Agar farzand o‘g‘il bo‘lishini xohlasa, albatta qattiq ixlosu e’tiqod bilan "œIxlos" surasini o‘qib, shunday duo qilsin: "œEy Alloh! Agar shu jimo’dan menga o‘g‘il farzand hadya qilsang, unga payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning muborak ismlarini qo‘yaman". Shunda Alloh taolo xohlasa, unga o‘g‘il farzand ato qiladi. Hadisi sharifda kelganki, kim homilador ayolining qorni ustiga qo‘lini qo‘yib, "œIxlos" surasini va yuqoridagi duoni o‘qisa, inshaalloh, o‘g‘il tug‘iladi.
"œShifo" kitobida yozilganiga ko‘ra, agar nutfa erkakning o‘ng tarafidan ayolning o‘ng tarafiga tushsa, o‘g‘il, aksincha, chap tarafdan chap tarafga to‘kilsa, qiz tug‘iladi. Yana bir rivoyatga ko‘ra, xotin hayzdan pok bo‘lgach, birinchi kundan beshinchi kungacha jimo’ qilinsa, o‘g‘il, beshinchi kundan o‘ninchi kungacha jimo’ qilinganda esa, qiz tug‘iladi. Albatta, bu — bir sabab. Zotan, kimga qiz va kimga o‘g‘il ato etish Qur’on oyatlariga muvofiq Allohning xohish-ixtiyoridadir.
Bilmoq lozimki, badan va nafs mo‘’tadil holda, pokiza va muattar joyda, shodmonlik va xursandchilik holatida mujomaat qilmoqlik vojib amallardandir. G‘azablanganda, g‘am-anduh chekkanda, shuningdek, mast holda (Alloh asrasin) jimo’ qilmasin.