Ikkinchisi, er xotiniga "œbo‘shsan, buzilgansan, uzilgansan, man qilingansan" kabi so‘zlarni aytsa, g‘azab holatida niyatiga qaraladi. Ammo taloq muzokarasi bo‘lib turganda aytsa, niyatidan qat’i nazar taloq voqe’ bo‘ladi, taloqni niyat qilmasa, bir boin10, agar niyati uch taloq bo‘lsa, uch taloq tushadi.
Uchinchi qism so‘zlar, ya’ni "œidda saqlagin, bachadoningni pok qil, sen yagonasan, sen ozodsan, ixtiyor qil, seni ishing va amring o‘z qo‘lingda, o‘z ixtiyoringda, seni haydadim, seni ayirdim" kabi so‘zlar g‘azab holatida ham, muzokara holatida ham, niyatdan qat’i nazar, taloq voqe’ bo‘ladi. Uch taloqni niyat qilsa, uch taloq va taloqni niyat qilmagan taqdirda, bir boin taloq tushadi.
Mazkur uch qismdagi kinoya lafzlarning har qaysisini xursandchilik va rozilik holatida aytsa, u holda niyatiga qaraladi, ya’ni taloq niyat qilmasa, taloq tushmaydi.