Amaldorga
Sizga o’z-o’zidan ochilar eshik,
Sizga o’z-o’zidan berilar salom.
Hatto, istasangiz, istamasangiz,
Sizga o’z-o’zidan keladi taom.
Sizni maqtaydilar, olqishlaydilar,
Yoningizga qo’yib parqu bolishlar.
Endi sho’x kuylarga moyilsiz faqat,
Endi ko’nglingizga yoqmas nolishlar.
Sallona yurasiz, orolar berib,
Poyandozlar soliq qadamingizga.
Boshqalar ming bora chidab beradi,
O’zingiz chidamas alamingizga.
Tabarruksiz derlar, dahosiz derlar,
Siz qimmat, yo’q bebaho derlar.
Asli sizdaylar ko’p bu dunyosida,
Lek sizni yagona tanhosiz derlar.
Yodingizda yo’qdir xalqning bir gap —
Yaxshimas yer qolib, osmonda yurmoq.
Amal deganlari — birov kelguncha,
Amal kursisini amallab turmoq.
Qayta unmog’ini unutmang bir kun,
Maysadek toptalgan, bosilganlarni.
Amaldor deb aytar, dono, mushfiq el,
Amalning doriga osilganlarni.
Guljamol Asqarova
"œUyg’otuvchi alla" she’rlar to’plamidan.