunki biri har jihatdan sevgiga, ikkinchisi nafratga duchor bo‘lgan qarindoshlarning birbirini yaxshi ko‘rishi daryoning tepaga oqishiday gap. Unda bu harakatning sababi nimada? Bu bolao‘ziyaxshi ko‘rmagan qarindoshini nechun bu qadar jiddu jaqd bilan qo‘riqlaydi? Javob oddiy: kaltak yeyishdan qo‘rqish... Ha, shu qo‘rkuv bo‘lmasa, tayoqemasaedi... Boy bolalari yegan shokoladdan ko‘proq tayoqlar... o‘rniga mexrshafqat, muruvvat ko‘rsa edi, balki qarindoshini bundan ko‘proq avaylardi. Joni achib, yaxshi ko‘rib, o‘zi istab qarardi. Shafqat va marhamat yulduzlar qadar uzoq ekan, u o‘ziga yuklangan yumushlarni ko‘ngiddan, mehr bilan ado etolmas edi.

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:06:43


Yo‘l o‘rtasiga kelganda qizaloqning oyog‘i qayrilib, yiqilib tushdi. Bola uni darhol turg‘azdiyu, faryodini to‘xtatolmadi. U qizaloqni kuchib chetga yetakladi, kiyimlarini qoqa boshladi. Qizcha yig‘idan tinmasdi. Qarshi tomondan ochilgan eshikdan bir ayolning boshi ko‘rindi. Atrofga alangladi, bolalarni ko‘rdi. Yo‘lda erkak yo‘qligini bilgach, tezroq yurdi:
— Razil, yana bolani yig‘latding, hozir senga ko‘rsatib qo‘yaman!
Yuqoridan ochilgan derazadan yosh qiz ovoz berdi:
— Sanixaxola, Ismoilning aybi yo‘q. Bolao‘zi yiqildi. O’z ko‘zim bilan ko‘rdim.
Sanihaxonim, uning bu aralashuvidan mamnun emasligini ta’kidlagan ohangda javob berdi:
— Yaxshi qarasa yiqilarmidi, singlim? Ko‘r bo‘lgur, hech qaramaydi go‘dakka.
So‘ng bolalarga o‘girildi. Yuqorqdagi qiz:
— Alloh haqqi, u aybdor emas! — deya bakirdi. Lekin Sanihaxonnm quloq solmadi, kattasini birikki shapaloqlagach, kichigini quchog‘iga oldi:
Kel qo‘zichog‘im, yagonam! So‘ng Ismoilga o‘girildi: Uyaltirma, ikki tarsaki nima degan gap? Naq oyog‘imning ostigaolib tepkilardimku.... —deya o‘dag‘aylab, bolasini yetaklab uyi tomonga yo‘l oldi.


Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:55:44


Ismoilning nohaq jazolanishi o‘ynayotgan bolalarga tekin tomosha bo‘ldi. Ikki daqiqa davom etgan bu shafqatsiz voqea ularni tinchlantirdi, hatto dam oldilar.
Ismoil yig‘lar ekan, ular yana o‘yinlariga berilib ketdilar. Bu orada yon tomondagi eshik ochilib, haligi baqirgan qiz chiqdi va Ismoilni chaqirdi:
— Ismoil! Ismoil!
Ismoil qayrilib qaradi.
— Buyoqqa kel!
Bordi. Qiz uni ichkariga taklif etarkan:
— Ol, mana bularni, ye! Mana bunga esa ko‘ngling istagan narsani sotib ol, —deya qo‘lidagi qandlarni unga uzatdi. Boshqa ko‘lida esa ellik qurush bor edi.
— Kerakmas, Fotima opa.
— Olmasang xafa bo‘laman, opa demaysan.
Ismoil hiqillashini bosolmadi. «Bular nimaga ham yarardi, hech qanday foydasi yo‘q», deganday oldi. Cho‘ntagiga soldi.
— Kel yuzingni yaxshilab yuv, Ismoil, —deb Fotima zinada turgan suraxi (grafin)ga uzaldi, Ismoil hiqqillab:
— Opa, o‘zim yuvaman, ovora bo‘lmang.
Men kuyib tursam, yaxshiroq yuvasan. Quloqsiz bo‘lma!


Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:56:03


Ismoil yuzini yuvdi. Fotima sochiq keltirib bolaning yuzini artdi va  o‘pib qo‘ydi.
— Bir narsa kerak bo‘lsa, yonimga kel, maylimi, Ismoil.
Ismoil uning ko‘zlariga qaradi. Ezilib qaradi. Ko‘zlari yana yoshlandi.
— Mening xam sizday opam bo‘lsaydi?!—deb cho‘ntagidan chiqargan kir ro‘molchani ko‘zlariga olib bordi.
— Men sening opang emasmanmi, Ismoil?! Doim yonimga kelib tur.
— Qanday kelaman? Bu yerga kirganimni ko‘rsa, o‘ldiradi meni.
Tashqariga yo‘nalib, o‘z eshiklariga bir qarab qo‘ydida, devor tagiga iyagi bilan qo‘llariga tayangancha cho‘nqayib o‘tirdi va yig‘lay
bshladi.
Sanihaxonim Ismoil yegan tayoqlar jannatdan chiqqan deydi. Orasira shunday deyishdan Ismoilni urib zavqlangani kabi zavq oladi. Jannatdan chiqqan narsa faqat tayoqmi? Yoxud tayoqning jahannamdan chiqqan turi yo‘qmi? Modomiki, jannatdan chiqqan ekan, nechun Salma bilan birga totmaydi bu tayoqni?! Ismoil kichik boshi bilan bularni tushunganday bo‘lar, yig‘lar, faqat tuzukroq, to‘g‘riroq javob topolmasdi. Topgandan ne foyda? Tayoq jannatdan chiqqanmi yoki do‘zaxdanmi, baribir Ismoilning joniga azob beraveradiku, Ismoil shunday xayollar bilan band bir paytda yuqorida ikki ayol o’rtasida shunday suhbat kechardi:
— Pastda nima qilib yuruvding, Fotima?
Ismoilning ko‘nglini ko‘tardim, ona.


Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:56:22


— Birovning bolasi bo‘lsa, senga nima, qizim? Onasini bilasanku, dimog‘idan qurt yog‘adi. Nega aralashasan demaydimi?..
— Desin, ona, deb ko‘rsin?! Zulm emasmi go‘dakkinaga?! Onasi bo‘lmasa, shuncha ezish kerakmi? Aslida onasizligini bildirmasligi zarurku... buning o‘rniga bunday ish tutsa, jon chidaydimi?
— Bu insonlik emas, ammo na chora, nima ham qilarding?! Kimga
dod deysan, kimga tushuntirasan, qizim?! Hamma yerda
shunday. Qaysi o‘gay ona yetim bolalarni bag‘riga olibdi?! O’z bolasiday ko‘ribdi? O’gaylik qilmagan o‘gay ona bormi? Qani bunday fazilatlar, qizim?
— Menga qolsa, bu bolaga zulm qilinmasa deyman. O’z dardi o‘ziga yetib ortadi. Ona mehriga muhtoj, ko‘ngli vayron bolaga qanday muomala qilishmokda, bilmadim. Qanday inson bunday muomala qiladi, qaysi axlok, kitobida bunga o‘rin bor?! Qay vijdon bunga chidaydi, bilmadim, ona, bilmadim..!
Shu kecha Fotima, uxlay olmadi. Ko‘zlarini yumishi bilan Ismoilni ko‘rar, u yig‘lar, to‘xtovsiz yig‘lardi. Bu bolaning yolg‘iz aybi — onasining o‘lgani, yetimligi. Aslida, unga bu yoshda parvarish, ona mehriga muhtoj g‘amli yuragiga, mahzun ko‘ngliga malham zarur edi. Lekin qayda malham?! Qani, u mehribon inson?! Insoniylik amriga kuloq tutgan bormi? Muruvvat, marhamat yo‘lidan yurguvchi qani? Qani, o‘z diniy burchini o‘ylaganlar?! Qaerda?!! Axloqiy vazifasini o‘taydiganlar qayda, qayokda, qani?!

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:56:46


Agar Janobi Payg‘ambarimiz tug‘ilmasdan yetim qolganlari eslansa, har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida ul zotga qilingan yaxshilik singari qabul qilinishi o‘ylansa, shunday hodisalar sodir bo‘larmidi?! Aslida katta odam ham ko‘tarolmaydigan yuk bechora, yoshgina go‘dak yelkasiga qo‘yilgan edi. Onasi vafot etgandan buyon hayoti vayron, ko‘ngli chilparchin, dunyodan bezgan. Bezdiruvchi tayoqlar, haqoratlar paydarpay yog‘ilib, peshmapesh kelib turar, faqat yaxshi so‘z, mexrmuruvvat, marhamat ko‘li tasodifan bo‘lsada, hali uning darvozasini, ko‘ngil eshigini ochmagandi...
Ha, jajjigana Ismoil bu holga bardosh berar, istaristamas bu og‘irliklarni ko‘tarardi. Ko‘tarmasdan nima ham qilardi?! Arzimas xatosi uchun ham kaltaklaydigan o‘gay onauni parvarish qilarmidi?! Unga yoki otasiga bularni aytib, dardiga darmon toparmidi?! Ismoiluchun bu ishlar g‘oyat mushkul edi. Otasi yonida ham o‘gay onasidan ko‘p bor haqorat eshitgan, kaltak yegan, ammo otasi uning yonini olmagan. Aqalli biron marta o‘gay onaning qo‘lidan tutmagan. Yo‘qsa, shunday bo‘larmidi? Loaqal oqshom uyga qaytgan otasini xursandlik bilan qarshilab, quchog‘iga otilmasmidi?! Qachon bunga jur’at qila olgan? Fotima bunday holatga shohid bo‘lmagan. Ammo oqshom uyga qaytgan ota qarshisida boshi egik, o‘ylayo‘ylay uygakirib ketgan maxzun Ismoilni ko‘p ko‘rgan. Balki bir oz keyin bu kamchiliklar botar vau otasining ko‘lidan tutar... Balki har kim o‘z aybi uchun o‘zi jazolanar... Balki qarindoshi qilgan xatosi uchun Ismoil jazolanmaydigan kunlar kelar...


Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:57:37


Ikki haftacha avval uning ko‘nglini ko‘tarib:
— Ismoil, uning qilmishlarini otangga aytmaysanmi? Meni ko‘p uradi demaysanmi? —deyishi bilan Ismoilning boshi egildi:
Otam meni yaxshi ko‘rmaydiku... Kechasi tizzalariga o‘tirmoqchi bo‘lsam, onamga qaradi, qaradiyu, meni surib ko‘ydi. U Salmani keltirdi:
— Kapkatta bolangni suymasdan mana buni erkalat! Otam ham uni erkalatdi.
Ismoil bularni aytib yig‘ladi, Fotimani ham yig‘latdi.To‘shagida shularni o‘ylab uxlayolmagan Fotima goh o‘ngga, goh chapga ag‘darilar, o‘rtanar edi.
Ikki oy o‘tdi. Bayram keldi. Odatga muvofiq bolalar eshikmaeshik yurib, ko‘l o‘pardilar.
Ismoilham bayram kuni otasining ko‘lini o‘pdi. Otasi ham uni bag‘riga oldi, kuchoqladi, yuzlaridan o‘pdi. Bayramda cho‘ntagiga tushgan besho‘n kurush va kiygan yangi liboslari o‘z yo‘liga, Ismoilni quvontirgan — ota quchog‘ida besh daqiqa o‘tirish, ota chehrasini
ochiq ko‘rib,shirin so‘z eshitish edi. Hatto o‘gay onasi uni suyib, quchoqlab o‘pdi.
Bayram qanday go‘zal, qanday totli! Har kun bayram bo‘lsaydi, deb o‘yladn. Avval buni do‘stlariga anglatishni o‘yladi. Otam meni suydi demoqchi bo‘ldi. Keyin bu fikridan voz kechdi. Uydan chiqib to‘g‘ri Fotima opasining eshigiga yurdi. Nima uchun? Uni tushungan yolg‘iz u bo‘ldi, ko‘zyoshini u sidirdi, har nedan ortik, muhtoj bo‘lgani — shafqatni, mehrni undan ko‘rdi. Qay vaqt kaltaklansa, Fotima opa hamdard bo‘ldi. Ko‘ngli tasalli topdi. Shuning
Uchun Ismoil eng avval uning uyiga yo‘l oldi.

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Oktyabr 2007, 10:57:48

Eshik Ismoil qo‘l uzatmasdan avval ochildi, ochiq chehra Fotima opa uni taklif etdi. Kelishini derazadan ko‘rdi.
— Opa... — deya unga talpindi.
— Kirmaysanmi? Qochadiganga o‘xshab turibsan. Shundaymi? Dunyoda seni yolg‘iz tashlab ko‘ymayman.
Ismonlningo‘zi ham kirishni, besh daqiqa opasining yonida o‘tirishni judayam istardi. Ammo uning vayron ko‘nglidan, tushunarmikan, istamay qolmasmikan dega hadiklar o‘tdi. U kechirayotgan hayot — mehrga muhtojli hech kim tomonidan sevilmaslik hissini ko‘ngliga sing dirib yuborgan bo‘lib, Fotima opasi yonida o‘tirish unp yuk, malol kelishi mumkinligini o‘ylamokda edi. Yuqori chiqdi. Qo‘llar o‘pildi, duolar qilindi,
— Bugun otam meni suydi, opa. Bag‘riga olib erkaladi
— Bu — tabiiy, Ismoil, u — sening otang. Albatta shunday qiladi.
— Harkun bunday emasku...
— Endi shunday bo‘ladi, inshooloh.
— Ismoil uzatilgan qandlardan bir dona oldi.
— Yana ol, Ismoil
— Yetadi, opa. Bo‘ladi. Rahmat.
Yo‘q, bo‘lmaydi, mana buni men uchun ol. Meni yaxshi ko‘rsang, ol.


Qayd etilgan