—Dedim.
— Nima dedi u?
— «Seni aldashyapti, u o‘gay onang, uning ko‘zlari senikiga o‘xshamaydiku», dedi.
— Sen ishondingmi?
— Albatta, ishondim. Qarang, ko‘zlaringiz menikidaymi?
— Ko‘zlarimiz o‘xshamasa, onang bo‘lmas ekanmanmi?
— Bilmasam.
— Kel, bunday bag‘rimda o‘tir, senga ba’zi narsalarni tushuntiray, quloq sol.
— Sizning bag‘ringizda o‘tirmayman.
— Buni qarang, onasining kuchog‘ida o‘tirmasmish.
Shularni aytarkan, uni kuchoqlaganday ko‘tardi.
Husayin:
— Qo‘ying meni... qo‘yib yuboring... —deya tipirchilardi.Vaziyat yomonlashib borardi. Uni tushirdi va ro‘parasiga turdi:
Demak, noma’lum xotinga ishonasan, menga ishonmaysan, shundaymn?Men o‘g‘lim bor, deb quvonib yuribman. Birov uchrab otang o‘lgan desa, ishonasanmi, qarindoshing o‘ldi desa, bunga ham ishonasanmi? Xo‘sh, meni ona demasang kimni ona demoqchisan? Onam deb kimni yaxshi ko‘rasan? Bugungacha seni xech urdimmi? Yomon gapirdimmi? Aytganingni ikki qildimmi, ko‘zichog‘im? Onang bo‘lmasam shunday qilarmidim? Menga ona deganingda, bor onangni top, men sening onang emasman demasmidim? Meni xafa qilding, ko‘nglimni vayron qilding. Ket, qarshimda turma. Qachon kelib ko‘limni o‘psang, shundagina yarashaman.