Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119755 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 23 B


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:13:18


— Ovqatingizni yemaysizmi, Fotimaxon?!
— Yemayman.
Birozdan so‘ng Fotimaxonim turib, dahlizga chiqdi. Orqasidan Odilbek ham chikdi:
— Nega ovqatingizni yemadingiz, Fotimaxon?
— Nega bolani urdingiz? U bilib, xohlab to‘kdimi?
— Men unga aytdim, peshband tutmadi.
— Bolalik degani shunday bo‘lmaydimi? Yigirma yoshli qizdan kutish kerak bo‘lgan narsalarni kutmaysizku shu go‘dakdan. Bola bo‘lmaganmisiz, bolaligingizni unutdingizmi? Hammaning bolasi shunday,hamma bolalar shunday qilishadi. Men ursam, siz meni qaytarish o‘rniga, teskarisi bo‘lyapti, bunday keyin siz o‘gay ota bo‘lasiz, men o‘z onasi...
— Fotimaxon, hammasi sizning ziyoningizga. Endi uni artib-yuvadigan siz emasmi?
— Albatta, men.
— Joningizni bunchalik qiynab, sizga nima zarur?
— Achinishga mendan ko‘ra bolalar ko‘proq muhtoj. Yer yuzida bularga achinadigan, qaraydigan bir siz va men. Buni yolg‘izz menga tashlab qo‘yasizmi? Bunga Alloh rozi bo‘ladimi? Modomiki, kirlarini yuvadigan men ekanman, sabrim tugaguncha siz ham sabr qilasiz. Yaxshi bo‘lib ketadi. Tarbiyamizga Alloh yordam beradi. Men bunga ishonaman. Endi borib uning ko‘nglini oling, shunday qilsangiz men xam ovqatlanaman. Boring.
Odilbekning boshi egildi:
— Fotimaxon, meni uyaltirdingiz, — deya ichkariladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:13:39


* * *

Kelganlarga mavlud ta’siri katta bo‘ldi. Mamnun ketdilar. Bundan so‘ng Fotimaxonim to‘g‘risida nari-beri so‘zlaydiganlar topilsada, bolalarga yetimligini eslatishga o‘xshagan hodisalar nihoyasiga yetdi.
Mavlud o‘qitilgan kechasi edi. Fotimaxonim tun yarmida uyg‘ondi. Soat bir yarimni ko‘rsatmokda. Boqqa chikdi. Osmonni bulut qoplagandi. Shamol esar, shamolda daraxtlarning shoxlari chayqalar va yengilgina fig‘on qilib ko‘yardi. Bu manzara kunduz kunlari xis etish qiyin bo‘lgan tuyg‘ularni ko‘zg‘ardi. Butalar orasidagi qochirgan ovi oldidan chiqqan ovchiday yulduzlarni kuvlagan oy ba’zan birpas bulutlar orasiga yashirinib, yana umid va shiddat bilan olg‘a intilardi....
Qayga ketishmoqda? Qayoqqa boradilar? Har tun intizom bilan harakatlangan oy va yulduzlar nimani anglatadi, aslida? O’zlariga tayin etilgan vazifadan tashqari aslo chiqmagan, Yaratganning azamati va qudratiga dalolat etguvchi bu yulduzlarni bir muddat tomosha qilgan Fotimaxonim ichkari kirayotib yengilgina sovuq yeganiga sezdi. O’rniga yotarkan faqirlar har doim, har tun shunday junjikadi deya o‘yladi.
Tashqarida xanuz shamol fig‘oni eshitilib turardi. Fotimaxonim shu fig‘on aro Xayriyaxonimni o‘yladi. Bir uyum tuproq holiga kelgan u xonim bu uyda necha yil yotgan? Mavluddan uning ruhi xabardormidi yoki kelganlarga Xayriyaxonim uchun o‘qiyapman deyishi soxtalik bo‘ldimi? Bir muddat shularni o‘yladi...

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:14:25

VII

Oradan ikki yil o‘tdi. Fotimaxonimdan o‘zgasi bardosh qilishi qiyin bo‘lgan hodisalarga to‘la ikki yil. Fotimaxonim nafsidan sabri ustun kelgan ikki yil. Bu ikki yil ichida Fotimaxonim ham bir qizli bo‘ldi. Samiha...
Samiha uch oyga to‘lgan kunlar edi. Fotimaxonim ikki daqiqaga qandaydir ish bilan boqqa chiqdi. Samiha o‘rnida yotar,Odila o‘yinchoq o‘ynar, ora-sira cho‘ntagidan qovurilgan no‘xat olib, og‘ziga tashlab qo‘yardi. Ikki daqiqadan so‘ng Fotimaxonim ichkari kirganida Odila chaqaloqning to‘shagidan tushib kelardi. Birdan yuragi shig‘ etdi. Ajabo, go‘dakka bir narsa bo‘ldimi? Bu savolga javob izlashga xojat xam, vaqt ham yo‘q, chunki Samihaning xirillashi yaxshi nafas ololmayotganiga ishora. Fotimaxonimning ichi yondi. Otildi. Samihaning og‘ziga ko‘piklar to‘plana boshlagandi. Barmog‘ini og‘ziga suqdi. Og‘zida hech yo‘q, ammo bolaning rangi va og‘zidagi ko‘piklar bo‘g‘ilayotganini ko‘rsatardi. Chaqaloqni bag‘riga bosdi. Ko‘kragidan og‘ziga ikki tomchi sut oqizdi. Bo‘g‘zi yumshaydi.Odila unga no‘xat yedirmoqchi bo‘lgani aniq edi. Bo‘g‘zidagi xirillash ortar, ko‘piklar ko‘payardi. Bolani olib, yo‘lga chiqib doktorga borguncha vaqt o‘tar, Fotimaxonim peshonasida paydo bo‘lgan terlar, ko‘zidan oqqan yoshlar hozir uning ne ahvolda ekanini bildirib turardi. Odilaga qaradi,narsa bo‘lmaganday o‘ynab o‘tiribdi.
— Odila,singlingga,nima yedirding?
No‘xat yedirdim. Yig‘ladi-da...

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:14:42


Fotimaxonimning ichidan kelgan bir his chaqaloqni ko‘yib Odilani yaxshilab kaltaklashni, hech qursa, bir shapaloq tushirishni amr etardi. Talvasa paytida qilinadigan eng qulay ish shu edi. Hech bo‘lmasa yuragiga biroz suv sepiladi.
Lekin Odilaga tegadigan tayoqning Samihaga foydasi bormi? Bola ikki shapaloq bilan tuzalib qoladimi? Odila bola bu holga tushsin deb shunday qildimi? Istab, qildimi? Urganda keladigan foyda, avf etganda keladigan zarar bormi?
Fotimaxonim shularni o‘ylab, Odilani urishdan voz kechdi, Odila yana hech narsadan xabarsiz holda o‘yinchoqlarini o‘ynab ketdi. Uning shu mas’um holatini ko‘rib Fotimaxonim yolvordi.
— Yo Rabbiy, bag‘ri yarim yetimlar, ko‘ngli mungli yetimlar xurmatiga, mening ikki yetim bolam hurmatiga bolamni qutqar! Kichik yoshda yetim va o‘ksik qolgan Habibing hurmati. Yetimlarga yelka tutgan, ko‘l uzatgan, haqqini qo‘rigan yaxshi insonlar hurmati...
Fotimaxonim oradan qancha vaqt o‘tganini biladigan ahvolda emasdi. Bu uzrli holat. Bolasi bunday holga tushgan onalar uning nima his qilganini tushunadilar, vaqtni qanday o‘tganini bilmasligi ham ayb sanamaydilar. Qo‘lini chaqaloqning og‘ziga tiqqanidan keyin to‘rt-besh daqiqacha o‘tdi. Faqat bu vaqt bolasi bo‘g‘ilgan uchun yoki og‘riqlar, sanchiqlar ichra qiynalgan, tirishgan xasta uchun oz deganda bir necha soatlarday tuyuladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:14:57


Oradan besh daqiqacha o‘tganda bolaning chuqur bir nafas olganini his etdi. Birdan yuragi yanada qattiqroq ura boshladi. Faqat bemalol nafas olayotganini ko‘rgach tinchlandi.No‘xat tomog‘idan o‘tib ketgandi. Darhol bu musibatni aritgani uchun Allohga shukr etdi. Bolaning yonoqlaridan bir-bir o‘pib, hidladi va o‘rniga yotqizdi.Yurak urishi, ko‘ngil bezovtaligi hali tamoman o‘tib ketmagandi. Bir oz gul suvi bilan chakkalarini, yuzlarini siladi. Fotimaxonim uchun katta musibat, o‘zi uchun Samihaga qovrilgan no‘xat yedirishdan iborat bo‘lgan bu hodisa nimalarga olib kelganini bilmagan Odila bemalol o‘ynab o‘tirardi.
Ajabo, shu tobda boshida Samihaxonim bir ona bo‘lsaydi, holi ne kechardi? Buni taxmin bilish qiyin bo‘lmasa kerak. Bu aziyat va haqoratlarni barcha tuqqan onalar va o‘gay onalar tasavvur qila oladilar.
Fotimaxonim bu hodisa sabab Odilaga tayoq o‘qtalmadi,urmadi, yomon so‘z aytmadi. Ammo chaqaloqni u bilan boshqa biror marta yolg‘iz qoldirmadi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:15:17

* * *

Husayin bu yil maktabga borishi kerak. Otasi uni qo‘lidan tutib, qayd ettirib kelgani olib bordi. Husayin maktab ochilishi yaqinlashayotgani sari kuchliroq hayajonlanardi:
— Maktabda o‘qish qiyinmi, ona? Siz ham maktabga borganmisiz, ona? — kabi savollar berar, Fotimaxonim uni tinchlantiruvchi so‘zlar aytar, o‘qib buyuk odam bo‘lishini tushuntirardi.
Fotimaxonim Husayin uchun ikki dona peshband qilish va uni maktabga doim top-toza qiyofada yuborish istagini Odilbekka bildirdi. O’rtoqlari orasida xijolat bo‘lmasin, uyalmasin, derdi.
O’qish ochilgan kuni otasi uni ko‘lidan tutdi va maktabga olib bordi.
Mahalladan tanish bir bolaga topshirdi.Sinflarga kirib-chiqishda yordam berishini tayinladi. Tushda ko‘p qatori maktabdan qaytarkan, deraza oldida Husayinning yo‘liga qarab turadigan bir ona bor edi.
— Oh, onasning joni kelyapti,- deya uning jajji yonoqlaridan o‘parkan, Husayin jiddiy oxangda:
— Tushlikdan so‘ng, ovqatlangach yana o‘qish bor, ona, — dedi.
Pokiza peshband, dazmollangan shim, maktabga borib-kelishida yarqirab turuvchi, tozalangan poyabzal, yuzlari porloq bir bola... Bu hol va bu qiyofa maktab ochilishida qanday bo‘lsa ,shunday davom etdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:15:37

Bir kun toza,ikkinchi kun ham shunday bo‘lmaydilar, bugun oyoq kiyimi yap-yangi bo‘lganlar, bir necha kun o‘tgach loy ichida tanib bo‘lmaydigan holga keltirishadi.Ichlarida boyi, faqiri, juda ham kambag‘allari bor. Biroq eng boylari ham o‘rtahol oila farzandi Husayinga tozalik va intizom jihatdan tenglasholmasdi.
Bir kun o‘qituvchi tozalikni tekshirayotib bir bolaning oldida to‘xtadi. Ismi Yilmaz. Cho‘ntagining cheti yirtiq, bir tugmasi tushgan va peshbandi ko‘p vaqtlardan beri yuvilmagandi.
— Yilmaz, seni ertaga bunday ko‘rmayin. Onangga ayt, o‘qituvchi shunday dedi de, — tanbeh berib o‘tdi. Nazorat davom etdi. Husayinning yoniga keldi.
— Qarang, bolalar! Hammangiz Husayinday bo‘ling.Unga o‘xshab top-toza bo‘lib keling. Sen aytchi, Yilmaz, sen g‘ayrat qilsang, Husayinday bo‘lmaysanmi, o‘g‘lim!
Yilmas boshini egdi, javob bermadi.
— Gapir, sen ham Husayinday ozoda bo‘lishni istaysanmi, Yilmaz?
Yilmaz bosh ko‘tarmay ming‘irladi:
— Istayman, ustoz.
Juda yaxshi. Modomiki, istar ekansan, ertadan boshlab seni gulday ko‘rayin. Uyga borishing bilan onangga ayt, men uyalyapman, o‘qituvchi menga tanbeh berdi de.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:16:19

— Men bunday deyolmayman, janob muallim.
— Nega aytolmaysan?
O’qituvchi asabiylashganday bo‘ldi. Yilmaz javob beravermagach, yengilgina, astagina kulog‘idan tutdi:
— Buni qaranga! Ham toza bo‘lmoqchimish ham aytolmasmish.
So‘ngra yana biroz dag‘allashdi:
— !... ...
Yilmazning ko‘zidan sizilgan ikki tomchi yosh muallimga ta’sir qildi shekilli, yumshadi, qulog‘ini sekinroq ushladi. Otasini uzoqdan tanirdi, orqavorotdan bilardi. Boy bilan o‘rtahol orasidagi bir odam edi.Bolasiga yangi liboslar olib berish unchalik qiyin bo‘lmasa kerak. Uning boshini silab:
— Boshqa bunday adabsizlik qilma, Yilmaz va bolalarga murojaat qildi:
— Yilmazning uyini biladigan bormi?
— Bor,ustoz.
Uch qo‘l barobar ko‘tarildi.
— Bugun ketishda Yilmazlarniknga uchrab, mening aytganlarimni aytasiz.
Aytmasinlar, janob muallim.
— Aa-a-a? Haddingdan oshyapsan, Yilmaz... Nega aytmasinlar? Sababi nima?
— Chunki, aytsalar, tayoq yeyman, ustoz. Mening o‘z onam yo‘q,mening
onam o‘gay.
Yilmaz bu gaplarni aytar ekan yig‘lay boshladi. Yig‘i aralash qo‘shib ko‘ydi:
— Aytganlari bilan bajararmidi? Battar uradi.
Yana yig‘lashga tushdi. O’qituvchi bu qadar qattiqko‘llik qilganiga pushaymon bo‘ldi. Ahvol bunday bo‘lib chiqishini o‘ylamagandi. Yilmaz to‘xtamasdan yig‘lardi,

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:16:41

— Yilmaz, yig‘lama. Azamat yigitsanku o‘zing. Tashqariga chiqib, yuzingni yuv! Husayin, do‘stingga yordamlash!
Husayin Yilmazning ko‘lidan tutdi, Yonma-yon sinfdan chiqishdi.
Chashma boshida — ikki bola. Biri o‘gay ona zulmini,etimlik mashaqqatlarini totgan, ikkinchisi yetimligini bilmagan, ona mehrini ko‘rayotgan yetim.
Yilmaz yuz-qo‘lini yuvgach, ko‘llarini shimiga surtdi:
Ro‘molcham yo‘k. O’zi bermaydi, menham so‘ramayman. So‘rasam, yomon so‘zlar aytadi. Sen o‘lmading, men kutuladim, deydi. Bechora onamga ham til tekkizadi.
Xusaynn cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqardi:
— Ol, Yilmaz. Seniki bo‘lsin.
— Olmayman, Husayin.
— Olmasang, xafa bo‘laman.
Yilmaz po‘molchani oldi. Cho‘ntagiga soldi. Birga sinfga kirdilar. Tushdan so‘ng maktabdan uyga qaytgan Husaynda parishonlik sezilardi,
— Bolaginam, nega xafa ko‘rinasan, birov bilan urishdigmi yoki boshqa bir hodisa ro‘y berdimi, — deya ahvol so‘radi Fotimaxonim.
Yo‘q, ona, xech narsani o‘ylaganim yo‘q.O’qtuvchim meni bolalarga ko‘rsatib, Husayndek bo‘linglar, dedi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 03:17:04

— Ofarin, o‘g‘lim. Ammo sen yana nimanidir o‘ylayapsan?
— Yo‘q, ona, xech narsani o‘ylaganim yo‘q.Sinfimizda Yilmaz degan bola bor. Usti boshi kir, yirtiq...
Husayin sinfda bo‘lgan voqeani boshidan hikoya qilib berdi.
— Ona, juda achindim, unga ro‘molchamni berdim, jahlingiz chiqmas.
— Obbo bolamey, yaxshilik qilsang, nega jaxlim chiqsin?! Juda yaxshi qilibsan. Ertaga do‘stinni aytib kel.Onam so‘tilgan kiyimlaringni tikmoqchi de. Albatta olib kel, xo‘pmi? Senga ham savobi tegadi. Yetimga yordam qilganing uchun Alloh senga savob beradi.
Ertasi kun Husayin onasining aytganini qildi. Bir bolani ergashtirib keldi. Bu bolaning o‘gay ona zulmi ostida, qarovsiz o‘sganini anglamoq uchun axmoqning y ikki bor qarashiga hojat yo‘q. Fotimaxonim ularga ovqat berdi. Ular ovqatlanayotgan paytda kiyimlarini tikdi, tozaladi, dazmolladi.
Bir soatdan so‘ng ko‘chaga chiqqan bola mening ham shunday onam bo‘lsaydi degan orzu bilan o‘gay onasi bo‘lgan uyi tomon yo‘l oldi. U ketishi bilan Husayin Fotimaxonimning bo‘ynidan quchokdadi:
— Bir dona onam, dono onam, bularni men uchun qildingizmi?
— Albatta, o‘g‘lim, yana olib kel, kutaman, yana shunday qilaman.

Qayd etilgan