Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 44463 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:18:08

Men joriyaga qaradim va:
— Shu aytganlari to‘g‘rimi? — deb so‘radim.
U yarador bir qalb, dardnok ovoz quyidagi she’rni o‘qidi:

Haq menga qalbimdan xitob etdi,
Shu tariqa tilimdan menga va’z bo‘ldi.
Uzoq(da) ekan(man) meni o‘ziga yaqin qildi,
Alloh menga fazilat berdi, o‘ziga do‘st qildi.
Chaqirig‘iga suyuna-suyuna "œlabbay" dedim,
Meni chaqirganga "œamringga hozirman" deya.
Oldin qilib qo‘ygan gunohlarimni eslab, qo‘rqdim,
Oxirda sevgi orzular bilan barobar bo‘ldi.


Joriya jim bo‘lib qoldi.

Men uning xo‘jayiniga: "œJoriyangning bahosini ayt, men ortig‘i bilan to‘lay" dedim.
— E voh! Bechora faqir! Axir, sen unga loyiq pulni qaerdan ham olarding. Miskin bir darvish bo‘lsang!
— To‘xta, oshiqma ko‘p. Shu yerda kut, men borib aytgan pulingni olib kelaman.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:18:22

So‘ng yig‘lay-yig‘lay chiqib ketdim. Allohga qasamki, o‘shanda menda katta pul u yoqda tursin, tiyinim ham yo‘q edi. Tun bo‘yi nima qilishimni bilmay, tanho niyozda (yolvorishda) bo‘ldim. Kipriklarimni hatto qimirlatganim yo‘q. "œEy Rabbim! Ochig‘u pinhon hamma narsani bilursan. Sening lutfingga ishonaman, meni sharmanda qilma!" deya takror-takror yolvorar edim. Bir payt birov eshigimni taqillatdi.
— Kim u? — dedim.
— Bir do‘st!

Eshikni ochdim. Qo‘lida chiroq, yonida to‘rt o‘g‘lon bilan bir odam ko‘rdim.
— Ichkariga kirishga ruxsat berasizmi, ustoz? — dedi.
— Marhamat, xush kelibsan, — dedim. U ichkariga kirgach:
— Kimsan, birodar? — deb so‘radim.
— Ahmad ibn Musannoman. Shu kecha g‘oyibdan bir ovoz menga bunday dedi: "œEy Musanno! Mana bu besh hamyonni olgin-da, Sirriyga eltib ber. Bu bilan uning ko‘nglini xotirjam, xushnud qil. Toki Tuhfani sotib ololsin. Tuhfa huzurimizda qadrlidir.

Bu so‘zlarni eshitgach, menga bergan bu go‘zal ne’mati uchun Allohga shukr sajdasi qildim".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:18:46

Sirriy Saqotiy hazratlari yana aytadiki: "œO‘sha kecha (joynamoz ustida) o‘tirib, tongni intiqlik bilan kutdim. Bomdod namozini o‘qiganimdan keyin, Musannoni qo‘lidan tutib, shifoxonaga olib bordim. Shifoxona egasi yo‘limga ko‘z tikib turgan ekan. Meni ko‘rishi bilan:

— Marhabo! — dedi. — Ustoz, haqiqatan Tuhfaning Alloh huzurida qadr-qiymati va haq taologa mahbubligi bor ekan. O‘tgan (ya’ni shu) kecha g‘oyibdan bir ovoz menga shunday dedi: "œShubhasiz Tuhfa biz uchun qadrli, yordamga loyiqdir. Shartlardan qat’iy nazar u bizga yaqin bo‘ldi, so‘ng bu yo‘lda yura oldi va yuksaldi".

Biz ichkariga kirdik. Tuhfa bizni ko‘rishi bilan ko‘zlari namlandi. "œMeni xalq ichida mashhur qilding" deya Alloh taologa munojot qila boshladi.

Bu hodisaning shohidi bo‘lib turar ekanmiz, Tuhfaning xo‘jayini ham yig‘lagan kuyi chiqib keldi.
— Yig‘lama, men sen aytgan pulni olib keldim, — dedim.
— Allohga qasamki, bo‘lmaydi.
— Xo‘p, o‘n ming aqchaga­chi?
— Vallohi bo‘lmaydi.
— Unda bo‘ladiganini o‘zing ayt.
— Butun dunyoni berganingda ham, ey ustoz, qabul qilmayman. Chunki men Tuhfani Alloh rizosi uchungina ozod qilyapman.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:19:00

— Nimaga, nima uchun?
— Ey ustoz! Shu kecha meni koyidilar. Sen ham shohid bo‘lki, butun mol-mulkimdan voz kechdim va Alloh taologa sig‘indim.

U tin oldi. So‘ng qo‘shib qo‘ydi:
— Allohim! Rizq borasida Sen kafilim bo‘l va menga go‘zal rizq ber.

Men Ibn Musannoga qaradim. Qarasam, u ham yig‘layapti.
— Sen nega yig‘layapsan? — dedim.
— Meni bir ulug‘, savobli ishga chaqirgan edi. Endi esa uni qilishimga Alloh rozi emas"¦ Ya’ni Tuhfani mening molim bilan ozod bo‘lishini buyurgan edi. Ana endi uning ozod bo‘lishida mening pulimga ehtiyoj ham yo‘q. Bu esa Alloh taoloning u buyruqni bajarmog‘imga rozi bo‘lmasligini bildiradi. Sen shohid bo‘l, ey ustoz, butun molimni faqat Alloh rizosi uchun sadaqa qilib tarqaturman.
— Subhonalloh!.. Tuhfaning hamma uchun qandog‘am ulug‘ barakasi bor ekan! — dedim.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:19:35

Shundan so‘ng Tuhfa turib ustidagi qimmatbaho kiyimlarini yechdi-da, eski-tuski, yamoq-quroq bir jul kiydi. Keyin yig‘laganicha tashqariga chiqib ketdi. Men unga yetib oldim va:
— Mana Alloh senga ozodlik nasib qildi. Yana nimaga yig‘layapsan? — deb so‘radim.
U shu she’rni o‘qidi:

"œUning jamoli uchun yig‘ladim, Unga yig‘ladim.
Qasamki xohlaganim Udir, doim Uning huzuridaman.
Murodimga yetib, o‘z nasibimni olayin,
Zero, ko‘z tikkan, umid qilganim Uning huzuridadir".
Uning chiqib ketganini bilmay qolibmiz.


So‘ng tashqariga chiqdik. Qancha qidirmaylik, so‘rab-surushtirmaylik, uni topolmadik. Ka’batullohni ziyorat qilmoqqa niyat qildik. Yo‘lga chiqdik. Ibn Musanno yo‘lda vafot etdi. Tuhfaning xo‘jayini bilan ikkov Makkaga bordik. Tavof asnosida dardli ovozda birovning she’r o‘qiyotganini eshitib qoldik.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:19:52

G‘amgin ovozda mana bu she’rni o‘qir edi:

"œAlloh oshig‘i bu dunyoda xastadir,
Dardi uzoq cho‘zilgani uchun dardiga Alloh darmon bo‘ldi.
Unga muhabbat sharobidan bir qadah uzatdi.
Nozir haqning bodasini (oshiq) qona-qona ichdi.
Uning sevgisi bilan sarxush bo‘lib, Unga yuksalgandir.
Muhabbati bilan hayronadir Uni ko‘rgunga qadar"¦"


Oldiga bordim. Meni ko‘rib:
— Ey Sirriy! — deb ovoz berdi.
— Alloh seni rahmati bilan ne’matlantirsin, kimsan?
— Alloh! Alloh!.. Tanishgandan so‘ng tanimaslik ham bo‘lar ekan. Men Tuhfaman.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:20:16

Men hayratlar ichida edim: uning faqat suyaklari qolgandi, xolos.

— Ey, Tuhfa! Inzivoga (uzlatga) chekilgach, nima foyda ko‘rding?
— Meni o‘ziga yaqin qildi, do‘stligini ehson qildi, o‘zidan boshqalarga begona qildi, boshqalardan uzoqlashtirdi.
— Ibn Musanno yo‘lda vafot etdi, — dedim.
— Alloh sirini aziz qilsin. Alloh unga ko‘zlar ko‘rmagan go‘zal ne’matlar ehson qildi. U bilan jannatda qo‘shnimiz, — dedi.
— Seni ozod qilgan xo‘jayining ham men bilan birga keldi. Ana"¦ — dedim.

Tuhfa pichirlab bir duo qildi, so‘ng Ka’baga qaragan bir holatda, yiqilib jon berdi. Xo‘jayini kelib uning jon berganini ko‘rdi-yu, o‘zidan ketib Tuhfaning ustiga yiqildi. Silkitib ko‘rdim, jon beribdi. Har ikkisini yuvib, kafanlab, dafn etdik.
(Alloh ikkovini mag‘firat aylab, tilaklariga noil aylagan bo‘lsin.)

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:20:34

Ummu Muhammad
(quddisa sirruho)


Shayx Muhyiddin Abdulqodir Giyloniyning (quddisa sirruhu) xolasi bo‘lib, soliha ayollardan edi.

Aytadilarki, bir yil Giylonda qurg‘oqchilik bo‘ldi. Xalq yomg‘ir duosiga chiqdi, lekin yomg‘ir yog‘madi. Barcha odamlar Ummu Muhammadning uyi oldiga kelib, yomg‘ir uchun duo qilishini so‘rashdi. U uyidan chiqdi va: "œEy Rabbim! Men (hovlim yuzini supuray deb) supurgi yasadim, suvini Sen sep!" dedi. Ko‘p o‘tmay, tarnovlarni to‘ldirib yomg‘ir yog‘a boshladi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:20:58

Bibik Marviyya
(quddisa sirruho)


Shayx Abu Said Abul Xayr (q.s.) hikoya qiladi: "œMarvda bo‘lgan chog‘imda Bibik ismli bir keksa ayol oldimga keldi va:
— Ey Abu Said, senga shikoyatga keldim, — dedi.
— Gapiring, eshitamiz, — dedim.
— Insonlar: "œBir lahza ham o‘z holimizga tashlab qo‘yma", deb Allohga duo qilishyapti. Men esa o‘ttiz yildirki: "œMeni bir lahzagina bo‘lsin o‘z nafsimga qo‘yib ber, toki kim ekanimni bir ko‘rayin va shu onda men bormanmi, shuni bilay", deb duo qilayapman. Lekin hali hanuz bu orzum amalga oshgani yo‘q"¦

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:21:32

Dastura binti Ka’b
(quddisa sirruho)


Shayx Abu Said Abul Xayr aytadiki: "œKa’bning qizi quliga oshiq" (deyishadi). Ammo barcha shayxlar uning bu so‘zlarini  maxluqqa aytilishi mumkin bo‘lgan so‘zlaridan ekanligi xususida ittifoq qilishdi. Uning boshidan shunday bir voqea o‘tgan: Bir kun u xizmatkor birdan Dastura binti Ka’bga yaqin keldi va etagining uchiga yopishdi. U yigitni koyib dediki: "œXo‘jayinim bilan birga bo‘lib, unga tutqun bo‘lishim senga yetmaydimi? Men sening bu holga erishmog‘ingga sabab bo‘ldim, sen esa meni orzu qilyapsan".

Shayx Abu Said aytadiki, uning quyidagi so‘zlari maxluq haqida bo‘lishi mumkin emas:

Ishqqa bir Lu’b bilan o‘tdim yana band,
Bo‘lmadi ko‘b ko‘shish etdim sudmand.
Bir dengizdir ishq, yo‘q unda sohil,
Maqtab bo‘lmas, absam bo‘l, ey mustamid.
Ishqqa xohlasang, ki nihoya topayin.

Qayd etilgan