Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119821 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 23 B


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 01:07:49


* * *

Odilbek do‘konda o‘tirarkan, qo‘shni bola qo‘lida bir konvert bilan keldi:
— Buni Fotima yangam berib yubordi amaki, — deb xatni uzatdi. Maktub ikki satrdangina iborat edi.
«Oqshom sizdan Husayin mening ismimni so‘raydi.Bugundan e’tiboran ikkinchn ismim Xayriyadir. Sababini tushuntiraman».
Odilbek xatni o‘qib, o‘yga toldi. Husayin nega Fotimaning otini so‘radiykan? Nega ismi Xayriya bo‘ldi ekan? Biror ezma bo‘lar-bo‘lmas gaplarni laqilladimi? Uylanganidan beri chehralari ochilib qolgan bolalaridan omad yuz o‘girmoqdami?
Oqshomni joniqib kutdi. Uyga borishi bilan ko‘zlari bolalarining yuzlarida bo‘ldi. Hech narsa anglamadi, ovkatlanarkan Fotimaxonim:
— Qani, o‘g‘lim, otangdan mening otimni so‘rachi? —dedi
— Ota, onamning oti nima? — dedi.
— Fotima, o‘g‘lim.
— Boshqa oti bormi onamning?
— Bor, bir oti — Xayriya. Ammo biz ko‘pincha Fotima deymiz. Nega so‘rayapsan, qo‘zim?
— Bugun bir xotin meni yetim, dedi.Onang tirik yursa shunday bo‘larmidi, dedi. Onam Xayriya ekanini aytdi.
— Xo‘sh, sen ishondingmi, Husayn?
— Yo‘q, ishonmadim. Mening onam sog‘ dedim.
—Xo‘sh?

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 01:08:34


— «Bu sening o‘gay onang, seni aldashyapti», — dedi
— Onangning o‘lib-o‘lmaganini men bilmay, ular bilib qolibdimi? Inson bir yil kasal yotsa, darhol o‘ladimi? Mana, ko‘rmayapsanmi, tuzalib keldi.
Dasturxon atrofidan turdilar. Fotimaxonim xonadan chiqshi bilan Odilbek Xusayinni yoniga o‘tqazdi?
— O’g‘lim, onang seni uryaptimi?
— Yo‘q, ota.
— Yomon so‘z aytadimi?
— Aytmaydi.
— Sizlarni yaxshi ko‘radimi?
— Juda yaxshi ko‘radi.
 Xo‘sh, o‘gay ona bo‘lsa, shunday qilarmidi?


Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 01:09:06


* * *

Bir kun ishdan keyin Odilbek do‘konga ketayotganda Fotimaxonim:
— Ruxsat etsangiz, bolalarni znasiga olib borib kelsam,-dedi.
— Mayli, boringlar. Mendan ham salom denglar. Odilbek ketgach, Fotimaxonim bolalarini chiroyli kiyintirdi. Yuz-ko‘llarini yuvdi, sochlarini taradi. Ikkisini yoniga olib yo‘lga chiqdi.
O’n-o‘n besh kunda bir kelib bu bemor ayolni ziyorat qilib, hatto uy ishlariga qarashar, bu bordi-keldi bilan nevaralarini unga ko‘rsatib ketardi.
Odilbek qaynonasidan Fotimaning kelib turishiga ilk bor ruxsat so‘raganida u rozi bo‘lmadn. «Qizim o‘rniga kelgan xotinga qanday qarayman?! Kelmasin, ko‘rmayin — dedi. Odilbek:
Bolalarni o‘z bolasiday yaxshi ko‘radi, o‘z bolasiday qaraydi. Bu yoqqa kelishdan maqsadi nevaralaringazni sizga ko‘rsatish, sizning qo‘nglingizni olish. Nevaralari o‘gay ona ko‘lida qoldi deb xafa bo‘lmang, o‘zingiz ko‘ring. Balki, bolalar ham sizni sog‘ingandir,-degach, u rozi bo‘ldi.Va to‘ydan o‘n besh kun o‘tgach, uni ko‘rgani keldilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 01:09:46

Ayol ularning kelishiga chidayolmadi,ko‘zyoshlarini tutolmadi. Bu kuyovi, bu nevaralari, ammo mana bu kim? Qani Xayriyasi? Qani, besh-olti yil avval yopinchiq yopinib kelib-ketib turadigan jigargo‘shasi? Yoshlik zavqiga to‘ymagan, dard ustiga dard chekkan, nihoyat ikki ma’sum go‘dagini qoldirib ketgan gul yuzlisi qani? U bir uyum tuproq bo‘lib, uning o‘rniga kelib o‘tirgan, bolalari uyiga ega chiqan bu xotin kim bo‘ldi? Ne yuz bilan bu uyga qadam qo‘ydi? Qizini esiga tushirib, «qara, qizingning hamma narsasiga men ega bo‘ldim», degani keldimi bu yerga? Ortiq o‘ylashga fursat bo‘lmadi. Shundoq o‘rniga to‘g‘ri kelib qo‘lini o‘pgan bolalariga «rahmat, sog‘ bo‘ling!» derkan, orqalaridan Fotimaxonim:
— Qalaysiz, yaxshimisiz, ona? — deb qo‘lini o‘pdi. Ayol yig‘lab yubordi.
Katta ona, nega yig‘laysiz?
Fotimaxonim oldinroq harakat qildi:
— Yig‘lamasinlarmi o‘g‘lim, qara, katta enang xasta-ku?
Odila Fotimaxonimning kuchog‘ida, Husayin esa buvisining o‘rnida o‘tirardi. Momo bemor bo‘lishiga qaramasdan Fotimaxonimning bolalarga munosabatini ko‘zdan qochirmasdi. To‘g‘risini aytganda, Fotima bolalarni o‘ziga jalb etishni uddalardi. Husayinning «ona» deyishiga «labbay, onasining joni" deya javob berishi bunga misoldir.Unga "œnima deysan" va hatto «jim, suhbatlashayapmiz» deya olishi mumkin edi. «Onasining joni» derkan, bunda o‘zini ko‘rsatishdan asar ham yo‘q, gapirishidan, ovoz ohangidan sezilmasdi. Aksincha, haqiqiy ona mehri, muomalasi bor edi unda. Kelganlar yana kelishni va’da etib hayrlasharkan,katta onaning ko‘nglida bir chimdim xuzur va xotirjamlik qoldirardilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2007, 01:11:10


fotimaxonim birinchi kelganidan keyin Odilbekning ruxsati bilan yana bir necha bor keldi, har kelishida katta ona ko‘ngli yanada iliy boshladi. Mana bugun yana boryapti. Momoning ko‘nglini olishni o‘ziga burch deb bildi. Bemor buvi biroz tuzalgan, ularni turib qarshi oldi:
— Marhamat qizim, xush kelibsiz, — der ekan, ovozi bu tashrifdan mamnunligini bildirardi. O’tirdilar, hol ahvol so‘rashishdi, suhbatlashishdi.
— Fotima qizim, mana bu yerda ikkita olma bor. Birini o‘zingaz oling, birini bolalarga bo‘lib bering.
Fotimaxonim turdi, olmalarni oldi. Kesdi. Bolalarga bo‘lishdi.
— O’zingiz nega olmadingiz,
— Shular yesa, men yegandayman.
Bnrozdan so‘ng bolalar boqqa chiqib ketishdi. Ular chiqib ketishi bilan buvi:
Fotimaxonim, to‘g‘risini aytganda, kuyovimning uylanishi meni o‘lguday xafa qildi. Qizim vafot ztganiga nihoyat bir yil bo‘ldi. Uning o‘rniga, bolalar boshiga o‘gay ona keltiradi deb o‘zimni yeb ado qildim. Bu yerga ilk kelmoqchi bo‘lganingizni Odilbekdan eshitganimda, kelmasin, ko‘zim ko‘rmasin, dedim. Ammo men yanglishgan ekanman, qizim. Har kelganingizda birozdan sizga ilib bordim. Ilk kelib-ketganingizdayoq kechgacha xafachiligim yengillashdi, Ularga o‘z bolangizday qarashingizda kamchilik yo‘q.Albatta, bolalarni ko‘iganimda rahmatli farzandimni xotirlamay bo‘lmaydi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:00:10

Chidayolmayman, ammo bu uning o‘limi tufayli paydo bo‘lgan g‘ussadir. Go‘daklarimni boshi egik holda qoldirmadingiz, yetim ekanini bildirmadingiz, ularga o‘gay bo‘lganingizni sezdirmadingiz. Men ularni yig‘latasiz, deb o‘ylasam ko‘zyoshlarini artdingiz. Dardlariga dard qo‘shadi deb taxmin etsam, siz dardini oldingiz,hamdadard bo‘ldingiz, dardlariga darmon bo‘ldingiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ikki dunyoda uyaltirmasin, Bu daraja ayollik — insoniylikni sizdan kutmagandim, to‘g‘risi.
— Rahmat, sog‘ bo‘ling xola. Sizdan ham Alloh rozi bo‘lsin! Kuyovingizga turmushga chiqishimning eng asosiy sababi shu ikki go‘dakka qarash edi. Balki ishonmassiz, ularni o‘z farzandimday yaxshi ko‘raman. Hozir bog‘da o‘ynayaptilar, ammo mening xayolim ularda, yiqilib, bir yeri lat yemasin, og‘rimasin deb ich-etimni yeyman. Ertaga mavllud o‘qitmoqchiman, borsangiz juda mamnun bo‘lardim.
— Yana biroz tuzalsam, boraman. Xayriyam vafot etgan uyga kirmagandim. Endi qanday kiraman, bilmadim.
Endi men qizingizman. Qarang, nevaralaringiz bor.Mavludni Xayriyaxonim ruhiga bag‘ishlash uchun o‘qitmoqchiman. Boring. Meni ranjitmang. Kutaman.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:00:27

Bolalar o‘yinga berilib ketdilar. Fotimaxonim derazadan chaqirdi:
— Xusayin! Singlingni olib kel, ketamiz.
— Yana biroz o‘ynaylik, ona. Xo‘pmi?
— Yo‘q, oqshom bo‘ldi. Otang keladi, uyda bo‘lishimiz kerak. Xayrlashdilar. Momo ikki go‘dagini yetaklab, insoniy maqomning baland pog‘onasida, muruvvat cho‘qqilarida viqorli qadamlar tashlab ketayotgan bu xonimga ko‘ksida ajib tuyg‘ularga to‘lgan holda qarab qoldi. ko‘cha muyulishiga yetguncha kuzatib turdi. So‘ng ichkari kirdi. Endi ularni ko‘ngli bilan kuzatardi. Ko‘ngilning kuzatishi uchun ko‘zning ko‘rishi shart emas. Lablari pichirlab duo qildi: «Alloh sendan rozi bo‘lsin, qizim!»
Tonglab Odilbek bozorga chiqayotganda Fotimaxonim unga picha pul berdi.
— Bunga qand olib keling. Hozirlnk ko‘rayin. Odilbek pulni qaytardi.
— O’zim ololmaymanmi, Fotimaxonim! Olib qo‘ying.
— Mavludni men o‘qitaman. Qandini olish mening zimmamda. Xoxlasangiz siz ham uning ruhiga istaganingizni bag‘ishlang.
Odilbek indamasdan pulni olib ketdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:00:48

* * *

Mavludga kelganlar unchalik ko‘p emas. Xayriyaning onasi,Odilbekning ammasi va xolasi, Fotimaxonnmning onasi, ko‘shnilardan to‘qqiz-o‘ntasi va mavlud o‘qiydigan otinoyi.
Fotimaxonim ko‘pchilikni xohlamadi. Shovqin-surondan boshqa narsa bo‘lmaydi deb o‘yladi.
Taklif etilganlar mavlud Xayriyaxonim nomiga o‘qilganini eshitgach, Fotimaxonimni tabrikladilar. Bir-birlariga "œXonimlik mana bunday bo‘pti-da», deyishdi.
fotimaxonimning fikricha, bu mavlud Xayriyaxonim ruxi pokiga bag‘ishlanganini aytish lozim emas edi. O’zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘rmasligini bilganlar — biladilar. Qadrlaydilar. Uning bu tushuntirishdan asosiy maqsadi nima ekanini bilganlar har holda uning bu harakatini ma’zur ko‘rsalar kerak.O’lgan kundoshiga chin dildan hurmat ko‘rsatgan xonimlar soni bir shahardagi mahalla boshliqlaridan ozrokdir. Fotimaxonimning shu guruhga mansubligi bnlinishi zarur. Bolalarga o‘gay onadek emas, o‘lgan qarindoshining bolalariga qaraganday qarashini mahalla ayollari bilishlari shart. Bilsinlar, toki bundan buyog‘iga bolalarning qulog‘iga yetim ekanini aytib, pichir-pichir qilmasinlar. Mana mavlud o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad va g‘oya. Yo‘qsa, Xayriyaxonimga sadaqa sifatida o‘qilishi kerakmidi? Fotimaxonim kelganidan beri biror kun uning haqiga duoi hadya etmakni unutgani yo‘q.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:01:07


Eshigiga kelgan faqirni sevintirarkan, ehsonini mutlaqo Xayriyaxonim nomiga atadi, kechgacha unga oid moldan o‘zi uchun sadaqa qilish muruvvatga zid ekanini har gal vijdonidan eshitib turdi.Daraxt soyasida dam olib mevasidan totib, ekkanni va yetishtirganni duo qilish insoniylikdan hisoblanganidek, Xayriyaxonimning mehlari singgan xonadonga kelib, ko‘nglida unga nisbatan yomonlik tuymadi. Tez-tez agar men o‘lib, bolalarim boshiga bir xotin kelib, ne qilsa mamnun bo‘lardnm deb ba’zan Xayriyaxonim parda ortidan bolalariga munosabatimni kuzatadi deya qabul qilish, faqat bularni Xayriyaxonim mamnun bo‘ladi deb emas, Alloh rozi bo‘lishini tushunib, uning amrini ado etayotganini anglash, unga xos bo‘lgan va ayni o‘rinda ta’kidlanishi zarur xususiyatlardandir.
Aytishga oson. Masalan, yuvib tozalangan kiyim yarim soat o‘tmasdan yana yuvadigan holga kelishi. Odilaning ovqatlanishida peshband taqimiga ko‘nmay, ovqatni libosiga to‘kishi, Husayinning o‘ynayotganda yiqilib hamma yog‘ini loy qilishi kabi son-sanoqsiz hodisalar... Bular qarshisida sabru tahammul ko‘rsatib, bolalarni Ismoil, o‘zini Saniha o‘rniga qo‘ymaslik, hatto o‘z farzandini bu holda ko‘rib yomon so‘zlar aytadigan ayollar saviyasiga tuymaslik buyuklikning ifodasidir.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:12:27


Fotimaxonim bolalarning bu ishlaridan xafa bo‘lmasdi deyish noto‘g‘ri bo‘lardi. U ham oddiy inson-bandai ojiza, uning ham xush, noxush paytlari, yaxshilikdan suyunib, yomonlikdan kuyunishlari bor. Faqat bola larning bu qilmishlaridan xafa bo‘lish boshqa, bu xafachilik tufayli yaxshi yoki yomon harakatda bo‘lish, sab etish yoki sabr etmaslik yana bir boshqa gapdir. Insonlik mezoni xafa bo‘ladigan, qayg‘uli xodisalar oldida g‘am chekib-chekmaslik emas, bu hodisalarni sabr va matonat bilan qarshilash va afv etishdir. Fotimaxonim jajji go‘daklardan yetuk nnsonlardek harakatlarni kutish nojoiz ekanligini yaxshi anglaydi. Shu sababda ularning noxush qilmishlaridan xafa bo‘lsada, yomon so‘z aytmoqdan o‘zini tiya olardi. Albatta, bolalar bunda ishlarni atay qilmaydilar. Ya’ni Fotimaxonimga aziyat beraylik deb qilmaydilar. Qolaversa, Fotimaxonim bu uyga ularni urmoq, qarg‘amoq, ko‘ngillarini qoldirmoq uchun kelmadiku... Ularning yaralariga malham ko‘yish niyati bilan keldiku. Bunda Alloh rizoligi mavjudligidan umid qildi.
Ikki kecha avval o‘tgan voqea Fotimaxonimning bu xususdagi fikrini ochiqroq ko‘rsatadi.
Dasturxon atrofida o‘tirisharkan, Odilbek Odilaga peshband tutishni buyurdi, qizaloq akslik qilib, solmadi, ikkinchi qoshiqni olayotganda ovqat ust-boshiga to‘kildi, Odnlbek asabiylashib, ikki shapaloq urdi.Qizaloq chinqira boshladi. Fotimaxonim yemaqdan chekinadi.

Qayd etilgan