Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65297 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:21:49

Fotima binti Musanno
(quddisa sirruho)


Shayx Muhyiddin Ibn Arabiy (q.s.) "œFutuhot" asarida yozadiki: "œNecha yillar men Fotima binti Musannoning shaxsan xizmatini qildim. Yoshi to‘qson beshdan oshgan edi. Va men yoshligida yuzining go‘zalligidan unga qarashga uyalar edim. Uni kim ko‘rsa o‘n to‘rt yoshda deb o‘ylardi. Haq taolo bergan uning ajoyib bir holi bor edi. Xizmatini qilib yurganlar ichida u meni yaxshi ko‘rar va men haqimda bunday der edi: "œFalon kishi kabisini hanuz ko‘rmadim. Qachon oldimga kelsa, butuni bilan kelur, tashqarida hech narsa qoldirmas. Qachon oldimdan ketadigan bo‘lsa, butuni bilan ketar va oldimda hech narsa qoldirmas".

 Shayx undan quyidagilarni eshitganligini yozgan: "œShu odamga hayron qolamanki, Haq taoloni yaxshi ko‘raman deydi va bu bilan zavqlanmaydi. Holbuki, u Alloh taoloni mushohada qilmoqda va ko‘zi Unga tikilgan. U barcha borliqlarda mavjuddir, bir soniya ham yo‘qolmas. Bu insonlar qandoq muhabbat iddaosini qiladilar-a, ajab, uyalmaydilarmi? Muhabbatning yaqinligi barcha muqarrab (banda)larning yaqinligidan ustundir. U holda qandoq bu so‘zlarni aytmoqdalar?"

Mendan so‘radi:
— Ey o‘g‘lon, bu so‘zlarimga sen nima deysan?
— Siz aytgan so‘z haq.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:22:15

Keyin u shunday dedi:
— Vallohi, men hayronman. Habibim Fotiha surasini mening xizmatimga berib qo‘ygan. Shunga qaramay qasamki, Fotiha surasini meni sevgilimdan aslo to‘sgani, uzoqlashtirgani, menga parda bo‘lgani yo‘q.

Shuningdek, Ibn Arabiy hazratlari yozadi: "œBiz uning huzurida o‘tirgan edik. Keksa bir ayol keldi. Bir shaharning nomini aytib, erining bir ayolga uylanish uchun u yerga ketganini aytdi. Ibn Arabiy u ayoldan:
— Siz eringizning ortga qaytishini xohlaysizmi? — deb so‘radi.
— Ha, shuni xohlayman.
Men Fotima ayaga yuzlanib:
— Onajon, bu ayolning nima deganini eshitdingizmi? — dedim.
— Sen nimani xohlaysan? — dedi.
— Ayolning ehtiyoji ravo bo‘lsa, erining qaytarilishini xohlayman, — dedim.
— Juda yaxshi, darrov Fotihani yuboray va bu ayolning erini keltirishni unga buyurayin.

Fotihani o‘qiy boshladi. Men ham u bilan birga o‘qidim va bildimki, o‘qigani Fotihadan moddiy bir surat bino etdi va "œEy, Fotihatul-kitob!.. Falon shaharga borib bu ayolning erini olib kel va uni keltirmaguncha qaytma!" deya yubordi.

Fotihani yuborgan vaqt bilan ayolning eri kelgan vaqt orasida u qadar bir masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lgan bir zamon o‘tmadi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:22:31

Savdoning joriyasi
(quddisa sirruho)


Zunnun Misriy (quddisa sirruhu) hikoya qiladi: "œHabash bir cho‘ri ko‘rgan edim. Bolalar: "œBu zindiqa Allohni ko‘rganman deydi", deb unga tosh otishar edi. Men u cho‘rining ortidan yurdim. Menga qarab:
— Ey Zunnun! — dedi.
— Sen meni qaerdan bilasan?
— Alloh do‘stlarining ruhlari Uning askarlaridir, bir-birlarini tanishadi.
— Anavi bolalarning gapi-chi?
— Nima deyishyapti?
— "œMen Allohni ko‘ryapman", deganingni aytishyapti.
— To‘g‘ri aytishibdi. Uni anglaganimdan buyon U bilan mening o‘rtamda hech parda tortilmadi".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:23:04

Oti noma’lum bir avliyo ayol
(quddisa sirruho)


Zunnuni Misriy (quddisa sirruhu) hikoya qiladi: "œKa’batullohni tavof qilayotganimda yashinday bir nurning porlaganini ko‘rdim. Uning ziyosi bulutlarga, hatto osmonlarga qadar yuksaldi. Hayratlandim. Tavofimni tamomladim, Ka’ba devoriga suyanib u nur haqida o‘yladim. Birdan qulog‘imga dardli, g‘amnok bir kimsaning ingrashi chalindi. Bu ovoz egasining kimligini bilmoqchi bo‘ldim, qaradim va bir joriyaning Ka’bapo‘shga yopishib (yig‘lay-yig‘lay) shunday deganini eshitdim:

"œEy sevgilim! Sen bilursan.
Kimdir mening sevgilim, sen bilursan!
Badan va ko‘z yoshlar
Sirtimni oshkor qilmoqda
Men sevgini yashirgandim, ammo
U ko‘ksimga sig‘mas bo‘lgan".


Bir chetga borib, uning dardiga hamdard bo‘lib men ham yig‘ladim. So‘ng u: "œEy Allohim! Ey Egam! Ey Mavlom! Sen meni faqat menga bo‘lgan sevging haqqi uchun kechirursan", dedi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:23:22

Men:

— Ey joriya! — dedim. — "œSenga bo‘lgan sevgim haqqi", deyish senga kifoya qilmaydimi, "œmenga bo‘lgan sevging haqqi", deyapsan, U seni sevishini qaerdan bilasan?

— Alloh taoloning shunday qullari bordirki, U ularni yaxshi ko‘radi, ular ham Uni yaxshi ko‘rishadi. Ulug‘ Allohning: "œAlloh boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi ko‘rurlar" (Moida, 54), oyatini eshitmaganmisan? Oyatda Haqning muhabbati ularning muhabbatidan avval zikr qilinmaganmi?
— Seni juda ham ozib ketgan suratda ko‘ryapman, kasalga o‘xshaysan.

—Og‘ir dardga chalingusi haqni sevganlar,
Yana shu dard bo‘lgay uning davosi.
Qilgay zikri dilu jonni ko‘p hayron,
Unga zora nasib bo‘lsa liqosi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:23:49

Nomi noma’lum bir joriya
(quddisa sirruho)


Yana Zunnun Misriy (quddisa sirruhu) hikoya qiladi: «Menga obida bir joriya haqida gapirishdi. Uning holini so‘radim. Vayrona bir kalisada ekanini aytishdi. O‘sha kalisaga bordim. Tunlari uxlamagani uchun ham adoyi tamom bo‘layozgan, ozg‘in, nimjon bir vujudni ko‘rdim. Salom berdim, u salomimga javob qaytardi.
— Ey joriya, masihiylarning maskanida o‘tiryapsanmi? — dedim.
— Ey Zunnun! Boshingni ko‘tarib qara, ikki jahonda Haq taolodan boshqa bir borliq ko‘ra olasanmi?
— Yolg‘izlikdan qiynalmayapsanmi hech?
— Mendan uzoq tur. Chunki Uning hikmatlaridagi go‘zallik va muhabbatidagi lazzat meni shunday bir pir qildi (qaritdi). Unga yetishish orzusi meni shunday chulg‘ab olganki, ko‘nglimda Undan boshqasiga hech yer yo‘q.
— Seni hikmatga oshno ayol sifatida ko‘ryapman. Meni tanglikdan qutqar, menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat.
— Ey yigit! Taqvo ozig‘ing, zuhd yo‘ling, taqvo uloving bo‘lsin. Muttaqiylar yo‘lini tanla. Oxirda shunday bir eshikka kelasanki, u yerda na bir parda bor va na qo‘riqchi. U qo‘riqchilarga hech bir xususda senga muxolif bo‘lmasliklarini (qarshi chiqmasliklarini) buyuradi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:24:03

Misrlik ayol
(quddisa sirruho)


Imom Yofiyning "œTarix" asarida shayxlarning biridan shunday rivoyat qilinadi: "œBir ayol Misr taraflarda bir yerda o‘ttiz yil yashadi, sovuq-issiqda u yerda turdi, bu o‘ttiz yil mobaynida hech bir narsa yemadi, ichmadi".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:24:15

Misrlik boshqa bir ayol
(quddisa sirruho)


Yana Imom Yofiy "œRavdir-Riyoh" nomli kitobida shunday zikr qiladi: "œBu toifadan biri hikoya qilgan: Misr yerida bir ayolni ko‘rdim. Yozu qish hayron va iztirobli, ikki oyoqda tik turardi. Na kechasi o‘tirar va na kunduzi. Quyoshdan, yomg‘irdan saqlanadigan bir boshpanasi ham yo‘q edi. Ilonlar, chayonlar atrofida o‘rmalab yurishardi".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:24:28

Xorazmlik ayol
(quddisa sirruho)


Yana Imom Yofiy "œTarix" kitobida ulamolarning biridan naql qilib, Xorazm diyorida yigirma yil davomida hech narsa yemagan va ichmagan bir ayolni ko‘rganini aytgan.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:25:43

Habash joriya
(quddisa sirruho)


Shayx Muhyiddin Abdulqodir Giyloniy (quddisa sirruhu) hikoya qiladi: "œTajridli (oziq-ovqatsiz, ulovsiz) Bag‘doddan hajga ketishga qaror qilganim chog‘da — men navqironligimda yolg‘iz safarga chiqardim — Shayx Adiy ibn Musofir oldimga keldi. U ham mendek yosh edi. So‘radi:
— Qaerga ketyapsan?
— Makkaga.
— Senga hamroh bo‘lsam rozimisan?
— Men tajridli holda ketyapman.
— Men ham tajridli holda ketyapman.

Ikkov birga yo‘lga chiqdik. Bir kun o‘rangan, yuzida parda tutgan bir habash cho‘ri oldimizdan chiqib qoldi. Ro‘paramda turib, tippa-tik yuzimga qaradi. Keyin mendan so‘radi:
— Qaerliksan, ey yigit?
— Eronlikman.
— Bugun meni og‘ir ahvolga solib qo‘yding.
— Nimaga?
— Shu daqiqalarda Habashiston tuproqlarida edim. Haq taoloning sening ko‘nglingga tajalli etganini va men tanigan-bilgan boshqa kimsalarga ehson qilmagani bir narsani senga lutf qilganini mushohada etdim. Seni ko‘rishni va buni bilishni xohladim hamda bugun men sening suhbatingni eshitmoqchiman va sizlar bilan iftorlik qilurman, — dedi.

Qayd etilgan