Kompyuter homiladorlar uchun zararlimi?  ( 7412 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Otabek Nuritdinov  15 Oktyabr 2007, 15:18:17

Kompyuter homiladorlar uchun  zararlimi?

Bu mavzuda ko’p bahs-munozara qilinadi,  shifokorlar esa bu borada bir qarorga kelishmagan. Buni tushunsa bo’ladi. Chunki kompyuter odamzotning hayotiga nisbatan yaqin kunlarda kirib keldi desa bo’ladi - bor yo’g’i 15-20 yil. Bu vaqt albatta jiddiy hulosalarga kelish uchun qisqadir. Bundan tashqari biz hozirda ishlatayotgan kompyuterlar 10-15 yil oldin ishlatilgan kompyuterlardan keskin farq qiladi.

Bir tarafdan, kompyuter homilaning tushishi yoki bola rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida aniq dalillar yo’q. Monitor zararli bo’lgan radiaktiv, ionlashtiruvchi nur tarqatish manbai emasdir. Monitor — elektromagnetik va elektrostatik maydonlar manbaidir. Bu esa genetik aparatning buzilishiga yoki odam hujayralarining mutatsiyasiga olib kelmaydi. Olimlar tomonidan bunday xolat aniqlanmagan, va bundan keyin ham aniqlanmasa  kerak.


Qayd etilgan


sevar  28 Oktyabr 2007, 21:09:27

Assalomu alaykum. Meni opamjonim homildorligida juda ham ko'p kompyuter ishlatar edilar.(zijon ko'rmaganlar) Hozir farzandlari 4 yosh,lekin kompyuter bo'yicha kattalardek o'ziga kerakli uyinlarni O'zi qidirib topadi,skachat qilishni va saxranet qilishni qoyillatadi(xech kim o'rgatmagan  jiyanimga) Hullas juda ham aqillik komp-r bo'yicha. Lekin bu bilan zararmas demoqchi emasman,balki ziyoni bordir.Alloh saqlasa sog'lom bo'laveradi.

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:51:52

Bu mavzuda doktorlar so'nggi paytlarda: "Agar ona homilalik paytida kompyuter yonida ko'p vaqt o'tkazsa bola shoshqaloq, sabrsiz (xiperaktif) bo'lishi mumkin", degan fikr bildirmoqdalar.

Qayd etilgan


Bek aka  12 Dekabr 2010, 14:22:49

Kompyuter zarar emas, ko'p o'tirish (harakatsizlik) zarar.

Qayd etilgan


Nurdinboy  12 Dekabr 2010, 15:06:51

Meyoridan ortiq o'tirishning o'zi hammaga zarar. Homilador ayolga manimcha ikki karra zarar bo'lsa kerak. Odamzod yaratgan hech bir narsa mukammal emas. Har birining yomon tomoni bor. Komyuterning ham.

Qayd etilgan


Sevdo  12 Dekabr 2010, 19:16:26

Kompyuter homiladorlar uchun  zararlimi?

Bu mavzuda ko’p bahs-munozara qilinadi,  shifokorlar esa bu borada bir qarorga kelishmagan. Buni tushunsa bo’ladi. Chunki kompyuter odamzotning hayotiga nisbatan yaqin kunlarda kirib keldi desa bo’ladi - bor yo’g’i 15-20 yil. Bu vaqt albatta jiddiy hulosalarga kelish uchun qisqadir. Bundan tashqari biz hozirda ishlatayotgan kompyuterlar 10-15 yil oldin ishlatilgan kompyuterlardan keskin farq qiladi.

Bir tarafdan, kompyuter homilaning tushishi yoki bola rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida aniq dalillar yo’q. Monitor zararli bo’lgan radiaktiv, ionlashtiruvchi nur tarqatish manbai emasdir. Monitor — elektromagnetik va elektrostatik maydonlar manbaidir. Bu esa genetik aparatning buzilishiga yoki odam hujayralarining mutatsiyasiga olib kelmaydi. Olimlar tomonidan bunday xolat aniqlanmagan, va bundan keyin ham aniqlanmasa  kerak.

Assalomu alaykum,tug'ri kompyuter insonni genetik kodini uzgartirmasada uziga yarasha ziyoni anchagina.Kompyuter qarshisida kup o'tirish,kuzga zararligi aniq.Homilador ayollarda shusiz ham kup funksiyalar susayadi,tish yemirilishi,kuzni hiralashishi,taksikozla,bulani ustiga kompyuterda soatlab o'tirish ziyon bulsa kere.Har qanday odam ham kompyuter qarshisida meyorida utirishi kerak.

Qayd etilgan