Ota-ona farzandlar bilan muomala qilishda, jumladan, hadya berish, erkalash, lutf va mehribonlikda adolat qilib, barchalariga bir xil munosabatda bo‘lishi shart. Mabodo farzandlaridan birortasini ayricha sevsa ham, buni boshqalariga sezdirib, ularning ko‘nglini cho‘ktirmasligi lozim.
Biror narsa olib kelsa, birinchi qizlariga, keyin o‘g‘illariga ulashsin. Chunki qizlarning qalbi o‘g‘il bolalarga qaraganda nozik va ta’sirchan bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œKim qiz bolalarni xursand qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagandek bo‘ladi va kimki Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, Alloh taolo uning badanini do‘zax o‘tiga harom qiladi", deb marhamat qilganlar.
Farzand ulg‘ayib aqlini taniy boshlagach, unga Qur’on, farz, sunnat va boshqa din ilmi va odobidan ta’lim bersin. Agar o‘zi qodir bo‘lmasa, Imomi A’zam mazhabiga oid komil ustozga berib, zaruriy ilmlardan boxabar qilsin.