Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 46619 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:09:13

Robiya Shomiyya
(quddisa sirruho)


Ahmad ibn Abul Havoriyning xonimidir.

Eri Ahmaddan naql qilinishicha, Robiya Shomiyyaning ajoyib-g‘aroyib hollari bo‘lgan. Unga ba’zan ishq va muhabbat, ba’zan uns, ba’zan esa xavf va shahvat g‘olib bo‘lardi. Xavf va muhabbat g‘olib kelgan vaqtlarda ushbu she’rni o‘qirdi:

"œSevgilimga teng boshqa bir sevgili yo‘qdir,
Undan boshqasi uchun qalbimda bir yer yo‘qdir.
Sevgilim ko‘zimdan va shaxsimdan g‘oyib bo‘lur,
Lekin qalbimdan g‘oyib bo‘lgani hech yo‘qdir."


Uns holi g‘olib kelgan chog‘larda esa shunday so‘zlardi:

"œSeni suhbat do‘sti qildim ko‘nglumda,
Xohlaganga bag‘ishladim borlig‘imni,
Mening jismim do‘stlar uchun bir hamrohdir,
Qalbimning sevgilisi ko‘nglimdagi hamrohdir".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:09:40

Xavf vaqtida esa bunday deganini eshitdim:

"œOzig‘im oz, meni unga yetkazmog‘iga ishonmayapman,
Ozig‘ uchun yig‘laymi yoki yo‘lning uzoqligi uchunmi?
Meni otashda yoqasanmi ey, eng mahbub Zot?
Qayda qoldi u holda Sendan qo‘rqishim, qayda umidim?"


Ahmad ibn Abul Havoriy undan keyin:
"œMendagi senga bo‘lgan muhabbat faqatgina zavjiyyat (eru xotinlik) muhabbati emas, balki Haq rizosi yo‘lidagi muhabbatdir", degan ma’noda bayt o‘qidi.

Robiya taom pishirgani choqda: "œEy mening begim, bu ovqat faqat Ahmad ibn Abul Havoriyning tasbihi bilan pishdi", derdi.

Aytadilarki, uning oldida bir lagan bor edi. "œOling shu laganni, unda "œAmirul mo‘minin Horun ar-Rashid vafot etdi", degan xabar yozig‘lik", dedi.

So‘rab-surishtirib aniqladilarki, haqiqatan, Horun ar-Rashid o‘sha kun vafot qilgan ekan.
Quddisa sirruho.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:10:02

Hakima Damashqiyya
(quddisa sirruho)


Shomning ulug‘ ayollaridan edi. Robiya Shomiyyaning ustozidir.

Ahmad ibn Abul Havoriy Robiya Shomiyyaning bunday deganini naql qiladi: "œDamashqlik Hakimaning huzuriga bordim. Qur’oni karim o‘qiyotgan ekan. Menga dediki:
— Ey Robiya! Ering Ahmad ibn Abul Havoriy sendek xotini ustiga yana xotin olishni xohlayotir.
— Xuddi shundoq.
— Bir insonning ko‘nglini Xudodan ayirgan holda ikki xotinga bermog‘i qanday bo‘lur? "œAlloh huzuriga toza dil bilan kelganlargagina (foyda berur)" (Shuaro, 89), oyatining tafsiri senga yetib bormabdi, shekilli.
— Yo‘q, (bu oyat va uning tafsirini) bilmayman.
— Bu oyatning tafsiri shulki, ko‘ngilda Undan boshqa hech narsa bo‘lmagan holda Haq taologa borgaysan"

Robiya aytadiki: "œUning huzuridan chiqib, uyga yo‘l oldim. U so‘zning ta’siridan qattiq hayajonladim, tebranib-chayqalib borar ekanman, yo‘lda duch kelgan kishilar meni mast deb gumon qilishlaridan uyalar edim".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:10:43

Ummi Hasson
(quddisa sirruho)


Kufalik zohida ayollardan edi. Sufyoni Savriy uni ziyorat qilgani borgan. Ba’zilar so‘ziga qaraganida, Sufyoni Savriy uni zavjalikka so‘ragan.

Sufyoni Savriy shunday hikoya qiladi: Bir kuni unga duch keldim. Uyida eski bir xasr (bo‘yra)dan boshqa narsa ko‘rmadim.
— Agar amakingning o‘g‘illariga maktub yozilsa, ular sening holingdan xabardor bo‘lib turishadi, u-bu narsa yetishmasa hozirlashadi, — dedim. U:
— Ey Sufyon! — dedi. — Bundan oldin ko‘nglimda va ko‘zimda sening juda ham ulkan bir qadring bor edi. Men dunyoni unga hokim va qodir bo‘lgan haqiqiy egasidan tilamayapman, endi unga molik bo‘lmaganlardan so‘raymi? Ey Sufyon! Alloh taoloni bir tarafga qo‘yib bir lahza ham Undan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lishni xohlamasman, bunga mening ko‘nglim rozi bo‘lmas!

Bu so‘zlar  Sufyoni Savriyga qattiq ta’sir qildi, yig‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:11:03

Fotimai Nishopuriyya
(quddisa sirruho)


Xurosonning eski (nuroniy, qariya) ayollaridan va ulug‘ oriflaridan biri edi. Boyazid Bistomiy (q.s.) bu ayolni benihoya maqtagan. Zunnuni Misriy ham undan ba’zi masalalarni so‘ragan (va olgan javoblaridan ko‘ngli to‘lgan, hurmati yana ham oshgan). Fotimai Nishopuriyya Makkai Mukarramada mujovir edi. Baytul Umra uchun Makkaga kelayotib h. 203 (m. 818) yilda yo‘lda vafot qilgan.

Bir kun u Zunnun Misriyga bir hadya yubordi. Zunnun hazrat:
— Ayollardan bir narsa qabul qilishda zillat (xorlik) va qusur (kamchilik) bor, — deb u hadyani olmadi. Shunda Fotima shunday dedi:
— Eng buyuk so‘fiylar bergan bilan olgan orasida vosita ko‘rmaslar, bergan Alloh(ning bandalari)ga (Uning roziligi yo‘lida)berur, oluvchi esa (buni u bandadan emas, balki) Allohdan (kelgan bir ne’mat o‘laroq) olur.

Boyazid Bistomiy aytibdurki: "œMen hayotim mobaynida haqiqiy bir er va haqiqiy bir xotin ko‘rdim, u ayol esa Nishopurlik Fotimadir. Unga qaysi maqomdan so‘z ochsam, uning bu maqomlarni aniq-tiniq bilganiga guvoh bo‘ldim".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:11:34

Mashoyixi kiromlardan biri Zunnun Misriydan so‘radi:

— Bu toifa orasida kimni eng buyuk deb bilasiz?
— Makkada Fotimai Nishopuriyya degan bir ayol bor. Men havas qiladigan darajada va menga ko‘p ma’qul bir suratda Qur’oni karimni tafsir qilar edi.

Fotimai Nishopuriyya bunday degan: "œAlloh taoloni mushohadaga muvofiq tanimagan kimsa har maqomga yo‘rg‘alab, ko‘b, foydasiz gaplar gapirar. Mushohadali kimsani esa Haq taolo tilsiz (kamgap) qilar, u doimo ixlos va Haqdan hayo qilgan holda bo‘lur".

"œBugun durust (solih insonlar) va taqvo ahli shunday bir darajadirki, to‘lqinlar ichida g‘arq bo‘lmaslik uchun zo‘rg‘a imkon topib, chirpinib turibdi, bu holdan qutilmoq uchun ular Parvardigoriga duolar qilmoqda".

"œHaq subhonahu va taoloning mushohada martabasiga yetishay deb amal qilgan kishi orif (haqshunos)dir; Alloh meni ko‘rib turibdi, deb amal qiluvchi kishi esa ixlos sohibidir".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:12:06

Zaytuna
(quddisa sirruho)


Ismi Fotimadir. Abu Hamza, Junayd va Nuriy hazratlarga xizmat qilgan.

Uning shunday degani naql qilinadi: "œQattiq sovuq bir qish kuni Nuriyning huzuriga bordim.
— U bu narsa yeysizmi? — deb so‘radim.
— Yeyman.
— Nima olib kelay?
— Sut va non.
Bordim va aytganlarini olib keldim. Oldida bir olov yoqilgandi. Uning kullaridan qo‘llari qora bo‘lgan edi. Qo‘lini har uzatishda sut bilan kul bir-biriga qorishar edi. Uni bu holda ko‘rib o‘z-o‘zimga: "œYo Rabb! Valiylaring buncha kir-chir! Bularning ichida bir pokiza, ozodasi yo‘qmikan?" dedim, so‘ng uning huzuridan chiqdim. Bir yerga keldim. Bir ayol meni tutib:
— Shu yerda mening bir kiyim bo‘xcham bor edi, uni sen olgansan, — deya meni amirning huzuriga olib bordi (o‘g‘irlikda aybladi). Bundan xabar topgan Nuriy darhol kelib, amirning huzuriga kirdi va:
— Buni zinhor ranjitmangiz, bu ayol Haq taoloning valiylaridan biridir, — dedi.
Amir:
— Iloji yo‘q, chunki da’vogar undan bir bo‘xcha kaftan (gazmol) xohlayapti, — dedi.
Shu asnoda eshikda qo‘lida yo‘qolgan bo‘xchani ko‘targan bir joriya (xizmatchi ayol) ko‘rindi va:
— Uni qo‘yib yuboringlar, mana bo‘xcha bilan liboslarni topdim, — dedi.
Shundan so‘ng meni amirning huzuridan olib chiqdi va bunday dedi:
— Agar yana bir marta: "œYo Rabb! Sening valiylaring buncha kir-chir!.." deydigan bo‘lsang, jazosi bundan battar bo‘lur.
— Tavba qildim, zinhor bunday demayman. Tavba qildim, — dedim".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:12:35

Fotimai Badriyya
(quddisa sirruho)


Ardabil (viloyati)da yashar edi. Orifa ayol bo‘lganligi naql qilinadi. Tasavvuf shayxlaridan biri unga hazrati Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Haq taolodan naqlan: "œMen Meni zikr qilganning do‘stidirman" (qudsiy) hadisi haqida so‘radi. Fotimai Badriyya savol bergan odam bilan bir oz suhbat qilgach, shunday dedi: "œSen zikr qilar ekansan, bunga bog‘liq o‘laroq zikr qilinganni mushohada qilursan. Nihoyat, zamon va makondan xoli bir yerda sening zikring Uning zikrida foniy bo‘lur, Uning seni zikr qilishi esa, boqiy qolur".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:12:52

Ummu Ali
(quddisa sirruho)


Ahmad ibn Xadravayhning xotini bo‘lgan bu ayol so‘fiy, ma’lum va sharafli bir oilaga mansub edi. Benihoya boy-badavlat bo‘lgan, hamma mol-mulkini kambag‘allarga tasadduq qilgan. Ahmad ibn Xadravayhning holi bilan yashadi. Boyazid Bistomiy va Abu Hafs bilan ko‘rishgan, Boyazid hazratga ba’zi savollar bergan.

Abu Hafs aytadiki: "œAhmad Xadravayhning xotini Ummu Alini tanimasdan oldin ayol zotining so‘zlariga hech e’tibor bermasdim. Keyin bildimki, Alloh taolo o‘z ma’rifat va ilmini xohlaganiga berar ekan".

Boyazid Bistomiy shunday deydi: "œTasavvuf yo‘lida bo‘lishni xohlagan kishi doimo Ahmad ibn Xadravayhning xotini Ummu Alining himmatiga o‘xshagan bir himmat sohibi bo‘lishi va uning holi bilan hollanishi darkor".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:13:12

Ummu Ali shunday degan: "œHaq subhanohu va taolo ming bir lutf va yaxshilik bilan insonlarni o‘ziga (toatu ibodatga) da’vat etdi, qabul qilmadilar. Shundan so‘ng ularni o‘ziga yuzlanib, yo‘nalmog‘lari uchun ustlariga har xil balolarni yog‘dirdi. Shunday qildi, chunki U bandalarini yaxshi ko‘radi".

"œBir ehtiyojni boy bermoq u ehtiyojni ta’minlash yo‘lida qadrsizlanishdan ko‘ra qulayroq, osonroqdir".

Balxdan bir ayol kelib:
— Xizmatingni qilishni va bu bilan Haq taologa yaqinlik hosil etishni xohlayman, — dedi.

Ummu Ali shunday javob berdi:
— Nega Alloh taologa xizmatni vasila qilib, menga yaqin bo‘lishni xohlamayapsan? (Banda rizosi emas, Xoliq — yaratuvchi rizosi asl va muhimdir).

Qayd etilgan