So'rovnoma

O'zbekiston t/j jahon chempionatiga chiqa oladimi?


ha
  7 (58.3%)
yo'q
  2 (16.7%)
bilmayman
  1 (8.3%)
ehtimol
  2 (16.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 12



JAR - 2010  ( 10965 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  15 Oktyabr 2007, 15:08:13

Bu so'rovnoma vaqtli tashkil etilgan bo'lsa-da,unga javob berasizlar degan umiddaman.Hali oldinda 2 yil bor,ammo O'zbekiston t/j ning shu ikki yil davomidagi o'yinlari bizning javobimizni belgilab beradi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Oktyabr 2007, 10:41:42

Men terma jamoamizni JCHga chiqish imkoniyatlarini 40-60 degan bo'lardim.

Qayd etilgan


Robiya  18 Oktyabr 2007, 16:07:05

Xitoy bilan bahsdan keyin, yuragimda biroz umid uyg'ondi.Zora bu yog'i ham shunday davom etib,termamiz jahon chempionati a'zosiga aylansa..?

Qayd etilgan


ikbaljohn  19 Dekabr 2007, 15:35:53

Ha deb javob berdim.Baribir ishongim keladi chiqishiga :)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Yanvar 2008, 14:53:06

O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI MARTDA IORDANIYA BILAN O`YNAYDI.

O`zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya termasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. O`yin 22-mart kuni Toshkentning MXSK stadionida bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, Iordaniyaga qarshi kechadigan o`rtoqlik uchrashuvi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash o`yinlari doirasidan o`rin olgan O`zbekiston va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari bahsi oldidan o`tkazilishi rejalashtirilgan. Xabaringiz bo`lsa, saudiyaliklar bilan bo`ladigan o`yin 26-mart kuni MXSK stadioniga belgilangan. 

 Ta`kidlash o`rinliki, Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechadigan nazorat uchrashuvidan oldin Rauf Inileyev shogirdlari 6-fevral kuni dastlabki saralash o`yinini Livan termasi bilan mehmonda o`kazishadi. Bundan tahqari, yanvar oyi oxirlarida Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazilishi ham rejalashtirilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu yig`inda qatnashadigan futbolchilar ro`yxati ma`lum bo`ladi.

 

O`FF MATBUOT XIZMATI





Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Fevral 2008, 14:05:53

Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da terma jamoamiz dastlabki o'yinini Livanga qarshi safarda o'tkazadi. O'yin TVda olib berilmas ekan. :(

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Fevral 2008, 11:13:51

Kecha terma jamoamiz Odil Ahmedovning 44-minutda kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida safarda g'alaba qozondi. :)

Qayd etilgan


Usmon  07 Fevral 2008, 11:55:38

Qachondiram chiqish kerakku :D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 17:39:04

Qachondiram chiqish kerakku :D

Lekin o'sha qachondiram uzoqqa cho'zilishi kerakmasku. Hamma ishonsa va xoxlasa albatta chiqadi. mana birinchi qadam qo'yildi.
Livan-O'zbekiston 0:1

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  26 Mart 2008, 18:07:00

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni  -  3:0 !!!!!!!!!!!

Yurtdoshlarimiz xozirgina S.Arabistonini MHSK stadionida sharmandali mag'lubiyatga uchratishdi. Yirik hisobdagi g'alabamiz bilan Osiyo Chempionatidagi alamimizni oldik.

Gollarni Temur Kapadze, Maksim SHatskix va Server Djeparovlar (pen.) urishdi.


Balli yigitlar, balli!!!!!!!!

3:0




Qayd etilgan